Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARNING O’QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA PIRLS TADQIQOTINING AHAMIYATI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARNING O’QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA PIRLS TADQIQOTINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3077
209
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
savodxonlik / xalqaro baholash dasturi / PIRLS / o’qish savodxonligi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Akramjon O’ktamjonovich Mirzayev, Odina Davronbek Qizi Pozilova

O’quvchilarning matnni o’qib tushunishi va savodxonligini oshirish uchun PIRLS tadqiqotining o’rni va ahamiyati yorilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARNING O’QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA PIRLS TADQIQOTINING AHAMIYATI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARNING O'QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA PIRLS TADQIQOTINING AHAMIYATI

Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev Odina Davronbek qizi Pozilova

Andijon davlat universiteti

ANNOTATSIYA

O'quvchilarning matnni o'qib tushunishi va savodxonligini oshirish uchun PIRLS tadqiqotining o'rni va ahamiyati yorilgan.

Kalit so'zlar: savodxonlik, xalqaro baholash dasturi, PIRLS, o'qish savodxonligi.

Har bir o'quvchi maktabga qadam qo'yar ekan birinchi navbatda o'qishni yozishni to'g'ri talafuz qilishni o'rganadi umumiy qilib aytganda savodxonligini oshiradi. O'qish1 va o'qish savodxonligi yillar davomida o'zgarib, jamiyat, iqtisodiyot, madaniyat va texnalogiya sohalarida o'z aksini topadi. O'qish faqat ta'limning dastlabki bosqichlarida, bolalikda o'zlashtiriladigan qobiliyat deb hisoblanmay qo'ydi. Chunki bugungi kunda bu qobilyat shaxsning butun umri davomida turli xil kantekstlarda o'z tengdoshlari va keng jamoatchilik bilan muloqot qilish asosida rivojlantirib boriladigan bilim, ko'nikma va malakalar usullar jamlanmasi sifatida ta'riflanadi. O'qish savodxonligi nafaqat ta'lim tizimida, balki boshqa sohalarda ham yutuqlarga erishish uchun asos hisoblanadi. Birinchi navbatda o'quvchining kitob o'qish qobiliyatiga e'tibor berish, jumladan, uning ma'lumotlar tanlash, tushunish talqin qilish, va baholash tadqiqotining asosiy maqsadlaridan biri.

Savodxonlik hamma uchun tanish bo'lgan tushuncha. Savodxonlik bu asosiy kognitiv ko'nikmalarni o'zlashtirish darajasi bo'lib, ona tilida o'qish, yozish va matematik bilimlarning majmui. Ammo texnologiya va axboortlar murakkabligining rivojlanishi bilan biz uchun aniq bo'lgan savodxonlik tushunchasi kengaymoqda. Zamonaviy inson uchun zarur bo'lgan kompetentsiyalarni tasniflashga urinayotgan xalqaro tashkilotlar raqamli, axborot va ilmiy savodxonlikning ahamiyati haqida gapirishadi. Ko'pincha bu turdagi savodxonlik bir -birini to'ldiradi.

O'qish savodxonligi - shaxs o'zining bilim va salohiyatini rivojlantirish , jamiyatda o'z o'rnini topish maqsadiga erishishi yo'lida matnlarni tushunish, ulardan foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish hamda ularga munosabat bildirish qobilyati ham

"5

hisoblanadi. Boshlang'ich savodxonlik tushunchasi o'qish va yozishni dastlabki o'rganish uchun ishlatiladi. Savod o'rgatish jarayonidagi o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchilarga tovush va harflarni tanishtirish ularni to'g'ri talaffuzini o'rgatish

1 Ta'lim sifati . PIRLS tadqiqoti telegram kanali.

2 Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. O'quvchilarning raqamli dunyoda o'rganish konsepsiyasi bo'yicha savodxonligini rivojlantirish. Scientific Progress. Volume 2. ISSUE 8 I 2021.P.832

3 Karima Qosimova ,Safo Matjonov "Ona tili o'qitish metodoikasi" Toshkent " NOSIR" nashr 2009

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 139

orqali bolalarda to'g'ri, ongli, ifodali o'qish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat.Shuningdek o'quvchilar lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirish, bilimni boyitish, tafakkurni shakllantirish, eshitish qabul qilish sezgisini o'stirishda ham mas'ulyatliligi bilan alohida o'rin tutadi.Yuqoridagilarni hisobga olgan holda ta'lim olish imkoniyati savodxonlikka bog'liq bo'ladi. Shuning uchun muxtaram Prezidentimiz tomonidan "Uzluksiz ta'limni " rivojlantirish uchun bir qancha chora tadbirlar ko'rilmoqda , yangiliklar kiritilmoqda va qarorlar qabul qilinmoqda. Bularning isboti sifatida xalqaro baholash tadqiqotlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. "O'zbekiston respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli Farmonida "PISA" (The Programme for International Student Assessment) o'quvchilarni baholash xalqaro dasturi reytingida O'zbekistonning 2021 yilda birinchi 70 talikka, 2025 yilda 60 talikka va 2030 yilga kelib esa, birinchi 30 ta ilg'or mamlakatlar qatoriga kiritish ko'zda tutilgan4. Masalan O'qish savodxonligini baholash uchun PIRLS tadqiqoti. PIRLS (Progres in International Reading Literace study) bu tadqiqot turi 4-sinf o'quvchilarining matnni o'qib tushunish darajalari sifatini xalqaro baholash tizimi hisoblanadi. PIRLS tadqiqotida o'quvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtda o'qishni ikki turini baholaydi.

1. O'quvchilarning adabiy tajribasini baholash maqsadida o'qish.

2. Ma'lumotni o'zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o'qish.

Hozirgi vaqtda 5PIRLS ta'rifiga ko'ra o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobilyati ham hisoblanadi. PIRLSning eng yuqori darajasi 625 ball va undan yuqori bo'ladi. O'quvchilar matnni yaxlit tushuna oladi va matn qismlarini bir-biri bilan bog'liq holda tushunadi. Muallifning g'oyasini izohlashda o'z fikrini asoslash uchun matnga tayana oladi. Fikrimizni matn orqali izohlashimiz mumkin. O'quvchilarga matnni o'qib, mazmunini sharhlab berish , undagi uyushiq bo'laklar va umumlashtiruvchi so'zlarni topib, izohlash topshiriladi.

Bir g'oz suvda suzib yurib, o'ziga o'zi maqtandi:

-Olamda men kabi iqtidorli bo'lmasa kerak. Menda uch hunar: yugurish, uchish, suzish bor. Shuning uchun yer, suv, havo-uch makon meni izmimda. Bir o'zimda uch qobilyat mujjasam!

G'ozning bu so'zlarini eshitib turgan Qurbaqa dedi: -Birodar, muncha maqtanmasang ham bo'lar edi. Sen aytayotgan qobilyat uch jonivorning kiyikning, baliqning, lochinnig ishidir. Yerda kiyikdek yugura olmaysan,

4 Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. Mamlakatimiz ta'lim tizimida raqamlashtirish va raqamli dunyoda o'qitish va o'rganishning mavjud imkoniyatlari. Academic Research in Educational Sciences. VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021

5 Xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash.Boshlang'ich sinf o'quvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo'llanma-Toshkent:Sharq,2019.

suvda baliqdek suza olmaysan, havoda lochindek ucha olmaysan, chalachulpa uch hunarni bilguncha birini yahshi bilganing ma'qul yaxshi edi.

ILOVA:Matnni diqqat bilan o'qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring.

Savollar Javoblar O'quvchin ing balli Qo'yilishi mumkin bo'lgan ball

IMatn A. Hech qanday 1 BALL

tarkibidagi o'rin yo'q,

umumlashtiruvchi umumlashtiruvchi so'zlar

so'zlarning ma'no qatnashmasa ham

mazmunini yuzaga matnning mazmuni 2 BALL

chiqarishdagi o'rni o'zgarmaydi

qanday? B. Umumlashtir uvchi so'z uyushiq bo'laklarni umumlashtirib atash uchun qo'llanilgan. D. Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklarni umumlashtirgan ularni alohida ta'kidlab o'tilishiga o'zining ta'sirini ko'rsatgan. 3 BALL

2. Nima deb A. Ha do'sti 3ball

o'ylaysiz, g'oz va B. Yo'q do'sti emas , ular 2 ball

qurbaqa o'zaro shunchaki suhbatdosh 0 ball

do'stmi yoki D. Ular o'zaro dushman

dushman?

3. Agar do'st (o'quvchi o'z variantini Birodar-

bo'sa ularning ushbu kataka yozadi) 3ball javobga

do'stligiga ishora yaqinroq biror

qiluvchi vositani so'zni yoki

matn ichidan fikrni aytsa,

aniqlang? lball beriladi.

Agar aniqlay

olmasa, Oball

beriladi

4. Yuqorida siz (o'quvchi o'z variantini Do'st

topgan so'zning ushbu kataka yozadi) o'rtoq, oshna

ma'nodoshlarini ...So'zlar

yozing soniga va

mazmuniga

qarab ball

qo'yiladi(1-

3ball)

5. O'zbek xalq (o'quvchi o'z variantini Mqtanma

maqollaridan ushbu ushbu kataka yozadi) g'oz hunaring

matn mazmuniga oz . -

mos keladigan 3ballkeyingi

sarlavha toping va berilgan

keying katakka javoblar

yozing? mazmuniga

mos kelishi

yoki

kelmasligiga

ko'ra 2 yoki 1

bal bilan

baholanadi

6. Ushbu (o'quvchi o'z variantini Xulosa 1-3

matndan chiqargan ushbu kataka yozadi) ball oralig'ida

xulosangizni yozing. baolanadi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda pedagoglarimiz uchun bugungi kunda juda ko'p vazifalar yuklatilgan shu jumladan pedagogik mahoratga ega bo'lishi, axborot texnalogiyalaridan foydalana olishi va darsning samaradorligini oshirish uchun turli hil metodlardan foydalana olishi kerak.Shulardan xulosa chiqargan holda o'qish savodxonligini oshirish uchun ham dars davomida PIRLS savollariga tayyorlab borishi kerak. O'qish darslarida biror bir hikoya yoki ertakni o'quvchilar o'qigandan so'ng mustaqil fikrlarini doimiy eshitib borish kerak va bu ham o'z navbatida o'quvchi agar noto'g'ri fikrlayotgan bo'lsa sinfdoshlarining to'g'ri fikrlarini eshitib o'zi uchun kerakli hulosalarni chiqaradi. Chunki har bir o'quvchuning fikrlash doirasi har hil bo'ladi.Shu jumladan o'quvchilarning fikrlash doiralari rivojlanishi ya'ni o'sishi uchun badiiy kitoblarni o'qish tafsiya qilish kerak. Avvalo badiiy kitoni o'quvchilarga o'qishmi tafsiya qilar

ekan, o'qituvchi birinchi navbatta o'zi o'qishi kerak.Chunki ukitob shunchaki o'qilibgina qolmay uning tahlili ham bo'lishi kerak.O'qish savodxonligini oshirishda PIRLSning ahamiyati shundan iboratki,qay darajada matnni o'qib tushuna olishini, qay darajada fikrlay olishini bilib oladi va o'ziga o'xshagan chet ellik tengdoshlarining natijalarini bilib solishtiradi va yanada olg'a intilishga harakat qiladi.

REFERENCES

1. Ta'lim sifati . PIRLS tadqiqoti telegram kanali.

2. Karima Qosimova ,Safo Matjonov "Ona tili o'qitish metodoikasi" Toshkent " NOSIR" nashr 2009

3. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash. Boshlang'ich sinf o'quvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo'llanma.Toshkent:Sharq,2019.

4. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. Mamlakatimiz ta'lim tizimida raqamlashtirish va raqamli dunyoda o'qitish va o'rganishning mavjud imkoniyatlari. Academic Research in Educational Sciences. VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021.P.1046

5. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. O'quvchilarning raqamli dunyoda o'rganish konsepsiyasi bo'yicha savodxonligini rivojlantirish. Scientific Progress. Volume 2. ISSUE 8 I 2021.P.832

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.