Научная статья на тему 'SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA BOSHQARUV SAN’ATIGA DOIR QARASHLARI'

SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA BOSHQARUV SAN’ATIGA DOIR QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
385
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
rahbar / adolat / xalq / maslahat / xodim / mamlakat / boshqaruv / faoliyat / vazir

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Muqaddas Baxtiyor Qizi Abdullayeva, Moʻminmirzo Zokir Oʻg‘li Xolmoʻminov

Bu maqolada Amir Temurning “Temur tuziklari”, Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri”, Nizomulmulkning “Siyosatnoma” va Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” kabi asarlaridan boshqaruv faoliyatiga oid fikrlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA BOSHQARUV SAN’ATIGA DOIR QARASHLARI»

SHARQ MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA BOSHQARUV SAN'ATIGA

DOIR QARASHLARI

Muqaddas Baxtiyor qizi Abdullayeva Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Bu maqolada Amir Temurning "Temur tuziklari", Abu Nasr Farobiyning "Fozil odamlar shahri", Nizomulmulkning "Siyosatnoma" va Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" kabi asarlaridan boshqaruv faoliyatiga oid fikrlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: rahbar, adolat, xalq, maslahat, xodim, mamlakat, boshqaruv, faoliyat, vazir

ATTITUDES ON THE ART OF ADMINISTRATION IN THE WORKS OF

EASTERN THINKERS

Muqaddas Bakhtiyor kizi Abdullayeva Supervisor: Mominmirzo Zokir oglu Kholmuminov [email protected] Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In this article, the opinions of Amir Temur, "Tuziklari Temur", "City of Virtuous People" by Abu Nasr Farabi, "Siyasatnama" by Nizamulmulk and "Kutadgu Bilig" by Yusuf Khos Hajib are presented.

Keywords: leader, justice, people, counsel, employee, country, management, activity, minister

Hozirgi kunda yurtimizda boshqaruv sohasiga e'tibor qaratilmoqda. Bu soha zamonaviy tilda menejment deb ataladi. Bu faoliyat hozirgi kunda har bir sohani qamrab olmoqda. Zamonaviy rahbar shaxsini tarbiyalashda, uni har tomonlama salohiyatli har sohani ustasi qilib tayyorlash bugungi kundagi zamon talabidir. Yurtimizning rivojlanishi, yanada ravnaq topishi bugungi kun boshqaruv kadrlari har sohada ilg'or bo'lishlarini taqozo etmoqda.

Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak har bir qudratli davlatning boshqaruvi ham kuchli bo'lganligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Jumladan, Sohibqiron Amir Temur saltanati mustahkam bo'lishi uchun avvalo adolatli hamda kengash bilan maslatlashgan holda ish olib borganligi aytiladi. Misol uchun "Temur tuzuklari"da

keltirilishicha, Amir Temurga piri Abu Bakr Zayniddin Tayobodiy shunday o'git beradi. "Agar har narsani va har kimni o'z martabasida saqlay olmasang saltanatinga bundan ko'p halal va ziyon yetkay. Demak, har kimning qadr-qimmatini tutgan mavqeyini va har narsaning o'lchovini belgilab olishing va shunga muvofiq ish tutishing kerak"[1].

Sohibqiron bobomiz bu maslahatga amal qilganliklarini ularning davlati gullab yashnaganidan ham bilishimiz mumkin. Amir Temur davlatni boshqarishda doimo to'rt narsaga amal qilgan. Ularning birinchisi kengash, ikkinchisi mashvarat-u maslahat, uchinchisi xushyorligu-mulohazakorlik va to'rtinchisi ehtiyotkorlikdir. Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatni, barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari xato bo'lgan ahmoq odamga qiyoslash mumkin. Uning so'zlari pushaymonlik va nadomat keltiradi. Olimlarning fikricha Amir Temur davlatining yuksalishida u o'tkazgan kengashlar muhim ahamiyat kasb etgan. Shunday ekan boshqaruv faoliyatida xodimlarga nisbatan adolatli va ularning fikrlari bilan qiziqqan holda boshqarish, tashkilot hamda jamoaning manfaatlari uchun ham foydalidir. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov va hozirgi kundagi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev o'z boshqaruv faoliyatlarida Amir Temurning "Temur tuzuklari" asaridan foydalanib kelgan. Har sohada yetuk bo'laman degan rahbarlar uchun bu kitob juda kerakli manbaa hisoblanadi. Birgina Amir Temur bilan cheklanib qolmasdan bu sohadagi Abu Nasr Farobiy fikrlariga ham to'xtalib o'tsak. Bilamizki, Abu Nasr Farobiy har sohada ilg'or O'rta Osiyoning ulug' turkiy mutafakkiri va qomusiy olimi bo'lgan. Farobiy davlatni boshqarishda, qonunlarga amal qilishda, kishilararo munosabatlarda odob-axloq va xulq qoidalariga rioya qilishda, ta'lim-tarbiyada aql hukmidan kelib chiqqan holda harakat qilish kerak, deb hisoblaydi. Shundan bilishimiz ma'lumki, Farobiy davlat boshqaruvida xulq, odob-axloq masalalarini birinchi o'ringa qo'ygan. Uning yetuk asarlaridan hisoblangan kitobida boshqaruv haqida ko'pgina fikrlar keltirib o'tadi. Asarni o'qish chog'ida Farobiyning fikri odamni o'ziga jalb etadi. Har bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko'p narsalarga muhtoj bo'ladi, u bir o'zi bunday narsalarni qo'lga kirita olmaydi, ularga ega bo'lishi uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug'iladi. Bunday jamoa faoliayti bir butun holda ularni har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo'lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko'paydilar va yer aholi yashaydigan qismiga o'rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi[2:4].

Albatta, boshqaruv jarayonida rahbar o'z xodimlariga tayanadi, ularga ishonadi. Chunki, xodimlarsiz rahbar, rahbarsiz xodimlarni tasavvur qilish qiyin. Farobiy shaharni ijtimoiy uyushishini yetuk shakli insoniyat kamolotga erishishning zaruriy vositasi deb hisoblaydi. Butun insonlarni o'zaro hamkorlikka xalqlarni tinchlikka chaqiradi. Mutafakkir inson qadr qimmatini kamsituvchi jamiyatga qarshi chiqadi. Bu

kitobda rahbarga xos fazilatlar o'sha davr nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda fikrlanadi. U shahar davlatlarni fozil va johilga ajratadi. Fozil shahar xalqini baxt-saodatga erishishi uning boshlig'i esa adolatli, yuksak axloqli va marifatli o'zida butun ijobiy hislatlarni to'plagan bo'lishi lozim. Demak, rahbar hislatining son-sanog'i yo'q. Biz bu haqida ko'pgina mutafakkirlarimizning yozib qoldirgan asarlaridan bilishimiz mumkin.

Ma'naviyat va bilim xazinasi, chashmasi bo'lgan talaygina asarlar bugungi kunimizgacha yetib keldi.

Ana shunday xazinalarimiz sirasiga Nizom-ul Mulkning "Siyosatnoma" asarini ham kiritishimiz mumkin [3:3]. Saljuqiy shohlarga 30 yil halol vazirlik qilib o'z kuzatishlarini jamlab ularni umumlashtirgan holda buyuk asar yaratgan katta istedod sohibi Nizom-ul Mulk davlatni boshqarish, undagi muammolarni hal qilish, qanday yo'l bilan murosaga kelish haqida ajoyib fikrlar keltirgan. Bu asarda ham rahbarlik hislatlari, uning burchlari to'laqonli va tushunarli holda aks ettirilgan. Asarning asosiy g'oyasi shundan iboratki, Nizom-ul Mulk shoh va hokimlarni insofga ularni doimo sulh va muruvvatga, davlatni oqilona boshqarishga, barchaga birdek adolatli bo'lishga, mamlakat tinchligi, va obodligiga hissa qo'shishga davat qiladi. "Siyosatnoma" da davlat boshqaruviga aloqador barcha qonun qoidalar usul vositalari keltirib o'tilgan. Kitobni o'qigan har bir shaxs avvalo o'ziga ishonchni, har qanday qiyin vaziatda o'zini yo'qotib qo'ymaslik uchun tajribalarga asoslangan bilimni olishi mumkin. Agarda bugungi kun rahbarlari ana shu kitobdagi qarashlarni o'zida mujassamlashtirsa, boshqaruv jarayoni yanada rivojlanadi. Nega endi o'zimizda shunday buyuk ajdodlarimiz bizga qoldirgan merosdan emas chet davlatlar boshqaruvni o'rganishimiz kerak. Afsuski, biz foydalanishni bilmagan asarlarimiz va kitoblarimizdan ular ko'proq foydalanishmoqda hamda boshqaruvning o'ziga xos sir-asrorlarini o'rganishmoqda. Bu hol albatta achinarlidir.

Bizning dunyo tan olgan mutafakkir bobolarimiz juda ko'p. Ulardan yana biri turkiy shoir, davlat arbobi Yusuf Xos Hojibdir. U o'zining "Qutadg'u bilig" ya'ni ("Saodatda eltuvchi bilim") asari bilan islomiy va turkiy adabiyotni boshlab bergan. Bu asar Turkiy xalqlar madaniyatining noyob namunasi hisoblanadi. Odamzod naslining ulug'ligi bilimdan. Inson dunyoga kelar ekan, u erishgan barcha narsalari ichida faqatgina olgan bilimini o'zida qoldirishi mumkin bo'larkan. Bilimli, ilmli insonni dunyodan o'tgandan keyin ham shu bilimi bilan xalqiga qanday foyda keltirgan bo'lsa avlodlari uni shunday eslashar ekan. Yusuf Xos Hojib ham bejizga asosiy urg'uni bilimga bermagan. Chunki bilim bilan har qanday cho'qqini egallash mumkin. Albatta boshqaruv sohasida ham bilimning o'rni juda katta. Bu borada buyuk bobomiz o'z asarida shunday deganlar, "Bilim o'ylab ko'rilsa, misoli bir jilov. U barcha yomon yaramas ishlardan tiyib turadi. Bilim egasi o'z tilaklarini topadi, orzu maqsadlariga erishadi. Aql-idrok egalarinig nafi har doim ko'pchilikka tegib

turadi. Bilim egalari esa elda aziz bo'ladi, hurmat qozonadi. Butun ishlar o'quv idrok bilan amalga oshadi. Barcha murakkab ishlar bilim bilan hal etiladi"[4:16].

Shu so'zlardan ham bilimning o'zi dunyoni zabt etishini bilishimiz mumkin. Yusuf Xos Hojib o'z asarida davlat boshqaruvida avvalambor rahbarlarni lavozimiga tayinlashga e'tibor qaratgan. Rahbar o'z faoliyatida o'ziga har sohaning bilimdoni bo'lgan xodimlarni yig'ib ular bilan maslahatlashgan holda ish olib borishi kerak. Bunga misol sifatida "Qutadg'u bilig" asarida podshoh Kuntug'di biror bir ish qilishda doimo vaziri Oyto'ldi bilan maslahatlashib ish olib boradi. Yusuf Xos Hojib "Agar xalqning boshchisi yaxshi bo'lsa, uning xizmatchilari barchasi yaxshi bo'ladi. Agar beklar o'zlari yaxshi bo'lsalar, barcha xalq boydii, olam guliston bo'ladi", -deydi. Bugungi kunda bizga shunday rahbarlar kerakki, xodimlar rahbardan qo'rqqanidan emas uni hurmat qilganidan, o'z ishini sevganidan ishga kelsin. Ana shundagina o'sha rahbar o'zi o'ylagan maqsadiga yetadi. Tashkilot esa yuksaladi.

Biz yuqorida to'xtalib o'tgan mutafakkirlarimizga, ularning asarlariga e'tiborimizni kuchaytirishimiz kerak. Maktablar uchun alohida shunday asarlar, yetuk shaxslar darsliklarini yaratish, kutubxonalarda bu asarlarni yanada ko'paytirishimiz kerak. Zero biz yoshlar kimlarning avlodlari ekanligimizni doimo his etaylik. Bu asarlar shunchaki tarix bo'lib qolib ketmasin, ularni kelajakka tadbiq qilaylik. Axir nega tarixni o'rganamiz tarixda qilgan xatolarimizni qaytarmaslik uchun emasmi. Butun dunyoga O'zbekiston buyuklar yurti ekanligini bildiraylik. Ajdodlarimizni fikrlarini bugungi kunimizga tadbiq etadigan bo'lsak, yurtimiz rivoji uchun hissa qo'shilgan bo'lardi. Bizning yurtimizda bunday dono insonlarning son-sanog'i yo'q, ularning merosini o'rganish biz uchun ham farz ham qarz. Chunki tarixsiz kelajak

yo'q!

Foydalanilgan adabiyotlar

1. https://fayllar.uz

2. Abu Nasr Farobiy. Fozil odamlar shahri. // Toshkent. -"O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2012. 160 bet

3. Nizom-ul Mulk. Siyosatnoma (Siyar ul-Muluk)// Toshkent. -"Yangi asr avlod" nashriyoti, 2008. 240 bet

4. Yusuf Xos Hojib. Qutadg'u bilig (Saodatga eltuvchi bilim). // T - Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2007. 200 bet

5. Mo'minmirzo Xolmo'minov. Buyuk sohibqironning davlat boshqaruvi borasidagi fikr-mulohazalari. Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies jurnali. 204-207-betlar. 2022/10/20.

6. Mo'minmirzo Xolmo'minov, Asilbek Qolqanatov. Mufassal mushohadalar me'moridan mufassal mushohadalar meroji. Oriental Art and Culture jurnali. Qo'qon - 2022. https://scholar.google.com

7. Nilufar Laziz qizi Maratova, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. "Qobusnoma" asaridagi oila boshqaruvi va shaxsiy munosabatlar xususida. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 2022. 168-171-b

8. Asal Farhod qizi Xayriddinova, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Ma'naviyat va kitobxonlik inson qalbini egallash vositasi. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

9. Asal Farhod qizi Xayriddinova, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Sohibqiron amir temur tuzuklarining bugungi kunda tutgan o 'rni. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

10. Marjon Ziyadulla qizi Maylibayeva, Xolmo'minov Zokir o'gli Mo'minmirzo. Yusuf Xos Hojibning boshqaruvga doir qarashlari va o'gitlarining mazmun-mohiyati. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https: //scholar.google.com

11. Otabek Murod o'g'li Axmatov, Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo. yangi O'zbekiston taraqqiyotida yosh rahbar kadrlarning o'rni. Oriental Art and Culture jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

12. Shahbozxon Abdusamad o'g'li Mardiyev, Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo. Yangi O'zbekiston taraqqiyotida yosh rahbarlarga qo'yiladigan talablar. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

13. Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo, Malikaxon Qaxramon qizi Ashiraliyeva. Ayol rahbarlarning jamiyatda tutgan o'rni. Oriental Art and Culture jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

14. Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo, Mardona Hamidjon Qizi Olimjonova. Jamiyat taraqqiyotida ayol rahbarlarning o'rni. Oriental Art and Culture jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

15. Asal Farhod qizi Xayriddinova, Mo'minmirzo Zokir o'g'li. Bugunning zamonaviy rahbari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com.

16. Asadova Gulchiroy, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Inson aql zakovatini rivojlantirishda ishlatiladigan pedagogik bilimlar. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com.

17. Shahbozxon Abdusamad o'g'li Mardiev, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Rahbar faoliyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlarning boshqaruv jarayoniga ta'siri. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com.

18. Malikaxon Qaxramon qizi Ashiraliyeva, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Boshqaruv jarayonlarida rahbarlik faoliyatini rivojlantirish. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com.

19. Shahbozxon Abdusamad o'g'li Mardiev, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Boshqaruv jarayonlarida rahbarlik faoliyatini rivojlantirish. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.