AMIR TEMURNING BUGUNGI KUNDA TUTGAN O'RNI
Munisa Suyarqulovna Boliqulova Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada butun Osiyo va jahon tarixida salmoqli o'rin egallagan ajdodimiz Amir Temurning Sharq va G'arb olimlarining asarlaridagi e'tirofi haqida bayon qilinadi. Undan tashqari Amir Temurning O'rta Osiyo va jahon olamida tutgan roli va ahamiyati, bugungi kunda Temur shaxsiyatini yoshlar onggiga singdirish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar bayon etilgan.
Kalit so'zlar: sohibqiron, tarix, madaniyat, asar, dunyo, sarkarda, yuksak, obida
THE ROLE OF AMIR TEMUR IN THE PRESENT DAY
Bolikulova Munisa Suyarkulovna Research advisor: Muminmirzo Kholmuminov [email protected] Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article describes the works of Eastren and Western scientists which the recognition of our ancestor Amir Temur, who occupied an important place in the history of Asia and the world. In addition, in these day the role and importance of Amir Temur in Central Asia and the world, as well as works on inculcating Timur's personality in the minds of young people are reported.
Keywords: Master, history, culture, work, world, warlord, high, monument.
Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. Uxalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o'rganish va avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir[1:5] ShavkatMirziyoyevMiromonovich, O'zbekiston RespublikasiPrezidenti Yurtimizning ming yillik tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, shu davr ichida ko'p olim-u fozillar, amir-u sarkardalar o'tishdi. Ular yuksak obodonlashtirish va me'morchilik obidalari, yirik ma'naviy-axloqiy asarlari, jang-jadallar hamda jasoratlari bilan tarix zarvaraqlarida muhrlanib qoldilar. Bobolarimizning ilmiy meroslarini hali-hanuz sharq-u g'arb olimlari o'rganib kelmoqdalar.
Tarixda yurt mustaqilligi uchun kurashgan vatanparvarlik va insonparvarlik siyosatini olib borgan hukmdorlar sanoqli. Ularning eng mashhur va yorqin siymosi shubhasiz Amir Temur desak, adashmagan bo'lamiz.
Ulug' bobomiz Amir Temur yashagan zamon daholarga muhtoj edi. Davr Sohibqiron Amir Temurdek dahoni yetishtirdi, uning qismatiga daholik muhri bosilgani sababli o'zining butun diqqat-e'tiborini o'z davrining eng dolzarb, global masalalariga qaratib, nainki o'zbek jamiyatini, balki bashariyat sivilizatsiyasini ham taraqqiyotning yangi bosqichiga ko'tardi. O'rta asrlarning chinakam mo'jizasi deya e'tirof etilgan Ulug' saltanatga asos solindi. Binobarin, Sohibqiron bobomizning ijtimoiy-siyosiy faoliyati bashariyat tamaddunining rivojini tezlashtirdi. Behisht shahar Samarqand insoniyat svilizatsiyasining beshigiga aylanib, feodal jamiyatni uning barakali ta'sirida bir necha qadam ilgarilab ketdi.
Sohibqironning bashariyat sivilizatsiyasiga qo'shgan eng buyuk xizmatlaridan biri shundaki, u feodal tuzumi doirasidagi eng mukammal milliy davlatchilik asoslarini shakllantirdi. Bu davlat tuzumi ko'pgina jihatlari bilan o'z davrining doirasidan ilgarilab ketgandi. Ulug' saltanat keyinchalik o'zbek davlatchiligi uchun mustahkam asos, poydevor bo'lib xizmat qildi. Sohibqiron saltanati o'zining xalqchilligi, fuqarolarning barcha qatlamlarga tayanganligi, aql-idrok, ilm-u hikmat, tafakkur nuridan bahra olganligi, bahramand bo'lganligi, adolatga suyanganligi, mukammal tuzuklar doirasida faoliyat yuritganligi, demokratik an'analar hamda umuminsoniy qadriyatlarni ajoyib tarzda uyg'unlashtira olganligi bilan ajralib turadi[2:924,925].
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek, Amir Temurni anglash-o'zligimizni anglash demakdir. Amir Temur shaxsini idrok etish-tarixni idrok etishdir.
Amir Temur tarixini o'qitish borasidagi har qanday yondashuv dastavval Amir Temur va uning merosini o'qitish bilan chambarchas aloqador. Bu masala faqatgina O'zbekiston uchun emas, balki jahon tarixini o'z dasturlarining bir qismi sifatida o'rgatuvchi barcha mamlakatlar uchun dolzarb mavzudir.
Amir Temur shaxsini o'rganar ekanmiz, yaqin o'tmishdagi qarashlarni haqiqatni buzib talqin qiluvchilarga qarama-qarshi o'laroq, Amir Temur tug'ma davlat arbobi, o'zbek xalqining baxtiga bitgan betakror yo'lboshchi edi, deb baralla aytishimiz o'rinli bo'ladi. Bejizga bobomiz ismiga "Sohibqiron" nomi qo'shilmagan, uning muborak tavalludi sakkiz yuz yilda bir marta sodir bo'ladigan qutblanish hodisasi sharofatidandir.
Temurning ilm-fan, madaniyat, o'zbek xalqi jipslashuvidagi sa'y-harakatlari va davlat boshqaruvi to'g'risida mutassil gapirilib kelindi, talay-talay asarlar yaratildi. G'arb-u sharq adiblari asarlarida uning ismi va jasorati yuksak ehtirom bilan e'tirof etiladi. Jumladan, Salohiddin Toshkandiyning "Temurnoma", tirikligidayoq bitilgan Klavixoning "Samarqandga-Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi", Ahmad ibn
Arabshohning "Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur", Kristofer Morloning "Sohibqiron Temur", Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Gyotening "G'arb-u sharq devoni" asarlarida Sohibqironning jahon nigohida davlat arbobi, muzaffar sarkarda, mohir diplomat va bunyodkor zot hamda fan va madaniyat homiysi ekanligiga alohida tahsin aytishadi.
Venger olimi G.Vamberining "Buxoro tarixi" asarida, "Temurning O'rta Osiyo tarixidagi alohida o'rnini shundan ham bilsa bo'ladiki, u o'z hokimligi bilan yangi dinastiya ya'ni "temuriylar dinastiyasi"ni va balkim, ko'proq turk madaniyati deb atalishi mumkin bo'lgan O'rta Osiyo madaniyatining yangi davrini boshlab berdi", -deyiladi.[3:907]
Ibn Arabshohning "Amir Temur tarixi" kitobida, "Temur gavdasi kelishgan, uzun bo'yli odam edi: peshonasi ochiq, kallasi katta, ovozi jarangdor bo'lib, kuchi jasurligidan qolishmasdi, oqish yuzini och qizil rang jonlantirib turardi. Yelkalari keng, barmoqlari to'liq, qovurg'alari uzun, muskullari kuchli edi. Uzun soqol qo'yib yurardi. O'ng qo'li va o'ng oyog'i mayi, qarashlari yetarli yoqimli edi. O'limni pisand qilmasdi; qariyb saksonga kirib o'layotgan chog'ida ham aql-zakovatini ham, dovyurakligini ham yo'qotmagan edi. U yolg'on-yashiqning dushmani bo'lib, hazil uning ko'ngliga yoqmasdi. O'zining oldida talon-torojlik, qotillik, xotin-qizlarning nomusiga tegish, zo'rlash haqida gapirishga yo'l qo'ymasdi, Temurbek haqiqat qanchalik achchiq va qattiq bo'lmasin, uni eshitishni yaxshi ko'rardi. Yaxshi yoki yomon holatlar uning kayfiyatiga hech qanday ta'sir ko'rsatmas edi. Jasur askarlarning do'sti, g'oyat mard va botir bo'lgan bu odam kishilarni o'zini hurmat qilishga, o'ziga bo'ysundirishga majbur eta olardi", - deyiladi[4:907,908].
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022-yil Qashqadaryo viloyatiga tashrifida Amir Temur shaxsiyati o'rganish va ommalashtirish borasida o'zlarining fikrlarini quyidagicha bildirib o'tgan. "Imkonim bo'lishi bilan kitob o'qishga harakat qilaman. O'sha kuni 1 soatcha bo'sh vaqtim paydo bo'lib qolgandi, Amir Temur va To'xtamishxon o'rtasida jang tarixini o'qidim. Buyuk sarkardamiz qanday g'alaba qozongani menga juda qiziq edi. To'xtamish ham osonlikcha yutqazmagan ekan, bunda Amir Temur bobomizning yuksak harbiy taktika va strategiyasi, dovyurakligi ish bergan. O'zimga ham yozvoldim, Amir Temur jangda 7 ta usulni qo'llagan ekan. Biz nega shu kabi buyuk ajdodlarimiz tarixini yaxshi o'rganmaymiz? Uzoq yillar uraura bilan umuman boshqalar tarixini, boshqalar g'alabasini miyamizga singdirishgandi. Mutasaddilarga topshiriq berdim - biz birinchi navbatda o'zimizning bobolarimiz tarixini o'rganishimiz kerak. Siz qashqadaryoliklar anglab yetishingiz kerak - shunday ulug' inson sizlarning bevosita ajdodingiz bo'ladi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Amir Temur shaxsiyati shu qadar mukammalki, bunday insonlar mana necha asrdirki qayta tug'ilmadi. Shuning uchun ham Temur tarixini o'raganar ekanmiz, biz yoshlar qalbida bobomizga nisbatan chuqur ehtirom va hayrat uyg'onishi bejizmas.
Bir tomondan qattiqqo'l Temur tursa, ikkinchi tomondan ilm ahlini qutlab, himoyasiga oladigan Temur turadi. Bir tomonda butun-butun shaharlarni zabt qiluvchi Temur bo'lsa, ikkinchi tomonda obidalar, madrasalar, anhorlar qurdiruvchi va bog'lar barpo etuvchi Temur turadi. Bu murakkab shaxs muarrixlar uchun ham jumboq bo'lib qolmoqda[5:204].
Amir Temur nafaqat yetuk sarkarda balki o'tkir qalam sohibi ham edi. Uning "Temur tuzuklari asari" VII asrdirki hali-hamon o'z qadr-qimmatini yo'qotmadi. Ushbu kitob shuncha asrlar mobaynida rahbarlarning dasturilamali bo'lib xizmat qilmoqda.
Muhataram Prezidentimiz ajdodlarimiz merosini bizga yetkazish uchun ancha jon kuydirmoqdalar. Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari bilan "Temurbeklar maktabi" tashkil etildi. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasining 5-ustuvor yo'nalishi bo'yicha 2023-yilda amalga oshirishga doir Davlat dasturi loyihasi Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi harbiy tematik lagerlarini hamda jang pavilionlarini tashkil etish va sayyohlar uchun namoyish etish bo'yicha chora-tadbirlar belgilanishi ko'zda tutilgan. Albatta shunday pavilion tashkil etilsa, bu loyiha butun dunyoning O'zbekistonga oqib kelishini tezlashtiradi. Shuningdek, Temur shaxsiyatini o'rganishga turtki bo'ladigan munosib namuma ham bo'lishi hech shubhasizdir.
Taassufki, bugungi kunda shunday shart-sharoitlarga va imkoniyatlarga qaramay, oramizdan Temurdek yoshlarni topa olmayapmiz. Nahotki ayni asrda bunday insonlar chiqmasa? Bu borada taklifim shuki, bunday yoshlarni yetishtirish uchun barcha oliy ta'lim muassasalarida ajdodimiz tarixini alohida fan sifatida amalga qo'yish darkor. Sport sohasida ham Amir Temur bobomiz jang usullaridan foydalangan holda yangicha sport turlarini yaratish, bobomiz bitgan asarlarni maktabgacha ta'lim muassasalaridan to oliy ta'lim muassasalarigacha o'qitish va o'rgatish maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Xulosa qilib shu aytish joizki, bugungi kunda yetishib kelayotgan yosh avlodlar ruhiga, ong-u shuuriga Amir Temurdek, Manguberdidek ajdodlarining jasoratlarini, ularning tarixiy merosini singdirish, shu ruhda tarbiyalash kerak. Bo'lg'usi avlod ham ularning ta'sirida yurtga sadoqat, Ona Vatanga ehtirom tushunchalarini anglasin!
Foydalanilgan adabiyotlar
1. O.Salimov, M.Bekmurodov, N.Xalilov va boshqalar. Saodat yo'li. - T.: Gafur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi "Ta'lim" nashriyoti. Toshkent - 2016. 240 b.
2. H. Ibrohimov. "Sohibqironni anglash". -T.: "Fan va texnologiya", 2014-y. 1028 b
3. I. Mo'minov. "Amir Temurning O'rta Osiyo tarixida tutgan o'rni va roli". -T.:O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi "FAN" nashriyoti, 1993-y.
4. H. Ibrohimov. "Sohibqironni anglash". -T.: "Fan va texnologiya", 2014-y. 1028 b
5. A. Saidov, G'.Mirzo. "Amir Temur g'arb adiblari nigohida". -T. :DAVR PRESS" HMY, 2016. -224 b.
6. Mo'minmirzo Xolmo'minov. Buyuk Sohibqironning davlat boshqaruvi borasidagi fikr-mulohazalari. "Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies" jurnali. 2022/10/20. https://scholar.google.com
7. Asal Farhod qizi Xayriddinova, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. SOHIBQIRON AMIR TEMUR TUZUKLARINING BUGUNGI KUNDA TUTGAN O'RNI. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon - 2022. https://scholar.google.com
8. Malikaxon Qaxramon Qizi Ashiraliyeva, Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Yoshlarni tarbiyalashda musiqa ta'limining maqsad va vazifalari. Oriental Art and Culture, 2022. https://scholar.google.com
9. Ziyodaxon To'g'onboyeva, Ilmiy rahbar:Mo'minmirzo Xolmo'minov. Madaniyat va san'at sohasini rivojlantirishda xorij tajribasi. Oriental Art and Culture, 2022. https://scholar.google.com
10. Mardiev Abdusamad o'g'li Shahbozxon Ilmiy rahbar: Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo. Jamiyat ijtimoiy hayotida musiqaning tutgan o'rni. Oriental Art and Culture, 2022. https://scholar.google.com
11. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov, Nilufar Laziz qizi Maratova. Madaniyat markazlariga malakali kadrlarni jalb etish muammolari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com
12. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov, Nilufar Laziz qizi Maratova. Madaniyat va san'at sohasida loyihalarga mablag'jalb etish masalalari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com
13. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Madaniyat bo'lim mudirlarining ish faoliyatini rivojlantirish mexanizmlari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com
14. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Madaniyat markazlarida to'garaklarni tashkil etish muammolari. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com
15. To'rabek Raufovich Fayziyev, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Madaniyat va san'at sohasi menejmentida loyihalar faoliyati. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com
16. To'rabek Raufovich Fayziyev, Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Ijtimoiy sohada marketing xizmatlarining konseptual asoslarl. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com
17. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. 2017-2022-yillar mobaynida madaniyat va san'at sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com
18. Ziyodaxon Dilshodjon qizi To'g'onboyeva, Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo. Yangi O'zbekistonda madaniyat va san'at sohasiga qaratilayotgan chora-tadbirlar "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2022. https: //scholar.google.com
19. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. Art menejmentni rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2021. https://scholar.google.com
20. Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov. CaHtar MeHe^Meffra ^hhhh yKHTHrnga MetepnH xy^^araapHHHr ypHH Ba ax,aMHtfra. "Oriental Art and Culture" jurnali. Qo'qon 2021. https://scholar.google.com