Научная статья на тему 'MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR QO‘LLASH ORQALI DARSDA MULOQOTNI TASHKIL ETISH'

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR QO‘LLASH ORQALI DARSDA MULOQOTNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
142
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa madaniyati / darslik / pedagogik texnologiya / muloqot

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shukurjon Imomaliyevich Boratov

Ushbu maqolada musiqa madaniyati darslarida pedagogik texnologiyalarqo‘llash orqali darsda muloqotni tashkil etish to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR QO‘LLASH ORQALI DARSDA MULOQOTNI TASHKIL ETISH»

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA PEDAGOGIK

TEXNOLOGIYALAR QO'LLASH ORQALI DARSDA MULOQOTNI

TASHKIL ETISH

Shukurjon Imomaliyevich Boratov

Qo'qon DPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqa madaniyati darslarida pedagogik texnologiyalarqo'llash orqali darsda muloqotni tashkil etish to'g'risida ma'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: musiqa madaniyati, darslik, pedagogik texnologiya, muloqot

ORGANIZING LESSON COMMUNICATION USING PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MUSIC CULTURE LESSONS

Shukurjon Imomalievich Boratov

Kokand SPI

Abstract: This article provides information on the organization of communication in the lesson through the use of pedagogical technologies in the lessons of music culture.

Keywords: music culture, textbook, pedagogical technology, communication

Mustaqil O'zbekistonning kelajagi bo'lgan avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat-e'tiborni talab qiladigan, ichki ziddiyatli jarayondir. Shunday ekan, o'qituvchi o'quvchi yoki talabaning shakllanish jarayonini zo'r havas va sinchkovlik bilan kuzatishi lozim. U pedagogik jarayon ni boshqararekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo'lishi lozim. Shundagina o'qituvchi pedagogik hodisalarning mohiyatini va dialektikasini, pedagogik mehnat metodi, kasb va texnologiyasini va professional pedagogikani tushunib yetadi.1

Pedagogik texnologiya. Hozirda barcha pedagogik kasblar hamda ta'lim -tarbiya jarayonini tashkil qilish, boshqarish, nazorat qilish bilan bog'liq kasblarning asosini tashkil qiladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan barcha pedagoglar xabardor bo'lishlari zarur.

Ta'lim - tarbiya mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o'tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo'nalishlari shu faoliyatdan ko'zda tutilgan maqsadlarni to'liq

1 PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR yA PEDAGOGIK MAHORAT. H.T. Omonov, N.X. Xo'jayev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonov., Toshkent «IQTISOD-MOLIYA» 2009.

fTTTyll^^™] 99 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

аmаlgа оshirish imkоniуаtini bеruvсhi уахlit tizimgа, уа'ni tехnоlоgiуаlаrgа aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi ta'lim - tarbiya sohasida ham so'ngi yillarda pedagogik tехnоlоgiya amal qila boshladi.

Pedagogik tехnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo'ldi va turli rivojlanish bosqichlaridan o'tib kelmoqda.

O'tgan asrning 50 - yillari o'rtasidan 60 - yillargacha «ta'lim texnologiyasi» atamasi qo'llanilib, bunda dasturlashtirilgan ta'lim nazarda tutilgan.

70 - yillarda «pedagogik texnologiya» atamasi qo'llanilib, u avvaldan loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o'quv jarayonini ifodalagan.

80 - yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta'limning kompyuterli va axborot texnologiyalarni yaratishga aytilgan.2

Pedagogik texnologiya ta'riflari:

«Pedagogik texnologiya - barkamol insonni shakillantirish faoliyati».

Shu bilan birga, pedagogik texnologiyaning keng qo'llamli, serqirra tushuncha ekanligini hisobga olgan holda, uning quyidagi yana bir nechta ta'riflarini keltirishimiz mumkin:

Pedagogik texnologiya axborotlarini o'zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma'no - mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog'liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o'rgatish jarayonidan iborat.

Pedagogik texnologiya - ta'lim metodlari, usullari, yo'llari hamda tarbiyaviy vositalar yig'indisi; u pedagogik jarayonning tashkiliy - uslubiy vositalari majmuidir.

Pedagogik texnologiya - bu o'z oldiga ta'lim shakillarini optimallashtirish vazifasini o'quvchi, butun o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o'zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo'llash va aniqlashning tizimli metodidir.

Pedagogik texnologiya - ma'lumotlarni o'zlashtirish uchun qulay shakl va usulda uzatish hamda o'zlashtirish jarayonidan iborat.

Demak, pedagogik texnologiya insonga (ta'lim-tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo'yicha ta'sir o'tkazish faoliyatidan iborat.

Pedagogik texnologiya o'quvchini mustaqil o'qishga, bilim olishga, fikrlashga o'rgatishni kafolatlaydigan j arayondir.

Pedagogik texnologiya jarayonida o'qituvchi rahbarligida o'quvchi mustaqil ravishda bilim oladi, o'rganadi, o'zlashtiradi.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol uslublar dan foydalaib, ta'limning samaradorligini ko'tarishga bo'lgan qiziqish, e'tabor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda

2 S.A.Mahmudova "Musiqiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik tizimning ilmiy-nazariy asoslari" O.quv-uslubiy qo'llanma. Farg'ona 2023 yil.

fTTTyll^^™] 100 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

o'quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi.3

Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o'quvchi-talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.

Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:

- o'quvchi - talabaning dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;

- o'quvchi - talabalarni o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini ta'minlashi;

- o'quvchi - talabaning bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;

- pedagog va o'quvchi - talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillashtirishi va ta'minlashi.

Pedagogik texnologiya masalalari, muammolarini o'rganayotgan o'qituvchilar, ilmiy - tadqiqotchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya - bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog'liq hamda o'qitish jarayonida qo'llanishi zarur bo'lgan TSO, kompyuter, masofali o'qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi.

O'qituvchi va o'quvchi-talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnolgiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi -aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o'quvchi-talabalarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo'ladi, bular o'qituvchi va o'quvchi talabaga bog'liq.

O'qituvchi dars ishlanmasini yozish bilan bir qatorda, o'qitish jarayonini oldindan loyihalashtirishi zarur, bu jarayonda o'qituvchi o'quv predmetining o'ziga xos tomonini, joy va sharoitini, TSOni, eng asosiysi, o'quvchining imkoniyati, ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini nasardaa tutishi kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin bo'ladi. Qisqa qilib aytganda, o'qituvchi - talabani ta'limning markaziga olib chiqishi kerak.

O'qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko'ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo'lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi losim. Bunda o'qituvchi tomonidan bo'lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olishi katta ahamiyatga egadir, chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o'qitilayotgan

3 X.Madrimov. Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash.T.2020

rTTTyü^^™] 101 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

predmet, fanning xususiyatidan, o'quvchi - talabalarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o'qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogika va axborot texnologiyalaridan xabardor bo'lishi, shuningdek, juda ko'p metodlar, usullarni bilishi kerak bo'ladi. Har bir darsni rang-barang, qiziqarli bo'lishi avvaldan puxta o'ylab tuzilgan darsning loyixalashtirilgan texnologik xaritasiga bog'iq.4

Darsning texnologik xaritasini qay ko'rinishda yoki shaklda tuzish, bu o'qituvchining tajribasi, qo'ygan maqsadi, fantasiyasi va ixtiyoriga bog'liq. Texnologik harita qanday tuzilgan bo'lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo'lishi, aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafotlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to'liq o'z ifodasini topgan bo'lishi kerak. Texnologik haritaning tuzilishi o'qituvchi tomonidan darsni kengaytirilgan konspektini yozishdan xalos etadi, chunki bunday haritada dars jarayonining barcha qirralari o'z aksini topadi.

O'qituvchi tomonidan o'zi o'qitayotgan fanning har bir mavzusi, har bir dars mashg'uloti bo'yicha tuzilgan yuqoridagi kabi texnologik harita unga fan, predmetini yaxlit holda tasavvur etib yondoshishga, tushunishiga (bir semestr, bir o'quv yili bo'yicha), yaxlit o'quv jarayonining boshlanishi, maqsadidan tortib, erishiladigan natijasini ko'ra olishiga yordam beradi.

Pedagogik texnologiyalarning turlari ko'p bo'lib, yo'nalish va maqsadlarga asosiy e'tibor qaratilgani bilan farq qiladi.

Pedagogik texnologiya jarayonlarini o'rganishning soddalashtirilgan tartibini quyidagicha tushunish mumkin:

Tushuntirish - axborotning ma'no - mazmunini, undan foydalanish tartibini turli vosita va usullarni qo'llab, tushuntiruvchining o'zi tushungan darajada boshqalarga yetkazish faoliyatidan iborat jarayon.

Tushunish - axborotning ma'no-mazmunini idrok qilish, undan ko'rsatilgan tartibda musta'qil foydalana olish.

O'rgatish - axborotdan foydalanish va turli harakatlarni bajarish ko'nikmalarini o'rgatuvchining o'zi o'rgangan darajada boshqalarni takrorlay olishini, turli vosita va usullarni qo'llab amalga oshirish faoliyatidan iborat jarayon.

O'rganish - axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko'rsatilgan tartibda mustaqil bajarish ko'nikmalarini egallash.

O'zlashtirish - tushunish, o'rganish orqali axborotning ma'no-mazmuni, undan foydalanish yoki harakatlarni bajarish tartibi to'g'risida bilim va ko'nikmalar hosil qilish.

O'zlashtirish shartli ravishda quyidagi uchta darajaga ajratiladi.

1) O'rgatilgan bilim, ko'nikmalarni to'g'ri takrorlash;

4 D.T.Nomozova "Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash" T.2019.

rTTTyü^^™] 102 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

2) Ularni amalda, faoliyatda qo'llash, ulardan tegishli maqsadlarda foydalanish imkoniyatiga ega bo'lish;

3) Ularni ijodiy tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish asosida takomillashtirish faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'lish.5

Shu bilan birga, pedagogik texnologiyalarning hammasida ham birdek qo'llaniladigan va ta'lim-tarbiya jarayonining tarixiy tarkib topishida va rivojlanib borishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan asosiy tarkibiy elementlar, so'zlash, ko'rsatish va mashqlar bajarishdan iborat bo'lib, ular o'zaro quyidagicha ketma-ketlikda va bog' liqlikda amal qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. G.M.Sharipova, D.F.Asamova, Z.L.Xodjayeva MUSIQA 0 'QITISH NAZARIYASI METODIKASI VA MAKTAB REPERTUARI T.2014.

2. S.A.Mahmudova "Musiqiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik tizimning ilmiy-nazariy asoslari" O.quv-uslubiy qo'llanma. Farg'ona 2023 yil.

3. D.T.Nomozova "Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash" T.2019.

4. X.Madrimov. Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash.T.2020

5. Boratov, Shukurjon Imomaliyevich. "VOKAL VA ZAMONAVIY MUSIQANING O 'ZIGA XOS XUSUSYATLARI." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 452-456.

6. Baratov, Sh. "O 'ZBEK MUSIQASI TARIXI VA TARAQQIYOT BOSQICHLARI." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 303-308.

7. Bakirovna, Qobilova, et al. "THE ROLE OF A MUSIC TEACHER IN THE PROCESS OF EDUCATING CHILDREN'S MORAL FEELINGS." International Journal of Early Childhood Special Education 14.6 (2022).

8. Shodiyeva, G. "MUSIQA MASHG'ULOTLARIDA AXBOROT KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH." Interpretation and researches 1.1 (2023).

9. Shodiyeva, G. E. "COMPETENT APPROACH TO EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN."

10. (2 Shodiyeva, Gavxar Imindjanovna. "BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI." Oriental Art and Culture 4.1 (2023): 111-121.023).

11. Buronovich, Umrzaqov Behzot. "THE PLACE OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES OF VIRTUAL TECHNOLOGIES IN TEACHERS OF FUTURE TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 9.11 (2022): 37-43.

5 S.A.Mahmudova "Musiqiy madaniyatni shakllantirishda pedagogik tizimning ilmiy-nazariy asoslari" O.quv-uslubiy qo'llanma. Farg'ona 2023 yil.

fTTTyll^^™] 103 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

12. Buronovich, Umrzakov Bekhzot. "CONTENT OF FORMATION OF MODERN PROFESSIONAL QUALITIES IN FUTURE TEACHERS OF TECHNOLOGICAL EDUCATION IN HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." World Economics and Finance Bulletin 20 (2023): 1-3.

13. Nosirov, Dilmurod. "THE PROCESS AND PROGRESS OF THE HISTORICAL FORMATION OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

14. Tillakhujayev, O. "THE SCIENCE OF MUSIC AND THE ROLE OF KNOWLEDGE OF MUSIC LYRICS IN THE FORMATION OF THE MUSICAL CULTURE OF YOUNG PEOPLE." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 175-178.

15. Tillakhujayev, Orif. "THE ROLE OF SHASHMAKOM IN THE MUSICAL HERITAGE OF THE UZBEK AND TAJIK PEOPLES." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

16. Fozilov, Kakhramon. "MUSICAL THEORETICAL LEGACY." Academic International Conference on Multi-Disciplinary Studies and Education. Vol. 1. No. 10. 2023.

17. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. "History Of The Science Of Music Theory And Modern Innovative Technologies In The Teaching Of Science." Journal of Positive School Psychology (2023): 1042-1050.

18. Askarova, S. M. "EDUCATION OF SINGING SKILLS IN PRESCHOOL CHILDREN." (2023).

19. Аскарова, Сохибахон Мухаммаджоновна. "ОСОБЕННОСТИ ПЕВЧЕСКОГО МАСТЕРСТВА ШКОЛЬНИКОВ В ПОДРОСТКОВОМ ВОЗРАСТЕ." Oriental Art and Culture 4.1 (2023): 874-878.

20. Xoljo'rayevich, Madaminov Nasimxon. "THE IMPORTANCE OF USING MODERN INFORMATION TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF THE MUSIC CULTURE LESSON." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 142-144.

21. Xoljo'rayevich, Madaminov Nasimxon. "THE PECULIARITIES OF MUSIC THEORY AND ITS IMPACT ON HUMAN ZINC." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.11 (2022): 131-133.

104

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

22. Sh, Jumaboyeva M. "FORMING THE CHILD'S PERSONALITY IN THE PROCESS OF ACQUIRING MUSICAL KNOWLEDGE." Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.11 (2022): 128-132.

23. Djumaboyeva, M. "IN FOLKLORE-ORAL CREATIVITY AND TRADITIONALISM." ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 306-312.

24. Kobilova, Ezozxon Bakirovna. "Classical music and youth education." Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities 12.9 (2022): 126-130.

25. Qobilova, E. "FORMING A SENSE OF INTERNATIONALLY IN STUDENTS THROUGH THE TRADITIONAL MUSIC OF AZERBAIJAN." International Bulletin of Applied Science and Technology 3.10 (2023): 127-132.

105

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.