SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
O'QUVCHILARNI KUNDALIK AMALIYOTDA UCHRAYDIGAN MASALALARNI YECHISHGA O'RGATISH
N. A. Abduvaliyev
Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti o'qituvchisi
Kirish. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori asosida PIRLS, TIMSS, PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarini O'zbekistonda joriy etilishi belgilab qo'yilgan bo'lib, mazkur tadqiqotlarni joriy etish maqsadida Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etilgan.
TIMSS (Trends in International mathematics and science study) 4- va 8- sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'zlashtirish darajasini baholash dasturi bo'lib, bu tadqiqot to'rt yilda bir marta o'tkaziladi.
TIMSS xalqaro baholash dasturida 4- va 8-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo'yicha egallagan bilim darajasi va sifatini solishtirish hamda milliy ta'lim tizimidagi farqlarni aniqlash bilan bir qatorda, qo'shimcha ravishda maktablarda matematika va tabiiy fanlar bo'yicha berilayotgan ta'lim mazmuni, o'quv jarayoni, ta'lim muassasasining imkoniyatlari, o'qituvchilar salohiyati, o'quvchilarning oilalari bilan bog'liq omillari o'rganiladi.
TIMSS dasturi o'zining birinchi tadqiqotini 1995-yilda boshlagan bo'lib, 2019-yilga qadar har to'rt yilda 1999, 2003, 2007, 2011, 2015 va 2019-yillarda tashkil etib kelindi. Navbatdagi 8-davriylik 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Adabiyotlar tahlili. Dasturda qatnashayotgan davlatlar soni ham tobora ortib bormoqda, buni 2015-yildagi TIMSS tadqiqotida 57 ta mamlakat qatnashgan bo'lsa, 2019-yilda bu ko'rsatkich ortib, 60 dan ortiq davlatni tashkil etganida ham ko'rish mumkin. TIMSS 2015 tadqiqot natijalariga ko'ra, AQSH, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta'li m tizimi eng yuqori ko'rsatkichlarni egallagan.
O'zbekiston TIMSS va boshqa xalqaro tadqiqotlarda qatnashish orqali rivojlangan mamlakatlar tajribalarini O'zbekiston ta'lim tizimida qo'llash, o'z natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash imkoniyatlariga ega bo'ladi.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Tadqiqotda, O'zbekistonning 4- va 8- sinf o'quvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga nisbatan matematika va tabiiy fanlardan savodxonligi qay darajada yuqori? Matematika va tabiiy fanlar 4- va 8- sinf o'quvchilari uchun qiziqarli fanmi? Oila tomonidan farzandlarga matematikani va tabiiy fanlarni o'zlashtirishda qanday hissa qo'shilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni o'qitish jarayoni qanday tashkil etilgan? O'zbekiston matematika va tabiiy fanlar o'qitish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan o'ziga xosligi bormi, agar bor bo'lsa u nimalarda namoyon bo'ladi? Mamlakatimizda matematika va tabiiy fanlarni o'qitish bo'yicha o'qituvchilar metodlari boshqa mamlakatlar o'qituvchilari metodlaridan nimasi bilan farq qiladi? kabi asosiy masalalar o'rganiladi va tadqiq etiladi.
Savodxonlik hamma uchun tanish bo'lgan tushuncha. Savodxonlik bu asosiy kognitiv ko'nikmalarni o'zlashtirish darajasi bo'lib, ona tilida o'qish, yozish va matematik bilimlarning majmui. Ammo texnologiya va axboortlar murakkabligining rivojlanishi bilan biz uchun aniq bo'lgan savodxonlik tushunchasi kengaymoqda. Zamonaviy inson uchun zarur bo'lgan kompetentsiyalarni tasniflashga urinayotgan xalqaro tashkilotlar raqamli, axborot va ilmiy savodxonlikning ahamiyati haqida gapirishadi. Ko'pincha bu turdagi savodxonlik bir -birini to'ldiradi.1
Tadqiqotning har to'rt yillik davriyligida uzluksiz ravishda ishtirok etish global miqyosda mamlakatimiz ta'lim tizimining samaradorligini kuzatib borish imkonini beradi. Ushbu dasturlar O'zbekiston Respublikasi milliy baholash tizimini takomillashtirish, kompetensiyaviy baholash tizimini joriy qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
4-sinf o'quvchilarining matnni o'qib tushunish darajalari sifatini xalqaro baholash tizimidan biri PIRLS(Progres in International Reading Literace study) bu tadqiqot turi o'rganadi. PIRLS tadqiqotida o'quvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtda o'qishni ikki turini baholaydi.
1. O'quvchilarning adabiy tajribasini baholash maqsadida o'qish.
2. Ma'lumotni o'zlashtirish va undan foydalanish maqsadida o'qish.
Muhokama. Maktab matematika darsliklarida o'quvchilarning kundalik faoliyatiga oid masalalar kam uchraydi. Bunday masalalar o'quvchilarning yoshi va
1 Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. O'quvchilarning raqamli dunyoda o'rganish konsepsiyasi bo'yicha savodxonligini rivojlantirish. SCIENTIFIC PROGRESS. VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021. ISSN: 2181-1601
2 Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev, Odina Davronbek qizi Pozilova. Boshlang'ich sinf o'quvchilarning o'qish savodxonligini oshirishda pirls tadqiqotining ahamiyati. SCIENTIFIC PROGRESS. VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
o'zining hayotiy ko'nikmalariga mos bo'lishi kerak. O'quvchi o'zining fikrlashlari va qiziqishlari hamda o'zlashtirishiga qarab hayotiy masalalarni ko'proq ishlashi lozim. Bu bilan o'quvchi muammoli vaziyatlarda kerakli va o'rinli hulosalar chiqarish ko'nikmalariga ega bo'ladi.
O'quvchilarni matematika faniga qiziqtirish uchun ularga ko'proq hayotiy masalalarni yechishga o'rgatish kerak. Hayotiy masalalardan namunalar:
1-masala. Muhlisa, Dilyora, Mushtariylar maktabdan avtobusda uylariga qaytishadi. Birinchi bo'lib Muhlisa kondukturdan bilet oldi, ikkinchi bo'lib Dilyora va oxiri Mushtariy bilet oldi. Muhlisani olgan bilet nomeri A 056788 . Bu uch dugonadan qaysi birining olgan bilet nomerining raqamlari yig'indisi katta.
Yechish: O'quvchi bilet nomerlar birin ketinlikda chop etilishini bilishi kerak. Bu qizlarni har birini olgan bilet nomerlarini topaylik. Muhlisa A 056788, Dilyora A 056789, Mushtariy A 056790 bilet nomerlarni olishgan. Endi har bir qizni bilet nomerini raqamlari yig'indisini topamiz. Muhlisa 0+5+6+7+8+8=34, Dilyora 0+5+6+7+8+9=35 va Mushtariy 0+5+6+7+9+0=27 ga teng. 34, 35 va 27 sonlarni eng kattasi 35. 35 Dilyoraning olgan biletini raqamlari yig'indisi. Javob: Dilyora
2-masala. Shirinoy Andijon shaxridagi 14-umum ta'lim maktabining 4 "D" sinfida o'qiydi. U maktabga borish uchun kunda dadasidan 10 ming so'm oladi. U har kuni maktabga damasda 3 ming so'mdan yo'l kira to'lab borib keladi. O'rtoqlari bilan katta tanafusda 4 ming so'mga 2 ta somsa yeydi. Shirinoy pulni tejash maqsadida endi maktabga avtobusda qatnay boshladi. Avtobusda yo'l kira 1000 so'mdan. Bu qizcha 1 haftada qancha pul to'play oladi?
Yechish: Bor edi 10 ming so'm, yo'l kiraga 2 ming ishlatdi va 4 mingga somsa olib yedi. Qoldi 10 (ming)-2 (ming)-4 (ming) = 4 (ming). Endi masalani nozik tomoniga o'tamiz; ko'pchilik bir haftada 7 kun bor deb, 4 ni 7 ga ko'paytirib xato natijani oladi. Biz e'tibor qilishimiz kerak 1 haftada 4 sinflar uchun 5 kun o'qish (5-11 sinflar uchun 6 kun) bo'ladi. Demak, 4 mingni 5 ga ko'paytirishimiz kerak. Javob: 20 ming so'm to'play oladi.
Natija. O'quvchilarga hayotiy maslalarni yechimi topishga o'rgatishda raqamli texnologiyarning o'rni beqiyos bo'lib, hozirgi kunda bunday texnologiyalardan dars mashgulotlarda foydalanish samarasi ortib bormoqda.
Mamlakatimiz maktablarida xalq ta"lim vazirligi tomonidan maktab ta'limini
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
raqamlashtirish, maktab ta'limiga axborot kommunikatsion texnologiyalrni integratsiya qilish, o'qituvchi, o'quvchi va ota-onalarning interaktiv muloqotlarini
rivojlantirish, masofaviy va mustaqil ta'lim olish uchun imkoniyatlarni amalga oshirish maqsadida kundalik.com raqamli ta'lim platformasini ishlab chiqildi va amalda tadbiq etilmoqda.3
O'quvchilarning matematik kompetensiyalarini rivojlantirishda kundalik amaliyotga doir bilimlarini oshirish uchun bir nechta masalalarni beramiz.
3-masala. Sarvar, Sardor va Sanjar 3 ta do'st bir joyda ko'rishishdi. Sarvar g'arbga, Sardor sharqqa, Sanjar esa janubga qarab bir xil tezlikda ketishdi. Ma'lum vaqtdan keyin do'stlar orasidagi masofa o'lchandi. Qaysi do'stlar orasidagi masofa eng uzun?
4-masala. Shirinoyning oyisi o'qituvchi. Oyisining bir oylik ish xaqi 3 900 000 so'm. Shirinoy oyisini bir kunlik ish xaqini hisobladi. U qanday natija olgan.
5-masala. Sofiyaxon bir nechta gul chizdi. Ulardan birinchisi ko'k rangda, keyingisi yashil, undan keyingisi qizil, keyin qora, keyin esa sariq, ko'k, yashil, qizil, qora va hokazo. Agar shu qonuniyat asosida u davom etsa, 17 - gulning rangi qanday bo'ladi?
Xulosa. Matematika fanidan o'quvchilarga hayotiy va kundalik faoliyatida uchraydigan masalalarni yechimini topishga o'rgatish bilan ularning tanqidiy va kreativ fikrlashlari, o'zi-o'zini boshqarish, hayotida muammolarga duch kelsa, muammoni samarali hal eta olish ko'nikmalari rivojlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. O'quvchilarning raqamli dunyoda o'rganish konsepsiyasi bo'yicha savodxonligini rivojlantirish. SCIENTIFIC PROGRESS. VOLUME 2 I ISSUE 8 I 2021. ISSN: 2181-1601
2. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev, Odina Davronbek qizi Pozilova. Boshlang'ich sinf o'quvchilarning o'qish savodxonligini oshirishda pirls tadqiqotining ahamiyati. SCIENTIFIC PROGRESS. VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022
3. Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. Mamlakatimiz ta'lim tizimida raqamlashtirish va raqamli dunyoda o'qitish va o'rganishning mavjud imkoniyatlari. Academic Research in Educational Sciences. VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021. ISSN: 2181-1385. P.
3
Akramjon O'ktamjonovich Mirzayev. Mamlakatimiz ta'lim tizimida raqamlashtirish va raqamli dunyoda o'qitish va o'rganishning mavjud imkoniyatlari. Academic Research in Educational Sciences. VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021. ISSN: 2181-1385. P.