BOSHQARUV PSIXOLOGIYASINING PREDMETI VA VAZIFALARI
Shukurjon Imomaliyevich Boratov
Qo'qon DPI
Annotatsiya: Ushbu maqola boshqaruv psixologiyasining predmeti va vazifalari; boshqaruv nazariyalarining rivojlanish tarixi, ilmiy boshqaruv maktabi yoki mehnatni ilmiy tashkil etish maktabi, insoniy munosabatlar maktabi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: konsepsiya, personal, kommunikatsiya, subordinatsiya, koordinatsiya
THE SUBJECT AND TASKS OF MANAGEMENT PSYCHOLOGY
Shukurjon Imomalievich Boratov
Kokand SPI
Abstract: This article is the subject and tasks of management psychology; the history of the development of management theories, the school of scientific management or the school of scientific organization of work, and the school of human relations are discussed.
Keywords: concept, personnel, communication, subordination, coordination
Boshqaruv maqsadi va vazifalari boshqaruv munosabatlarini keltirib chiqaradi va boshqaruv psixologiyasi aynan shu munosabatlar tarkibini o'rganadi.
Ko'rib o'tganimizdek, boshqaruv psixologiyasi boshqaruv maqsadi va vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv sub'yekti va ob'yekti o'rtasida yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi. Mazkur munosabat tizimining tashkiliy qismlari o'zaro itoatdaligi bilan xarakterlanadi1.
Tizim ichida amal qiluvchi itoat tamoyili boshqaruv fanida subordinatsiya deb ataladi va bu ibora orqali tizimning markazlashganligi nazarda tutiladi. Subordinasiyadan kelib chiquvchi munosabatlar tashkilot xodimlari xulqida itoat va ijro etish shakllarini nazarda tutadi. Ammo, boshqaruv amaliyoti nafaqat rahbariyat va itoatdagi xodimlar munosabati, balki bir darajada turuvchi va toifasi jihatidan barobar tashkilot a'zolari o'rtasidagi munosabatlarni ham o'rganadi.
Tizimning bunday qismlari o'rtasidagi munosabatlarni o'zaro muvofiqlashtirish, ular o'rtasidagi hamjihatlik shakllarini yanada mukammallashtirish koordinatsiya tadbirlarida namoyon bo'ladi.
1 Qosimova D.S. Boshqarish nazariyasi: O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2007. - B. 30-31
ríTTTÜ^^H] 106 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Boshqaruvdagi subordinatsiya va koordinatsiya munosabatlari tashkilot miqyosidagi vertikal va gorizontal aloqalarni ajratish zaruratini tug'diradi. Demak, vertikal aloqalar o'zaro itoatdagi xodimlar o'rtasida yuzaga keluvchi munosabatlardan iborat bo'lsa, gorizontal aloqalar o'zaro koordinatsiyani, ya'ni tizimning teng va mustaqil qismlari o'rtasidagi munosabatlarni nazarda tutadi. Bundan tashqari, boshqaruv munosabatlari o'zining rasmiy va norasmiy ko'rinishiga ham ega2
Rasmiy munosabatlar xizmat majburiyatlariga asoslanadi, norasmiy munosabatlar esa tashkilot miqyosida xizmat qiluvchi xodimlar o'rtasidagi ixtiyoriylik va o'zaro xohishga tayanadi. Shu munosabat bilan, boshqaruv psixologiyasinig asosiy vazifalaridan biri yuqorida ta'kidlangan munosabatlarni yanada mukammallashtirishdan iboratdir.
Boshqaruv psixologiyasining boshqa turkum vazifalari boshqaruv metodlarini shakllantirish bo'lib, ushbu tadbir tashkilotning samarali faoliyatini ta'minlash maqsadidagi ta'sir etish imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Tashkilot personaliga ta'sir etish uslublarini uch guruhga bo'lamiz: ma'muriy, moddiy va ma'naviy shakllarda ta'sir etish. Bularning har birida ma'lum psixologik mazmun namoyon bo'ladi va boshqaruv psixologiyasi, fan sifatida, bu choralarning xodimga ta'sirchanlik imkoniyatini tadqiq etadi.
Bunday ta'sir etish tadbirlari orasida xodimlarni motivatsiyalash, ya'ni bajaradigan mehnatga ishtiyoq uyg'otish masalasiga katta e'tibor qaratiladi. Boshqaruv ob'yektiga ta'sir etish uslublariga ko'ra, uning bevosita va bavosita ta'sir shakllari ajratiladi.
Boshqaruv psixologiyasi fanidagi asosiy tushunchalardan biri, boshqaruv sub'yekti va ob'yekti masalasidir. Bevosita boshqaruv jarayonini ko'z oldimizga keltirsak, boshqaruv sub'yekti sifatida rahbarni, ob'yekt tarzida esa xodimni va mehnat jamoasini tasavvur etishimiz mumkin. Biroq, rahbar o'z faoliyatini tashkil etishi va o'z-o'zini boshqarishi uni nafaqat boshqaruv sub'yekti, balki ob'yekt sifatida ham tushunish zaruratini qo'yadi. Rahbarning kasbiy mukammallashuvi, o'z-o'zini boshqarish malakalarini egallashi, tashkilot va xodimlar boshqaruvidagi asosiy mavzulardan biriga aylanadi. 3
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, boshqaruv psixologiyasining predmeti sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati qabul qilinadi.
1924-yildan boshlab insoniy munosabatlar maktabi ham rivojlana boshladi. Bu yondashuvning asosi va birlamchi manbaalari amerikalik psixolog Elton Meyoning "Xotorn tajribalari'ga borib taqaladi.
2 Mahmudov I.I. Boshqaruv psixologiyasi. O'quv qo'llanma / Mas'ul muharrir: A.Xolbekov. - T.: DJQA "Rahbar" markazi; "YUNAKS-PRINT" MCHJ, 2006. - B. 10-13.
3 Karimova V.M., Hayitov O.E., Umarova N.SH. Boshqaruv sohasidagi professional kompetentsiya asoslari: Monografiya. / Prof. V.M. Karimova tahriri ostida. - T.: "Fan va texnologiya", 2008. - B. 39-41.
riTTTÜ^^H] 107 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
"Western Electric" kompaniyasida o'tkazilgan tajribalarda, sex ishchilariga e'tiborli bo'lish, ularning manfaatlari haqida g'amxo'rlik qilish natijasida mehnat unumdorligini oshirishga erishilgan. Bunday munosabat ishchilar tomonidan rag'batlantiruvchi omil sifatida qabul qilingan va ijobiy munosabatlarni shakllantirish asosida mehnat unumdorligi oshgan.
Miqdoriy yondashuv. 1950-yildan miqdoriy yondashuv rivojlana boshladi. Bu yondashuvning asosiy mohiyati guruh va tashkilotlarni boshqarishda matematik metodlardan, xususan, mehnat operatsiyalarini tahlil etish, matematik modellar yaratish uslublari qo'llandi. Tashkilot boshqaruvi tizimiga mutlaqo mos model yaratib bo'lmasada, lekin matematik apparatni qo'llash natijasida boshqaruv jarayonini chuqur bilish va ayrim iqtisodiy natijalarni bashorat qila olish imkoniyati oshadi.
Boshqaruvga jarayon sifatida yondashish. Bu yondashish ta'limotida esa, tashkilot hayotiga murakkab va dinamik jihat tarzida qaraladi hamda boshqaruv o'zaro bog'liq funktsiyalarni bajarishning uzluksiz jarayoni sifatida tushuniladi. Bunday funktsiyalar sifatida: rejalashtirish, tashkil etish, topshiriqlar berish (ma'muriy boshqaruv), motivlashtirish, rahbarlik, koordinatsiya, nazorat, tadqiqotlar, kommunikatsiya, baholash, qaror qabul qilish, personal tanlash, muzokaralar olib borish va vakolat berish kabilar sanab o'tiladi.4
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Qosimova D.S. Boshqarish nazariyasi: O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2007. -B. 30-31
2. Mahmudov I.I. Boshqaruv psixologiyasi. O'quv qo'llanma / Mas'ul muharrir: A.Xolbekov. - T.: DJQA "Rahbar" markazi; "YUNAKS-PRINT" MCHJ, 2006. - B. 10-13.
3. Karimova V.M., Hayitov O.E., Umarova N.SH. Boshqaruv sohasidagi professional kompetentsiya asoslari: Monografiya. / Prof. V.M. Karimova tahriri ostida. - T.: "Fan va texnologiya", 2008. - B. 39-41.
4. O.E.Hayitov "Boshqaruv Psixologiyasi" Chirchiq 2020 18-20 b
5. Boratov, Shukurjon Imomaliyevich. "VOKAL VA ZAMONAVIY MUSIQANING O 'ZIGA XOS XUSUSYATLARI." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 452-456.
6. Baratov, Sh. "O'ZBEK MUSIQASI TARIXI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 303-308.
7. Xoljo'rayevich, Madaminov Nasimxon. "THE IMPORTANCE OF USING MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE MUSIC CULTURE LESSON." ASIA PACIFIC
4 O.E.Hayitov "Boshqaruv Psixologiyasi" Chirchiq 2020 18-20 b
riTTTÜ^^H] 108 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 142-144.
8. Xoljo'rayevich, Madaminov Nasimxon. "THE PECULIARITIES OF MUSIC THEORY AND ITS IMPACT ON HUMAN ZINC." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 131-133.
9. Buronovich, Umrzaqov Behzot. "THE PLACE OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES OF VIRTUAL TECHNOLOGIES IN TEACHERS OF FUTURE TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.11 (2022): 37-43.
10. Boronovich, Umrzakov Bekhzod. "THE CONTENT OF THE FORMATION OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES IN FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.11 (2022): 16-22.
11. Buronovich, Umrzakov Bekhzot. "CONTENT OF FORMATION OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES IN FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." World Economics and Finance Bulletin 20 (2023): 1-3.
12. Nosirov, Dilmurod. "ALISHER NAVOI AND MUSIC." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.
13. Nosirov, Dilmurod. "THE PROCESS AND PROGRESS OF THE HISTORICAL FORMATION OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.
14. Boronovich, Umrzakov Bekhzod. "THE CONTENT OF THE FORMATION OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES IN FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.11 (2022): 16-22.
15. . Buronovich, Umrzakov Bekhzot. "CONTENT OF FORMATION OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES IN FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." World Economics and Finance Bulletin 20 (2023): 1-3.
16. Dogan, J., and E. Qobilova. "FORMATION OF CREATIVITY IN PRESCHOOL CHILDREN BY MEANS OF FOLK INSTRUMENTS USING ADVANCED FOREIGN EXPERIENCE." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.10 (2022): 1195-1199.
109
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
17. Kobilova, Ezozxon Bakirovna. "Classical music and youth education." Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities 12.9 (2022): 126-130.
18. Sh, Jumaboyeva M. "FORMING THE CHILD'S PERSONALITY IN THE PROCESS OF ACQUIRING MUSICAL KNOWLEDGE." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 128-132.
19. Djumaboyeva, M. "IN FOLKLORE-ORAL CREATIVITY AND TRADITIONALISM." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 306-312.
20. Jumaboyeva M. "FORMING THE CHILD'S PERSONALITY IN THE PROCESS OF ACQUIRING MUSICAL KNOWLEDGE." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 128-132.
21. Djumaboyeva, M. "IN FOLKLORE-ORAL CREATIVITY AND TRADITIONALISM." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 306-312.
22. Buronovich, Umrzaqov Behzot. "THE PLACE OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES OF VIRTUAL TECHNOLOGIES IN TEACHERS OF FUTURE TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.11 (2022): 37-43.
110
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)