Научная статья на тему 'O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA UNING FAOLIYATI'

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA UNING FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
3281
183
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
matbuot / radio va televideniya / internet / veb sayt / axborot / kommunikatsiya / aloqa / OAV(ommaviy axborot vositalari)

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Anargul Gayratdin Qizi Bazarbaeva

Ma`lumki har bir rivojlangan demokratik jamiyatda matbuot, radio va televideniya davlat siyosatiga ham ma`lum ma`noda ta`sir ko`rsatishi, siyosiy jarayonlarning tarkibiy qismiga aylanmog`i lozim. Biroq bugungi kunda mahalliy matbuot tomonidan o`quvchilar,tinglovchilar, tomoshabinlar juda oz qismi qamrab olinyotganligi va mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga qisman ta`sir ko`rsatayotganligining guvohimiz. Jamoatchilik fikrining rolini va uni ommaviy axborot vositalarida aks ettirishni yangicha tushunish vaqti keldi. Uning taraqqiyparvar kuchlarning ta`sir etuvchi jihatlarini chuqur tahlil etish kerak. Faqat ana shunday yondashuv asosidagina ommaviy axbort vositalari tomonidan jamoatchilik fikriga ta`sir o`tkazish imkoniyatlarini tushunish, siyosiy jarayonda obro' qozonadigan omillar va shart-sharoitlardan foydalanishni o`rganib, muayyan masalalar bo`yicha jamoatchilik fikrini o`rganish narsalarni o`z nomi bilan atash tom ma`nodagi demokratik jamiyat matbuotining haqiqiy qiyofasini belgilab beradi. Aynan shu jarayon bugungi kundagi ommaviy axborot vositalarining faoliyatini belgilab beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA UNING FAOLIYATI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA

UNING FAOLIYATI

Anargul G'ayratdin qizi Bazarbaeva

Qoraqalpoq davlat universiteti Tarix fakulteti, Tarix yo'nalishi talabasi

Malumki har bir rivojlangan demokratik jamiyatda matbuot, radio va televideniya davlat siyosatiga ham malum manoda tasir ko'rsatishi, siyosiy jarayonlarning tarkibiy qismiga aylanmog'i lozim. Biroq bugungi kunda mahalliy matbuot tomonidan o,quvchilar,tinglovchilar, tomoshabinlar juda oz qismi qamrab olinyotganligi va mamlakatimiz ijtimoiy hayotiga qisman tasir ko'rsatayotganligining guvohimiz. Jamoatchilik fikrining rolini va uni ommaviy axborot vositalarida aks ettirishni yangicha tushunish vaqti keldi. Uning taraqqiyparvar kuchlarning tasir etuvchi jihatlarini chuqur tahlil etish kerak. Faqat ana shunday yondashuv asosidagina ommaviy axbort vositalari tomonidan jamoatchilik fikriga tasir o'tkazish imkoniyatlarini tushunish, siyosiy jarayonda obro' qozonadigan omillar va shart-sharoitlardan foydalanishni o'rganib, muayyan masalalar bo'yicha jamoatchilik fikrini o'rganish narsalarni oz nomi bilan atash - tom manodagi demokratik jamiyat matbuotining haqiqiy qiyofasini belgilab beradi. Aynan shu jarayon bugungi kundagi ommaviy axborot vositalarining faoliyatini belgilab beradi.

Kalit sozlar: matbuot, radio va televideniya, internet, veb sayt, axborot, kommunikatsiya, aloqa, OAV(ommaviy axborot vositalari)

Ommaviy axborot vositalari vazifalaridan biri jamiyatni demokratlashtirish va fuqarolar erkinligini ta'minlashdir . Demokratik islohotlarni hayotga tatbiq etish, yangicha dunyoqarashni shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o'rni va ahamiyati juda katta. O'zbekistonda ommaviy axborot vositalari siyosiy hokimiyat va fuqarolar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib, bog'lab turuvchi, ular orasidagi shaffoflikni ta'minlab beruvchi birdan bir vosita . Shunday ekan ommaviy axborot vositalari to'rtinchi hokimiyat deb bejizga takidlanmagan. Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalari nafaqat jamiyatni axborotdan xabardor qilish vositasi sifatida, balki jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan davlat faoliyatini nazorat qilish vositasida bir qator vazifalarni amalga oshirmoqda. O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasi va amaldagi barcha qonunlarda axborot olish, tarqatish borasidagi demokratik huquqlar aniq-ravshan bayon etib berilgan. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida "Har kim o'zi istagan axborotni izlash,

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

olish va uni tarqatish huquqiga ega" deyilgan. Shuningdek O'zbekiston Respublikasi "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida"gi Qonunning 3-moddasida ham "Har bir fuqaroning axborot olish huquqi kafolatlanadi. Har kimning axborot izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi" deyiladi. Hozirda mamlakatimizda jurnalist kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlariga katta e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston aholisining ko'p millatli ekanligi inobatga olinib, 10 dan ortiq tillarda gazetalar chop etilmoqda, bir necha tilda teleko'rsatuv va radioeshittirishlar efirga uzatilayapti. Buning sababi jamiyat har qancha rivojlanmasin jamoatchilik bilan aloqa qilishning eng ta'sirchan vositasi - matbuot, radio, televideniye va Internet bo'lib qolaveradi. Shu bilan birgalikda demokratiya ustuvor bo'lgan davlatda OAV jamoatchilik nazoratining asosiy sub'yektlaridan biriga aylanadi. Mamlakatimizda ham qabul qilingan "Jamoatchilik nazorati to'g'risida"gi Qonunida OAV jamoatchilik nazoratining sub'yekti sifatida e'tirof etilgan. Zamonaviy nazariy manbalarda qayd etilishi bo'yicha ommaviy axborot vositalari tipologiyasiga ko'ra 5 ta asosiy turga ega. Bular: matbuot (gazeta, jurnal, axborotnomalar va boshqalar), radio, televideniye, axborot agentliklari, shuningdek, Internet saytlari. Bugun ko'pchilikning diqqat-e'tiborini o'ziga jalb etib kelayotgan, to'g'rirog'i, ommaviy axborotning o'ziga xos vositasi sifatida namoyon bo'layotgan Internet veb-saytlari qolgan turlarga qaraganda tezkorligi va imkoniyatlari kengligi bilan ajralib turipdi. Ijtimoiy fikrni shakllantirish va rivojlantirish, davlat hamda fuqarolik institutlarining o'zaro ijtimoiy muloqotida ham OAV muhim vosita sifatida yetakchi o'rin egallaydi. Shu nuqtai nazardan qaraganda fuqarolar ham OAVda sog'lom dunyoqarash bilan uning foydalanuvchilariga aylanishlari lozim. Sababi OAV jamiyat hayotining turli-tuman yo'nalishlarida qabul qilinayotgan huquqiy-me'yoriy hujjatlar, istiqbolli dasturlar, loyihalarni amalga oshirishda, fuqarolarni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to'g'risida xolis, tezkor va to'la-to'kis xabardor qiladi, fuqarolarning davlat va jamiyat qurilishi jarayonlarida faol ishtirokini ta'minlashga xizmat qilib, bu organlar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hizmat qiladigan vositadir.

Xulosa: Davlatimiz rahbari tomonidan axborot sohasini isloh etish bo'yicha vazifa etib belgilangan bu chora-tadbirlarning asl mohiyati fuqarolik jamiyatini barpo etishda ommaviy axborot vositalarining mustaqil institut sifatida shakllanishini, siyosiy hokimiyat va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda ochiqlikni hamda fuqarorlarning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini to'liq ta'minlashdan iboratdir. Ommaviy axborot vositalari albatta shaffof va adolatli tarzda omma e'tiboriga havola etilishi maqsadga muvofiq. Ommaviy axborot vositalari O'zbekistonda 7 ta tilda va siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy, sport kabi 20 dan ortiq ixtisosliklarda

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

oz faoliyatini. olib bormoqda. Bu kabi jiddiy o'zgarishlar ommaviy axborot sohasida qonunchilik tizimini yanada rivojlantirish, ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozimligini taqozo etmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdeev RF Axborot sivilizatsiyasi falsafasi / RF Abdeev. - M .: VLADOS, 1994 yil.

2. Olshanskiy D.V.Omma psixologiyasi. - SPb .: Piter, 2002 .—368 b.

3. Freyd 3. Ommaviy psixologiya va inson "men"ining tahlili. // Freyd 3. Sevimlilar. T. L. L: Akademik matbuot, 1969 yil.

4. Ortega Gasset J. Der Aufstan der Massen. B .: Xalq Verlag, 1959 yil.

5. https://hozir.org/ozbekiston-respublikasida-ommaviy-axborot-vositalari-faoliyati.html

6. https://fayllar.org/ozbekiston-respublikasida-ommaviy-axborot-vositalarining-faoli.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.