Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARI MAHORATINI O'RGANISHNI LOYIHALASHNING KUZATUV METODI'

BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARI MAHORATINI O'RGANISHNI LOYIHALASHNING KUZATUV METODI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARI MAHORATINI O'RGANISHNI LOYIHALASHNING KUZATUV METODI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARI MAHORATINI O'RGANISHNI LOYIHALASHNING KUZATUV METODI

D. M. Tashpulatova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi, d.tashpulatova@cspi.uz, O'zbekiston

O'zbekistonda boshlang'ich sinf o'qituvchilari oliy pedagogik ta'lim jarayonida kasbiy tayyorgarlikning nazariya va amaliyot uyg'unligi tizimiga amal qilmoqda. Bunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 fevraldagi PF-134-son Farmoni bilan tasdiqlangan "2022-2026 yillarda xalq ta'limini rivojlantirish Milliy dasturi"ga asosan haftaning 4 kuni auditoriya soatlari va 2 kuni ta'lim muassasalaridagi amaliyot kuni tizimiga amal qilish asos bo'lmoqda[1]. Shu jihatdan haftalik pedagogik amaliyot bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini bugungi kun talablari asosida tarkib toptirishda muhim o'rin tutadi.

Mamlakatimiz umumiy o'rta ta'lim maktablarida mahoratli boshlang'ich sinf o'qituvchilari faoliyat yuritmoqda. Shu sababli ularning mahorati va tajribalarini haftalik pedagogik amaliyot davrida o'rganish bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun muhimdir. Bu masalada ayniqsa loyihalash vositasiga asoslanish kutilgan samarani beradi. Mazkur o'rinda talabalarning haftalik pedagogik amaliyot davrida boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mahoratini loyihalash asosida o'rganishning kuzatuv metodi xususiyatlari tahliliga e'tiboringizni tortamiz.

Amaliy faoliyatdagi boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mahoratini o'rganishda kuzatuv metodidan foydalanish va uni loyihalash muhim amaliy o'rin tutadi. Kuzatuv metodi - bu tajribali ta'lim beruvchilarning mahoratini kuzatish asosida o'rganish vositasidir[2]. Shu ma'noda kuzatuv metodini quyidagicha loyihalash asosida amaliy faoliyatdagi boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mahoratini o'rganish maqsadga muvofiq bo'ladi:

a) boshlang'ich sinf o'qituvchilarining o'qitish metodikasini o'rganish;

b) boshlang'ich sinf o'qituvchilarining tarbiyaviy ishlar metodikasini o'rganish;

v) boshlang'ich sinf o'qituvchilarining o'quvchilar bilan individual ishlash metodini o'rganish.

Bunday loyihalash asosida talabalar o'zlari haftalik pedagogik amaliyotni o'tayotgan ta'lim muassasalarida tajribali boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mahoratini o'rganishi amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega[3]. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'qituvchilarining o'qitish metodini kuzatuv asosida o'rganishi muhim xususiyatlarga ega hisoblanadi. Bunda talaba aniq, tabiiy va gumanitar fanlar bo'yicha boshlang'ich sinf o'qituvchilarining nazariy bilimlarni o'qitish metodini bevosita darsda ishtirok etib o'rganadi hamda maxsus daftarga darsning borish jarayoni va o'qituvchining har bir

383

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

harakatlarini konspekt qilib boradi. Buning uchun tajribali o'qituvchining darsni tushuntirish malakasiga, uning ko'rgazmali vositalardan foydalanish harakatlariga va nutqining xususiyatlariga e'tibor berish kerak. Ayniqsa, uyga vazifa topshirig'ini bajarilganligini baholashdagi yondashuviga diqqat qilish lozim bo'ladi, chunki tajribali o'qituvchining mahorati aynan o'quvchilarning o'zlashtirganlik darajasini xolis baholashda namoyon bo'ladi. Xolis baholash an'anasi o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishga bo'lgan qiziqishini oshiradi va agar o'quvchilar mavzularni kutilgan darajada o'zlashtirgan bo'lsalar, ular savol-javoblar jarayonida faol ishtirok etadi. Odatda dars mashg'uloti qabul qilingan mezonlarga asosan kirish, ya'ni salomlashish, davomatni belgilash va o'quvchilarni darsga tayyorlash, asosiy qism, ya'ni uy vazifasini bajarilganligini baholash, yangi mavzuni tushuntirish va uyga vazifa berish, yakunlash, ya'ni savollar vositasida yangi mavzuni o'zlashtirganlik darajasini mustahkamlash va o'quvchilarga qaysi o'quv adabiyotini o'qish kerakligi to'g'risida ko'rsatma berish qismlaridan iborat bo'ladi[4]. Ayni paytda, bugungi kunda dars mashg'ulotlariga xos bo'lgan bu qat'iy an'analarga amal qilinmasligi tarkib topganligini eslatib o'tish joiz. Bu hol har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisining individual metodikaga ega bo'lishi va dars mashg'ulotlariga yangicha yondashuv maqsadi bilan izohlanadi. Shu sababli har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisining o'qitish metodikasi o'ziga xos bo'ladi va talaba bu rang-barang metodlarni o'rganishi kutilgan samarani beradi. Tajribali o'qituvchilarning mahoratini bevosita dars mashg'ulotlarini kuzatish vositasida o'rganish jarayonida aniq, tabiiy va gumanitar fanlar kesimiga e'tibor berish kerak. Bizning kuzatishlarimiz shuni ko'rsatadiki, aniq fanlar (Matematika va Informatika) o'qituvchilari o'qitish jarayonida ko'proq qisqalik, o'quvchilarni ko'p masalalar va mashqlarni yechishga yo'naltirish hamda mavzularning tariflarini yozdirish vositalariga e'tibor qaratishadi. Tabiiy fanlar o'qituvchilari mavzular bo'yicha ko'rgazmali jihozlardan foydalanish, savol-javoblar vositasida o'quvchilarda tabiat to'g'risida tushuncha hosil qilish va o'quvchilarning tabiiy voqeylik to'g'risidagi savollariga javob berish vositalaridan keng foydalanishadi. Gumanitar fanlar o'qituvchilari esa matnni o'qitish va yozdirish, tasvirlar chizdirish, narsalar tayyorlash va o'quvchilarni mustaqil faoliyatga yo'naltirish vositalariga asoslanishadi. E'tibor berilsa, o'quv fanlari kesimida boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'quv fanlarining xususiyatlaridan kelib chiqib turli o'qitish vositalarini qo'llashadi. Bunday turli vositalarni o'zlashtirish bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari uchun kasbiy ahamiyatga ega. Chunki talabalar kelgusida aniq, tabiiy va gumanitar fanlar bo'yicha umumiy shaklda mehnat faoliyati bilan shug'ullanadi. Shu sababli biz mazkur fanlar toifalari o'qituvchilarining o'qitish metodlarini teng o'zlashtirish talabalarning kasbiy tayyorgarligini kuchaytirishga xizmat qiladi, deb hisoblaymiz. Umuman har bir talaba haftalik pedagogik amaliyot davrida tajribali boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qitish metodlarini bevosita kuzatish asosida o'zlashtirishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Haftalik pedagogik amaliyot davrida talabalar tomonidan kuzatuv metodi asosida tajribali o'qituvchilarning tarbiyaviy ishlar metodini o'rganishi ham muhim ahamiyatga ega. Bunda har bir o'qituvchining tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilishi, o'quvchilarning

384

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

fazilatlarini tarkib toptirishi, o'quvchilarga munosabati va o'quvchilarni axloqiy faoliyatga tayyorlash harakatlari o'rganiladi. Chunki tajribali har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi tarbiyaviy ishlar bo'yicha o'zining xususiy metodiga ega bo'ladi. O'rganishlarimiz shuni ko'rsatadiki, aniq fanlar o'qituvchilari tarbiyaning muhim asoslaridan bo'lgan mustaqil harakatni o'quvchilarda tarkib toptirishga asosiy e'tiborni qaratadi va bu hol ko'p hollarda qo'shimcha mashg'ulotlar vositasida amalga oshiriladi. Tabiiy fanlar o'qituvchilari sinfdan tashqari mashg'ulotlar vositasida o'quvchilarda tabiatga muhabbat, o'simlik va hayvonot olamiga insoniy munosabatda bo'lish fazilatlarini shakllantirishga diqqat qilishadi. Gumanitar fanlar o'qituvchilari esa yo'naltirish va namuna ko'rsatish asosida o'quvchilarda axloqiylik, faollik, o'zgalarni qadrlash, Vatanni sevish kabi fazilatlarni shakllantirishga asosiy e'tiborni qaratishadi. Diqqat qilinsa, o'quv fanlari kesimida o'quvchilarni tarbiyalash ishlari turli vositalar asosida amalga oshiriladi va shu sababli o'qituvchilarning tarbiya borasidagi mahoratini o'zlashtirish talabalarning tarbiya masalasi bo'yicha ko'nikmalarini kengaytiradi. Eslatib o'tish joizki, aniq va tabiiy fanlar o'qituvchilari boshlang'ich sinf o'quvchilarining sho'xliklarini tabiiy va sabrli ravishda qabul qilishadi, chunki ular bolalarning faolligini fikrlash jarayonining rivojlanish asosi sifatida qabul qiladi. Shuningdek, gumanitar fanlar o'qituvchilari o'quvchilar axloqidagi illatlarni tuzatish tarbiyaviy tadbirlaridan keng foydalanishini eslatib o'tish joiz. Bunday yondashuvlar "20222026 yillarda xalq ta'limini rivojlantirish Milliy dasturi" asosida amalga oshirilmoqda. Shu ma'noda talabalar boshlang'ich sinf o'qituvchilarining tarbiyaviy ishlar bo'yicha metodikasini o'zlashtirishi uchun ular tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qilish va o'tkazish, bunda o'qituvchining tayyorlanish harakatlari va o'quvchilarning faolligi masalalariga asosiy e'tiborni qaratishi maqsadga muvofiq bo'ladi[5].

Shunday qilib boshlang'ich sinf o'qituvchilarining mahoratini o'rganishda kuzatuv metodidan foydalanish pedagogik tadqiqotchilikda zamonaviy va istiqbolli imkoniyatlarni beradi. Shu sababli bu borada ilmiy va metodik ishlanmalarni ishlab chiqish zaruriyat bo'lib turibdi.

References / Adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 fevraldagi PF -134-son Farmoni bilan tasdiqlangan "2022-2026 yillarda xalq ta'limini rivojlantirish Milliy dasturi". //www.ziyonet.uz.

2. Hasanboev J. va boshq. Pedagogika fanidan izohli lug'at. -Toshkent, 2009

3. Mavlonova R., Rahmonqulova N. Umumiy pedagogika. -Toshkent, 2015

4. Tashpulatova Dilorom Mukimovna. Boshlang'ich sinf o'qituvchilari professiogrammasi.2021

5. Tashpulatova D. Boshlanich ta'limda klaster yondashuv asosida o'quv fanlarini integratsion o'qitish mexanizmlarini takomillashtirish.-Toshkent, 2023

385

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.