Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING 4K XALQARO MODELI BO„YICHA KO„NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH MASALASI'

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING 4K XALQARO MODELI BO„YICHA KO„NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH MASALASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING 4K XALQARO MODELI BO„YICHA KO„NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH MASALASI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING 4K XALQARO MODELI BO'YICHA KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH MASALASI

M. M. Sayliyeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi, O'zbekiston

Jahon ta'limida yangicha yondashuvlar, o'zgarishlar va takomillashtirish jarayoni kechmoqda. Bunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Hamma uchun ta'lim" g'oyasi asosida jahonda yagonalashgan ta'lim jarayoni amalga oshirilmoqda [1]. Bu borada YUNESKO tashkilotining xalqaro ta'lim dasturlari va qoidalariga qat'iy amal qilish muhim ustuvor yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Shu sababli jahonda ta'lim hamkorligi bo'yicha modellar tarkib topmoqda. Bu o'rinda boshlang'ich ta'limning ustuvor ahamiyat kasb etayotganligini ta'kidlash lozim. Chunki texnologik taraqqiyot davrida boshlang'ich ta'lim barchaning savodxon bo'lishini ta'minlaydi. Bunda shaxsning alifboni bilishi, o'qish, yozish va hisoblash ko'nikmalaridan xabardor bo'lishi zaruriyat hisoblanadi. Bular savodxonlikning asosidir[2].

Dunyo mamlakatlari ta'lim jarayonida bugungi kun talablari asosida ta'lim va tarbiyani amalga oshirish jarayoni kechmoqda bunda ayniqsa, boshlang'ich ta'limni rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida qabul qilingan. Shu sababli dunyo mamlakatlari ta'lim tizimida boshlang'ich ta'limning yangi shakllari va vositalarini ishlab chiqish masalasiga e'tibor qaratilmoqda. Mazkur masalada boshlang'ich sinf o'quvchilarining ko'nikmalarini hozirgi zamon talablari asosida shakllantirish dolzarb hisoblanadi. Bu borada dunyo mamlakatlari ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlikning kuchayganligi muhim ahamiyatga ega[3]. Shu sababli dunyo mamlakatlari ta'lim jarayonidagi o'zgarishlar va takomillashtirilardan foydalanish vositasida mamlakatimiz boshlang'ich sinf o'quvchilarining ko'nikmalarini talab darajasida tarkib toptirish muhimdir.

Mamlakatimizda "O'zbekiston 2030" strategiyasi asosida boshlang'ich ta'limni sifatli rivojlantirishning muhim dasturlari amalga oshirilmoqa[4]. 2030 yilga qadar boshlang'ich ta'limda muhim o'zgarishlar va sifatli ko'rsatkichlarga erishish taqazo etiladi. Shu jihatdan Buyuk Britaniyaning Kembrij Universiteti pedagoglari tomonidan ishlab chiqilgan va dunyo mamlakatlari ta'lim tizimida e'tirof etilgan 4K modeli bo'yicha boshlang'ich sinf o'quvchilarining ko'nikmalarini shakllantirish, mexanizimlarini takomillashtirish muammosini tadqiq etish dolzarb bo'lib turibdi. Bu modulning asosini kollaboratsiya (o'quvchilarni guruh bo'lib ishlash) kommunikatsiya (o'quvchilarning layoqatini rivojlantirish) kreativlik (o'quvchilarning yangicha fikrlash) va kristizim (o'quvchilarning tanqidiy munosabati) ko'nikmalarini shakllantirish tashkil qiladi. Shu sababli O'zbekiston Respublikasida 2023-2024 o'quv yili bazaviy o'quv rejada ushbu ko'nikmalarni o'quvchilarda shakllantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan [5].

Kembrij Universiteti buyuk Britaniyaning Kembrij shahrida joylashgan bo'lib, u XIII asrda tashkil topgan va ushbu universitet Oksford universiteti bilan birgalikda 31 kollejini

374

https://tipi.uz/

^_May 3, 2024

International Scientific and Practical Conference

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

o'ziga qamrab olgan. Angliyada kollejlar mamlakatimizda insititut maqomida ekanligini estatib o'tish joiz. Kembrij universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilayotgan ilmiy va metodik tavsiyalar bugungi kunda jahon mamlalatlari ta'lim muassasalari hamda pedagog olimlari tominidan e'tirof etilayotganligini eslatib o'tish kerak.

Kembrij universiteti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan va pedagogik tajriba sinovlaridan o'tkazilgan o'qitishning va o'zlashtirishning 4K modeli bo'yicha ko'nikmalar asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zlashtirish ko'rsatkichlarini tarkib toptirish muhim yondashuvlardan hisoblanadi. Shu sababli bu borada ilmiy, metodik va amaliy tadqiqotlarni yaratish dolzarb bo'lib turibdi.

Chirchiq davlat pedagogika universitetida mazkur 4K modeli bo'yicha tadqiqot ishlari olib borilayotganligini ta'kidlab o'tish lozim. Bunda quyidagi vazifalar qo'yilganligini eslatib o'tish maqsadga muvofiq bo'ladi:

- boshlang'ich sinf o'quvchilarining 4K xalqaro modeli bo'yicha kreativ va kristizm ko'nikmalarini shakllantirishning nazariy xususiyatlarini o'rganish;

- boshlang'ich sinf o'quvchilarining 4K xalqaro modeli bo'yicha kreativ va kristizm ko'nikmalarini shakllantirishning tizimni ishlab chiqish;

- boshlang'ich sinf o'quvchilarining 4K xalqaro modeli bo'yicha kreativ va kristizm ko'nikmalarini shakllantirish tizimidan foydalanish tavsiyalarini tarkib toptirish;

- boshlang'ich sinf o'quvchilarining 4K xalqaro modeli bo'yicha kreativ va kristizm ko'nikmalarini shakllantirish mexanizimlarini takomillashtirish bo'yicha pedagogik tajriba-sinov ishlarini o'tkazish va uning natjalari asosida tavsiyalarini shakllantirish.

Shunday qilib, mamlakatimizda boshlang'ich sinf o'quvchilarining 4K modeli bo'yicha ko'nikmalarini tarkib toptirish boshlang'ich ta'lim sifatiga erishishning zamonaviy va innovatsion istiqbolli yo'nalishlaridan biri ekanligini belgilab olish maqsadga muvofiq bo'ladi.

References / Adabiyotlar

1. Международные документы.- Москва, 2015

2. Документы Организация Объединённых Нацию - Москва 2017

3. 0'zbekiston-2030 strategiyasi .//www.ziyonet.uz.

4. Sayliyeva M. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining 4K xalqaro modeli bo'yicha kretisizm ko'nikmasini shakllantirish // "Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari:muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari to'plami // -Toshkent, 2024, 24 fevral. 1-qism. - B. 145-147.

375

https://tipi.uz/

^_May 3, 2024

International Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.