Научная статья на тему 'KICHIK YOSHDAGI O’QUVCHILARNI PIRLSGA TAYYORLASHNING AMALIY USULLARI'

KICHIK YOSHDAGI O’QUVCHILARNI PIRLSGA TAYYORLASHNING AMALIY USULLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PIRLS / iqtisodiy o’sish / ta’lim sifati va samaradorligini oshirish / xorijiy davlatlarning ta’lim va fan sohalari / dunyo o’qitish tizimi / xalqaro standartlar

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — N. Abduvaliyeva, U. Abduvoxidova

PIRLS xalqaro tadqiqoti O’zbekistondagi boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qib tushunish ko’nikmalarini qanday darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradi. Bu maqolada PIRLS xalqaro baholash tizimi va unga oid mashqlar o’z aksini topgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK YOSHDAGI O’QUVCHILARNI PIRLSGA TAYYORLASHNING AMALIY USULLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

KICHIK YOSHDAGI O'QUVCHILARNI PIRLSGA TAYYORLASHNING AMALIY

USULLARI 1N. Abduvaliyeva, 2U. Abduvoxidova

1filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), 2FarDU 1-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11003859

Annotatsiya. PIRLS xalqaro tadqiqoti O 'zbekistondagi boshlang'ich sinf o'quvchilarining o 'qib tushunish ko 'nikmalarini qanday darajada rivojlanganligi haqidagi ma 'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradi. Bu maqolada PIRLS xalqaro baholash tizimi va unga oid mashqlar o 'z aksini topgan.

Kalit so 'zlar: PIRLS, iqtisodiy o 'sish, ta 'lim sifati va samaradorligini oshirish, xorijiy davlatlarning ta 'lim va fan sohalari, dunyo o 'qitish tizimi, xalqaro standartlar.

So'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxasislarga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o'z-o'zidan o'quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta'lim-tarbiyaga e'tiborni kuchaytirishni talab etadi.

Yuqoridagi talablarni ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta'lim va fan sohalarida rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo'lida xorijiy ilg'or tajribalarni o'rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega.

PIRLS, Progress in International Reading and Literacy Study

PIRLS, matnni o'qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot

PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qanday darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadigan yirik baholash dasturi hisoblanadi.

4-sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini baholashga mo'ljallangan. Mazkur xalqaro dastur boshlang'ich sinflarda tashkil etiladigan ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarning o'qilgan matnni tushunishi, uni sharhlashi, mustaqil hayotda to'g'ri qarorlar qabul qilishi orqali ta'limning keyingi bosqichida o'qishni muvaffaqqiyatli davom ettirishga zamin tayyorlaydi.

Xalqaro baholash dasturi dunyoning turli mamlakatlari milliy ta'lim tizimida o'qish savodxonligi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar va natijalarni qiyoslashga yo'naltirilgan. Ma'lumki, mamlakatimizdagi 4-sinf o'quvchilari ham 2021-yilda o'tkazilgan PIRLS xalqaro baholash dasturida 70 ga yaqin davlatlar qatorida ilk marotaba ishtirok etdi. PIRLS har 5 yilda o'tkaziladigan dastur bo'lib, unda boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinf va sinfdan tashqari o'qishi baholanadi va bu jarayonda "badiiy tajriba orttirish" va "axborotni olish va undan foydalanish"ga alohida e'tibor qaratiladi.

PIRLSning maqsadi, dunyodagi o'qitish tizimlarining o'qitish sohasida rivojlanish darajasini o'rganish va o'qitishning sifatini oshirishga yordam berishdir. PIRLS o'quvchilarning matn va ma'noni tushunish, tahlil qilish va tahlil qilish ko'nikmalarini o'rganishga qaratilgan. Bu

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

tizim o'qituvchilarga o'quvchilarni yaxshi tayyorlash, o'qituvchilar uchun yangi ta'lim-tarbiyalash metodlarini ishlab chiqish va o'qitish sohasidagi ilg'or rivojlanishni ta'minlashda yordam beradi.

FILIPOK

Lev Tolstoy

Bir bola bo'lib, uning ismi Filipp edi. Erta tongda uning akalari maktabga ketishdi. Filipp ham shlyapasini olib, ularning ortidan ketmoqchi bo'ldi. Ammo onasi unga:

- Qayoqqa ketyapsan, Filipok? - dedi.

- Maktabga,- deya javob berdi Filipok.

- Sen hali juda yoshsan, bormaysan, - deya onasi uni uyda qoldirib ketdi.

Bolalar maktabga ketishdi. Dadasi o'rmonga, onasi kunduzgi ishga - navbatchilikka ketdi. Kulbada Filipok pechka ustidagi buvisi bilan birga qoldi. Buvisi uxlab qolgach, Filipok yolg'iz zerikdi va shlyapasini qidira boshladi. U o'zining shlyapasini topa olmagach, otasining eski shlyapasini kiyib, maktabga bordi. Maktab qishloqdan tashqarida, cherkov yonida edi. Filipp o'zi yashaydigan hududdan o'tayotganda, itlar unga tegmadi, uni tanidi. Ammo u boshqa odamlarning hovlisiga o'tganda, oldidan Bug laqabli it sakrab chiqib, unga qarab hura boshladi. Bugning orqasida katta it Volchok ham bor edi. Filipok qocha boshladi, itlar uning orqasidan quvdi. Filipok qichqirgancha chopaverdi va to'satdan qoqilib yiqildi. Uning oldidan bir kishi chiqib qoldi va itlarni haydab yubordi. So'ng Filipokka qarab dedi: "Qayerdansan, nega yolg'iz yugurib yuribsan?" Filipok u kishiga hech narsa demay, bor kuchi bilan yugurgancha maktab tomon yo'l oldi. Maktab ayvonida hech kim yo'q edi, ichkarida esa bolalarning ovozi eshitilardi. Filipokda qo'rquv paydo bo'ldi va u nima qilishni o'ylay boshladi. Filipok sekin eshik tomon yurdi va shlyapasini yechib, eshikni ochdi. Sinfxona bolalar bilan gavjum edi.

- Kimsiz?- deya baqirdi o'qituvchi Filipokka. Filipok shlyapasini qo'liga oldi, biroq unga hech narsa demadi.

- Siz kimsiz?

Filipok yana jim qoldi. U juda qo'rqqanidan gapira olmasdi.

- Gaplashishni xohlamasangiz, uyingizga boring. Filipok javob bera olganida xursand bo'lardi-yu, ammo uning tomog'i qo'rquvdan qurib qolgan edi. U o'qituvchiga qarab yig'lay boshladi. Shunda o'qituvchining unga rahmi keldi. Boshini silab, o'quvchilardan bu bola kimligini so'radi.

- Bu Filipok, Kostyushkaning ukasi, u anchadan beri maktabga borishni onasidan so'raydi, lekin onasi unga ruxsat bermaydi.

- Xo'sh, akangizning yonidagi o'rindiqqa o'tiring, men onangizdan maktabga kelishingiz uchun ruxsat berishini so'rayman.

O'qituvchi Filipokka harflarni ko'rsata boshladi, Filipok esa ularni allaqachon bilar va biroz o'qiy olardi.

- Qani, ismingizni o'qib bering-chi.

Filipok o'qiy boshladi:

- Hve-i-hvi, le-i-li, pe-ok-pok.

Hamma kulib yubordi.

- Yaxshi, -dedi o'qituvchi. - Sizga o'qishni kim o'rgatgan?

Filipok jur'at etib dedi:

- Kostyushka.

O'shandan beri Filipok bolalar bilan maktabga qatnay boshladi.

Savollar:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

1. Filipok nimasini olib akalari ortidan maktabga ketmoqchi bo'ldi?

A) Shlyapasi

B) Shapkasi

C) Kopto'gi

D) Kitobi

2. Filipokka kim maktabga borishga ruxsat bermadi?

A) Buvisi

B) Onasi

C) Otasi

D) Akasi

3. Filipok uyda kim bilan qoldi?

A) Akasi

B) Onasi

C) Buvisi

D) Otasi

4. Filipokning akasining ismi nima?

A) Katya

B) Oleg

C) Tima

D) Kostyushka

5. Fillipokni nechta it quvladi?

A) 2 ta

B) 3 ta

C) 4 ta

D) 5 ta

6. Filipokning ota-onasi qanday ishga ketdi?

C§)

7. Maktab qayerda joylashgan edi?

8. Filipokka o'qishni kim o'rgatgan?

9. Filipok nima uchun o'qituvchi savoliga javob bera olmadi?

tO. Nima deb o'ylaysiz, Filipokning oilasida necha kishi bor va ular kimlar?

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

Bu mashqimiz 3-sinf 1-qism O'qish savodxonligi darsligidagi "Filipok" hikoyasi asosida PIRLS xalqaro baholash tizimi talablariga binoan tuzilgan bo'lib, u uch qisimga bo'linadi. Birinchi qism savollari 1dan 5 gacha bo'lgan ochiq test savollarini o'z ichiga oladi. Bu savollar juda oson bo'lib, o'quvchilarga qiyinchilik tug'dirmaydi. Ikkinchi qism savollari 6-7-8-yopiq test savollaridan iborat. Bu savollar o'quvchilarni xotirasini charxlashga xizmat qiladi. Savollarga javob topish mobaynida o'quvchilar hikoyadagi har bir holatni qaytadan ko'z oldida gavdalantiradi. Uchinchi qism 9-10-savollar bo'lib bu savollar o'quvchilarni mulohaza qilishga, fikr yuritishga, xulosa qilishga undaydi.

PIRLS xalqaro baholash dasturida ishtirok etish ta'lim sifatini oshirish bilan birga o'quvchilar bilimini xalqaro talablar darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. Bunda yuqori natijalarga erishish uchun o'quvchilar yozma matnlarni ko'proq o'qishi, ularni tushunishi va ma'lumotlardan foydalana olish qobiliyatini o'stirishi, o'z bilim va imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilishi, ijtimoiy hayotning faol ishtirokchisiga aylanishi zarur. O'qish savodxonligi -jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo'llay olish qobiliyatidir

REFERENCES

1. Qosimova K, Matchonov S. Ona tili o'qitish metodikasi.,Toshkent: Noshir, 2009.

2. Toirova M. O'qish savodxonligi. Darslik. 3-sinf, Toshkent: Novda Eduatainment, 2023.

3. Normatova M. PIRLS xalqaro baholash dasturining ta'lim tizimidagi o'rni va ahamiyati // Pedagog.uz. 3-son, 2020.

4. Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi., Toshkent, 2019.

5. Jamolxonov H. O'zbek tilining nazariy fonetikasi., Toshkent: Fan, 2009

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.