Научная статья на тему 'Sharq mutafakkirlarining pedagog va rahbarlar kompetentligi haqidagi qarashlari'

Sharq mutafakkirlarining pedagog va rahbarlar kompetentligi haqidagi qarashlari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
111
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
kompetensiya / professional nutq / nutq mazmuni / tuzilishi / funksiyalari / metodologiya / rahbar / pedagog / davlat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Go’Zal Erkinovna Xalikulova

Maqolada insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida insonda yangi ma’naviy-ruhiy zarurat, fikriy va hissiy izlanishlar ehtiyoji sodir bo‘ladi. Zamonamiz madaniy taraqqiyotining hozirgi pallasida xalqimizning o‘z o‘tmishi va tarixini chuqur o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi kundan kunga oshib borayotgani bunga yaqqol misol bo‘la olishi aniq va ravshan qilib ko’rsatilgan. Amir Temur saltanat tepasiga kelganida faqat harbiy bosqinchilik yurishlari bilan emas, ma’rifat, ilm-fan, obodonchilik ishlari bilan shug‘ullangan. Jasur olim va yaratuvchanlik faoliyati bilan shuhrat qozongan bo‘lib, qurgan madrasalariga mudarris tayinlashda ham ibratli ishlarni amalga oshirganligi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Sharq mutafakkirlarining pedagog va rahbarlar kompetentligi haqidagi qarashlari»

Sharq mutafakkirlarining pedagog va rahbarlar kompetentligi haqidagi qarashlari

Go'zal Erkinovna Xalikulova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Maqolada insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida insonda yangi ma'naviy-ruhiy zarurat, fikriy va hissiy izlanishlar ehtiyoji sodir bo'ladi. Zamonamiz madaniy taraqqiyotining hozirgi pallasida xalqimizning o'z o'tmishi va tarixini chuqur o'rganishga bo'lgan qiziqishi kundan kunga oshib borayotgani bunga yaqqol misol bo'la olishi aniq va ravshan qilib ko'rsatilgan. Amir Temur saltanat tepasiga kelganida faqat harbiy bosqinchilik yurishlari bilan emas, ma'rifat, ilm-fan, obodonchilik ishlari bilan shug'ullangan. Jasur olim va yaratuvchanlik faoliyati bilan shuhrat qozongan bo'lib, qurgan madrasalariga mudarris tayinlashda ham ibratli ishlarni amalga oshirganligi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: kompetensiya, professional nutq, nutq mazmuni, tuzilishi, funksiyalari, metodologiya, rahbar, pedagog, davlat

Educators and leaders of Eastern thinkers their views on

competence

Go'zal Erkinovna Khalikulova Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: In the article, at a certain stage of human development, a person has a new spiritual and spiritual need, the need for intellectual and emotional research. At the present stage of the cultural development of our time, it is clearly and clearly shown that the interest of our people in the in-depth study of their past and history is increasing day by day. When Amir Temur came to the top of the kingdom, he was engaged not only in military conquests, but also in education, science, and development. He became famous for his bold scholarly and creative work, and it is explained that he also did an exemplary job of appointing mudarris to the madrasahs he built.

Keywords: competence, professional speech, content of speech, structure, functions, methodology, leader, teacher, condition

Ulug' tarixiy burilishlar davrida insoniyat taraqqiyotining muayyan bosqichida insonda yangi ma'naviy-ruhiy zarurat, fikriy va hissiy izlanishlar ehtiyoji sodir bo'ladi. Zamonamiz madaniy taraqqiyotining hozirgi pallasida xalqimizning o'z o'tmishi va

tarixini chuqur o'rganishga bo'lgan qiziqishi kundan kunga oshib borayotgani bunga yaqqol misol bo'la oladi. Xususan, har bir sohada tarixni chuqur anglash, milliy va ma'naviy merosimiz, ulug' mutafakkirlarimiz qarashlariga tayanib ish tutish rivojlanishga asos bo'ladi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Gap pedagoglar va rahbarlar kompetentligi haqida borar ekan, Sharq mutafakkirlari, ularning qarashlari, yaratgan asarlari, ilmiy-falsafiy fikrlari, dunyoviy madaniyat taraqqiyotida tutgan o'rni, ular haqida bitilgan risolalarga to'xtalmasdan iloj yo'q. Zero, O'zbekistoning mustaqillikka erishuvi milliy madaniyatimiz tarixini o'rganishga, u haqida xolisona fikr bildirishga katta imkoniyatlar yaratdi.

IX-XII asrlarda Markaziy Osiyodan Xorazmiy, Farg'oniy, Buxoriy, Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ismoiy Jurjoniy, Marg'inoniy, Zamaxshariy, Mahmud Koshg'ariy kabi ulkan olimlar yetishib chiqib, ilm-fan borasida ulkan yutuqlarni qo'lga kiritishga muyassar bo'ldilar. Bulardan Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi mashhur mutafakkirlarning ilg'or tabiiy-ilmiy g'oyalari behad muhim rol o'ynaydi.

Oliy ta'lim muassasalarida pedagog-rahbarlar kompetentligining metodologik asoslarini o'rganish maqsadida Sharq mutafakkirlari madaniy merosi lavhalariga murojaat etar ekanmiz, ular orasida Sharq Uyg'onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiyning O'rta asrlar sharoitida birinchi bo'lib, jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari haqida izchil ta'limot yaratganiga guvoh bo'lamiz. Bu ta'limotda ijtimoiy hayotning ko'p masalalari - davlatni boshqarish, ta'lim-tarbiya, axloq, ma'rifat, diniy e'tiqod, urush va yarash, mehnat va boshqalar qamrab olingan.

Forobiy o'z dunyoqarashida O'rta va Yaqin Sharqning rivojlanib borayotgan ilmiy-g'oyaviy tendensiyalarini mujassam etdi. Sharqona fikrlash borasida yunon faylasuflari va tabiatshunoslarining ilmiy merosini izohladi va targ'ib qildi. Fanning turli sohalariga oid mavzularda nazariyalar yaratdi. Ayniqsa, Arastu asarlarini sharhlab, izohlagani boshqalar uchun uning merosini chuqur o'rganishda metodologiya vazifasini o'tab keldi.

"Qaysi shoh adolatdan uzoqlashsa, o'z joniga jabr qiladi. Agar shoh hokim adolat hunarini kasb qilib olsa, uning qo'lidan faqat yaxshilik keladi", "Haqiqatni izlash - ham oson, ham qiyin, zero, aniqki, hech kim uni na butunicha fahmlay oladi, na uni tamomila payqamasligi mumkin, lekin har kim bizning tabiatimizni bilishimizga oz-ozdan qo'shadiki, ushbu barcha dalillarning majmuyidan ulug'vor manzara yuzaga keladi". Arastuning bu olijanob fikrlarini sharhlash orqali Forobiy har bir ishda inson uchun yuksak ma'naviy qadriyat hisoblanadigan adolatni ijtimoiy iyerarxiya va tartibning mavjud bo'lishi uchun poydevor yaratuvchi huquqiy kategoriya deb hisoblab keladi.

Forobiy o'zining "Fozil shahar aholisining maslagi" ("Kitob mabodi orom almadina al-fozila") deb nomlangan asarida jamiyatning kelib chiqishi haqida shunday

deb yozadi: "Har bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko'p narsalarga muhtoj bo'ladi, u bir o'zi bunday narsalarni qo'lga kirita olmaydi, ularga ega bo'lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug'iladi... Bunday jamoa a'zolarining faoliyati bir butun holda, ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo'lgan narsalarni yetkazib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko'paydilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o'rnashdilar, natijada inson jamoasi vujudga keldi"

Forobiy shaharni ijtimoiy uyushishning yetuk shakli, insoniyat kamolotga erishishining zaruriy vositasi, deb hisoblaydi. Butun insonlarni o'zaro hamkorlikka, xalqlarni tinchlikka chaqiradi, dunyoda yagona inson jamoasini tuzish haqida orzu qiladi.

Forobiy "Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir, bu esa ilm va yaxshi axloqi yordamida qo'lga kiritiladi", deb yozadi. Forobiy davlatni yetuk shaxs, yetuk xislatlarga ega bo'lgan bir necha shaxslar va saylangan shaxslar yordamida boshqarish shakllarini qayd etadi. Umuman olganda, Forobiyning fozil jamiyat, komil insonni baxt-saodati, dono rahbar, tenglik kabi fikrlari o'z davrida hayoliy narsa bo'lgan bo'lsa, lekin insonni ma'naviy ozod etishga, uning imkoniyatlarini ochishga, gumanistik yo'nalishni asoslashga qaratilgan ta'limot bo'lib, ilg'or ijtimoiy tafakkur taraqqiyotiga buyuk hissa bo'lib qo'shildi.

Jahon madaniyatini yuqoridagi tilga olingan qator faylasuflar nomi bilan bezagan Markaziy Osiyoning IX-XII asrlardagi madaniyati - Uyg'onish davri keskin ro'y bergan tarixiy voqealar tufayli birdan uzilib qoldi. Ammo XIV asr oxiri - XV asrlardagi ilm-u fanning rivojlangani Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi ulug' zotlar merosida ko'rinadi. Ular hayotda halol yashash, pok bo'lish, nokas, nomardlarga yaqinlashmaslikka intilganlar, bir-birlarining manfaatlarini himoya qilib, uyushib, mamlakatni himoya qilish uchun tashqi dushmanlarga qarshi kurashganlar. Ijtimoiy-madaniy hayotga chuqur kirib borib, fan, madaniyat va adabiyot rivojiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatganlar. Mana shuning o'zi ham kishini qaysi kasb egasi bo'lishidan qat'i nazar ko'nglida milliy g'ururlanish hissini tug'diradi.

Temur va Temuriylar davridagi madaniy yuksalishning umumiy omillari nimalarga bog'liq ekanini ko'rib chiqadigan bo'lsak, to'rtta omil ko'zga tashlanadi. Bular: birinchi - siyosiy-ijtimoiy, ikkinchi - iqtisodiy, uchinchi - ma'naviy va to'rtinchi - g'oyaviy omil. Bu omillar o'sha davrning madaniy, ma'naviy jihatdan tez rivojlanib ketishiga sabab bo'lgan. Xususan, to'rtinchi omil - g'oyaviy omil - bu ma'naviy omilning uzviy davomi bo'lib, o'z davri ma'naviy hayotida katta rol o'ynagan. XV asrga kelib Movarounnahr va Xurosonda keng tarqalgan tasavvuf - xususan, naqshbandiya ta'limotidir. Tasavvuf haqiqiy ma'noda insonparvar ta'limoti hisoblanadi. "Temur tuzuklari"da davlat tizimi, davlatning turli lavozimlarining

vazifasi, undagi turli toifalar va ularga munosabat, davlatni boshqarishga asos bo'lgan qoidalar, qo'shinlarning tuzilishi, tartibi, uni boshqarish, ta'minlash, rahbatlantirish, qo'shin turlarining tutgan o'rni va o'zaro munosabati kabi masalalar bayon etilgan. "Saltanatim martabasini, qonun-qoidalar asosida shunday saqladimki, saltanatim ishlariga aralashib, ziyon yetkazishga hech bir kisaning qurbi yetmasdi", deb ta'kidlagan Amir Temur.

Shuningdek, "O'zga mamlakatlarni zabt etish, ularni idora qilish, g'anim lashkarini sindirish, dushmanni tuzoqqa tushirish, muxoliflarni (ko'nglini ovlab) do'stga aylantirish, do'st-dushman orasida muomala, murosa-yu madora qilish xususida ushbu kengash va tadbirlarni qo'lladim. Pirim menga yozmishlarkim: Abulmansur Temur, saltanat ishlarida to'rt narsaga amal qilgan; ya'ni: (o'zing bilan) kengash; (boshqalar bilan) mashvarat-u maslahat ayla; xushyorlig-u malohazakorlik bilan qat'iy qaror chiqar; ehtiyotkor bo'l. Chunki kengash va mashvaratsiz saltanatni barcha qilgan ishlari-yu aytgan gaplari xato bo'lgan johil kimsaga qiyoslash mumkin; uning so'zlari va qilmishlari boshga pushaymonlik ila nadomat keltirgay)" deydi.

Amir Temur xalqning arz-u shikoyatlariga, iltimoslariga mudom zo'r e'tibor bergani, ularni hukmdorlar zulmidan himoya qilgani yozilgan. Amir Temur Iroq aholisining muzaffariylar zulmidan shikoyat qilib yozgan arizasini o'qib, Iroqqa yurishga shaylanadi. Ul zotning el-ulusga, raqiblariga bir talay yorliqlar bitgan. Amir Temur "Men azaldan ilm talabidamen", deb ko'p ta'kidlar ekan, olim-u ulamolar davrasida bo'lganida. Amir Temurning ana shunday o'gitlari o'z avlodlariga ham meros bo'lib qoldi. Temuriyzoda Muhammad Tarag'ay Ulug'bek yoshligidanoq bilimga zo'r ishtiyoq hissi bilan voyaga yetgani bois juda ko'p shaharlarda safarda bo'lgan, saltanatni boshqarishda odilona siyosat olib borishda bobosining ta'siri haqidagi ko'plab ma'lumotlar tarix varaqlarida keltirilgan. U bobosining yonida turli mamlakatlardan kelgan elchilarni qabul qilish marosimlarida qatnashgan. Yunon, Sharq olimlarining mumtoz asarlari bilan yaqindan tanishgan. U saltanat tepasiga kelganida faqat harbiy bosqinchilik yurishlari bilan emas, ma'rifat, ilm-fan, obodonchilik ishlari bilan shug'ullangan. Jasur olim va yaratuvchanlik faoliyati bilan shuhrat qozongan bo'lib, qurgan madrasalariga mudarris tayinlashda ham ibratli ishlarni amalga oshirgan.

Rivoyatlarda keltirilishicha, "Bir kuni Ulug'bekdan uning Samarqand madrasasi yo'sinida: "Shohim, bu ulkan ajoyib madrasa qurilishi tugay deb qoldi. Unga kimni muddaris qilib tayinlamoqchisiz?" deb so'rashganlarida, Ulug'bek: "Bu madrasa mudarrisi jome' ilmlarga mohir va barcha fanlardan bahramand, komil kishi bo'lg'ay", deb javob bergan ekan. Shunda ushbu madrasa qurilishida ko'p ko'maklashib, ustod binokorlar qo'lida g'isht uzatib turgan va ancha muddatdan beri Samarqandga kelib, jidd-u jahd bilan tahsil ko'rgan mavlono Muhammad Havoiy: "Bu martabaga men loyiqdurmen", deb qolibdi. Shundan so'ng Ulug'bek uni yoniga chaqirib, u kishi bilan

tanishibdi va undan imtihon olibdi. Havoiyning aql-zakovati, dunyoqarashi Ulug'bekni hayratlantiribdi. Keyin uni izzat-hurmat qilib, Qozizoda Rumiy huzuriga olib boribdi va o'ziga hamsaboq qilib olibdi. Madrasa ochilgan kuni to'qson nafar turli olimlar yig'ilishib, mavlono Havofiydan "ochiq dars" o'tkazishni so'rabdilar. Havofiy darsni ilmiy jihatdan o'ta teran bayon qilib, bu uning o'sha kunning o'zida olimlar kengashi bilan Ulug'bek madrasasining yetakchi mudarrisi qilib tayinlanishiga sabab bo'libdi.

Bundan ko'rinadiki, Ulug'bek fidoyi va o'z tashabbusi bilan savob ishlarga intilgan kishilarni qadrlagan. Jahon fani tarixida Mirzo Ulug'bek faoliyati kamdan kam uchraydigan hodisa bo'lganligi keng miqyosda tan olingan. U faqat tabiiy qobiliyatlari bilangina emas, ilm-fanga nihoyatda mehr-muhabbat qo'ygan va progressiv g'oyalarga qattiq ishonganligi, horib-tolmasligi va serqirra hayotining barcha jabhalarini bir zaylda olib borganligi tufayli shunday darajaga erishgan. U dunyoviy ilmlardan tashqari tarix, adabiyot va san'at, ayniqsa, tasviriy san'atga alohida mehr qo'ygan. O'z ona tili (chig'atoy-turkiy)dan tashqari arab va fors tillarini mukammal bilgan. Mirzo Ulug'bekning "Talabulilm farizatun alo kulli muslimu muslimot", ya'nikim "Ilm o'qimoq farz erur birday, musulmonning erlari-yu ayollariga" deb madrasaning qoq o'rtasiga o'yib yozdirgan ushbu hadis hali hanuz avlodlarga ilmga bo'lgan muhabbat muhim ekanligini ko'rsatib kelmoqda. Alohida ta'kidlash joizki, Samarqandda faqat O'rta Osiyodagina emas, balki butun Sharqda ma'lum va mashhur bo'lgan sozandalar, bastakorlar, xonandalar va raqqosalar ijod etardilar. Ulug'bekning o'zi ana shu iste'dod egalarining birinchi muxlisi va homiysi bo'lgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Г.Е. Халикулова. Сценическая речь. Ташкент-2007

2. Г.Е. Халикулова. Народный поэт Узбекистана Мухаммад Юсуф-певец родного края и любви. Международная конференция, стр. 154-159

3. Г.Е. Халикулова. Актуальные проблемы подготовки высококвалифицированных научных и научно-педагогических кадров в институте. Театр// - Ташкент: 2014, стр. 9-10.

4. Г.Е. Халикулова. Проблемы создания персонажей в театральных постановках. Роль искусства и культуры в формировании духовности человека / Республика...

5. Г.Е. Халикулова. Проблемы гармонии речи и движения в создании пьесы. Творчество Мукарамы Тургунбаевой и развитие ее узбекской сценической хореографии...

6. Г.Е. Халикулова. Формирование сценической речи в профессиональных спектаклях и роль системы Станиславского в развитии театрального искусства. Университет культуры и искусств в мировом образовательном пространстве: Российский...

7. Г.Е. Халикулова. Новые стилистические исследования, совершенствующие дыхание в овладении навыками сценической речи актера. Сохранение национальности в области хореографии в условиях глобализации...

8. Г.Е. Халикулова. Современный руководитель озабочен повышением профессиональной речи женщины. "Женщина - расцвет духовности" ЖизПи., 4-я Республиканская научно-практическая конференция...

9. Г.Е. Халикулова. Роль искусства в развитии страны, процветании народа и воспитании зрелого поколения. «Подготовка образованного и интеллигентного зрелого поколения» прошла в Ташкенте

10. Г.Е. Халикулова, Шодиев Х.Х. Повышение качества подготовки кадров и развитие отрасли в Государственном художественном институте Узбекистана. Проблемы создания образа героя времени в искусстве и культуре Узбекистана...

11. Г.Е. Халикулова. Духовная зрелость является обязательным требованием. ЖизПИ, сборник, стр. 363

12. Г.Е. Халикулова. Мастер деликатных слов. Статья к монографии «Мухсин Гамидов (Мастер художественного слова)» УзГСИ, стр. 8

13. Г.Е. Халикулова. Искусство на пути к развитию. Калдиргоч, Ташкент

14. Г.Е. Халикулова. Вопросы повышения активности молодежи в музыкальном исполнительстве и ее развития. Ташкентский ТДМИ, (Топлам)

15. Г.Е. Халикулова. Личные комментарии о современном театре. Калдиргоч, г. Ташкент, стр. 2

16. Г.Е. Халикулова. Сцена - историческая сцена. Театр, Ташкент, стр. 2021

17. Г.Е. Халикулова. Поэзия Навои в речи актеров. Театральная, 10-11

18. Г.Е. Халикулова. Маннон Уйгур - выдающийся режиссер узбекского театра и мастер сценической речи. Институт литературы и искусства, Алматы, 59-60

19. Г.Е. Халикулова. Сценическая речь и язык. Мулагот, Ташкент, 35

20. Г.Е. Халикулова. Сцена актера пуста. Театр, Ташкент, стр. 22-23

21. Г.Е. Халикулова. Преподавание воспитательного процесса по укреплению не сильных педагогов студентов - будущих педагогов. наука и образование 3 (4), 484-491

22. Г.Е. Халикулова. Спецновелла Ойбекнинга "Навои". наука и образование 3 (4), 300-307

23. Г.Е. Халикулова. Особенность поздравительной речи. наука и образование 3 (4), 769-776

24. Г.Е. Халикулова. Язык и стиль оммабопа. наука и образование 3 (4), 759765

25. Г.Е. Халикулова. Речь Мирзо Улугбека в спектакле. наука и образование 3 (4), 353-358

26. Г.Е. Халикулова. Улучшить разговорные навыки женщин-ученых и руководителей. наука и образование 3 (4), 343-353

27. Г.Е. Халикулова. Алишер Навои драмаси олтин мерос. наука и образование 3 (4), 334-343

28. Г.Е. Халикулова. Ёш навкирон Навои сиймоси актерлар назарида. наука и образование 3 (4), 328-334

29. Г.Е. Халикулова. Интерпретация образа Мирзо Улугбеком - сцена школьной речи. наука и образование 3 (4), 317-328

30. Г.Е. Халикулова. Описание Алишером Навои тона и речи образа. наука и образование 3 (4), 307-312

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.