Научная статья на тему 'SHARQ PSIXOLOGIYASI VA BOSHQARUVCHILIKKA OID MUTAFAKKIRLARINING SHARQONA QARASHLARI'

SHARQ PSIXOLOGIYASI VA BOSHQARUVCHILIKKA OID MUTAFAKKIRLARINING SHARQONA QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
332
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
psixologiya / mashoyix / sufiy

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Qaxramon Madaminovich Fozilov

Ushbu maqolada Siz Sharq psixologiyasiga oid Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon Forobiy; Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy; Yusuf Xos Hojib; Temur ibn Tarag‘oy Bahodir; Nizomiddin mir Alisher; Ahmad Donish va Abdulla Avloniylarning davlat boshqaruvi toʻgʻrisidagi qarashlari mohiyati bilan tanishasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ PSIXOLOGIYASI VA BOSHQARUVCHILIKKA OID MUTAFAKKIRLARINING SHARQONA QARASHLARI»

SHARQ PSIXOLOGIYASI VA BOSHQARUVCHILIKKA OID MUTAFAKKIRLARINING SHARQONA QARASHLARI

Qaxramon Madaminovich Fozilov

QDPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada Siz Sharq psixologiyasiga oid Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug' Tarxon Forobiy; Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy; Yusuf Xos Hojib; Temur ibn Tarag'oy Bahodir; Nizomiddin mir Alisher; Ahmad Donish va Abdulla Avloniylarning davlat boshqaruvi to'g'risidagi qarashlari mohiyati bilan tanishasiz.

Kalit so'zlar: psixologiya, mashoyix, sufiy

ORIENTAL VIEWS OF ORIENTAL PSYCHOLOGY AND MANAGEMENT

THINKERS

Kaxramon Madaminovich Fozilov

KSPI

Abstract: In this article, you will learn about Eastern psychology, Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug Tarkhan Farabi; Abu Rayhan Muhammad ibn Ahmed Beruni; Yusuf Khos Hajib; Timur ibn Taragai is Baha'i; Nizamuddin Mir Alisher; You will get acquainted with the essence of the views of Ahmad Donish and Abdulla Avloni on public administration.

Keywords: psychology, mashoyikh, Sufi

Rahbar shaxsini o'rganish muammosi kishilik jamiyatining barcha davrlarida muhim masala bo'lib kelgan. Buning asosiy sababi birinchidan, har bir davrdagi ijtimoiy munosabatlar o'ziga xos ravishda ijtimoiy mavqe jihatidan kimningdir yuqori darajada turishini taqozo etgan bo'lsa, ikkinchidan, insonlarning hayot kechirish tarzi, ravnaqi, darajasi, farovonligi, baxtli turmush kechirishi shu yuqori mavqedagi shaxsga, uning turli fazilatlari va xislatlariga bog'liq bo'lganligidir.

Mutafakkir ajdodlarimiz ta'limotida, xalq ijodi mah-sullarida adolatli va adolatsiz munosabatlarning yuzaga kelishi rahbar shaxsi, ya'ni shohga bog'liq ekanligi to'g'risidagi fikrlarni o'qiymiz.

Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar shahri" asarida aholining ma'naviy va psixologik jihatdan boshqarilishida fozil odamlar shahrida shahar aholisining stratometrik xususiyatlarga ko'ra tabaqalanishi lozimligi uqtiriladi. Bunda jamiyat a'zolarining o'zlarini boshqarishlarida jamiyatning o'zini o'zi boshqarilishiga olib

kelish lozim, lekin bu bilan bir vaqtning o'zida har bir a'zo o'z psixologikma'naviy kamolotini usul hamda yo'nalishiga ko'ra yakkaxol tarzda mavjud bo'ladi. "Shularning hammasini ikki yo'l bilan olish mumkin. Birinchidan, yuqoridagi hodisalar aslida qanday mavjud bo'lsa, inson qalbiga, ko'ngliga o'shanday o'rnashib qolsa, boshqalarning ko'nglida bu bilimlar qiyosiy yoxud taqlid asosida vujudga keladi. Ba'zi odamlar o'sha narsalarni o'zlari his etishlari tufayli ko'ngillarida shu bilimlar vujudga keladi".1

Forobiy bu fikrni davom ettirib: "Ikkinchidan, ushbu sifatlarga ega bo'lmagan odamlar birikmasi esa, jaholatdagi va adashgan shaharlarning aholisini tashkil qiladi. Fikrlashlar, g'azab, hasad, nafratga asoslangan bunday shahar aholisi... doimo bir-birlariga qarshi kurashib bir-birlariga dushmanlik qiladilar, eng kuchlilari boshqalarga nisbatan mukammalroq tuzilgan bo'ladi. G'olib kelganlar ham bir-birlarini yo'qotishga urinadilar, go'yo boshqa mavjudotlar nomukammalday, ularning borligi bularga zarar keltiradiganday, yoxud boshqalar ularga faqat qulday xizmat qilish uchun yaratilganday, barchasi bir-birini ezib ishlatishga intilishadi" 2

Forobiy shuningdek, insonlarning yaxshi hayot kechirishi boshqaruvchi, ya'ni rahbar shaxsiga bog'liq ekanligini, uning turli fazilatlari bu borada unga yordam berishini uqtiradi. Uning fikricha, bu o'rinda rahbar shaxsi uchun gumanistik, isnonparvarlik xususiyatlari muhimdir: "Kimki birovni baxt va saodatga erishtirish uchun zarur bo'lgan ish-harakatlarga ruhlantira olish qobiliyatiga ega bo'lmasa va bu ish-harakatni bajara olishga qudratsiz bo'lsa, bunday odam sira ham rahbar bo'la olmaydi. Ular yo'l-yo'riqlarni o'tmishda yashab o'tgan boshliqlardan o'rganadilar, lekin shu bilan birga, rahbar kelajak o'tmishdagi rasm-rusm, yo'l-yo'riqlarni isloh qilishni lozim topsa, turmush sharoiti taqozosiga qarab o'zgartiradi. Shuningdek, yomon odatlarni o'zida ifodalovchi o'tmishni ham o'zgartirmog'i kerak. Aks holda o'tmishning talablariga rioya etib, uning kayfiyati saqlansa, turmushda hech qanday yengillik, o'zgarish va o'sish ham bo'lmaydi"3

Forobiyning bu fikrlaridan ko'rinadiki, rahbar shaxsi birinchi navbatda o'zini yomon odatlardan ozod qila olishi, boshqalarni yaxshi ishlarga ruhlantira olishi kerak ekan. Bu fikrlarning bugungi kunimiz uchun ham ahamiyati pasaymaganligini kuzatish mumkin.

O'rta Osiyoning buyuk donishmandlaridan biri bo'lmish Abu Rayhon Beruniy ham boshqaruv va boshqaruvchi shaxsi xususida o'zining bir qator fikrmulohazalarini bayon etgan. U har bir kishiga baho berish uchun, uning ishini kuzatish mumkinligini ta'kidlaydi: "Har bir odamning bahosi o'z ishini ajoyib bajarishidadir" 4

1 Фoрoбий A6y Hacp. Фoзил oдaмлaр шaxри. - Т.: А.Крдирий нoмидaги xaлк; Mepora нaшриèти, 1993. - Б. 167.

2 O'sha manba. - B. 170

3 Бepyни A6y Рaйxaн. Индия. Co4., т.2. - Т.: '^aH", 1963. - С. 8.

4 O„sha manba. - B. 125

ПТТТЙ^^Н] 161 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Beruniy o'zining "Hindiston" asarida ushbu g'oyani ilgari suradi: "Tabiati jihatidan boshqarish va siyosat ishlariga qiziquvchi, boshliq bo'lishga fazilat va kuchi bilan haqli, fikr va maqsadda sabotli, davlatni o'zidan keyingilarga qoldirib, ularning o'z ota-bobolariga qarshi bo'lmasliklarini maqsad qilib olgan kishi tomonidan berilgan har bir buyruq, buyurilgan kishi oldida turg'un tog'lar singari mahkam bo'lib, u buyruqqa ko'p vaqtlar va uzoq zamonlar o'tsada, keyingilar ham bo'ysunadilar". Uning fikricha, tabiatan boshqarishga moyil bo'lgan hokim o'z fikri va qarashlarida qat'iy bo'lishi, o'z ishlarini amalga oshirishda donishmandlar tomonidan bildirilgan ilg'or mulohazalarga bo'ysunishi lozim. Odil hokimning asosiy vazifasi oliy va past tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar orasida tenglik va adolat o'rnatishdan iboratdir. Hokimning muhim vazifalaridan yana biri fan taraqqiyotiga, olimlarga g'amxo'rlik qilishdir. 5

Demak, Beruniy o'z insonparvarlik g'oyalari bilan boshqaruv va rahbarlik psixologiyasi ta'limotlari rivojiga o'z hissasini qo'sha oldi. U insonlar orasida o'zaro tushunish, tenglik va boshqaruvda adolatni himoya qilib chiqdiki, bu fikrlar hamisha ham qadrlidir.

Buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur ham katta bir saltanatning asoschisi, rahbari sifatida boshqarish va rahbarlik masalalariga oid kuchli tamoyillarni yaratgan. Uning tuzuklari o'z davrining ijtimoiy voqeyligiga xos bo'lgan stratometrik tuzilma hamdir. U o'z tuzuklarida 12 ta ijtimoiy tabaqani farqlab beradi:

(1) sayidlar, ulamo, mashoyix, fozil odamlar;

(2) ishbilarmon, donishmand odamlar;

(3) xudojo'y, tarki dunyo qilgan kishilar;

(4) noyonlar, amirlar, mingboshilar;

(5) sipoh va raiyat;

(6) maxsus ishonchli kishilar;

(7) vazirlar, sarkotiblar;

(8) hokimlar, tabiblar;

(9) tavsir va hadis olimlari;

(10) ahlihunar va san'atchilar;

(11) so'fiylar;

(12) savdogar va sayyohlar.

Amir Temur fikricha, bu toifa kishilarning taqdirini podshoh, xazina va askarlar hal qiladi. Ko'rinib turibdiki, bu turlanish asosini tabaqaning ijtimoiy voqelikka nisbatan bo'lgan munosabatlari va xulq-atvorlari tashkil etadi.

Ijtimoiy hayotni boshqarishda bunday ijtimoiy-psixologik yondashuv Amir Temur uchun o'z davrida katta bir saltanatga asos solish imkonini bergan edi.

: O„sha manba. - B. 74

Amir Temur davlatni boshqarish vositalari haqida to'xtalib shunday yozadi: "Saltanat ishlarida to'rt narsaga amal qilish lozim:

(1) kengash;

(2) mashvarat-u maslahat;

(3) qat'iy qaror, tadbirkorlik, hushyorlik;

(4) ehtiyotkorlik".

Uning fikricha: "Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat'iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir" 6

Bundan tashqari, o'rta bo'g'in rahbarlarini tanlash, ulardan hukumatni boshqarish ishlarida samarali foydalanishda uni nafaqat sinab ko'rish lozimligi, balki rahbarning individual-psixologik xususiyatlari, shaxsiy yo'nalganligi, e'tiqodi, ehtiyoji, motivi kabilarni inobatga olish, bu rahbarlarni rag'batlantirish, yuqori lavozimlarga ko'tarish yoki jazolash usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi ham Amir Temur tuziklarida bayon etib berilgandir.

Ko'rinib turibdiki, bundan 650-700 yil avval davlatni boshqarish va rahbarlik tamoyillariga oid g'oyalar nihoyatda progressiv bo'lgandir. Chunki bu tamoyillar hozirgi zamon demokratik huquqiy davlatlar xarakteriga mos keladi.

Bu donishmandlarimizning rahbarlik uchun zarur bo'lgan fazilatlar, davlatni idora etish uslubi va rahbarlik odobiga doir fikrlari ulkan ahamiyatga ega.

Nizomiddin mir Alisher (1441-1501) Davlat arbobi bo'lgan, klassik namoyanda Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonida jamiyatni adolat bilan boshqarish uchun shaxsda mavjud bo'lishi lozim bo'lgan sifatlar majmui Iskandar obrazi orqali bayon etilgan: "Dili, niyati pok, xayr va sahovatli, kamtarin va muloyim shaxs, dono podsho va dunyo sirlarini bilishga qiziquvchi aql-zakovat egasi rahbar bo'lishi kerak. Podsho bo'lishda manman, o'zini boshqalardan ustun qo'yish, o'zgalarni pisand qilmaslik, avom xalq bilan birga bo'lolmaslik xislatlari nuqsondir"

O'rganilayotgan mavzuga oid adabiyotlar tahlilidan ko'rinadiki, sharq mutafakkirlari qarashlarini boyitgan holda, mazkur mavzu doirasida xalqimizning juda ko'plab atoqli shoir va davlat arboblari ham o'z fikrlarini bildirib ketganliklari tarixdan ma'lum. Ularning ayrimlari xususida qisman to'xtaldik xolos.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Forobiy Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. - T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashrieti, 1993. - B. 167-170.

2. Beruni Abu Rayxan. Indiya. Soch., t.2. - T.: "Fan", 1963. - B. 8-125.

3. Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig. - T.: "Fan", 1972. - B. 163.

4. E.Hayitov "Boshqaruv psixologiyasi" Chirchiq-2020 B 33-40

6 rocy$ Xoc X,o®n6. KyTagry ÖH^nr. - T.: "®aH", 1972. - B. 163.

riTTTÜ^^H] 163 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

5. Fozilov, Kakhramon. "MUSICAL THEORETICAL LEGACY." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

6. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "History Of The Science Of Music Theory And Modern Innovative Technologies In The Teaching Of Science." Journal of Positive School Psychology (2023): 1042-1050.

7. Fozilov, Qaxramon Madaminovich. "O 'ZBEK MILLIY CHOLG 'ULARI TARIXIGA BIR NAZAR." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 152-156.

8. Fozilov, Qaxramon Madaminovich. "MUSIQIY TOVUSH VA UNING XUSUSIYATLARI." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 147-151.

9. Buronovich, Umrzaqov Behzot. "THE PLACE OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES OF VIRTUAL TECHNOLOGIES IN TEACHERS OF FUTURE TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.11 (2022): 37-43.

10. Buronovich, Umrzakov Bekhzot. "CONTENT OF FORMATION OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES IN FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." World Economics and Finance Bulletin 20 (2023): 1-3.

11. Umrzaqov, B. B. "PEDAGOGICAL NEED FOR THE FORMATION OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES THROUGH VIRTUAL TECHNOLOGIES IN TEACHERS OF FUTURE TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 12.11 (2023): 89-93.

12. Umrzaqov, B. B. "MODERN PROFESSIONAL QUALITIES IN FUTURE TECHNOLOGICAL EDUCATION TEACHERS AND THEIR OWN RANGE OF VIRTUAL TECHNOLOGIES." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 12.11 (2023): 101-105.

13. Nosirov, Dilmurod. "ALISHER NAVOI AND MUSIC." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

14. Nosirov, Dilmurod. "THE PROCESS AND PROGRESS OF THE HISTORICAL FORMATION OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

15. Shodiyeva, G. "MUSIQA MASHG'ULOTLARIDA AXBOROT KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH." Interpretation and researches 1.1 (2023).

16. Shodiyeva, G. E. "COMPETENT APPROACH TO EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN."

17. (2 Shodiyeva, Gavxar Imindjanovna. "BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI." Oriental Art and Culture 4.1 (2023): 111-121.023).

18. Shodiyeva, Gavhar Emindjanova. "MUSIQA DARSLARIDA RITMIK HARAKATLAR VA ULARNING AHAMIYATI." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 410-414.

19. Sabirovna, Rasulova Saida. "MUSIQA O 'QITISH DARSLARIDA DIDAKTIK PRINSIPLAR." Conferencea (2022): 44-47.

20. Sabirovna, Rasulova Saida. "PREPARATION OF MUSIC TEACHERS FOR INNOVATIVE EDUCATIONAL ACTIVITIES." INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.10 (2022): 351-353.

21. Xoljo'rayevich, Madaminov Nasimxon. "THE IMPORTANCE OF USING MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE MUSIC CULTURE LESSON." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 142-144.

22. Xoljo'rayevich, Madaminov Nasimxon. "THE PECULIARITIES OF MUSIC THEORY AND ITS IMPACT ON HUMAN ZINC." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 131-133.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.