INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© S.K. Hasanova1^_
1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: ushbu maqolani o'qish jarayonida PIRLS dasturining ahamiyati, imkoniyatlari haqida ma'lumotga ega bo'lasiz. Tadqiqot nazariy va amaliy jihatdan yoritib berilgan. Dolarb bo'lib kelayotgan PIRLS haqida keng tushuncha ilgari surilgan bo'lib, uni dars jarayonida metodik qo'llash, tadqiqot doirasida uslubiy qo'llanmalar yaratish, uni amaliyotga tadbiq etib chop etish kabi g'oyalar ham ilgari surilgan.
MAQSAD: PIRLS tadqiqotlar doirasida turli ta'lim tizimiga ega bo'lgan davlatlar 4-sinf bituvchilarining o'qish sifati va o'qilgan matnni tushunish darajasi o'rganiladi. Bu tadqiqotlarga 4-sinf o'quvchilarining tanlanishi shu bilan e'tiborliki, aynan o'qishning to'rtinchi yilida o'quvchilar o'qishning yuqori darajasiga ega bo'lishi, ularning keyingi ta'limda bilimni egallash qobiliyatini shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam berishi nazareda tutilgan.
MATERIALLAR VA METODLAR: darslarga aniq maqsad qo'yish, o'quvchilarni turli xil metodlar orqali tashkillashtirish har bir o'qituvchining kreativligini baholovchi asos hisoblanadi. Bu jarayonda xalqaro baholash dasturi talabiga mos topshiriqlarni bajarish ham o'rinli. O'qish darslarida PIRLS hikoyalaridan foydalanish, o'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi. PIRLS — bu turli mamlakatlarda boshlang'ich sinfda tahsil oluvchi o'quvchi yoshlarning matnni o'qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. U o'qish ta'limini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqotda O'zbekistonning boshlang'ich sinf bitiruvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga nisbatan qanchalik darajada yaxshi o'qiydi? O'zbekiston o'quvchilarining o'qish savodxonligi qay darajada? O'qish 4-sinf o'quvchilari uchun sevimli mashg'ulotmi? Oila tomonidan savodxonlikni rivojlantirishga qanday hissa qo'shilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda o'qishni o'rgatish jarayoni qanday tashkil etilgan? O'zbekiston o'qishni o'rgatish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan o'ziga xosligi bormi, agar shunday bo'lsa u nimada namoyon bo'ladi? Boshlang'ich sinflarimizning o'qituvchilari foydalanayotgan metodlar boshqa mamlakat o'qituvchilari foydalanayotgan metodlardan farq qiladimi? kabi asosiy masalalar o'rganiladi.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
XULOSA: IPIRLS xalqaro dasturi talablaridan kelib chiqib tayyorlangan topshiriqlardan foydalanilganda, o'quvchilarning qiziqishi, kreativligi, sezilarli darajada faollashdi. Tayyorlov jarayonida qo'llanadigan matn va hikoyalar o'quvchiga ta'limiy va tarbiyaviy jihatdan ta'sir etib, ilmiy tafakkurini shakllantirishga qaratilgan bo'lishi lozim. Yosh doirasida esa, ularning prixologik, fiziologik tomonlari ahamiyatga ega. PIRLS topshiriqlari har tomonlama o'quvchini qo'llab-quvvatlab, ta'lim talablariga mos kadrni yetishishiga amaliy yordam bera oladi.
Kalit so'zlari: PIRLS Xalqaro Baholash Dasturi, ona tili va o'qish darsligi, natija, metodika, matn va hikoyalar, boshlang'ich sinf o'quvchi va o'qituvchilari, zamonaviy ta'lim tizimi, tarixi, uslubiy qo'llanmalar, jarayon, ma'lumotlar.
Iqtibos uchun: Hasanova S.K. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining pirls topshiriqlari asosida savodxonlik darajasini oshirish. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B.166-177.
ПОВЫШЕНИЕ УРОВНЯ ГРАМОТНОСТИ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ
НА ОСНОВЕ ЗАДАНИЙ PIRLS_
© С.К. Хасанова1Н
1Термезский государственный педагогический институт, Термез, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в процессе чтения этой статьи вы узнаете о важности, возможностях программы PIRLS. Исследование освещается как в теоретическом, так и в практическом плане. Выдвигались такие идеи, как методическое применение в процессе урока, создание методических пособий в рамках исследования, внедрение его в практику и публикация.
ЦЕЛЬ: в рамках исследования PIRLS изучается качество чтения и уровень понимания прочитанного текста выпускниками 4-х классов стран с разной системой образования. Отбор учащихся 4-х классов к этим исследованиям примечателен тем, что именно на четвертом году обучения предполагается, что учащиеся будут иметь высокий уровень чтения, формировать у них способность приобретать знания в дальнейшем образовании и тем самым способствовать успешной адаптации к современности.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: четкое целеполагание уроков, организация учащихся с помощью различных методов-основа оценки креативности каждого учителя. В этом процессе также уместно выполнять задания, соответствующие требованиям международной программы оценки. Использование рассказов ПИРЛСА на уроках чтения формирует научное мировоззрение учащихся. PIRLS-это международная система оценки, которая оценивает качество чтения и понимания текста учащейся молодежью начальной школы в разных странах. Он предоставляет
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
возможность принимать решения, основанные на фактических данных, для улучшения обучения чтению.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: насколько хорошо в исследовании учатся выпускники начальных классов Узбекистана по сравнению со сверстниками из других стран? Каков уровень читательской грамотности учащихся Узбекистана? Чтение-хобби для учеников 4 класса? Как семья способствует развитию грамотности? Как сегодня организован процесс обучения чтению в нашей стране? Есть ли уникальность процесса обучения чтению в Узбекистане по сравнению с другими странами, если да, то в чем он проявляется? Отличаются ли методы, используемые учителями наших начальных классов, от тех, которые используют учителя из других стран? будут изучены основные вопросы, такие как
ВЫВОД: при использовании заданий, подготовленных в соответствии с требованиями международной программы PIRLS, значительно активизировался интерес, креативность учащихся. Тексты и рассказы, используемые в процессе подготовки, должны быть направлены на формирование научного мышления, оказывая образовательно-воспитательное воздействие на читателя. Однако в возрастных рамках важны их психологические, физиологические аспекты. Задания PIRLS могут оказать всестороннюю поддержку учащемуся и оказать практическую помощь в обучении персонала, соответствующего образовательным требованиям.
Ключевые слова: международная программа оценки PIRLS, учебник родного языка и чтения, результат, методика, тексты и рассказы, учащиеся и учителя начальных классов, современная система образования, история, методические руководства, процесс, данные.
Для цитирования: Хасанова С.К. Повышение уровня грамотности учащихся начальной школы на основе заданий PIRLS. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С 166-177.
IMPROVING THE LITERACY LEVEL OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS BASED ON PIRLS ASSIGNMENTS_
© Sabohat K. Hasanova1®
1Termez State Pedagogical Institute, Termez, Uzbekistan
Annotation
INTRODUCTION: as you read this article, you will learn about the importance and capabilities of the PIRLS program. The research is covered both theoretically and practically. Ideas such as methodological application in the course of the lesson, the creation of methodological manuals within the framework of the study, its implementation in practice and publication were put forward.
AIM: the PIRLS study examines the quality of reading and the level of comprehension of the text read by graduates of the 4th grades of countries with different
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
educational systems. The selection of 4th grade students for these studies is noteworthy in that it is in the fourth year of study that it is assumed that students will have a high level of reading, form their ability to acquire knowledge in further education and thereby contribute to successful adaptation to modernity.
MATERIALS AND METHODS: clear goal-setting of lessons, the organization of students using various methods is the basis for evaluating the creativity of each teacher. In this process, it is also appropriate to perform tasks that meet the requirements of the international assessment program. The use of PEARLS' stories in reading lessons shapes the scientific worldview of students. PIRLS is an international assessment system that evaluates the quality of reading and comprehension of text by primary school students in different countries. It provides an opportunity to make evidence-based decisions to improve reading learning.
DISCUSSION AND RESULTS: how well do the primary school graduates of Uzbekistan study in comparison with their peers from other countries? What is the level of reading literacy of Uzbek students? Is reading a hobby for 4th grade students? How does the family contribute to the development of literacy? How is the process of learning to read organized in our country today? Is there a uniqueness in the process of learning to read in Uzbekistan compared to other countries, if so, how does it manifest itself? Are the methods used by our primary school teachers different from those used by teachers from other countries? The main issues will be studied, such as
CONCLUSION: when using tasks prepared in accordance with the requirements of the international PIRLS program, the interest and creativity of students significantly intensified. The texts and stories used in the preparation process should be aimed at the formation of scientific thinking, having an educational and educational impact on the reader. However, within the age framework, their psychological and physiological aspects are important. PIRLS assignments can provide comprehensive student support and practical assistance in training staff who meet educational requirements.
Key words: PIRLS International Assessment Program, mother tongue and reading textbook, result, methodology, text and stories, primary school students and teachers, modern education system, history, methodological guides, process, data
For citation: Sabohat K. Hasanova. (2024) 'Improving the literacy level of primary school students based on pirls assignments', Inter education & global study, (4(1)), pp. 166-177. (In Uzbek).
Hozirgi tezkor davrga kelib har qanday sohadagi globallashuv jarayoni jamiyat hayotining muhim omillaridan biri bo'lmoqda va o'z navbatida, fan-texnikaning rivojlanishiga, iqtisodiyotning yuqori darajada o'sishiga, shuningdek, ta'lim sohasidagi integratsiya jarayoning yanada chuqurlashishiga olib kelmoqda. Ta'limning sifati, kadrlar kompetentligi, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim omili sifatida
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
raqobatbardosh malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasi globallashuv davrining muhim xususiyatlariga aylanib ulgurgan.
So'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o'z-o'zidan o'quvchilarning ta'lim-tarbiyasi har tomonlama e'tiborni kuchaytiradi. Mamlakatimiz innovatsion taraqqiyot yo'lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo'lmish yoshlarni ijodiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg'or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo'lda xalqaro tajribalarni o'rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo'nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, agentliklar, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.
Shuning uchun ta'lim sifati, ta'lim sifatini baholash kabi masalalar bilan ko'pgina xalqaro tashkilotlar ma'lum bir talabgor davlatlarda ta'lim sohasini baholashning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS, PIAAC, ICCS, SITES, IALS, ALL kabi xalqaro baholash dasturlarini amaliyotga tatbiq etishgan. Jumladan, PISA va PIRLS tadqiqotlarida O'zbekistonning ham ishtirok etishi to'g'risida kelishuv imzolanganligi O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimini tubdan isloh qilishga zamin yaratadi va yosh avlodning intelektual faolligini oshirish, ularning ta'limdagi kompetentligini va kreativligining rivojlanishiga hissa qo'shadi.
Bu esa o'z navbatida bizning oldimizga ta'lim samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan va shu kungacha dunyoning yetakchi mamlakatlari qatnashib kelayotgan xalqaro tadqiqotlar bilan ishlashni va Jahonning Ta'lim sohasida rivojlangan mamlakatlari qatorida bo'lishga undaydi. PIRLS mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta'lim tizimidan iborat bo'lgan davlatlarda Boshlang'ich maktab o'quvchilarining matnni o'qish va qabul qilish bo'yicha tayyorgarligi hamda o'quvchilarning har xil yutuqlarga erishishiga sabab bo'luvchi ta'lim tizimidagi o'ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta, bunday tadqiqot xalq talimi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o'qituvchilar, ota - onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir. PIRLS xalqaro tadqiqoti har 5 yilda bir marotaba o'tkaziladi. PIRLS tadqiqotlari xalqaro ta'lim institutlari assotsiatsiyasi [IEA] tomonidan muvofiqlashtiriladi. PIRLS dasturi 2001 yilda ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan bo'lib Boshlang'ich 4 - sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini xalqaro darajada baholaydi.
PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadi. Ko'p imkoniyatlarni rivojlantirishga hizmat qilayotgan bu baholash dasturi O'zbekiston ta'lim tizimida ham ahamiyatli deb topilgan va amalda qo'llash joriy etildi. Shunga binoan, hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir. O'quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo'lib, ma'no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo'llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi.
PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadi. Ko'p imkoniyatlarni rivojlantirishga hizmat qilayotgan bu baholash dasturi O'zbekiston ta'lim tizimida ham ahamiyatli deb topilgan va amalda qo'llash joriy etildi.
Shunga binoan, hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir. O'quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo'lib, ma'no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo'llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir.
O'quvchilar matnda aniq bayon qilingan ma'lumotlarga turlicha diqqat-e'tibor bilan qaraydilar. Matnda bildirilgan ayrim fikr-mulohazalar o'quvchilarning diqqat-e'tiborlarini jalb etadi, ba'zilari esa ularda hech qanday qiziqish uyg'otmaydi. Masalan, agar matndagi fikr-mulohazalar o'quvchilar matn mazmuni yoki o'qishdan ko'zlagan umumiy maqsadiga oid fikr-mulohazalariga zid yoki ularni tasdiqlasa, o'quvchilar ayni shunday fikrlarga ko'proq e'tibor qaratadi. Bundan tashqari, o'quvchilar odatda o'qish bo'yicha berilgan savolga javob berish yoki matnning ayrim jihatlari qay daraja tushunganliklarini tekshirish uchun undagi ma'lumotlarni qidirib topishga harakat qiladi.
O'quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo'lib, ma'no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo'llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko'rinishdagi yozma shakllarni ham o'z ichiga oladi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
PIRLS boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinf va sinfdan tashqari o'qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsadga, ya'ni "badiiy tajriba orttirish", "axborotni olish va undan foydalanish"ga qaratiladi. O'z navbatida, ushbu maqsadlarning har biri to'rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular: diqqatni jamlash va aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish; to'g'ridan-to'g'ri xulosalar chiqarish; kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish; g'oyalar va axborotni talqin qilish va uyg'unlashtirish.
O'zbekiston o'qishni o'rgatish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan o'ziga xosligi bormi, agar shunday bo'lsa u nimada namoyon bo'ladi? Boshlang'ich sinflarimizning o'qituvchilari foydalanayotgan metodlar boshqa mamlakat o'qituvchilari foydalanayotgan metodlardan farq qiladimi? kabi asosiy masalalar o'rganiladi.
Shuningdek, tadqiqotda ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish va tahlil qilish maqsadida anketa so'rovnomalari ham o'tkaziladi. Jumladan, o'quvchilar so'rovnomasi orqali ishtirokchi haqida ma'lumotlar, oiladagi ta'limiy resurslar, maktabga, o'qituvchiga, o'quv faniga munosabat, o'quvchilar o'rtasidagi munosabat, o'quv fanlari bo'yicha o'zini baholash, sinfdan tashqari mashg'ulotlar to'g'risida ma'lumotlar to'planadi.
PIRLS tadqiqotida O'zbekiston Respublikasining ishtirok etishi ta'lim sifatini oshirish, xalqaro miqyosda mamlakat nufuzini mustahkamlash bilan birga, o'quvchilar bilimini xalqaro talablar darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir. Tadqiqot doirasida asosiy e'tibor tushunishni namoyon qilishdan o'zlashtirilgan ma'lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda.
PIRLS xalqaro baholash dasturini ommalashib borayotgan so'zi bilan qo'lllash bugungi kunda noo'rin bo'ladi desam, mubolag'a bo'lmaydi. Negaki, tadqiqot doirasida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. O'qituvchilar va o'quvchilar dasturga moslashish jarayonida, o'zlari ham tadqiqot ustida amaliy ishlar olib borilmoqda. Yangi darsliklar zamon talabiga binoan, xalqaro baholash dasturining talablariga xos tarzda yaratilmoqda. Ularning metodikasi 4K modeliga asoslangan bo'lib, an'anaviy ta'lim o'qitish tizimidan tubdan farq qiladi
Yosh o'quvchi uchun o'qish savodxonligining har ikki maqsadi ham muhim hisoblanadi. Shuning uchun PIRLS har bir o'qish turini baholashda matnlarni teng bo'lishni asosiy maqsad qilib olgan.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining imkoniyatlari muallif tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy qo'llanma vositasida tahlil qilindi. Erishilgan natijalardan ma'lum bo'ldiki, PIRLS xalqaro baholash dasturida berilgan topshiriqlarda asosiy obyekt o'quvchi hisoblanadi,
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ushbu toshiriqlarini bajarish orqali o'quvchilarning kreativ fiklashi, tanqidiy tahlili, hamkorlik qobiliyati va ijtimoiy munosabatlari shakllantiriladi.
PIRLS hikoyalari zamonaviy ta'lim uchun ahamiyatlidir. Hikoyalarning mazmun-mohiyatini xulosalash orqali boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan birgalikda tarbiyaviy jarayonni ham tashkillashtirish mumkin. Bu jarayonni amalga oshirish uchun o'qituvchilardan ijodiy fikrlash talab etiladi. Ko'pgina yosh o'quvchilarning dastlabki mutolaasi aksariyat hollarda hikoya (masalan, hikoya to'plamlari yoki rasmli kitoblar) yoki o'quvchilarga atrofidagi dunyo haqida ma'lumot beradigan va savollarga javob beradigan ma'lumotli matnlardan iborat bo'ladi. Yosh o'quvchi uchun o'qish savodxonligining har ikki maqsadi ham muhim hisoblanadi. Shuning uchun PIRLS har bir o'qish turini baholashda matnlarni teng bo'lishni asosiy maqsad qilib olgan. Kitobni o'qiyotganda hissiy holatiga ko'ra, inson muammolarga ijodiy yondashishni o'rganadi. Bu odamlarga boshqa chiqish yo'llari borligini ko'rsatadi. Odam kitobda o'zini asarda berilgan qahramonlar bilan solishtirishga kirishadi. Masalan, o'xshashlik va farqlarini, voqea-hodisalarga yondashish yo'nalishlarini ajratib ko'rsatish va shunga ko'ra u qahramonning ba'zi xususiyatlari va mahoratini o'ziga xos tarzda qo'llay boshlaydi. Bu o'z-o'zini rivojlantirish yo'lining boshlanishi demakdir.
Biblioterapiyaning eng muhim afzalliklaridan biri kitobni o'qigan inson o'zini to'liq qabul qila boshlaydi. Vaqt ortgan sayin o'ziga ishonchi ortadi. Aynan shuning uchun ham boshlang'ich sinflarda biblioterapiyani qo'llash, oquvchilarga kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning samarali usuli hisoblanadi. Hikoya yoki muayyan ma'lumot o'qishni o'z ichiga olgan ijodiy san'at terapiyasi bo'lmish biblioterapiya insonning kitoblar, she'rlar va boshqa yozma so'zlarning mazmuni, munosabatidan terapiya sifatida foydalanadi. O'qilayotgan har bir kitobni o'quvchilar bilan qayta tahlil qilish, ushbu asarning tag ma'no mazmuni nimalardan iborat ekanligini suhbat metodi orqali aniqlashimiz, ularning fikrini to'g'ri yo'naltirib, kelajak hayotida qay darajada ahamiyat kasb etishi haqidagi tasavvurlarini anglatishimiz kerak. O'quvchilarning biblioterapiyaga bo'lgan qiziqishini ortirish faqat oqituvchining yelkasiga yuklatilmaydi, bu jarayonda ota-onalar ham faol ishtirok etishi lozim. Birgalikda kitob o'qish ota-onalar va bolalarning o'zaro munosabatlarini yaxshilaydi. Inson o'z farzandini kitob mutolaasiga o'rgatar ekan, avvalo o'zi ham bu ishda o'rnak bo'lishi kerak.
Tadqiqotda O'zbekistonning boshlang'ich sinf bitiruvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga nisbatan qanchalik darajada yaxshi o'qiydi? O'zbekiston o'quvchilarining o'qish savodxonligi qay darajada? O'qish 4-sinf o'quvchilari uchun sevimli mashg'ulotmi? Oila tomonidan savodxonlikni rivojlantirishga qanday hissa qo'shilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda o'qishni o'rgatish jarayoni qanday tashkil etilgan? O'zbekiston o'qishni o'rgatish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan o'ziga xosligi bormi, agar shunday bo'lsa u nimada namoyon bo'ladi? Boshlang'ich sinflarimizning o'qituvchilari foydalanayotgan metodlar boshqa mamlakat o'qituvchilari foydalanayotgan metodlardan farq qiladimi? kabi asosiy masalalar o'rganiladi.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №4 (1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Tadqiqotning 2016 yil natijalariga ko'ra, 50 ta mamlakat ichida, Rossiya, Singapur, Gonkong, Irlandiya va Finlyandiya mamlakatlari yuqori natijalarni qayd etgan bo'lsa, shular orasida rossiyalik va singapurlik o'quvchilar matnni o'qish va tushunish bo'yicha eng yuqori natijalarni ko'rsatdi. Shuningdek, Rossiyaning boshlang'ich sinf o'quvchilari ushbu mezon bo'yicha dunyoda yetakchilik qildi.
RLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadi. Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardn foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir.
Tadqiqot doirasida asosiy e'tibor tushunishni namoyon qilishdan o'zlashtirilgan ma'lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo'llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilgan. O'quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo'lib, ma'no yaratadi, matn ustida mushohada yuritadi va samarali o'qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo'llaydi. Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o'quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega bo'lishi mumkin. Bular an'anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli ko'rinishdagi yozma shakllarni ham o'z ichiga oladi.
PIRLS tadqiqotida o'quvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida o'qishini ikki turi baholanadi: o'quvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida o'qish; Ma'lumotni o'zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o'qish.
Mazkur davlatlarda o'qish savodxonligi bo'yicha yuqori natijalar quyidagi omillar bilan bog'liq: uydagi kitoblar va raqamli qurilmalarning mavjudligi, ziyoli ota-onalar va ularning kitobga bo'lgan muhabbati, bola maktabga borgunga qadar o'qish-yozishni o'rganganligi hamda maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish ko'rsatkichining yuqoriligi.
O'qituvchilar so'rovnomasi o'qituvchilar haqidagi ma'lumotlar, maktabning jihozlanishi, xavfsizlik, maktab muhiti, o'qitish usuli, malaka oshirish masalalarini o'z ichiga oladi. Ota-onalar so'rovnomasida ota-onalar haqidagi ma'lumotlar, oiladagi ta'limiy resurslar, farzandini maktabga tayyorlash, maktabga qabul qilinishidan avvalgi ko'nikma va malakalari, ota-onalarning maktabga va o'qishga munosabati o'rganiladi. Maktab ma'muriyati so'rovnomasi orqali maktab quvvati, joylashuvi, jihozlanishi, ta'limiy resurslar, maktabda o'quv jarayonining tashkil etilishi, maktab muhiti o'rganilib, tahlil etiladi.
So'zlarimizga isbot-namuna sifatida quyidagi hikoyaning tahlili bilan tanishib chiqamiz:
"KICHIK YONG'OQ DARAXTI"
Kichik yong'oq daraxti bahaybat yong'oq soyasida o'sib unardi. Bahaybat yong'oq daraxti shu qadar viqorli ediki, uning soyasida kichik yong'oq daraxti bor yoki yo'qligi bilinmas edi. Shuning uchun ham atrof-muhitni endi o'rganib anglayotgan kichik yong'oq
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
daraxtiga viqorli yong'oq daraxti judayam qiziqarli va havas qilsa arzigulik bir daraxt edi. U ham tezroq o'sib unib, huddi shunday bahaybat yong'oq bo'lishni istar edi. Bolalar qiy-chuv qilib, daraxt ortiga berkinishi, shoxlariga chiqib mevalar terishi, kichik yong'oq daraxtining g'ashini keltirar edi. Chunki u e'tiborsizlikdan qiynalar, qachondir men ham kerakli bo'larman deya, umid ko'zlari bilan bolalarga ma'yus boqar edi. Yillar o'tib, viqorli yong'oq daraxti keksa yong'oq daraxtiga aylandi. Meva tugmay qolgan keksa yong'oqqa e'tibor susayib, unga faqat o'tin sifatida qaray boshlashdi. O'sha kun ham keldi...
Kichik yong'oq daraxti esa viqorli yong'oqning o'rnini egallagan, tabiiyki, u bu holatdan behad xursand edi. Quvonchi ko'pga bormasligini bilmagan yong'oq bolalar bilan o'ynar, o'yinda yutqazib qo'ymasin deb ortiga berkitar, samimiyligi uni bolalik sari yetaklagan edi. Bolalar esa, daraxtning shoxlariga osilishar, mevalaridan bahramand bo'lishar edi.Vaholanki, bu holatdan zerikkan katta yong'oq daraxti, viqorli yong'oq daraxtiga havas ila boqqanini, orzular qilganini, kichiklik paytini qumsar edi. Insonlar tomonidan berilgan har bir azobni his qilar ekan, viqorli yong'oq daraxtiga oson bo'lmaganlini tushunib yetdi. Shu vaqtda uning nigohi soyasida o'sayotgan kichik yong'oq daraxtiga tushdi. Kichik yong'oq daraxti katta yong'oq daraxtiga hayrat ila boqar edi...
1. Kichik yong'oq daraxti qayerda o'sar edi? a) bahaybat yong'oq soyasida, b) devorning soyasida, c) yolg'iz o'sar edi, d) olma daraxti yonida.
2.Kichik yong'oq daraxti nimaga havas qilar edi? a) bolalarning qiy-chuviga, b) olma daraxtiga, c) bahaybat yong'oqqa, d) musaffo osmonga
3.Hikoyadagi voqealarni to'g'ri ketma-ketlikda joylashtiring. Birinchisi siz uchun bajarilgan.
_1_ Bolalar viqorli yong'oq daraxti bilan o'ynar edi.
_Yong'oqqa e'tibor susaygandi.
_Kichik yong'oq daraxti katta yong'oq daraxtiga hayrat ila boqar edi.
_Katta yong'oq daraxti kichiklik paytini qumsar edi.
4.Kichik yong'oq daraxti nimadan qiynalar edi? a) suvsizlikdan, b) quyosh nuridan, c) e'tiborsizlikdan, d) tushgan soyadan
5.Nima uchun bahaybat yong'oq daraxtiga o'tin sifatida qaray boshlashdi?
6.Kichik yong'oq daraxti nimadan behad xursand edi?
7.Kichik yong'oq daraxti qachon viqorli yong'oq daraxtiga oson bo'lmaganini anglab
yetdi?
8.Hikoya qay tarzda tugadi?
9.Viqorli yong'oq daraxti qanday his-tuyg'ularni boshidan o'tkazdi?
10. Viqorli yong'oq daraxtiga hayrat ila boqqan kichik yong'oq daraxtiga qanday maslahat berar edingiz?
Ushbu qollanmada PIRLS dasturi asosida yaratilgan hikoyalar va topshiriqlar keltirilgan bolib, qo'llanma doirasida oquvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish jarayonlari va malakalarini rivojlantirishga alohida urg'u berishni hisobga olgan holda, jamoa tarzda muammoli vaziyatlarni mustaqil ravishda hal qilish
Savollar
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
kompetensiyalarni shakllantirish masalalariga qaratilgan.O'quvchilar matndan ma'no hosil qilar ekan, ular aniq tushuntirilmagan g'oyalar yoki ma'lumotlarga nisbatan tushuntirishlar beradi. Xulosalash o'quvchilarga matndan tashqariga chiqishga imkon beradi. Ko'pgina hollarda muallif matnni o'quvchining aniq yoki bevosita xulosa chiqarishi uchun yaratadi. O'quvchilar oddiy xulosalar bilan bir qatorda, matndagi g'oyalar va axborotlarni talqin qilishda va uyg'unlashtirishda konkret yoki umumiy ma'nolarga e'tibor berishlari yoki tafsilotlarni umumiy mavzular va g'oyalar bilan bog'lashlari mumkin. Dars jarayonida 4K modeli va PIRLS tadqiqotlari integratsiyasi talab doirasida natija berishiga ishonaman va qo'llab-quvvatlayman. Yana shuni aytish mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o'zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi. Topshiriqlarda o'quvchilarning ijodiy fikrlashi nazarda tutiladi. Aynan, 4K modelidan foydalanib, PIRLS topshiriqlarini tashkillashtirsak o'rinli bo'ladi, deb hisoblayman. Bu jarayonda sinf rahbari va fan o'qituvchilardan pedagogik mahoratini ishga solib, dars jarayonini tashkillashtirish talab etiladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Hasanova Sabohat Komil qizi "Ona tili va o'qish savodxonligi darslarida PIRLS xalqaro baholash dasturini takomillashtirish" Zamonaviy Boshlang'ich ta'lim innovatsiyalar, muammolar va rivojlantirish istiqbollari xalqaro ilmiy- amaliy konferensiyada 2023
2. Hasanova Sabohat Komil qizi "O'qish savodxonligi darslarida pirls hikoyalarini qo'llash metodikasi" "integrational conference on interdiscinlinary science" 2024
3. Kichik yong'oq daraxti |Mat|: / Hasanova Sabohat Komil qizi "KITOB NASHR" - 2024-yil. 105 b.
4. WHAT IS THE IMPORTANCE OF THE PEARLS INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAM? International Journal Of Scientific Researchs Jurnal IMPACT FACTORI: 7,293 Volume 5, issue 1, 2024 Hasanova Sabohat Komil qizi https://worldlyjournals.com/index.php/IJSR/article/view/1519
5. Shamsiddinova, M., & Xaydarova, M. (2023). INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARGA ASOSLANGAN INTERFAOL METODLAR. Interpretation and Researches, 1(1). извлечено от
http://interpretationandresearches.uz/index.php/iar/article/view/868
6. Turayev, A. (2023). TIMSS 2023 TADQIQOTIDA RAQAMLI TEST TOPSHIRIQLARINING TURLARI VA JAVOB FORMATLARI. Interpretation and Researches, 1(1). извлечено от http://interpretationandresearches.uz/index.php/iar/article/view/859
7. "MECHANISMS FOR USING THE NEW TEXTBOOKS IN THE PLANNING OF PEARLS ASSIGNMENTS" Hasanova daughter of Sabohat Kamil 24th - International Conference on Research in Humanities, Applied Sciences and Education Hosted from Berlin,Germany https://conferencea.org April 27th 2024
8. "METHODOLOGY OF USING NEW TEXTBOOKS IN ORGANIZING PEARLS TASKS (AS AN EXAMPLE FROM NATURAL SCIENCE)" Hasanova Sabohat International Conference
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
on Advance Research in Humanities, Sciences and Education https://confrencea.org Hosted from London, The UK March 30th 2024
9. O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA PIRLS HIKOYALARINI QO'LLASH METODIKASI. International conference on interdisciplinary science Volume 01, Issue 02, 2024 USA-2024 Hasanova Sabohat Komil qizi
10. PIRLS TADQIQOTLARIGA TAYYORLOV JARAYONIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH for patriciation in the scientific-online conference "INTERNATIONAL CONFERENCE ON MEDICINE, SCIENCE AND EDUCATION" with an article entitled 26.03.2024 Hasanova Sabohat Komil qizi
11. A.A.Ismailov va boshqalar. Xalqaro tadqiqotlarda o'quvchilarning matematik savodxonligini baholash (Matematika fani o'qituvchilari, metodistlari va soha mutaxassislari uchun metodik qo'llanma).Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. - Toshkent, 2019-
12. A.A.Ismailov va b. O'quvchilarni xalqaro tadqiqotlarga tayyorlashga mo'ljallangan axborotnomalar (Matematikafani, tabiiy yo'nalishidagi fanlar, ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari, metodistlari va mazkur sohalar mutaxassislari uchun mo'ljallangan axborotnoma). Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatinibaholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. - Toshkent, 2020-yil
13. A.B.Radjiev va boshq. O'quvchilarning savodxonligini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqot dasturi. Qo'llanma. Toshkent, Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi -2019.
14. Mullis, I.V.S., & Martin, M.O.(Eds.). (2017). TIMSS 2019 Assessment Frameworks. Retrieved from Boston College, TIMSS & PIRLS International Study Center
15. OECD (2013), PISA 2012 Assessment and Analytical Framework: Mathematics, Reading, Science, Problem Solving and Financial Literacy, OECD Publishing.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Hasanova Sabohat Komil qizi, 3-bosqich talabasi [Хасанова Сабохат Камил кизи,
студент 3 курса], [Sabohat K. Hasanova, 3rd year student]; manzil: O'zbekiston, Termiz shahar, Islom Karimov ko'chasi, 288b-uy [адреа Узбекистан, город Термез, улица Ислама Каримова, дом 288б], [address: Uzbekistan, 288 b Islam Karimov Street, Termez city]; E-mail: [email protected]