Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNI KASB TANLASHGA O‘RGATISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI'

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNI KASB TANLASHGA O‘RGATISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshlang‘ich ta’lim / pedagogik shart-sharoitlar / o‘yin metodlari. interfaol metodlar. / Primary education / pedagogical conditions / game methods. interactive methods.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Usanov M.M., Joniqulova Z.B.

Boshlang‘ich sinflarda yutuqlarning asosi bolalalar bilan o‘tkaziladigan dars jarayonining sifati bilan belgilanadi. Bunda ilg‘or pedagogik texnologiya katta ahamiyatga egadir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qiziquvchan boshqarishga moyil bo‘ladilar. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarni mustaqil fikirlash, mushohada qilish, xulosa chiqarishga o‘rgatishi lozim. Ushbu ishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini kasb tanlashga o‘rgatishning pedagogik shart sharoitlari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL CONDITIONS OF TRAINING STUDENTS TO CHOOSE A PROFESSION IN PRIMARY EDUCATION

The basis of success in primary grades is determined by the quality of the learning process conducted with children. In this, advanced pedagogical technology is of great importance. Elementary school students tend to be inquisitive. Therefore, the teacher should teach students to think independently, observe, and draw conclusions. In this work, the pedagogical prerequisites for teaching primary school students to choose a profession are discussed.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNI KASB TANLASHGA O‘RGATISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI»

Usanov M.M., PhD.

Jizzax politexnika instituti Oliy matematika kafedrasi mudiridotsent

Joniqulova Z.B.

Jizzax davlat pedagogika universiteti o 'qituvchisi

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA O'QUVCHILARNI KASB TANLASHGA O'RGATISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Annotatsiya. Boshlang'ich sinflarda yutuqlarning asosi bolalalar bilan o 'tkaziladigan dars jarayonining sifati bilan belgilanadi. Bunda ilg'orpedagogik texnologiya katta ahamiyatga egadir. Boshlang 'ich sinf o 'quvchilari qiziquvchan boshqarishga moyil bo 'ladilar. Shuning uchun o 'qituvchi o'quvchilarni mustaqil fikirlash, mushohada qilish, xulosa chiqarishga o 'rgatishi lozim. Ushbu ishda boshlang 'ich sinf o 'quvchilarini kasb tanlashga o 'rgatishning pedagogik shart sharoitlari haqidafikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Boshlang'ich ta'lim, pedagogik shart-sharoitlar, o'yin metodlari. interfaol metodlar.

Usanov M.M., Ph.D. associate professor Head of the Higher Mathematics Department Jizzakh Polytechnic Institute Zhonikulova Z.B.

teacher

Jizzakh State Pedagogical University

PEDAGOGICAL CONDITIONS OF TRAINING STUDENTS TO CHOOSE A PROFESSION IN PRIMARY EDUCATION

Abstract. The basis of success in primary grades is determined by the quality of the learning process conducted with children. In this, advanced pedagogical technology is of great importance. Elementary school students tend to be inquisitive. Therefore, the teacher should teach students to think independently, observe, and draw conclusions. In this work, the pedagogical prerequisites for teaching primary school students to choose a profession are discussed.

Keywords: Primary education, pedagogical conditions, game methods. interactive methods.

O'quvchi shaxsiga qaratilgan ta'lim, o'quvchining faolligini oshirish, mustaqil, ijobiy fikrlashga o'rgatish, mustaqilligini, erkinligini ta'min etish, qiziqishlari asosida (motivatsiya) ish yuritish, ichki imkoniyatlarirn ishga solish o'z qiziqishlari orqali qo'shimcha ta'lim olishga yo'llash, o'z- o'zini

rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Ta'lim- tarbiyada zamonaviy o'qitish uslublari deganda yangi interfaol usullar nazarda tutiladi. Interfaol - lotincha "inter" so'zidan olingan bo'lib "orasida, o'rtasida " degan ma'noni anglatadi, ya'ni o'quvchi va o'qituvchi o'rtasida ta'limni o'zlashtirish munosabarlarini kuchaytirish, faollashtirish kerak, deganidir. Bu uslublar bilan ishlash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. O'quvchilarni mustaqil fikirlashga undaydi, ayniqsa, 3-4 - sinflarda juda yaxshi samara beradi. Buning uchun sinf kichik guruhlarga ajratiladi. Guruhlar 3-7 o'quvchidan iborat bo'lishi kerak. O'quvchilar sonini ko'paytirish guruhlarda ishlash jarayonini qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, guruhlar tartibini o'zgartirib turish zarur. Guruhlarda o'g'il va qiz bollalar aralash holda bo'lishi lozim. Endi interfaol metodlarning ta'lim va tarbiya jarayonidagi o'rni o'rni va imkoniyatlari haqida fikr yuritamiz. Interfaol metod ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o'zaro harakati, ta'siri ostida bilimlarni o'zlashtirishni kafolatlash, shaxshiy sifatlarni rivojlantirishga hizmat qiladi. Ushbu usullarni qo'llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari - baxs munozaralar o'tkazish o'quv materialini erkin bayon etish mustaqil o'qish'o'rganish' seminarlar o'tkazish, kichik guruh katta guruh sinf jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish yozma ishlar bajarish va boshqalardan iborat. Interfaol ta'lim o'z xusussiyatiga ko'ra didaktik o'yinlar orqali, evristik (fikirlash, izlash,topish) sexbat- dars jarayonini loyihalash orqali muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali kreativ - ijodkorlik asosida axborot komunikatsion texnologiyalar yordamida amalgam oshirish metodlarini o'z ichiga oladi. Boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning yosh xususuyatlari savodxonlik darajalari shaxsiy taviatlariga ko'ra didaktik o'yinlar keng qo'llanmoqda. Didaktik o'yinlar o'quvchi faoliyatini faollashtiradi va jadallashtiradi. Ular o'quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro'yobga chiqarish va rivojlantirishning amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Didaktik o'yinlarning asosiy turlari: intelektual (aqliy) va harakatli hamda aralash o'yinlardan iborat. Bular o'quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma'naviy, ma'rifiy, psixologik, estetik baddiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mexnat kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. Didaktik o'yinlar o'quvchilarni ta'lim va tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. O'quvchilarni yangi mavzularni o'zlashtirib olishlariga katta yordam beradi. Bu uslub o'quvchilarni o'ylashga, erkin fakir yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa o'quvchilarda atrof - muxitni, hayotni bilishga qiziqish ortadi. Uchragan qiyinchilik, to'siqlarni qanday yengish va tanqidiy fikirlash ko'nikmalarni shakillantiradi. Ta'lim tarbiya jarayonida o'quvchilarda qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan biror kasbga moyilliklarini ko'rsatadigan didktik o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Didaktik o'yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, roll, ishchanlik va boshqa yo'nalishdagi turlarga ajratiladi. Boshlang'ich sinflarda didaktik o'yinlarning "Zinama- zina", " Lola sayli "," Bo'g'irsoqni qutqaring ", "O'yla, izla, top", "Qo'riqchini aldap o't", "Qizil shapkachaga yordam", "Cho'qqini zab

et", "Oyga uchamiz", "Sexrli daraxt", "Uchar yulduzlar", " Bayroqchaga yeting" kabilaridan foydalanish darslarda ko'proq muvofaqiyatga erishiladi. O'yinchilar bu o'yinlar orqali darsni yaxshi o'zlashtiradi. Didaktik o'yin turlarini tanlashda quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi. Masalan: ishtirokchi o'quvchilarni tarkibi bo'yicha o'g'il bolalar, qiz bolalar yoki aralash guruhlar uchun o'yinlar;- ishtirokchilarning soni bo'yicha yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflar aro va ommaviy tarzdagi o'yinlar - o'yin jarayoni bo'yicha fikirlash topag'onlik harakatlarga asoslangan musobaqa va boshqalarga yo'naltirilgan o'yinlar o'quvchilar uchun qiziqarli bo'ladi. Didaktik o'yinli dasr shakillaridan biri nechtasini misol qilib keltirishimiz mumkin.

Ma'lumki bola boshlang'ich sinfga qabul qilinib, maktab ostonasida ilk qadam qo'ygan bolaning faoliyatida o'yin asosiy o'rinni egallaydi. O'yin ularning eng sevimli mashg'uloti bo'lib, ular har qanday mashg'ulotni o'yin bilan uyg'unlashtirishga harakat qiladilar. Shunday ekan o'qituvchi o'quvchi faoliyatidan ularning sevimli mashg'uloti - o'yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muofiq foydalanish bilan ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishga imkon beradi. Farzandlarimiz mustahkam bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari uchun, albatta, ularni kichik yoshdanoq har bir fanga qiziqtirish zarur. Bunda o'qituvchi mahorati nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini puxta o'rgangan holda ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish ustida tinimsiz izlanishi, o'zidagi bor bilimini mahorat bilan ishga solishi zarur. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning psixologik holatini yaxshilash, ularni turli zo'riqishlardan asrash, bilimlarini turli o'yinlar orqali mustahkamlab borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda o'quvchilarni ziyraklikka, chaqqonlikka hamda fikrni to'g'ri va aniq ifoda etishga qaratilgan o'yinlardan foydalanish mumkin. Shu bilan birga, tanlangan o'yinning o'tilayotgan mavzuga mos kelishi, qulayligi, ko'zlangan natijaga olib kelishi ham muhimdir. Bu esa o'qituvchining kasbiy mahoratiga, maqsadni to'g'ri belgilay olishiga ham bog'liq. Boshlang'ich ta'limda motivlar hosil qilishda didaktik o'yinlarning o'rni beqiyosdir. Yuqori da aytilgan fikrlarga hamohang o'qish, ona tili, matematika fanlarida qo'llasa bo'ladigan, o'quvchilarni topqirlikka, ziyraklikka va fikrlashga undaydigan, ularning ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan o'yinli usullarni keltiramiz. « U kim? Bu nima? » Stol ustiga bir qancha predmetlar terib qo'yiladi. o'qituvchi shu predmetlardan birortasini ta'riflaydi, o'quvchilar shu belgilar asosida gap nima haqida borayotganligini topadilar. Bu o'yinning afzallik tomoni shundaki, undan dars davomida o'quvchilar diqqatini jamlash, qo'llariga dam berish maqsadida yoki yangi tovushlar bilan tanishtirish, ona tili darslarida yangi mavzuni bayon qilish jarayonida ham foydalanish mumkin. =

Xulosa sifatida qayd etish mumkinki, o'quvchilarni o'z vaqtida to'g'ri kasbga yo'naltirish mamlakat taraqqiyotining kafolatidir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mustafayevich U. M. Educational Aspects of using Cloud-Based Network Services in Training Future Engineers //Spanish Journal of Innovation and Integrity. - 2022. - Т. 2. - С. 13-19.

2. Усанов М. М. Современная Информационно-образовательная Среда Как Основа Модернизации Системы Образования //Global Science and Innovations: Central Asia (см. в книгах). - 2021. - Т. 4. - №. 1. - С. 61-65.

3. Мустафаевич У. М. ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ КАК ФАКТОР РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ СТУДЕНТОВ //Web of Scientist: Международный научный исследовательский журнал. -2022. - Т. 3. - С. 199-203.

4. Usanov M. M. Opportunities Use Of Cloud Technologies In The Educational Process //Electronic Journal Of Actual Problems Of Modern Science, Education And Training-2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.