Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATNNI O’QISH VA TUSHUNISH SIFATINI O’RGANISH (PIRLS BAHOLASH MEZONI ASOSIDA)'

BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATNNI O’QISH VA TUSHUNISH SIFATINI O’RGANISH (PIRLS BAHOLASH MEZONI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1090
97
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TA'LIM SIFATI / MATN / TUSHUNISH / TAHLIL QILISH / MEZON / TESH / BOSHLANG'ICH TA'LIM

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Bekchanova Z.A.

Ushbu maqolada o’quvchilarining o’qish bo’yicha savodxonligini baholash mezonlari tahlil qilinadi. Xususan, dunyoda ta'lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PIRLS (Matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot) xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta'lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilib kelinayotganligi xaqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TO STUDY THE QUALITY OF READING AND COMPREHENSION OF THE TEXT IN PRIMARY SCHOOL (BASED ON PIRLS EVALUATION CRITERIA)

This article analyzes the criteria for assessing students' reading literacy. In particular, there are international programs PIRLS (International Reading and Comprehension Survey), which determines the quality, level and level of education in the world, and they are widely used as a criterion for further improving the quality of education in developed countries. referred to.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATNNI O’QISH VA TUSHUNISH SIFATINI O’RGANISH (PIRLS BAHOLASH MEZONI ASOSIDA)»

Bekchanova Z.A.

Toshkent shahar Chilonzor tumani № 217 umumta 'im maktabi o 'qituvchisi

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATNNI O'QISH VA TUSHUNISH SIFATINI O'RGANISH (PIRLS BAHOLASH MEZONI ASOSIDA)

Annotatsiya: Ushbu maqolada o 'quvchilarining o 'qish bo 'yicha savodxonligini baholash mezonlari tahlil qilinadi. Xususan, dunyoda ta'lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PIRLS (Matnni o'qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot) xalqaro dasturlar mavjud bo'lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta'lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo 'llanilib kelinayotganligi xaqida so 'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim sifati, matn, tushunish, tahlil qilish, mezon, tesh, boshlang 'ich ta 'lim.

Bekchanova Z.A.

Chilanzar district of Tashkent city № 217 secondary school teacher

TO STUDY THE QUALITY OF READING AND COMPREHENSION OF

THE TEXT IN PRIMARY SCHOOL (BASED ON PIRLS EVALUATION CRITERIA)

Annotation: This article analyzes the criteria for assessing students' reading literacy. In particular, there are international programs PIRLS (International Reading and Comprehension Survey), which determines the quality, level and level of education in the world, and they are widely used as a criterion for further improving the quality of education in developed countries. referred to.

Key words: quality of education, text, comprehension, analysis, criteria, test, primary education.

Ma'lumki, o'zgarishlar davrida ta'lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta'lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo'lgan yangi avlod shakllantiriladi.

Shuni inobatga olgan holda umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.

Shuningdek, Prezidentimiz tashabbuslari bilan 9-sinfni bitirgan o'quvchilar, ota-onalar va o'zlarining xohishlariga binoan, ongli ravishda kasb-hunar kolleji, akademik litsey yoki o'zlari ta'lim olgan maktablarda majburiy

ta'limni davom ettirishlari mumkin ekanligining belgilab qo'yilishi yoshlarga har tomonlama qulayliklar yaratdi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilmoqda bu holat malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo'lgan talabning yanada oshib borishiga turtki bo'lmoqda.

Bunday talabning qondirilishi o'z navbatida yoshlar o'rtasida kitobxonlik va darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta'lim tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishning zamonaviy ijtimoiy innovatsiyalar orqali amalga oshirish ehtiyojini vujudga keltirmoqda.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari aynan mana shunday talablarning bugungi kun ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligini inobatga olgan holda aksariyat xorijiy davlatlarda ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ayrim ilg'or tajribalarni o'rganib chiqdi.

Xususan, dunyoda ta'lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (O'quvchilarni ta'limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni o'qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo'lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta'lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo'llanilib kelinmokda.

PIRLS - tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtrok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta'lim tizimidan iborat bo'lgan davlatlardagi boshlang'ich maktab o'quvchilarining matnni o'qish va qabul qilish bo'yicha tayyorgarligi hamda o'quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo'luvchi ta'lim tizimidagi o'ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta'limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o'qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.

TMSS - ham jahon mamlakatlari ta'lim tizimida keng tadbiq etilmoqda. TMSS dasturi Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (International Association for the Evaluation of Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan bo'lib, ushbu tadqiqot 4 va 8 sinf o'quvchilari orasida matematika va ijtimoiy fanlar bo'yicha ta'limning sifati, darajasi, fanga bo'lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga o'xshab, o'quvchilar, maktab ma'muriyati va o'qituvchilari orasida qo'shimcha so'rovnomalar o'tkazadi va fan sohasida to'sqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa o'sha mamlakatda ishlab chiqilgan ta'lim standartlarini va ta'lim samaradorligini boshqa davlatlar bilan solishtirib ko'rish imkonini beradi. 2015 yil TMSS tadqiqotlari natijalariga ko'ra AQSh, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta'lim tizimi eng yuqori ko'rsatkichlarni egallagan.

Shuni e'tirof etish lozimki, ayni shu davlatlarda yuqori texnogiyalarni o'zlashtirish, sanoatlashtirish va yuksak darajadagi taraqqiyot erishish maqsadida aniq fanlarni yuqori darajada o'zlashtirishga alohida e'tibor qaratilib, unda o'quvchilar tug'ma iste'dod va qobiliyatlardan ko'ra o'z ustida doimiy ishlash hamda aniq fanlarni o'qitishda guruh yoki sinfdagi o'quvchilar sonining 16 nafardan oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba AQShda ham mavjud bo'lib, 1999 yildan boshlab bitta o'qituvchi 40 minutlik dars mashg'uloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya bera olish imkoniyatiga ega ekanligii inobatga olgan holda prezident qarori bilan ta'lim muassasalaridagi guruhlarda o'quvchilar soni 16 nafar etib belgilangan.

Umuman olganda mamlakatimizdaaynan mana shunday xalqaro dasturlarning ta'lim tizimini baholash va monitoring qilishdagi ishtiroki mavjud emasligi yoki o'quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning "Milliy dasturi"yaratilmaganligi, hududlar kesimida yoshlar tomonidan u yoki bu fanni o'zlashtirish darajasining sifati va soxada amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar ko'lamini belgilab borish va tegishli islohotlar o'tkazish imkoniyatini cheklab qo'ymoqda.Shuningdek, boshlang'ich va umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi o'qitish darajasining islohotlar tempidan ortda qolayotganligi yaqin kelajakda malakali kadrlar tanqisligini keltirib chiqaradi.

Shuni inobatga olgan holda quyidagi takliflarni amalga oshirish joiz deb hisoblaymiz:

Xalqaro ta'lim sifatini baholash dasturlarida O'zbekistonning ishtiroki masalasini atroflicha o'rganib chiqish va ushbu dasturlarda ishtirokini ta'minlash;

Xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o'quvchi yoshlar bilimlari darajasini baholash yoki monitoring qilishning "Milliy dasturi"ni yaratish;

Ilm-fan yutuqlarining eng ilg'or natijalari va adabiyotlarning ingliz tilida nashr qilinishini inobatga olgan holda, maktablarda ingliz tilini o'rgatuvchi turli xorijiy dasturlarni tadbiq etish masalasini ko'rib chiqish;

Maktabgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya berishga mas'ul mutaxassislarning malaka talablarini aniq mezonlar orqali belgilab qo'yish va bolalarning umumiy ta'limga yo'naltirilishida butunlay mas'ulligini qonun bilan belgilab qo'yish;

Maktabgacha ta'lim hamda umumiy o'rta ta'lim muassasalaridagi guruh va sinflarda xalqaro tajribada sinalgan usullardan kelib chiqqan holda o'quvchilar sonining maksimal hamda minimal ko'rsatkichlarini belgilab qo'yish;

Psixologik testlar yordamida boshlang'ich sinflardagi iste'dodli bolalarni ajratib olib 8-9 yoshlilar uchun har bir maktabda ixtisoslashgan sinflar tashkil etish.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti sho''ba rahbari Xolmaxmatov Azim Hazratkulovich.

PIRLS-2021: boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning savodi xalqaro tashkilot tomonidan tadqiq qilinadi.

O'zbekiston PIRLS-2021 baholash tizimida ishtirok etadi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining matbuot xizmati ma'lum qildi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig'i Ulug'bek Tashkenbayev hamda Ta'lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA — International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement)ning Amsterdamdagi direktori Andrea Netton o'rtasida O'zbekistonning PIRLS-2021 baholash tizimida ishtirok etishi yuzasidan 25-yanvar kuni ilk rasmiy uchrashuv tashkil qilindi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan xalqaro baholash tadqiqotlar, jumladan, OECD tashkiloti bilan PISA-2021 xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etish bo'yicha kelishuvga erishilgan edi.

PIRLS (Progress in International Reading Literacy Study — xalqaro o'qish savodxonligini o'rganishdagi yuksalish) — bu turli mamlakatlarda boshlang'ich sinfda tahsil oluvchi o'quvchi yoshlarning matnni o'qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ushbu sinov turi har 5 yilda bir marta o'tkazishga mo'ljallangan bo'lib, uning oxirgi 2016-yilgi tadqiqotlari natijalariga ko'ra Rossiya Federatsiyasi yetakchilik qilmoqda.

Ta'lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi butun dunyo bo'ylab ta'limni baholash, tushunish va yaxshilash bo'yicha ish olib boradigan milliy tadqiqot institutlari, tadqiqot agentliklari, olimlar va tahlilchilarning xalqaro hamkoridir. Mazkur notijorat va mustaqil tashkilot tarmog'ida 60 dan ziyod mamlakatlar hamda 100 dan ortiq ta'lim muassasalari ishtirok etmoqda. 1958-yildan buyon IEA o'quvchilarning matematika, tabiiy fanlar hamda o'qish salohiyati bo'yicha savodxonliklarini baholash jarayonida ta'lim tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar hamda maqbul tavsiyalar yaratishi bilan boshqa xalqaro tashkilotlardan ajralib turadi.

PIRLSga tayyorgarlik

Bugun har bir fan o'qituvchisi xalqaro baholash tizimi haqida ma'lumotga ega bo'lishi va o'quvchilarni PISA va PIRLS baholash imtihonlariga tayyorlashi muhim vazifa. PISA nima? Bu 15 yoshli o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini belgilash.

PIRLS — 4-sinf o'quvchilari-ning matnni o'qish va tushunish daraja-sini baholash. TIMSS — bu 4- va 8-sinf o'quvchilarining matematika va tabiiy yo'na-lishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi sifatida 4-sinf o'quvchilarini xalqaro baholash tizimi PIRLS haqida ko'proq ma'lumot o'rganish maqsadida www.tdi.uz sayti va t.me/milliymarkaz kanaliga ulandim. Matnni o'qish va tushunishga o'quvchilarni biz 1-sinfdan o'rgatamiz. Ularni xalqaro baholash darajasini belgilovchi PIRLSga qanday

tayyorlash kerak, degan savol tug'ilishi tabiiy. Men bu yo'nalishda bir qancha ishlarni reja asosida boshladim. O'qish darslarida internetdan kichik hikoya va ertaklarni olib, 2 xil variantda o'quvchilarga uyga vazifa qilib berdim. Ertasi kuni hikoya haqida savol-javob o'tkaz-dim. "Hikoya nima haqida?", "Qahramonlar kim?", "Siz hikoyadan nimani o'rgandingiz?", "Sizga qaysi qahramon yoqdi?" kabi savollar bilan ularni imtihon qildim.

PIRLS TESTLARI (mezon asosida o'zim tuzgan savollar): "Yomon otliq jazosi" (Abdulla Avloniy). "Bir kishining Qosim ismli bir o'g'li bor edi. Ota va onasining so'ziga kirmasdan har xil yomon ishlarni qilur edi. Bolalar birla urushib, yaqalashib, kiyimlarini yirtib kelur erdi. Uyda onasi mehmon uchun asrab qo'ygan taomlarini yegon vaqtida, onasi: "— Qosim, o'g'lim! Taomni sen yedingmu", desa "Men yega-nim yo'q, mushuk yegondir", der edi. Bora-bora otasini pulini ham o'g'urlab oladigon bo'ldi. Otasi bilib, "O'g'lim, pulni kim oldi?" desa, "Onam olgandur", deb onasini o'g'ri qilur erdi. Bir kuni otasi ustol ustig'a bir tanga qo'yub, o'zi uxlagan kishi bo'lib yotdi. Qosim kelib, sekin tangani olib, og'ziga soldi. Shul vaqt otasi ushlab olmoqchi bo'lg'onda tangani yutub yubordi. Tanga borub Qosimning halqumiga tiqilib, jon berdi.

Bolalar, ko'rdingizmi, yomonning yomonligi o'z boshig'a yetdi.

1. Hikoya kim haqida?

A) Farzand B) Qosim D) Ovqat E ) Yomonlik

2. Siz yolg'on gapirganmisiz?

A) Ha B) Yo'q D) Ba'zanE) Bir-ikki marta

3. Qosim otasiga taomni nima yedi deb aytdi? A) Mushuk B) It D) O'zi E) Hech narsa demadi

4. Qosim nimani yutib yubordi?

A) Pulni B) Tangani D) Nonni E) Ovqatni

Matn asosida tuzilgan test savollari orqali o'quvchining matnni tushunish darajasi va fikrlash va o'qish malakasi baholanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sylvie LaRoche, Mark Joncas. Sample Design in PIRLS, 2016

2. Enemy Pie, Reading for literary experience. Sample PIRLS Passages, Questions, and Scoring Guides, 2016

3. Махмуд Кошгарий."Девону лугатит-турк"

4. "Узбекистан миллий энциклопедияси", Давлат илмий нашриёти. Тошкент 5-том.

5. "Узбек тилининг изохли лугати" 2-томлик 1-том

6. ^осимова К, Матчонов ва б, " Она тили укитиш методикаси "Т "Ношир" 2009 й.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.