Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINI TA’LIMNING KEYINGI TURLARIGA TAYYORLASH OMILLARI'

BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINI TA’LIMNING KEYINGI TURLARIGA TAYYORLASH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

18
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‟lim / boshlang„ich / o„quvchi / tayyorlash / bilim / ko„nikma / malaka

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Maftuna Ixtiyor Qizi Аbdumajidova

Maqolada boshlang„ich sinf o„quvchilarini ta‟limning keyingi turlariga tayyorlash omillari tahlil etilgan va metodik tavsiyalar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARINI TA’LIMNING KEYINGI TURLARIGA TAYYORLASH OMILLARI»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI TA'LIMNING KEYINGI TURLARIGA TAYYORLASH OMILLARI

Maftuna Ixtiyor qizi Abdumajidova

CHDPU o'qituvchisi

ANNOTASIYA

Maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini ta'limning keyingi turlariga tayyorlash omillari tahlil etilgan va metodik tavsiyalar berilgan.

Tayanch tushunchalar: ta'lim, boshlang'ich, o'quvchi, tayyorlash, bilim, ko'nikma, malaka.

KIRISH

"Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi"da qo'yilgan sifatli ta'limga erishish vazifalari ijrosi jarayonida boshlang'ich ta'limni takomillashtirish va uning yangi vazifalarini idrok etish dolzarb bo'lib turibdi. [1]. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilarini ta'limning keyingi turlariga tayyorlash ham yangi vazifalardan biri bo'lib, u boshlang'ich ta'lim jarayonida sifat ko'rsatkichlariga erishishning omillaridan biri hisoblanadi. Bu o'rinda e'tiboringizni ana shu masalaning tahliliga tortamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mamlakatimizda boshlang'ich sinf o'quvchilari ta'limni davom ettiradigan umumiy o'rta ta'lim muassasalari, Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Mazkur ta'lim turlariga boshlang'ich sinf o'quvchilarini tayyorlash dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu masala bo'yicha bizning yondashuvlarimiz quyidagilardan iborat:

1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ta'limiy tayyorlash. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini ta'limning ta'kidlangan turlariga ta'limiy jihatdan tayyorlash muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun quyidagilarga amal qilish kutilgan samarani berishini ta'kidlash lozim:

a) boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'quv fanlari bo'yicha qiziqishlari va layoqatlarini aniqlab olish;

b) mazkur aniqlash natijasida boshlang'ich sinf o'quvchilarini aniq, tabiiy va gumanitar fanlar guruhlariga bo'lish;

v) o'quvchilar guruhini mazkur turkumdagi o'quv fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o'qitish;

June, 2023

272

g) o'quvchilarning mustaqil fikrlash, ongli munosabat va bilimga qiziqish ko'nikmalarini shakllantirish;

d) aniq, gumanitar va tabiiy fanlar bo'yicha qo'shimcha mashg'ulotlar tashkil etish;

e) o'quv fanlarining to'garaklaridan oqilona foydalangan holda o'quvchilarning bilimlarini amaliy mustahkamlash.

Bunday yondashuv boshlang'ich sinf o'quvchilarini ta'limning keyingi turlariga tayyorlashda muhim imkoniyatlarni beradi. Shu jihatdan amaliy faoliyatdagi boshlang'ich sinf o'qituvchilarining faolligini kuchaytirish taqozo etiladi [2].

2. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyaviy tayyorlash. Ta'limning keyingi turlariga boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyaviy jihatdan tayyorlash eng muhim vazifalardan biridir. Chunki ular kelgusida ta'limning keyingi turlarida boshlang'ich ta'lim jarayonida amalga oshirilgan tarbiyaviy ishlarning amaliyotini yaqqol namoyon qiladi. Shu sababli boshlang'ich sinf o'quvchilarini ta'limning keyingi turlariga tayyorlashda quyidagilarga e'tibor berish muhim ahamiyatga egadir:

a) boshlang'ich sinf o'quvchilarining ahloqiy ongi, ma'naviy fazilatlari va estetik munosabatlarini talab darajasida shakllantirish;

b) boshlang'ich sinf o'quvchilarida vatanparvarlik, insonparvarlik va xalqparvarlik ko'nikmalarini alohida tarkib toptirish;

v) boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zgalarga munosabat, ijtimoiy faollik va tashabbuskorlik faoliyatlarini rivojlantirish;

g) boshlang'ich sinf o'quvchilarida tarbiyaviy layoqatlik va ijtimoiy malakalik ko'nikmalarini tarkib toptirish;

d) boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyaviy ko'nikmalaridan faoliyatda foydalana olishga o'rgatish;

e) boshlang'ich sinf o'quvchilarining tarbiyalanganlik darajasini bag'olab borish.

Diqqat qilinsa, bunday yondashuv boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyaviy

jihatdan ta'limning keyingi turlariga maliy tayyorlash imkoniyatlarini beradi. Shuni ta'kidlash lozimki, boshlang'ich sinf o'quvchilarini tarbiyaviy jihatdan tayyorlashda ular o'qishni davom ettiradigan ta'lim turlari xususiyatlarini ham hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Bunng uchun amaliy faoliyatdagi boshlang'ich sinf o'qituvchilarini malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari vositasida boshlang'ich ta'limdan keyingi ta'lim turlari bo'yicha ma'lumotga egaligini amalga oshirib borish taqozo etiladi.

3. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini amaliy tayyorlash.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan boshlang'ich ta'limdan keyingi ta'lim turlari muayyan yo'nalishlarga moslashganligi

June, 2023

273

Academic Research in Educational Sciences

Volume 4 j Issue б j 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

bilan o'ziga xos ta'lim muassasasi hisoblanadi. Misol uchun, ijodiy t'lim muassasalarida o'quvchilarning ijodkorlik ko'nikmalarini rivojlantirishga asosiy e'tibor qaratilgan. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilarini ta'limning keyingi turlariga amaliy tayyorlashda quyidagilarga e'tibor berish kerak bo'ladi:

a) boshlang'ich sinf o'quvchilarida uchraydigan muayyan illatlarni korreksiyalab borish;

b) boshlang'ich sinf o'quvchilarining oilaviy muhitini o'rgshanish vositasida ular bilan individual ishlash;

v) boshlang'ich sinf o'quvchilarini ijtimoiylashtirisho';

g) boshlang'ich sinf o'quvchilarida amaliy faoliyat ko'nikmalarini tarkib toptirish bilan ularni yo'naltirish;

d) boshlang'ich sinf o'quvchilarnini turli muhitlarga moslashuvchanligini tarkib toptirish;

e) boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'z qiziqishlariga ko'ra amlaiyot ko'nikmalari bilan qurollantirish.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Diqqat qilinsa, bunday yondashuv boshlang'ich sinf o'quvchilarini ta'limning keyingi turlariga amaliy jihatdan maqsadli tayyorlash mexanizmlarini beradi. Shu ma'noda oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini o'quvchilarni ta'limni keyingi turlariga tayyorlash ko'nikmasi bilan ham qurollantirish dolzarb bo'lib turibdi.

Kezi kelganda ta'kidlash lozimki, boshlang'ich sinf o'quvchilarini ta'limning keyingi turlariga tayyorlashga doir ilmiy-nazariy, metodik va amaliy tadqiqotlarni yaratish ham dolzarb bo'lib turibdi. Bundan tashqari, boshlang'ich sinf o'quv fanlari adabiyotlarini tayyorlashda ham o'quvchilarni ta'limning keyingi turlariga tayyorlash xususiyatlari ham hisobga olinishi kerak. Bularning barchasi boshlang'ich sinf o'quvchilarini ta'limning keyingi turlariga tayyorlash metodologiyasini ishlab chiqishni taqozo etadi [3].

Shunday qilib boshlang'ich sinf o'quvchilarini ta'limning keyingi turlariga ta'limiy, tarbiyaviy va amaliy jihatdan tayyorlash muhimdir. Bu borada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilrini ana shu ko'nikma bilan qurollantirish va amaliy faoliyatdagi boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mazkur masala

XULOSA

bo'yicha malakalarini kengaytirish taqozo etiladi.

June, 2023

Academic Research in Educational Sciences

Volume 4 | Issue 6 | 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. - Toshkent, 2022

2. Mardonov Sh.Q. Pedagogika fanidan o'qitishning elektron-modulli didaktik ta'minotini ishlab chiqish texnologiyasi. - Toshkent, 2021

3. Jabborova O., Umarova Z. Boshlang'ich ta'lim diagnostikasi. - Toshkent, 2023

June, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.