Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
MISR INQILOBINING ARAB TILIDAGI OAV VA IJTIMOIY TARMOQLARDA BAHOLANISHI
Toyloqov Tuychiboy
ToshDSHU o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Arab mintaqasidagi aholi soni eng ko 'p va kuchli siyosiy ta 'sirga ega davlatlardan biri bo'lgan Misr jamiyatida ommaviy axborot vositalari har doim sezilarli siyosiy kuchga ega bo'lib kelgan. Muborak davrining so'nggi o'n yilligida OAVning faoliyatini liberallashtirish bo'yicha katta o'zgarishlar amalga oshirildi. Xususiy sun'iy yo'ldosh televideniyalarining paydo bo'lishi, ommaviy axborot vositalarining xususiylashtirilishi, mustaqil gazetalarning paydo bo 'lishi va Internet xizmatlarining erkinlashuvi o'tmishdagi monolit media sahnasining plyuralistik tus olishini ta'minladi. Yangi ommaviy axborot vositalarining ko'payishi jonli va bahsli media maydonini yaratdi. Binobarin, aynan erkin media muhitida misrlik ijtimoiy faollarning ovozi, asosan, yangi aloqa vositalaridan foydalanish orqali balandroq yangray boshladi.
Kalit so'zlar: "Al-Shoruk", "Al-Yum-Al-Sabi", Misr inqilobi, Qoliplash, Naila Hamdy.
This study examines the framing of Egypt's January 2011 uprising in the country's state-run, independent and social media using a unique dataset of Arabic language content from newspapers and key social media posts collected during the peak of protests. Semiofficial (governmental) newspapers framed the event as ''a conspiracy on the Egyptian state,'' warning of economic consequence and attributing blame and responsibility for the chaos on others. Social media posts used a human interest frame defining protests as ''a revolution for freedom and social justice'' and independent newspapers used a combination of these frames. Findings point toward the potential roles that news media will play in shaping public opinion and demonstrate why social media have wide appeal in times of political crisis.
Keywords: "Al-Shoruk", "Al-Yum-Al-Sabi", Egyptian revolution, Moulding, Naila Hamdy.
Misr axborot sanoati kontekstida mustaqil gazetalar, davlat ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarni bir-biridan farqlash mantiqan to'g'ri bo'ladi. Ularning har biri voqealarni o'ziga xos turli qoliplardan foydalanib talqin qilish va
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
hikoya qilishi bilan bir-biridan tubdan farq qiladi. Misming yarim rasmiy gazetalari hukumatning bevosita ta'siri ostida, mustaqil gazetalar hukumat sanksiyalari ostidagi ishbilarmonlarga tegishli, ijtimoiy tarmoqlar esa o'z fikrlarini erkin bildirish mumkin bo'lgan virtual makon qidirayotgan fuqarolar bilan to'la. Oxirgi yillarda ommaviy axborot vositalari tizimini liberallashtirishga qaratilgan sa'y-harakatlarga qaramasdan hukumat OAV mamlakatda kuchli ijtimoiy norozilik harakatlari mavjudligini inkor etish bilan amaldagi kasal rejimni qo'llab-quvvatlab keldi. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar - bloglar, Facebook guruhlari va Twitter sahifalari davlat strukturasidagi mavjud muammolarni yoritish va jamoatchilik xabardorligini oshirish uchun ziddiyatli jarayonlarga e'tibor qaratgan bo'lsa, mustaqil bosma gazetalar hukumat tomonidan o'rnatilgan cheklovlar va senzuralarni tanqid qilishdi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Muborakning uzoq davom etgan avtoritar boshqaruviga barham bergan 18 kunlik norozilik namoyishlarida millionlab Misr fuqarolari axborot olish uchun OAVga murojaat qilishdi. Mamlakatda norasmiy "to'rtinchi hokimiyat" maqomiga ega bo'lgan OAV bu voqealarni o'ziga xos tarzda taqdim etish orqali jamoatchilik fikrini shakllantirishga harakat qildi.
Bu vaqtda aholi hukumat gazetalariga bo'lgan ishonchini yo'qotgan bo'lsa-da, har uchala turdagi ommaviy axborot vositalari uchun "oltin davr" deb baholanadi. Ular yangiliklarni shunchaki ommaga yetkazish bilan kifoyalanmay, ma'lumotlarni saralash, tahlil qilish; ba'zilarini ajratib ko'rsatish yoki inkor etish; voqealarga tahliliy baho berish va muammolarga yechimlar taklif qilish kabi vazifalarni ham bajargan. Umuman olganda, xususiy va hukumat OAV, ijtimoiy tarmoqlar 2011-yil voqealarini yoritishda turlicha qoliplardan foydalandi.
Entman jurnalistikada qoliplash atamasini quyidagicha tushuntiradi: "Qoliplash - bu yoritilayotgan voqelikning biron bir jihatini tanlash, uni alohida ta'kidlash, boshqalarini istisno qilish va bu orqali keng jamoatchilikning voqelikni qabul qilishi va tushunishiga yordam berishdir" 1.
2012-yilda Journal of Communication jurnalida chop etilgan Naila Hamdy va Ehab H. Gomaa hammuallifligidagi maqolada 2011-yil yanvar oyida Misrda bo'lib o'tgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning shu davrda arab tilli gazetalardagi yangiliklar, maqolalar va ijtimoiy tarmoqlardagi yozishuvlar, postlarda yoritilishi tahlil qilib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko'ra, hukumat gazetalari voqealarni ommaga yetkazishda "Misr davlatiga qarshi fitna" qolipidan foydalanib, xalqni
1 Entman, R. Framing: Toward clarification of a fractured paradigm. // Journal of Communication. - NY.:1993. - P.19.
372
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
tartibsizliklarning mamlakat uchun iqtisodiy oqibatlaridan ogohlantirgan va g'alayonlarda tashqi kuchlarni ayblagan. Ijtimoiy tarmoqlarda yuz bergan noroziliklarga "erkinlik va ijtimoiy adolat uchun inqilob" deb ta'rif berilib, "inson manfaatlari" qolipi ustunlik qilgan. Mustaqil gazetalarning talqinida esa har ikki qolip kombinatsiyasini uchratish mumkin. Tadqiqotchilar siyosiy inqiroz davrida ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoq saytlarining jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi potentsial rolini ko'rsatib beradi.
2011-yilning 25-yanvaridan 12-fevraliga qadar e'lon qilingan yangiliklar, maqolalar va ijtimoiy tarmoqda qoldirilgan post va izohlar alohida uchta guruhga ajratilib, miqdoriy kontent tahlili o'tkaziladi. Birinchi guruh to'rtta yarim rasmiy gazetadan iborat edi: Al-Ahram, Al-Axbor, Al-Messa va Al-Jomhoriya gazetalari. Bu gazetalar hukumat ixtiyorida yoki ta'sirida bo'lganligi tufayli ularga nisbatan "Yarim rasmiy" atamasi qo'llaniladi2. Ulardan 720 ta (90%) yangiliklar va 80 ta (10%) publitsistik maqolalar tahlil uchun foydalanildi.
Ikkinchi guruhga 2007-yilda paydo bo'lgan va nufuzi oshib borayotgan "Al-Shoruk" va "Al-Yum-Al-Sabi" gazetalari kiritilgan3. Bu mustaqil gazetalarda davlat OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ishlagan turli jurnalistlar va mustaqil yozuvchilarning birgalikdagi faoliyati qarama-qarshi e'tiqodlar, munosabatlarning favqulodda to'qnashuviga va birlashuviga olib keldi. Bu guruhga kiruvchi gazetalardan tahlil uchun jami 800 ta material - 640 ta yangilik va 160 ta maqola tanlab olindi.
Uchinchi guruh Facebook tarmog'ida "Biz hammamiz Xolid Sayidmiz" sahifasidan olingan 150 ta post (19%), Twitter tarmog'ida "#Thawra#25jan" xeshtegi ostidagi 450 ta (56%) twit va boshqa mashhur bloglardan to'plangan 200 (25%) postdan, jami 800 ta ijtimoiy tarmoq materiallarini o'z ichiga oladi.
Biz yarim rasmiy gazetalar, asosan, mojaro qolipidan foydalanganligini aniqladik. Namoyishlarni halokatli falokat sifatida ko'rsatish uchun yarim rasmiy matbuot jurnalistlari ba'zan sodir bo'layotgan voqealar haqidagi tasdiqlanmagan asossiz kadrlar tayyorlab, o'zlarining jurnalistik faoliyatini shubha ostiga qo'yishdi. Bizning fikrimizcha, hukumat yarim rasmiy matbuotining bu sa'y-harakatlari 1967-yilgi urush paytida Misrning Isroil bilan urushda harbiy mag'lubiyatini yashirishga urinishiga o'xshab ketadi. Yarim rasmiy matbuot inqilobni uning mumkin bo'lgan salbiy iqtisodiy oqibatlari nuqtai nazaridan ham yoritadi. Aksincha, ijtimoiy media postlari deyarli butunlay inson manfaatlari doirasiga bog'liq bo'lib, ular repressiv
2 Amin, H. Freedom as a value in Arab media: Perceptions and attitudes among journalists. // Journal of Political
Communication. - C.:2002. - P.57.
3 Khamis, S. The transformative Egyptian media landscape: Changes, challenges and comparative perspectives. //
International Journal of Communication. - C.:2011. - P.11.
373
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
rejim oldida oddiy misrliklarning azoblari va chidamliligini ta'kidladi. Mustaqil gazetalar yangiliklarida mojaro, inson manfaatlari, iqtisodiy oqibatlar va majburiyat qoliplarining kombinatsiyasidan foydalanadi. Mustaqil matbuotning turlicha pozitsiyasi nashrlarning o'ziga xos xususiyatini ham ko'rsatadi. Ayrim taniqli siyosiy va jamoat arboblari yarim rasmiy matbuot nashrlari uchun maqolalar yozadi. Shunday qilib, bu holatda turlicha talqinlarni jurnalistikaning ichki omillarida, masalan, jurnalistlarning qadriyatlari va tasavvurlari turlichaligi bilan tushuntirish mumkin4. Biroq, bizning fikrimizcha, mustaqil matbuotdagi muxbirlarning har xil soha vakillaгi ekanligi yarim rasmiy matbuot yoki ijtimoiy tarnoqla^a ko'ra nisbatan ko'proq xolis yondashishga imkon berdi.
Inqilob ta'rifiga nazar tashlaganimizda, mustaqil matbuot yarim rasmiy matbuotga qaraganda tezroq - yanvar oyi oxiri va fevral oyi boshlarida - sodiï bo'lgan voqealami, avvaliga ommaviy ijtimoiy haгakat, biroz keyin keng ko'lamli inqilob sifatida tan olgani ma'lum bo'ldi. DaAaqiqat, yaгim гasmiy matbuot kamdan-kam hollarda norozilikning ko'lami va dolzarbligini tan olgan. Ijtimoiy tarmoqlar esa namoyishlami boshidanoq inqilob sifatida ta'гifladi.
Yarim rasmiy va mustaqil gazetalar o'rtasidagi tafovut inqilobga olib kelgan sabablar tahlil qilinganida ham yaqqol ko'rindi. Yarim rasmiy manbalar noroziliklarni ko'p daгajada chet el aгalashuvi, qo'pomvchi siyosiy guгuhlaг, kamroq daгajada esa ishsizlik va koггupsiya bilan bog'lashdi. Mustaqil matbuot esa buning sabablari sifatida korrupsiya, adolatsizlik, zulm, diktatura, qashshoqlik va ishsizlikni ta'kidladi. Ijtimoiy tarmoqlarda Muborak diktaturasi inqirozning asl sababi sifatida mustaqil matbuotga qaraganda ikki baravar ko'pгoq tilga olinadi. Tadqiqot uchun olingan matbuot maqolalarida ishsizlik tez-tez tilga olinsa-da, ijtimoiy tarmoq materiallarida bu sabab sifatida ko^satilmaydi. Shuningdek, ba'zi o'гinlaгda ijtimoiy tarnoqlaráa ilgari surilgan sabablar mustaqil matbuotda ilgari surilgan sabablarga o'xshash edi. Ikkalasi ham noroziliklarga korrupsiya, adolatsizlik, zulm va qashshoqlikni sabab sifatida ko'rsatadi.
Noroziliklar va mamlakatda yuz berayotgan tartibsizliklarga chek qo'yish bo'yicha yondashuvlar yarim rasmiy matbuot, mustaqil matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda bir-biridan keskin farq qiladi. Yarim rasmiy matbuotda mavjud rejimni ochiqdan-ochiq qo'llab-quvvatlovchi, namoyishlarni to'xtatish, namoyishchilarni ish va o'qishga qaytishga chaqiruvchi hamda Muborak yetakchiligini yana bir bor
4 Ramaprasad J., Hamdy N. Functions of Egyptian journalists: Perceived importance and actual performance. // International Communication Gazette. - C. : 2006. - P .15
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
tasdiqlovchi xabarlar ustunlik qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda esa Muborakning iste'fosi, internet va so'z erkinligi ustidan davlat nazoratini to'xtatish, erkin ommaviy axborot vositalari va davlat xavfsizligini yo'q qilish talablari ko'p bo'ldi. Mustaqil matbuotda aniq konsensus yo'q edi. Bu yerdagi voqealar Muborakni iste'foga chaqirish o'rniga uning yetakchiligini tasdiqladi. Darhaqiqat, tadqiqot uchun tanlangan 20 xil yechim variantining birortasi mustaqil matbuot maqolalarida 10% dan ortig'ida uchramaydi.
REFERENCES
1. Abdul Qadir Mushtaq & Muhammad Afzal // Arab Spring: Its Causes And Consequences // University Faisalabad - F.: 2011. - P.18-25.
2. Alalawi N. «How Media Covered "Arab Spring" Movement: Comparison between the American Fox News and the Middle Eastern Al Jazeera». // Murray State University, USA. - M.: 2015. - P. 15-19.
3. Asef Bayat. Revolution without Revolutionaries. Making sense of the Arab Spring. - S.: 2017. - 313 p.
4. Naila Hamdi & Ehab H. Gomaa. "Framing the Egyptian uprising in Arabic language newspapers and social media" // Journal of Communication. C.: 2012. - P.
5. Summer Harlow & Thomas J. Johnson // Overthrowing the Protest Paradigm? How The New York Times, Global Voices and Twitter Covered the Egyptian Revolution // University of Texas at Austin International Journal of Communication -T.: 2011. - P. 9-16.
5-17.