Научная статья на тему 'SAMARALI BOSHQARUVGA TO‘SQINLIK QILUVCHI SHAXS XISLATLARI'

SAMARALI BOSHQARUVGA TO‘SQINLIK QILUVCHI SHAXS XISLATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
128
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
boshqaruv / to‘sqinlik / biznes

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nasimjon Xoljo‘rayevich Madaminov

Ushbu maqolada rahbar shaxsi, rahbar shaxs xislatlari, rahbar yoshi, rahbar jinsi, shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei va uning ma’lumoti darajasi, hayot tajribasi, samarali rahbar qiyofasi, shaxsning ijtimoiy-psixologik strukturasi, samarali boshqaruvga toʻsqinlik qiluvchi shaxs xislatlari haqidagi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAMARALI BOSHQARUVGA TO‘SQINLIK QILUVCHI SHAXS XISLATLARI»

"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / https://oac.dsmi-qf.uz Volume 4 Issue 6 / December 2023

SAMARALI BOSHQARUVGA TO'SQINLIK QILUVCHI SHAXS

XISLATLARI

Nasimjon Xoljo'rayevich Madaminov

Qo'qon DPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada rahbar shaxsi, rahbar shaxs xislatlari, rahbar yoshi, rahbar jinsi, shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei va uning ma'lumoti darajasi, hayot tajribasi, samarali rahbar qiyofasi, shaxsning ijtimoiy-psixologik strukturasi, samarali boshqaruvga to'sqinlik qiluvchi shaxs xislatlari haqidagi yoritilgan.

Kalit so'zlar: boshqaruv, to'sqinlik, biznes

PERSONAL CHARACTERISTICS THAT HINDER EFFECTIVE

MANAGEMENT

Nasimjon Kholjorayevich Madaminov

Kokand SPI

Abstract: This article describes the leader's personality, leader's characteristics, leader's age, leader's gender, socio-economic status of the person and his level of education, life experience, image of an effective leader, socio-psychological structure of the person, personal characteristics that hinder effective management.

Keywords: management, obstacle, business

Ushbu bo'lim yakunida samarali boshqaruvni amalga oshirishda xalaqit beruvchi shaxs хislatlari haqida gapirib o'tmoqсhimiz va quyida ularni ichki to'siqlar deb nomlaymiz:

Biznes boshqaruvi sohasidagi olimlar M.Vudkok va D.Frensis bir qancha menejerlar faoliyatini o'rganib va quyidagi ichki to'siqlar menejer faoliyatining samarasini pasaytiradi, deb hisoblaydilar:

O'z-o'zini boshqara olmaslik. Rahbar hayoti hayajon va zo'riqishlarga to'la. Bunday sharoitda xulqda aniq maqsadning yo'qligi nafaqat jamoa

Shaxsiy qadriyatlarning shakllanmaganligi. Rahbar doim qaror qabul qilish vaziyatida bo'ladi. Vaholanki, qaror samarasi shaxsiy qadriyatlar, kasbiy va hayotiy tamoyillarga asoslanadi, ularning shakllanganligi rahbar faoliyatining mazmunini tashkil etadi. Masalan, zamonaviy boshqaruv samaradorlik, xodim imkoniyatlarini ochishga ko'mak, tashkilotga yangilik olib kirishga moyillik kabi qadriyatlarga

asoslanadi. Mustahkam qadriyat va tamoyillarga asoslanmagan rahbar beqarorlik va maqsad yo'lida irodasizlikni namoyon etadi.1

Shaxsiy maqsadning aniq ifodalanmaganligi. Zamonaviy rahbar muhimni nomuhimdan ajrata olishi, mavjud imkoniyatlardan eng maqbulini tanlay bilishi kerak. Tashkilot maqsadini chuqur anglash yo'lidagi birinchi qadam rahbarning o'z shaxsiy maqsadlarini yaxshi tushunib yetishidir. O'z maqsadini aniq bilgan rahbargina uning faoliyatiga qo'yilayotgan talablarni jonu diliga singdira olishi mumkin. Shaxsiy maqsadning noaniqligi tashkilot manfaati yo'lidagi maqsadlarni ham anglab olishga xalaqit beradi. Aniq maqsadning yo'qligi shaxsning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini pasaytiradi va demak, bunday rahbar, o'zgalarning muvaffaqiyatini ham his eta olmaydi.

Kamolotga intilishning yo'qligi. O'z ustida ishlashdan bosh tortgan rahbar qaltis vaziyatdan o'zini olib qochadi, o'z imkoniyat va qobiliyatini rivojlantirish ustida ishlamaydi, tavakkalga bormaydi va eski, odat tusiga kirgan xatti-harakatlari dorasidan chiqolmaydi.

Muammoni yecha olmaslik. Ayrim rahbar muammo ustida sifatli, muntazam va aql-zakovat bilan ishlay olmaydi. U vazifa maqsadini aniqlash, ma'lumot to'plash, rejalashtirish va nazoratni amalga oshirish malakasiga ega emas. Natijada hal etilmagan masalalar to'planadi va rahbarning muammoni hal etish imkoniyati cheklanib qoladi.2

Ijodiy yondashuvning yetishmasligi. Ixtiroga moyilligi bo'lmagan rahbar yangi g'oyalarni taklif etolmaydi, o'zgalarda mehnatga bo'lgan ijodiy yondashuvni uyg'ota olmaydi. Bunday rahbar tajribadan, jamoa hayotiga yangilik kiritishdan o'zini chetga oladi yoki yangiliklar ustidan kuladi. Yuksak ijodiylik to'siqni yengib o'tishni va qiyinchilikka bardosh berib maqsadga intilishni taqozo etadi.

Itoatidagi xodimlarga ta'sir etolmaslik. Rahbar o'z qo'li ostidagi xodimlarga ta'sir etishi lozim. Lekin, ayrim rahbar o'z xodimlariga suyanolmaydi va buning o'rniga ular haqida salbiy fikrda yuradi. Bunday rahbar o'z intilishida muntazam emas, atrofdagilar bilan yaqin muloqotga kirishmaydi va o'z ichki dunyosini yaxshi ifoda etolmaydi.

Boshqaruv faoliyati xususiyatini yaxshi bilmaslik. Boshqaruv faoliyati samarasi haqida ma'lumotga ega bo'lmas ekan, rahbar o'z malakasini shakllantira olmaydi. Boshqaruvga o'z yondashuvini tahlil etolmaydigan rahbar fikr va topshirig'ini ham xodimga tushuntirishi qiyin. Bunday rahbar xodimlari u haqda nima deb o'ylashi bilan qiziqmaydi, o'z xodimlarini tashabbusga chaqirishi mushkul, ayniqsa topshiriqlar berishga qiynaladi.

1 MaxMygoB H.H. EomKapyB ncnxo^oraacH: YKyB Ky^äHMa / Mactyn My^appnp: A.XO^6CKOB. - T.: "Pax6ap" MapKa3u; "YUNAKS-PRINT" MH®, 2006. - 230 6.

2 MaxMygoB H.H. EomKapyB ncnxo^oraacH: YKyB Ky^äHMa / Maciyn My^appnp: A.XO^6CKOB. - T.: "Pax6ap" MapKa3u; "YUNAKS-PRINT" M^K, 2006. - 233 6.

riTTTÜ^^H] 312 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Boshqaruv malakasining sustligi. Tashkilotdagi xodim va rusurslarni boshqarish uchun ko'pgina ko'nikmalar zarur bo'lib, ularni rahbarlik qobiliyatlari deyish ham mumkin. Boshqaruv sust bo'lgan jamoada vaqtni behuda o'tkazish, xodimlarning o'z imkoniyati darajasida ishlamasligi, mehnatdan qoniqmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Bunday guruhda rol taqsimoti sust, mehnatni tashkil etishda behudalik ko'p, o'zaro munosabatlar esa - qoniqarsiz. Bunday jamoada rahbarning mehnati qadrlanmaydi va psixologik muhit sog'lom emas.

Itoatidagi xodimlarda mehnat malakasini shakllantira olmaslik. Har bir rahbar vaqti-vaqti bilan ustoz sifatida xodimga ish xususiyatini o'rgatadi. Xodimning kasbiy qobiliyatini rivojlantira olmaydigan rahbar, o'z jamoasi mehnatini yuksak darajaga olib chiqolmaydi. Bu holda xodim o'z mehnati natijasi haqida rahbardan hech qanday fikr eshitmaydi, rahbarning bahosi va tavsiyasi rasmiy tus oladi.

Jamoa tashkil etishdagi sust qobiliyat. Maqsadga erishish uchun rahbar, xodimlar bilan birlashishi va ularning malakasidan foydalanishi lozim. Ishchi guruhi malakali va unumli jamoaga aylanmasa, rahbar mehnati qiyin kechadi va faoliyati ham unumsiz bo'ladi. Bunday jamoalarda unumli mehnat mexanizmlari shakllanmaydi va nosog'lom muhit hukm suradi.3

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Мaxмyдoв И.И. Бoшк;apyв пcиxoлoгияcи: YyB к;yллaнмa / Мacъyл мyxappиp: А.Хoлбeкoв. - Т.: ДЖКА "Pa*6ap" мaркaзи; "YUNAKS-PRINT" МЧЖ, 2006. - 235 б.

2. Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. - T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashrièti, 1993. - B. 167-170.

3. E.Hayitov "Boshqaruv psixologiyasi" Chirchiq-2020 B 33-40

4. Xoljo'rayevich, Madaminov Nasimxon. "THE IMPORTANCE OF USING MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE MUSIC CULTURE LESSON." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 142-144.

5. Xoljo'rayevich, Madaminov Nasimxon. "THE PECULIARITIES OF MUSIC THEORY AND ITS IMPACT ON HUMAN ZINC." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 131-133.

6. Мaдaминoв, Н. "БОЛАЛАРНИ УЗБЕК ХАЛК ЧОЛЕУ АСБОБЛАРИ ВОСИТАСИДА ИЖОДКОРЛИГИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ." Oriental Art and Culture 3.4 (2022): 782-787.

3 MaxMyAoB И.И. Бoшкaрyв пcиxoлoгияcи: Y;yB кyллaнмa / Мacъyл My^appnp: А.Хoлбeкoв. - Т.: ДЖКА "Pax6ap" мapкaзи; "YUNAKS-PRINT" МЧЖ, 2006. - 235 б.

ПТТТЙ^^Н] 313 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

7. Madaminov, N. "Forming The Spirituality Of Youth Throug Music." Journal of Positive School Psychology (2023): 1069-1073.

8. Madaminov, N. "Forming The Spirituality Of Youth Throug Music." Journal of Positive School Psychology (2023): 1069-1073.

9. Nosirov, Dilmurod. "ALISHER NAVOI AND MUSIC." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

10. Nosirov, Dilmurod. "THE PROCESS AND PROGRESS OF THE HISTORICAL FORMATION OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

11. Buronovich, Umrzaqov Behzot. "THE PLACE OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES OF VIRTUAL TECHNOLOGIES IN TEACHERS OF FUTURE TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.11 (2022): 37-43.

12. Buronovich, Umrzaqov Behzot, and Bo'tayev Ahmadali Ashirovich. "Examples Of Drawing Up Tests From Drawing And Engineering Graphics." Journal of Positive School Psychology 6.11 (2022): 3128-3132.

13. Boronovich, Umrzakov Bekhzod. "THE CONTENT OF THE FORMATION OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES IN FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.11 (2022): 16-22.

14. Shodiyeva, G. "MUSIQA MASHG'ULOTLARIDA AXBOROT KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH." Interpretation and researches 1.1 (2023).

15. Shodiyeva, G. E. "COMPETENT APPROACH TO EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN."

16. (2 Shodiyeva, Gavxar Imindjanovna. "BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI." Oriental Art and Culture 4.1 (2023): 111-121.023).

17. Askarova, S. M. "EDUCATION OF SINGING SKILLS IN PRESCHOOL CHILDREN." (2023).

18. Аскарова, Сохибахон Мухаммаджоновна. "ОСОБЕННОСТИ ПЕВЧЕСКОГО МАСТЕРСТВА ШКОЛЬНИКОВ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ." Oriental Art and Culture 4.1 (2023): 874-878.

19. AXMEDOVICH, TURDIEV SHAVKAT. "Use of Pedagogical Technologies in Conducting." JournalNX 7.1: 149-151.

20. Turdiyev, Sh. "CHORAL ART IS A TYPE OF ANCIENT AND MODERN ART." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.