Научная статья на тему 'SHARQNING BUYUK QOMUSIY OLIMI AL-BERUNIY ASARLARIDA ADOLATLI DAVLAT VA FOZIL JAMIYAT MASALASI'

SHARQNING BUYUK QOMUSIY OLIMI AL-BERUNIY ASARLARIDA ADOLATLI DAVLAT VA FOZIL JAMIYAT MASALASI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

215
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fozil jamiyat / adolatli davlat / “Hindiston” / “Mas‟ud qonuni” / “Osor al-boqiya” / “Minerologiya” / ixtiyoriy bo„ysunishi / o„zaro yordam / o„zaro foyda.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Dilshod Jumanazarovich Salaev

Mazkur maqolada Sharq uyg„onish davrida yashab ijod etgan qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-falsafiy, jamiyat va davlat haqidagi qarashlariga alohida to„htalib o„tiladi. Shuningdek, mutafakkirning qarashlarida ahloqiy qadriyatlarga tayangan inson komillikka erishishi va bu adolatli jamiyatni barpo etishda muhim asos ekanligi ilgari suriladi tahlil etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQNING BUYUK QOMUSIY OLIMI AL-BERUNIY ASARLARIDA ADOLATLI DAVLAT VA FOZIL JAMIYAT MASALASI»

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

SHARQNING BUYUK QOMUSIY OLIMI AL-BERUNIY ASARLARIDA ADOLATLI DAVLAT VA FOZIL JAMIYAT MASALASI

Dilshod Jumanazarovich Salaev

(PhD) v.b. dotsent Ma'mun Universiteti NTM dilshod-salaev@mail.ru

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Sharq uyg'onish davrida yashab ijod etgan qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-falsafiy, jamiyat va davlat haqidagi qarashlariga alohida to'htalib o'tiladi. Shuningdek, mutafakkirning qarashlarida ahloqiy qadriyatlarga tayangan inson komillikka erishishi va bu adolatli jamiyatni barpo etishda muhim asos ekanligi ilgari suriladi tahlil etiladi.

Kalit so'zlar: Fozil jamiyat, adolatli davlat, "Hindiston", "Mas'ud qonuni", "Osor al-boqiya", "Minerologiya", ixtiyoriy bo'ysunishi, o'zaro yordam, o'zaro foyda.

Bugungi globallashuv jarayonida jahonda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy sohalardagi qisqa muddatda sodir bo'layotgan yangilanish va yangliklar nafaqat turli mamlakatlarda qadriyatlarning transformatsiyalashuvi, balki asrlar davomida shakllangan milliy o'ziga hoslikni o'zgarib borishiga sabab bo'lmoqda. Ushbu jarayonlarning mamlakat umum taraqqiyoti barqarorligiga ta'sirining keskinligini kamaytirish davlat va jamiyat rivojida o'ziga xos ahamiyat kasb etadi.

O'zbekistonda erkin fuqarolik jamiyatini qurish "Jamiyat-islohotlar tashabbuskori" tamoyilini ishlab chiqilishi va uni hayotga tatbiq etilishi buyuk ajdodlarimiz yaratgan fozil jamiyat barpo etishga doir milliy falsafiy merosni zamonaviy tajribalar bilan uyg'unlashtirishni, islohotlarni esa xalq farovonligiga erishishni maqsad qilib olgan holda amalga oshirishni taqozo etadi.

IX-XV asrlarda yashagan O'rta Osiyo mutafakkirlarining qarashlarida davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurish g'oyalari o'ziga xos ilmiy mazmun kashf etishi alohida ta'kidlash zarur. Bu g'oyalar Xorazmiy, Farg'oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Nizomulmulk, Amir Temur, Navoiy va boshqa buyuk zotlarning ijtimoiy-siyosiy qarashlarida chuqur bayon etilgan[1:72]. Shu jumladan, Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosida ham jamiyatning vujudga kelishi va evolyusiyasining

188

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

tahlil etilganini ko'rishimiz mumkin.

Sharq uyg'onish davrida yashab ijod etgan qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (970-1048) "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar", "Hindiston", "Mas'ud qonuni" kabi fanning aniq va gumanitar sohalariga oid bir qancha asarlar bitgan. Allomaning ijtimoiy-falsafiy yo'nalishdagi asarlarida adolatli jamiyat va uning amal qilishi asoslarini shakllantirish haqidagi g'oyalarni ilgari surgan.

Abu Nasr Forobiy ijtimoiy masalalar bo'yicha yaxlit ta'limot yaratgan bo'lsa, Beruniy o'zining asarlarida o'zi yashagan davrning o'ziga xos xususiyatlarini, tarixiy voqealarni mantiqiy tahlil qilgan.

Beruniy "Osor al-boqiya" asarida jamiyatning vujudga kelishi sabablarini bashariyat tarixi bilan bog'laydi. "Qadimgi tarixlarning eng avvalgisi va eng mashhuri bashariyatning boshlanishidir. Kitob ahllari bo'lmish yahudiylar, xristianlar, otashparastlar va bularning barcha sinfida bashariyatning boshlanishi va uning tarix boshi qilib olinishi xususida shunday ixtiloflar mavjudki, tarixlar haqida bu kabi xilma-xillik bo'lishi mumkin emas" , deb ko'pgina tarixiy voqealarning noto'g'ri talqin etilganini isbotlashga harakat qilib, ularni qiyosiy tahlil etgan[2:50].

Beruniy jamiyatning paydo bo'lish omillari sifatida, odamlarning o'zaro hamkorligi hamda birga yashashga ehtiyoj va intilishlaridan jamiyat paydo bo'lgan deydi. Beruniy fikricha, inson jamoalari ularning shunchaki "jamoa bo'lib yashashiga intilishlari» tufayli emas, balki, insonlarning "o'zaro yordam" ga, "o'zaro foyda" ga, "xavfsizlik" ni ta'minlashga bo'lgan ehtiyojlaridir: "Ehtiyojlar shunchalik xilma-xilki, inson bir o'zi ularni qondira olmaydi, buning uchun bir yordamchi kifoya ham qilmaydi. Ehtiyojlar turlicha va juda ko'p va faqat bir qancha odamlarning jamoasigina ularni qondirishi mumkin. Shu tufayli odamlar shaharlar bunyod qilishga muhtojdirlar" [3:9]. Adolatli jamiyatni barpo etish ko'p jihatdan axloqiy qadiriyatga va uning rivojlanishiga bog'liqligini ko'rsatib o'tadi. Shuningdek, mutafakkirning qarashlarida ahloqiy qadriyatlarga tayangan inson komillikka erishishi va bu adolatli jamiyatni barpo etishda muhim asos ekanligi ilgari suriladi.

Beruniy fikricha, odamlar o'z holatlari, ehtiyojlarini anglagan va tasavvur qilgan sari katta ko'lamda boshqa odamlar bilan hamjamiyatda yashash zarurligini tushuna boshlaydilar. Shunday qilib, ixtiyoriy holda hamjamiyatga uyusha boshlaydilar. Qandaydir ixtiyoriy shartnoma vujudga keladi. Beruniy inson jamoalarining vujudga kelishini odamlarning ixtiyoriy kelishuvining natijasi hisoblagan holda, buni odamlarning "ixtiyoriy bo'ysunishi" ham, deb hisoblaydi[3:27].

Alloma odil jamiyatni vujudga kelishi va yuksalishida

189

Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

komil insonni shakllantirish masalasiga muhim ahamiyat beradi. Adolatli jamiyatni barpo qilishga to'siq bo'lib togan illatlami yo'qotish uchun uning tag zamiri ya'ni, ildizini quгitish keгakligiga aloxida to'htalib quidagilami bayon etib o'tadi. Yovuzlikdan qutilish uchun inson ikki tabiiy kuch - ochko'zlikka hùs va g'azab ustidan hukmronlik qilishi kerak. Bular inson uchun eng kuchli va xavfli dushшanlaгdiг. Mana shu ochko'zlik va g'azab ustidan aql va tafakkrn- kuchlari g'alaba qozonishi keгak. Shundagina inson shaytoniy nafsdan qutilib, Xudoga yaqinlashadi; bu olamning tashvishlaridan xalos bo'lib, ma'naviy yuksalishga intiladi. Ammo inson bu illatlardan qutilishi uchun ularni keltirib chiqargan sabablarni - boshqalardan ustunlikka, shon-shuhгatga hiгs qo'yish va intilish illatlarini taгk etmog'i kerak deydi[4:24].

Abu Rayhon Beгuniyning e'tirof etishicha, fuqaroviy jamiyatning insoniylik darajasi kishilar kundalik ehtiyojlarining qanchalik qondirilishi bilan belgilanadi. Jamiyatda fuqarolaming farovonligini ta'minlovchi eng muhim omil ijtimoiy adolat qoidalariga amal qilishdir[5:104].

Bemniy jamiyat haqidagi qaгasЫaгida o'sha davming ijtimoiy-siyosiy vaziyatidan kelib chiqib, davlatni boshqarishda vorisiylik masalasini oldingi o'ringa qo'yganini quyidagi fikriaridan bilib olish mumkin. "Tabiat jihatidan boshqarish va siyosat ishiga qiziquvchi, boshliq bo'lishga fazilati va kuchi bilan haqli, fikrda sabotli, davlatni o'zidan keyingila^a qoldiгib, ulaming o'z ota-bobolariga qarshi bo'lmasligini maqsad qilib olgan kishi beгgan haг biг buymq, buyuгilgan kishi oldida, tuгg'un tog'to singaгi mahkam bo'lib, bu buymq ko'p vaqt^ va uzun zamon^ o'tsa ham, keyingilaг ham bo'ysunadi. Ya'ni Bemniyning davlatni boshqarishda sobitqadamlik, adolatli bo'lish, qonun ustuvoriigi haqidagi g'oyalaгi bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. Shu bilan biïga "agaг podshoh buymqni berishda milliy va diniy biron tomonga asoslansa, bir qorindan bir vaqtda ikki bola tug'ilganidek, podshohlik va din ishi biriashib buyгuq to'liq va tugal bo'ladi, to'liqlikning narigi tomonida ko'zda tutiladigan g'oya va maqsad yo'q". Bundan ko'rinadiki, davlatni boshqaгishda din va dunyoviy ishto qonun asosida mutanosib bo'lishi kerakligi aytilmoqda[2:88].

Akademik I.M.Mo'minov Beгuniyning ijtimoiy-falsafiy, jamiyat va davlat haqidagi qarashlariga alohida e'tibor qaгatib, uning "Mineralogiya" asaгidagi quyidagi fikriarini keltiгgan edi: "Olis Mag'ribdagi shahaгlaгdan biгining aholisi haqida naql qiladilarkim, zodagonlar va yer egalari mazkur shaharni navbatma-navbat boshqarar ekan. Kimga navbat kelsa, o'sha uch oy davomida hokimlik vazifasini ado eta^an. Muddat

19G

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

tugagach, o'z ixtiyori bilan hokimlikdan voz kechib, og'ir vazifadan qutulgani uchun el-yurtga xayr-sadaqa ulashar ekan. Buning boisi shundaki, boshqarish va boshchilik qilish bu zo'ravonlar tomonidan jabrlangan kishilarning haq-huquqlarini tiklash yo'li bilan fuqaro halovatini ta'minlash niyatida o'z halovatidan mahrum bo'lish demakdir" Ya'ni Beruniy davlatni demokratiya asosida boshqarish mumkinligini ko'rsatishga harakat qilgan[6:42].

Tabiiy ilmiy va ijodiy falsafiy fikrlarning buyuk nomoyandasi Beruniy qomusiy olim sifatida bir qator fanlar rivojida katta hissa qo'shib, jamiyat taraqqiyotining omillarini xam izlab mazkur soha taraqqiyotiga oid o'zining ilg'or fikrlar bitib qoldirdi. Allomaning jamiyat tarraqqiyotiga oid asarlari bizgacha kam qismi yetib kelgan bo'lsada, ushbu merosni bugungi kun nuqtai nazaridan sharhlab keng ommaga taqdim qilish juda katta ilmiy ahamiyatga ega.

REFERENCES

1. А. Жалилов, У. Мухаммадиев, ^ Жураев ва бошк;. Фукаролик жамияти асослари: укув кулланма. Т.: "Узбекистон"-2015.- Б. 72.

2. Абу Райхон Беруний. Танланган асарлар. Том Х,индистон. Арабчадан А.Расулов, Ю.Хдкимжонов, Г.Жалолов таржимаси. Суз боши ва изохлар А.Ирисов. - Т.: Фан, 1965.

3. Беруни. Минералогия. - Ташкент: Изд-во. АНССР, 1963.

4. МДиргизбоев. Фукаролик жамияти: генезиси, шакилланиши ва ривожланиши- Т.: "Узбекистон"-2010.

5. Беруний А. Р. Х,индистон.//Асарлар. Т.П. -Т.: Фан. 1965. ГБ.70, 125, 161.; Минералогия: собрание сведений для познания драгоценностей. -М.,1963..

6. И.М.Муминов. Узбекистондаги табиий-илмий ва ижтимоий-фалсафий тафаккур тарихидан лавхалар (IX-XX асрнинг бошларигача). - Т.: Фан, 1999.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferenc«

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.