AHOLINING MOLIYAVIY SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA OAVNING O'RNI: DOLZARBLIGI VA AHAMIYATI
Mahmudova Xushnoza Ravshanbekovna
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti mustaqil
tadqiqotchisi.
E-mail: Mahmudovah01@mail.com
Annotatsiya: Ushbu maqolada aholi moliyaviy savodxonligini oshirishda ommaviy axborot vositalarining o 'rni va ta 'siri ochib berilib, moliyaviy savodxonlikka qaratilgan televizion dasturlarning bugungi kunda aholining iqtisodiy bilimlarini ta 'minlashdagi tutgan o'rni va ahamiyati asoslangan.
Kalit so'zlar: moliyaviy savodxonlik, iqtisodiy siyosat, OAV, iqtisodiy ta'lim, moliyaviy madaniyat, televizion dasturlar, moliyaviy xizmatlar, inson farovonligi va hayot sifati, bilim, ko 'nikma va qadriyatlar.
Аннотация: В данной статье раскрывается роль и влияние средств массовой информации в повышении финансовой грамотности населения на основе роли и значения телевизионных программ, направленных на повышение финансовой грамотности, в обеспечении экономических знаний населения.
Ключевые слова: финансовая грамотность, экономическая политика, экономическое образование, финансовая культура, финансовые услуги, телевизионные программы, благосостояние человека и качество жизни, знание, навыки и ценности.
Abstract: This article reveals the role and influence of the mass media in improving the financial literacy of the population on the basis of the role and importance of television programs aimed at improving financial literacy, in providing economic knowledge of the population.
Keywords: financial literacy, economic policy, economic education, financial services, financial culture, human well-being and quality of life,TV Programm, knowledge, skills and values.
KIRISH.
Aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, iqtisodiy bilimlarini yuksaltirish masalasi, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, jamiyatning yuksak ma'naviyatini shakllantirish kabi muhimdir.
Moliyaviy savodxonlik masalasi nega endi xozirgi kunga kelib dolzarb axamiyat kasb etayapti degan savol tug'ilishi tabiiy. Boisini shunday izohlash
mumkin. Bugungi dunyo turli tuman informatsiyalarga, to'g'ri noto'g'ri axborotlarga,
1254
Scientific Journal Impact Factor
bir qaraganda tub mohiyatini to'la anglab yetish qiyin bo'lgan xabar va mujdalarga to'lib yotibdi. Bu xususda ortiqcha izoh shart bo'lmagan eng ommabop yo'nalish -bu ijtimoiy tarmoqlardir. Aynan ular orqali bizga ko'plab axborot hurujlari uyushtiriladi, feyk informatsiyalar tarqatiladi. Shu orqali ommaning e'tiborini chalg'itish, jamoatchilik fikrini boshqa mavzuga burish yoki yo'q narsalarga tarmoqdan foydalanuvchilarni ishontirish kabi maqsad ya'ni targetlarni amalga oshirish ko'zlanadi. Xo'sh, bu usullar o'zi nima uchun kerak? Bu asosan, ommaning e'tiborini qozonish, iqtisodiy bilimlari darajasi past bo'lgan, moliyaviy savodxon bo'lmagan aholi ongini yolg'on reklamalar, e'lonlar bilan to'ldirish va shu orqali ularni bunga ishontirish, natijada o'zining tovar, mahsuloti yoki xizmatlarini taklif etish maqsadida amalga oshiriladi. Bu borada eng ommabop usul moliyaviy piramidalardir. QUEST NET, Straus xaus, Avto 60 oy, Mono, BEVERLEE yoki "Ahmadboy" voqeasi va yana ko'plab piramidalar bunga misol bo'la oladi. Bu kabi tashkilotlar aholining keng qatlamini iqtisodiy savodli emasligidan foydalanib, aholi mablag'larini o'z mahsulotlarini sotib olishga, xizmatlaridan foydalanishga tizimli marketing orqali jalb etgan. Natija esa barchamizga ma'lum. Bu jarayonlarda ishtirok etgan fuqarolar o'zlarining moliyaviy bilimlari yetishmasligi, iqtisodiy savodxonlik darajasi pastligi sabab ko'plab yo'qotishlarga duch kelishdi.
Fuqarolarning moliyaviy savodxonligi, iqtisodiy bilimlari yuksakligi darajasi nafaqat o'zlarining moddiy farovonligiga ta'sir qiladi, balki mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning ob'yektiv "barometri" hisoblanadi. Iqtisodiy qarorlarni ongli ravishda qabul qilish va ular uchun mustaqil ravishda javobgar bo'lish qobiliyati aholini kelajakka, davlat uchun esa iqtisodiyotdagi o'zgarishlarni idrok etadigan fuqarolarning ko'payishini ta'minlaydi. Asosiy moliyaviy bilimlarning yetishmasligi, aksincha, hayot darajasini pasaytiribgina qolmay, balki mamlakat iqtisodiy o'sish sur'atlarining pasayishiga ham olib keladigan eng jiddiy to'siqlardan biridir.
21-asrning ikkinchi o'n yilligida moliya tizimining murakkablashishi aholining moliyaviy savodxonligi o'sishiga sezilarli darajada to'sqinlik qilmoqda. Bunday vaziyat global iqtisodiy tizimdagi tezkor o'zgarishlar va yangi voqeliklarga moslashish uchun vaqt yo'qligi sharoitida fuqarolar uchun mavjud bo'lgan moliyaviy vositalarni samarasiz yoki noto'g'ri boshqarishga olib keladi. Yuqori moliyaviy noaniqlik sharoitida yashash, yangi vositalar va xizmatlar bozorida doimiy paydo bo'lishi va ularning o'zgarishi, shuningdek, ijtimoiy va moliyaviy jarayonlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida vaqti-vaqti bilan yangilanishi, nima sodir bo'lganligini tushunishga va tushunishga vaqtlari bo'lmaganligi sababli odamlar turli
sohalarda qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Buning natijasida esa hatto firibgar tashkilotlar va soxta shartnomalar qurboni bo'lishmoqda. Moliyaviy vositalardan foydalanish bo'yicha asosiy bilim va ko'nikmalarning yo'qligi, shuningdek moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar dunyosida harakat qila olmaslik qo'rquvni keltirib chiqaradi va o'zlarining noto'g'ri qarorlarining salbiy oqibatlari moliya institutlariga, bank muassasalariga va umuman moliya tizimiga ishonchsizlikka olib keladi.
Aholining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilingan har qanday davlat, shu jumladan zamonaviy O'zbekistonning jadal rivojlanishining zaruriy qismidir. Bunday vaziyatda hukumat tomonidan belgilangan asosiy maqsadlardan biri fuqarolarni shaxsiy mablag'larni samarali boshqarish uchun ma'lumot va ta'lim vositalari bilan "qurollantirish" va natijada mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida teng ravishda ishtirok etishdir. Ushbu muammoni hal qilish kompleks yondashuvni va ushbu jarayonga mintaqaviy tashkilotlarning turli tuzilmalari va tashkilotlaridan mutaxassislarni jalb qilishni talab qiladi.
Ommaviy auditoriyaga tezkor, aniq va ravshan shaklda ma'lum muhim ma'lumotlarni yetkazish va butun aholi uchun masofaviy ta'limni amalga oshirishga qodir bo'lgan asosiy vosita ommaviy axborot vositalari hisoblanadi. Axborot almashinuvi tezligi va ommaviy axborot vositalarining auditoriyaga ta'siri misli ko'rilmagan darajaga yetgan va axborot oqimlari soni kun sayin ortib borayotgan bir paytda, jurnalist murakkab moliya dunyosi va aholi o'rtasida samarali va talab qilinadigan vositachiga aylanadi.
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI Moliyaviy savodxonlik va uni OAV orqali yoritilishi masalalariga xorijiy olim va mutaxassislar tomonidan keng e'tibor qaratib kelinmoqda. Avvalo, mazkur tushuncha ta'rifiga to'xtalib o'tiladigan bo'lsa, ijtimoiy lug'at va talqinlarda unga quyidagicha yondoshilgan:
"Moliyaviy savodxonlik - bu inson moliyaviy xulq-atvori va madaniyati sohasidagi uning farovonligini yaxshilash va hayot sifatini oshirishga olib keluvchi bilim, ko'nikma va qadriyatlar majmui; hayotdagi voqealar va iqtisodiy shart-sharoitlardagi o'zgarishlarni hisobga olgan holda qisqa muddatli qarorlar va uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirish orqali shaxsiy moliyani boshqarishdagi qobiliyat va qat'iylikni, asosiy moliyaviy tushunchalarni anglab etishni ifodalovchi darajadir"[1].
Scientific Journal Impact Factor
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT) hujjatlarida moliyaviy savodxonlikka quyidagicha rasmiy ta'rif berilgan: "Moliyaviy savodxonlik - bu shaxsiy moliyaviy farovonlikka erishish uchun asoslangan moliyaviy qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi xabardorlik, bilim, ko'nikma, qadriyatlar (hayotiy yo'nalishlar) va xulq-atvor kabi elementlarning majmui" [2].
A.Sudakovaning ta'kidlashicha "Hozirgi vaqtda moliyaviy savodxonlik tushunchasi moliyaviy ma'lumot, kompetentlik, xabardorlik va boshqa atamalar bilan uzviy bog'liq. Moliyaviy savodxonlikning ko'rsatib o'tilgan tushunchalar bilan asosiy farqi unga tegishli bo'lgan asosiy elementlarning tatbiq etilish kengligi va bayon etilishining chuqurligida namoyon bo'ladi. SHaxsning moliyaviy savodxonligi tushunchasini o'z farovonligini oshirish uchun moliyaviy jihatdan asoslangan to'g'ri qarorlar qabul qilish imkonini beruvchi kompetensiyalar yig'indisi sifatida talqin etish mumkin. Ayni vaqtda u ustun ravishda moliyaviy va vaqt bo'yicha yo'qotishlarni eng kam darajaga tushirishga imkon yaratadi" [3].
Mazkur tushunchalar O.Kuzina tomonidan nisbatan batafsil va etarli darajada tushunarli holda bayon etilgan [4]. Shuningdek, S.Xaston tomonidan moliyaviy savodxonlikka tegishli 52 ta ma'lumotlar bazasida to'plangan 71 ta tahlil asosida ayrim dastlabki ta'riflar ham belgilab berilgan [5].
Moliyaviy savodxonlik - o'z mablag'ini boshqarish va uni ko'paytirish mahorati. U moliyaviy bozorning o'ziga xosliklarini bilish, bozor ishtirokchilari tomonidan taklif etilayotgan mahsulot va xizmatlardan xabardor bo'lish hamda shu asosda qabul qilingan qaror mas'uliyatini zimmasiga olish degani hamdir [6].
."Moliyaviy savodxonlik" - aholining kundalik hayotdagi oddiy iqtisodiy voqea va jarayonlar (masalan, oziq-ovqat va uy-ro'zg'or buyumlarini xarid qilish, turliresurslar (elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi) va kommunal xizmatlardan foydalanganlik uchun to'lovlarni amalga oshirish, xususiy yoki davlat sektorida mehnatda band bo'lish, ish haqi yoki nafaqa olish va h.k.) dan tortib nisbatan murakkab jarayonlar (masalan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish, tijorat banklari kreditlaridan foydalanish, qimmatli qog'ozlar sotib olish va boshqalar)da ishtirok etishigacha bo'lgan jihatlarni qamrab oladi [7].
Ko'rinib turibdiki, moliyaviy savodxonlikka berilgan ta'riflar hamda uning turli manbalarda bayon etilgan asosiy jihatlariga tizimli yondoshgan holda, mazkur tushunchaning iqtisodiy mazmuni va uning iqtisodiyotdagi ahamiyatini, shuningdek, moliyaviy savodxonlik dasturlarining televidenie orqali yoritilishini
yanada chuqurroq ochib beruvchi tahlil va tadqiqotlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ushbu maqolaning nazariy va uslubiy asosi bo'lib mamlakatimiz televideniyesi hamda xorijiy telekanallar orqali efirga uzatiladigan iqtisodiy yo'nalishdagi turli dasturlar, xorijiy iqtisodchi olimlarning televizion dasturlar orqali aholi moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari bo'yicha izlanishlari, mutaxassislarning fikr-mulohazalarini tahlil qilish asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar xizmat qiladi. Shuningdek, tadqiqot jarayonida ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy tahlil o'tkazish orqali tegishli xulosalar chiqarishga imkon beruvchi usullardan foydalanilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Tadqiqot davomida amalga oshirilgan tahlillar hamda ular orqali qo'lga kiritilgan natijalarga ko'ra qator nazariy qoidalar va amaliy takliflarni ilgari surish mumkin.
Ushbu maqolaning asosliligi nafaqat ko'plab nazariy va amaliy tadqiqotlar, balki aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo'yicha milliy loyihalarni amalga oshirish tajribasi bilan ham tasdiqlanadi. Shu bilan birga, bugungi kunda ommaviy, kasbiy bo'lmaganlar uchun moliyaviy va iqtisodiy ma'lumotlarning asosiy manbai bo'lgan ijtimoiy va siyosiy ommaviy axborot vositalarining jurnalistlarni tayyorlash va bilim darajasi etarli emas. Fuqarolarning moliyaviy ta'limida jurnalistlar va ommaviy axborot vositalarining rolini o'rganishga hech qanday e'tibor berilmagan.
Olib borilgan tahlillar natijalari ommaviy axborot vositalari orqali efirga uzatiladigan televizion dasturlar, bosma nashrlarda chop etiladigan va internet nashrlarida e'lon qilinadigan materiallarning kamligi, bu yo'nalishdagi kam sonli dasturlarda beriladigan ma'lumotlar va informatsiyalarning etarli emasligi, shuningdek, iqtisodiy jurnalistika sohasida faoliyat olib boruvchi jurnalistlarning kasbiy tayyorgarligini oshirish barobarida aholining moliyaviy savodxonlik darajasiga ta'sir ko'rsatuvchi ma'lumotlar bilan ishlash ekanligini ko'rsatdi.
Moliyaviy savodxonlik yo'nalishi bo'yicha televizion o'quv dasturlari va ommaviy auditoriya uchun kasbiy faoliyat doirasidagi moliyaviy-iqtisodiy mavzulardagi jurnalistik materiallar yaratish g'oyat dolzarb ahamiyatga ega.
Tadqiqot natijalari yurtimiz bozor iqtisodiyotiga doimiy moslashuvi va moliya tizimining doimiy murakkablashuvi sharoitida fuqarolarning universal moliyaviy
Scientific Journal Impact Factor
ta'limi davlatning barqaror rivojlanishining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. SHuningdek fuqarolarning shaxsiy iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash kafolati va davlatlararo samaradorlikka ta'sir qiluvchi parametr ekanligi to'g'risida xulosa chiqarishimizga imkon beradi. Shu bilan birga, O'zbekiston aholisining moliyaviy savodxonligini oshirish jarayonida ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarni jalb qilish, o'zgaruvchan iqtisodiy voqeliklar va iqtisodiy tizimning ayrim elementlariga aholining ommaviy moslashuvi uchun eng samarali va qulay mexanizmiga aylanadi.
Bu ommaviy axborot vositalari jamiyatning har bir a'zosiga, shu jumladan ta'lim tizimidan tashqarida bo'lganlarga qo'shimcha vaqt va moliyaviy resurslarni jalb qilmasdan yordam berish, asosiy moliyaviy va iqtisodiy bilimlarga bo'lgan ehtiyojni qondirish, doimiy murakkab iqtisodiy va pul munosabatlari dunyosida innovatsion g'oyalarga tayanish, doimiy ravishda o'sib borayotgan moliyaviy tendensiyani tushunishga yordam beradi. Mahsulotlar va xizmatlar, noto'g'ri moliyaviy qarorlar sonini minimallashtirish, moliyaviy xizmatlar bozorida ishonchni oshirish va fuqarolarning jamiyatning moliyaviy hayotiga jalb qilinishini rag'batlantirish va shuning barobarida O'zbekistonning moliyaviy tizimini rivojlantirishga va aholining turmush darajasini oshirishga turtki beradi.
Shu bilan birga, jurnalistning moliyaviy savodxonligi kasbiy faoliyat doirasida aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo'yicha amaliy ishlarni amalga oshirishga imkon beradigan bilim, ko'nikma va qobiliyat bilan bir qatorda muhim umumiy kasbiy kompetensiya ekanligini ta'kidlaydi. Ushbu vazifani samarali bajarish uchun jurnalistlar etarli iqtisodiy bilim darajasi, voqea yoki faktning aholi uchun foydaliligini baholash va murakkab mavzularni o'quvchilar uchun jozibali shaklga aylantirish kabi malakaga ega bo'lishi kerak. SHu bilan birga, ma'lumot bu soha mutaxassisidan farqli o'laroq keng aholi qatlamiga qaratilgan bo'lib, eng sodda tilda taqdim etilishi kerak.
Kuzatishlarimiz natijalariga ko'ra O'zbekiston milliy teleradiokanallari va tijorat telekanallari orqali efirga uzatiladigan "M-faktor" (Toshkent telekanali), "Biznes-hafta" (O'zbekiston telekanali), "Sturt up club" (Yoshlar telekanali), shuningdek, "O'zbekiston-24" telekanalining Axborot dasturlari va "Uzreport" telekanalidagi yangiliklarida moliyaviy savodxonlik masalalariga muntazam ravishda to'xtalib o'tilib, yoritib borilmoqda. Aholining moliyaviy savodxonligi va iqtisodiy bilimlarini oshirish borasida internet nashrlari va blogerlar ham juda faol ishtirok etishmoqda. Masalan, Bankers.uz, The bakiroo, BiznesRivoj, Biznes Qadamlar, Motivatsiya HD, Biznes Ta'lim kabi telegram kanallarni misol tariqasida keltirish mumkin. Biroq ular
Scientific Journal Impact Factor
orasida ommaviy tarzda tomoshabinni va o'quvchilarni qamrab oladigan moliyaviy dasturlar yetishmasligini kuzatish mumkin.
Ta'kidlash joizki, keyingi yillarda mamlakatimizda ushbu yo'nalishdagi ishlarga katta e'tibor qaratilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 11 iyuldagi qaroriga muvofiq, "O'zbekistonda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish" loyihasi ijrosiga kirishilgani bunga misol bo'la oladi. Bundan tashqari O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Jahon Banki Guruhi moliyalar va bozorlar bo'yicha departamentining Markaziy Osiyo va Ozarbayjonda moliyaviy infratuzilmani mustahkamlash bo'yicha loyihasi (ACAFI) hamkorligida SSP trenerlari va xodimlarining moliyaviy savodxonligini oshirish bo'yicha dastur, 2018 yildan boshlab O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi va «Norma» professional rivojlanish markazi tomonidan «Tadbirkorlar va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish» dasturi yo'lga qo'yilgan. 2018 yil 17 avgustida O'zbekiston Markaziy banki Boshqaruvi Moliyaviy ommaboplik alyansiga (Alliance for Financial Inclusion) a'zo bo'lish to'g'risida qaror qabul qildi. Mazkur alyans 2008 yili a'zo mamlakatlarga moliyaviy ommaboplik siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, tajriba almashish uchun maydon yaratish orqali bank xizmatlarining dolzarb masalalari bo'yicha ishchi guruhlarini tashkil etish va o'qitish, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish va kichik biznesni moliyalashtirishda ko'mak berish maqsadida tashkil etilgan.
Shu bilan birga Markaziy bank tomonidan aholining moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida Finlit.uz axborot-ta'lim resursini ishga tushirildi. Mazkur loyiha oldiga mamlakat aholisi tomonidan moliyaviy xizmatlarni tanlash va ulardan foydalanish, shuningdek, oqilona va mas'uliyat bilan moliyaviy qarorlar qabul qilish hamda moliya bozoridagi imkoniyatlarni to'g'ri baholashga yordam beruvchi bilim va ko'nikmalarni shakllantirish vazifalari qo'yilgan. Materiallarda berilgan ma'lumotlar tavsiyaviy xarakterga ega bo'lib, ular moliyaviy savodxon shaxsning xulq-atvori va ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
Aholi moliyaviy savodxonligini oshirishda OAV o'rni va ta'sirini kengaytirish -mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash, yuqori o'sish sur'atlari, faol tadbirkorlik hamda to'liq bandlik darajasiga erishishning muhim sharti.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Scientific Journal Impact Factor
Aholi moliyaviy savodxonligi jamiyatdagi har bir shaxsning iqtisodiy bilim, malaka va ko'nikmala^ qadriyatlami etarii darajada egallashi hamda o'z faгovonligini ta'minlash imkonini beruvchi iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda ularga asoslangan holda to'g'гi yondashuvini ta'minlovchi sifat ko^satkichi hisoblanadi. Bu jaгayonda esa matbuot va axborat vositalaгi muhim o'rin egallaydi. Aholi moliyaviy savodxonligi darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, avvalo shaxs, u istiqomat qilayotgan hudud, qolaversa, butun milliy iqtisodiyotda barqarorlik va farovonlik darajasi shu qadaT yuqori bo'ladi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanganlik daгajasi aholi moliyaviy savodxonlik darajasiga ijobiy ta'siг ko'гsatadi. Biгoq, bu rivojlangan mamlakatlarda mazkur sohada hech qanday muammo mavjud emas, degan ma'noni anglatmaydi. SHunga ko'гa, rivojlanganlik darajasidan qat'iy naza^ haг bù mamlakat o'z iqtisodiyoti hamda aholi mentaliteti xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aholi moliyaviy savodxonlik darajasini oshirish bo'yicha keng ko'lamli dastuгlaг, xususan, OAV o^ali aholining keng qatlamiga kiгib boгishga xizmat qiladigan ko^satuvla^ telekanallaг va bu jaгayonga bog'liq tizimli chora-tadbirlarni ishlab chiqishi muhim hisoblanadi.
1. Measuring Financial Literacy: Core Questionnaire in Measuring Financial Literacy: Questionnaire and Guidance Notes for conducting an Internationally Comparable Survey of Financial literacy, Paris, OECD, 2011, 31 p.
2. Судакова А.Е. Финансовая грамотность: теоретическое осмысление и практическое исследование // Финансы и кредит, 2017, т. 23, вып. 26, стр. 1563-1582.
3. Кузина О. Финансовая грамотность и финансовая компетентность: определение, методики измерения и результаты анализа в России // Вопросы экономики. 2015. № 8. C. 129-148.
4. Huston S.J. Measuring Financial Literacy. The Journal of Consumer Affairs, 2010, vol. 44, no. 2, pp. 296-316.
5. Улугмуродов Д. Молиявий саводхонлик нима? -http://old.xs.uz/index.php/homepage/zhamiyat/item/10461 -moliyavij savodkhonlik-nima.
6. И. Туропов. Молиявий саводхонлик узи нима, у нима учун долзарб? Bankers.uz
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)