Научная статья на тему 'KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNI ANIQ FANLARGA QIZIQISHINI OSHIRISH METODIKASI'

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNI ANIQ FANLARGA QIZIQISHINI OSHIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Физика»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
Kichik maktab / yoshidagi o‘quvchilar / Aqliy xujum / bumerang texnologiyasi / tarmoqlash / blis texnalogiyasi / fikriy hujum / bumerang / “arra” metodi / “Yigirma predmet” / “GoGoMo” metodi (Give One / Get One / Move On) / "Akvarium" metodi. / Small school / students of age / Brainstorming / boomerang technology / distribution / blis technology / brainstorming / boomerang / saw method / Twenty subjects / the GoGoMo method (Give One / Get One / Move On) / the Aquarium method.

Аннотация научной статьи по физике, автор научной работы — Sulaymanova Nigora Olimjon Qizi

Maqolada kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni aniq fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish va bilim, ko‘nikmalarini shaklantirish, yuqori sinflarda o‘qish bo‘lgan qiziqishini yo‘qotmasligini oldini olish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHOD OF INCREASING THE INTEREST OF STUDENTS OF JUNIOR SCHOOL AGE IN SPECIFIC SUBJECTS

The article aims to increase the interest of students of junior school age in specific subjects and to form knowledge, skills, and prevent them from losing interest in studying in higher classes.

Текст научной работы на тему «KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNI ANIQ FANLARGA QIZIQISHINI OSHIRISH METODIKASI»

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARNI ANIQ FANLARGA QIZIQISHINI OSHIRISH METODIKASI Sulaymanova Nigora Olimjon qizi

Guliston davlat pedagogika institute pedagogika kafedrasi stajyor o'qituvchi https://doi. org/10. 5281/zenodo.7854947

Annotatsiya: Maqolada kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni aniq fanlarga bo'lgan qiziqishini oshirish va bilim, ko'nikmalarini shaklantirish, yuqori sinflarda o'qish bo'lgan qiziqishini yo'qotmasligini oldini olish.

Kalit so'zlar: Kichik maktab, yoshidagi o'quvchilar, Aqliy xujum, bumerang texnologiyasi, tarmoqlash, blis texnalogiyasi, fikriy hujum, bumerang, "arra" metodi, "Yigirma predmet", "GoGoMo" metodi (Give One, Get One, Move On), "Akvarium" metodi.

METHOD OF INCREASING THE INTEREST OF STUDENTS OF JUNIOR SCHOOL AGE IN SPECIFIC SUBJECTS

Abstract: The article aims to increase the interest of students of junior school age in specific subjects and to form knowledge, skills, and prevent them from losing interest in studying in higher classes.

Keywords: Small school, students of age, Brainstorming, boomerang technology, distribution, blis technology, brainstorming, boomerang, saw method, Twenty subjects, the GoGoMo method (Give One, Get One, Move On), the Aquarium method.

МЕТОД ПОВЫШЕНИЯ ИНТЕРЕСА УЧАЩИХСЯ МЛАДШЕГО ШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА К КОНКРЕТНЫМ ПРЕДМЕТАМ

Аннотация: Статья направлена на повышение интереса учащихся младшего школьного возраста к конкретным предметам и на формирование знаний, умений и навыков, не допустить у них потери интереса к учебе в старших классах.

Ключевые слова: Малая школа, старшеклассники, Мозговой штурм, технология бумеранг, раздача, технология блаженства, мозговой штурм, бумеранг, метод пилы, «Двадцать испытуемых», метод GoGoMo (Give One, Get One, Move On), метод «Аквариум».

KIRISH

Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni aniq fanlarga bo'lgan qiziqishlari pasayib borishi faqatgina O'zbekistonda emas, balki butun dunyodagi muammolardan biri bo'lib kelmoqda va buning oldini olish uchun ko'pgina chora-tadbirlar ko'rib chiqilmoqda. Hozirgi paytga kelib kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni aniq fanlardagi bilim darajasini tekshirish uchun PIRLS va 4-sinflarda matematika bilim darajasini tekshirish uchun TIMSS dasturlari shakllantirilmoqda. Kichik maktab yoshidagi o'quchilar 1-4-sing o'quvchilari bo'lib. ularda maktabgachada davrda berilgan elementar bilimlarni yanada oshirishimiz lozim. O'quvchilarni bilim olish ko'nikmalarini shaklantirish uchun hozirgi kunda zamonaviy axborot ko'nikmalaridan foydalangan holda darslarni olib borilmoqda va buning natijasida o'quvchilarning eslab qolish qobilyatari shakllanmoqdi. Aniq fanlarga odatda matematika ,informatika, fizika, kimyo fanlari kiradi. Kichik maktab yoshdagi o'quvchilarni matematika darslarida asosan o'qtuvchi o'zi mavzuni tushuntiradi o'quvchilarning o'zlari esa yakka holatda berilgan vazifalarni bajaradi, chunki ular endigina maktabga chiqganligi sababli guruhda ishlash qobilyatlari yaxshi shakllanmagan bo'ladi. 3-sinfda esa ularning jamoa haqidagi fikrlari shakllna boshlaydi va jamoa uchun ishlash ko'nikmalari oshadi.

Hozirgi rivojlanayotgan davlatimizda ta'lim tizimiga oid ko'pgina yangilanishlar bo'limoqda

Xalqaro baholash tizimlari yordamida o'quvchilarning bilim natijalarini qanday darajadaligini bilishga yordam beradi. Shu jumladan, ularning bilimini oshirish uchun yordam beradi. Bu xalqaro baholash tizimi o'quvchilarga qanday yordam beradi deb o'ylashimiz mumkin ? Hozirgi kunga kelib kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning aniq fanlarga va nutq darajasini oshirishga katta yordam beradi. Fikrimning izohi sifatida PIRLS-bu kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni savodxonlik ya'ni matnni urg'u berib o'qishga va uni o'zi tushungan matn mazmunini do'stlarga yoki o'quvchilarga yetkazib berishini baholovchi xalqaro dastur. TIMSS-bu matematika va tabiiy fanlardagi bilim darajasini baholovchi xalqaro dastur. Asosan 4-sinflarda matematika fani ularni fikrlash qobilyatini shakllantirshda va matematik savodxonlikni oshirshga yordam beradi. Matematikadan bilimlarini oshirish uchun didaktik o'yinlar yordam beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Endigina maktabga borgan o'quvchilarning o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirishda metodika va didaktik o'yinlardan samarali foydalanish. Aniq fanlardagi bilim va ko'nikmalarni o'zida yaxshi shakllantirish va darsdan bo'sh vaqtlarida ularni bekorchilikdan qutqarish, darsga bo'lgan qiziqishlarni oshirishda interfaol o'yinlardan foydalanish. O'quvchilarni kelajakda daromadli va o'zizga yoqqan kasbni tanlashga ko'maklashish. Metodlardan foydalanishda bir yoki bir necha o'quvchilardan tashkil topgan o'quvchilar jamoasi tuziladi va ishonchli vaziyatni vujudga keltirish, ochiq muoloqotiga xalaqit beradigan keskinlikni bartaraf etish lozim. Guruhlarda metodlar bilan ishlash, mavjud cheklovlarni nazarga olmasdan bir-biri bilan yaqin bo'lish ,fikriy harakatchanlikni rivojlantirish, o'quv faoliyatini yanada qiziqarli etishga yordam beradi. O'quvchilarni darsga jalb qilish va bir-biriga bo'lgan ishonchini yanada rivojlantirishga va bir-biriga o'rganishga yordam beradi. O'quvchilar dars jarayonida o'z fikrlarini va g'oyalarini ayta oladi va do'stlari bilan o'rtoqlashadi. Keyinchalik esa ular o'z bilimlarini kengaytirib va o'zi bilgan yondashuvlarni o'zgartiradi. Yo'l-yo'riq ko'rsatadigan murabbiydan ko'ra ko'proq mas'ulyatni o'zlari his qilishga yordam beradi.

Didaktik o'yinlar.

Bu aqliy va jismoniy hamda aralash o'yinlarni tashkil etadi. Bu o'yinlar yordamida o'quvchilarni aqliy-jismoniy va axloqiy-psixologik estetik,badiiy va boshqa ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi, ta'lim tarbiya jarayonida o'quvchilarni ta'lim olish motivlarini shakllantirishda va ularni o'zlari qiziqtirgan sohani aniqlashdan qaysi fanga qobilyati borligini aniqlashda yordam beradi. Didaktik o'yin nazariy, amaliy, jismoniy, ishchanlik ruhida olib boriladi va hozirgi kunda komyuter texnologiyalar asri bo'lgani uchun ularni elektron shaklida yoki jamoa bo'lib dars jaronida qo'lash, o'quvchilarni darsga bo'lgan e'tiborini qaratishda yordam beradi. Aniq fanlarda didaktik o'yinlardan foydalanish ancha samarali bo'lishini ta'minlashimiz uchun har bir mavzuga mos bo'lgan didaktik o'yinlardan foydalanishimiz zarur, shundagina oldimizga qo'ygan maqsadimizga erishishimiz, kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni aniq fanlardagi qobiliyatlarini yanada shaklantirish va qiziqishini oshirishimiz mumkin. Didaktik o'yinlarning asosiy maqsadi aqliy rivojlanishni oshirishga yordam beradi. O'yin o'quvchilarni bilim olishga bo'lgan ishtiyoqini oshirishga va qiziqishlarni uyg'onishiga uchquni hisoblanadi. O'yin kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni fanlarga bo'lgan qobilyatlarini shakllantirishda kattalar, tarbiyachilar, o'qituvchilar va ota-onalar tomon to'g'ri o'yin tanlashda adashmasa bo'lgani. O'yin natijasida o'quvchilarni o'zlashtirsh jarayonini qulaylashtiradi. Turli xil

predmetlar bilan munosabatda bo'lishga, ularni muamala madaniyati shakllantirishda katta yordam beradi. Didaktik o'yinlarning kichik maktab yoshidagi o'quvchilarga tavsiya etiladiganlari uch turga ajartishimiz mumkin .

1. og'zaki.

2. so'zlar yordamida o'ynaladiganlari.

3. o'yin mashg'ulotlari ya'ni, harakatli o'yinlar.

Bu o'yinlarda tashil etish uchun o'yin g'oyasi va o'yin vazifalari aniq bo'lishi muhim ahamiyatga ega bo'ladi. Qoidaning mavjudligi o'yin ta'sirini amalga oshirish va o'yin vazifasini qo'llashda katta yordam beradi. Qoidani bajarish jarayonida o'yin mazmunini amalga oshirishga dunyoqarashini kengayishiga ulkan hissa qo'shadi. Qoidalarga rioya qilish esa muvaffaqiyatga erishishni ta'minlaydi. O'yinga qatnashish jarayonida ijobiy xulq sifatlarini va tashkilotchilik qobilyatlarini shakllantirishda yordam beradi. O'yinda foydalanilgan metallarga qarab ham didaktik o'yinlarni uch turga aratishimiz mumkin;

1. Predmetli o'yinlar.

2. Stol ustidagi o'yinlar.

3. So'zlar vositasidagi o'yinlar.

Oldingi asrlarning 60-yillarda AQSHda, keyinchalik esa G'arb mamlakatlarida bu o'yinlar qo'llana boshlagan. Tadqiqotchilarning fikricha, eng tejamli va samaradorli, o'yinlardan hisoblangan. 1939-yilda A. F. Osborn didaktik o'yinlardan biri bo'lgan "Aqliy hujum" usulini birinchi qo'llagan. Bu usulni g'oyalar banki deb ta'rif bergan, va muamolarni yaratish va ularni yechish uchun.

• Muammoli vaziyat yaratish

• G'oyalarni shaklantirish

• Eng yaxshi g'oyalarni aniqlash,tekshirish va baholash

Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar bilan aniq fanlardan dars va ochiq darslar o'tkazilganda, o'quvchilarning ongini shaklantirishda va qobilyatlarni rivojlantirish maqsadida, asosiy qo'llaniladigan metodlar.

Yuqoridagilarga qo'shimcha holda;

> "Fikriy hujum"

> "Aqliy hujum",

> "Tarmoqlash",

> "Guruhlar bilan ishlash",

> "Blis texnologiyasi"

> "Bumerang"

> "Arra" metodi

> "Yigirma predmet"

> "GoGoMo" metodi (Give One, Get One, Move On)

> "Akvarium" metodi

kabilardan ham foydalanish yaxshi samara beradi.

Aqliy hujum

Bu metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo'llaniladigan metod sanalib, u mashg'ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o'z tasavvurlari va g'oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma'lum ko'nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag batlantiradi. Ushbu metod yordamida

tashkil etilgan mashg'ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug'iladi. "Aqliy hujum" metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma'lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo'lgan g'oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.

Bumerang .

Bumerang metodi:Bunda o'quvchilarni 4 tadan ishtrokchi bo'lgan jamolarga ajratamiz va ortiqcha ishtrokchini esa ekspert qilib olishimiz mumkin.

Keyin o'quvchilarni 1 raqamlab chiqamiz va 1,2,3,4 raqamlari beriladi so'ngra 1-lar bitta jamoa, 2-lar bitta jamoa, 3-lar bitta jamoa, 4-lar bita jamoaga birlashadilar va o'zlari guruhlarga sardor tayinlashadi

Guruh sardorlariga mantiqiy masala beriladi, guruh ishtirokchilariga esa mavzuga oid misol masalar tarqatiladi va qaysi guruh natijalarni tez va to'g'ri taqdim etishiga qarab ekspertimiz tomonidan baholanadi.

"Tarmoqlash".

Bu metod o'qtuvchilar orasida ''klaster'' metodi deb keng tarqalgan. Klaster metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo'lib, u ta'lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq o'ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. «Klaster» metodi aniq ob'ektga yo'naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog'liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta'lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashga xizmat qiladi.

Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg'ulotlarda ushbu metod guruh a'zolari tomonidan bildirilayotgan g'oyalarning majmui tarzida namoyon bo'ladi.

Bu esa guruhning har bir a'zosi tomonidan ilgari surilayotgan g'oyalarni uyg'unlashtirish hamda ular o'rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.

"Blis-so>ov" texnologiyasi.

Maqsadi: ushbu usul orqali talabalarga tarqatilgan qog'ozlarda ko'rsatilgan harakatlar ketma-ketligini avval yakka tartibda mustaqil ravishda belgilash, kichik guruhlarda o'z fikrini boshqalarga o'tkaza olish yoki o'z fikrida qolish, boshqalar bilan hamfikr bo'la olish kabi ko'nikmalarni shakllantirish.

"Fikriy hujum" metodi

Bu metod o'quvchilarning mashgulotlar jarayonida faolliklarini ta'minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag'batlantirish hamda bir xil fikrlashdan ozod etish muayyan mavzu yuzasidan rang-barang g'oyalarni to'plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish, yechish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo'lgan fikrlarni yechishga o'rgatish uchun xizmat qiladi. «Fikriy hujum» metodi. A. F. Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo'lib, uning asosiy tamoyili va sharti mashg'ulot (bahs)ning xar bir ishtirokchisi tomonidan o'rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta'qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag'batlantirishdan iboratdir. Bundan ko'zlangan maqsad ta'lim oluvchilarning mashg'ulot (bahs) jarayonidagi erkin ishtirokini ta'minlashdir. Ta'lim jarayonida ushbu metoddan samarali va muvaffaqiyatli foydalanish o'qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko'lamining kengligiga bog'liq bo'ladi. «Fikriy hujum» metodidan foydalanish chog'ida ta'lim oluvchilarning soni 15 nafardan

oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg'ulot bir soat tashkil etilishi mumkin.

"Bumerang" texnologiyasi

Bu texnologiya o'quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o'rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so'zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha o'quvchi-talabalarni baholay olishga qaratilgan. Maqsad: trening davomida tinglovchilarga tarqatilgan materiallarni ular tomonidan yakka va guruh holatida o'zlashtirib olishlari hamda o'zaro suhbat munozara orqali, turli savollar, tarqatma materiallar va undagi matnlar qay darajada o'zlashtirilganini nazorat qilish. Trening davomida o'quvchi-talabalar tomonidan baho ballarini egallashga imkoniyat yaratish.

Arra metodi

(E. Aronson,1978)

Pedagogik amaliyotda mazkur metodda kichik guruhlar 6-8 ta o'quvchidan tashkil topadi. Dars davomida o'rganiladigan mavzu mantiqan tugallangan qismlarga ajratiladi. Har bir qism yuzasidan o'quvchilar bajarilishi lozim bo'lgan o'quv topshiriqlari tuziladi. Har bir o'quvchilar guruhi mazkur topshiriqlarning bittasini bajaradi va shu qism bo'yicha "mutaxassis"ga aylanadi. So'ngra guruhlar qayta tashkil etiladi. Bu guruhlarda har bir qism (blok yoki modul) «mutaxassis» bo'lishi shart, mazkur «mutaxassis»lar o'zlari egallagan bilimlarni xuddi «arra» tishlari ketma-ket kelganidek navbat bilan o'rtoqlariga bayon qilishadi. Mazkur guruhlarda o'quv materiali mantiqiy ketma-ketlikda qayta ishlab chiqiladi.

1986-yili R. Slavin "Arra" metodini qisman o'zgartirib "Arra-2" metodini yaratdi. Mazkur metodga ko'ra, kichik guruh 4-5 o'quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a'zolari o'quv materiali yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydi. Guruh ichida o'quvchilar topshiriqlarni qismlarga ajratib, bo'lib oladilar. Har bir o'quvchi o'ziga tegishli qismini puxta o'zlashtirib «mutaxasis»ga aylanadi. Dars oxirida har bir kichik guruhdagi «mutaxassis»lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o'tkaziladi.

O'quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda o'tkazilib nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a'zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball to'plagan guruh golib sanaladi.

"Yigirma predmet" metodi

E'tiboringizga yana bir darsni qiziqarli o'tishiga xizmat qiluvchi metodni taqdim etamiz:

20 ta predmetni stol ustiga qo'yiladi. O'quvchilarga bu predmetlar nomini yodlash uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Obyektlar usti mato bilan yopiladi. O'quvchilardan yodlab qolgan obyekt (so'z, son) larini yozib berishlari iltimos qilinadi.

Metoddan foydalanishda o'quv moduli yoki muyyan mavzu, bob, bo'limlarga bog'liq termin yoki obyektlardan foydalanish mumkin.

GoGoMo metodi (Give One, Get One, Move On)

O'quvchilardan muayyan mavzu/masalaga doir o'zining uchta g'oya/fikrini daftar/varaqqa yozishni so'rang.

Keyin har bir o'quvchi boshqa bir o'quvchining yoniga borib, sherigidan bitta fikr oladi, o'zi ham unga bitta g'oya-fikr beradi. O'zaro fikr-g'oya almashgach, keyingi o'quvchiga o'tadi va hokazo.

Bunda o'quvchilar orasida hamkorlikda (community) va hamjihatlikda (networking) hosil bo'ladi. Birorta o'quvchi chetda qolmaydi. Va eng muhimi o'quvchilarning "Think-Pair-Share" (O'yla-birga ishla-bo'lish) texnikasi asosida interfaol rivojlanishi uchun sharoit yuzaga keladi. Bu asosan

3-4-sinflarda ko'proq foyda berishimi mumkin.

"Akvarium" metodi

Akvarium - bu rolli o'yin bo'lib, unda 2-3 kishi qatnashadi, qolganlari esa kuzatuvchi vazifasini bajaradi, bu esa ba'zilarga vaziyatda "yashash", boshqalarga esa vaziyatni tashqaridan tahlil qilish imkonini beradi.

Sinfdan uch o'quvchi ajratib olinib, ular xona o'rtasidagi stol atrofida o'tirishadi(bu uch nafar o'quvchini akvariumdagi baliqlar deb tasavvur qilamiz). Ulardan mavzu bo'yicha oldindan qo'yilgan muammoni 10 daqiqa atrofida birgalikda muhokama qilishlari so'raladi, qolgan o'quvchilar akvariumdagi baliqlarni kuzatgandek xona o'rtasida topshiriq bajarayotgan uch nafar o'quvchining fikrlarini diqqat bilan eshitishadi va ularning javoblarini har bir kuzatuvchi o'quvchi "to'g'ri"/ "noto'g'ri" ga ajratib borishadi. So'ngra javoblar muhokamasi o'tkaziladi va barcha javoblar taqqoslanib, agar akvarium baliqlari rolidagi o'quvchilar yetarli javobni taqdim etmagan bo'lsalar, o'z o'rinlarini kuchli fikr bildirgan kuzatuvchi o'quvchilarga ajratib berishadi. Har bir muammo yuzasidan bildirilgan fikrlar o'qituvchi tomonidan umumlashtiriladi va xulosa qilinadi.

Eslatma: "Akvarium" ishtirokchilari vaziyatni shunchalik baland muhokama qilishlari kerak-ki, qolganlar hamma narsani eshitsin! (baqirmasdan) Bu usul uyatchanlikni yengish, o'z nuqtai nazarini omma oldida ifoda etish qobiliyatini ham rivojlantiradi.

MUHOKAMA

Bilishga qiziqish - bu o'quvchilarni o'qishga qiziqishini oshiruvchi motivlarni shakllantirishdir. Bilishga qiziqish hatto bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilarda ham samarali ishlashga ham yordam beradi. To'g'ri tashkil etilgan pedagagik dars jarayoni, o'quv faoyatini, tarbiyaviy faoliyat tizimli va muntazam tashkil etish, bilishga qiziqish o'quvchini o'quvchini shaxsini asosiy sifatlarni biriga aylanadi va uning rivojlanishiga kuchli ta'sir kursatadini bilishga qiziqishni oshirishda Abu Rayhon Beruniy shunday degan. ''Qadimiy xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarida " Maqsad gapni cho'zish emas ,balki o'quvchini zeriktimaslik, chunki doimo bir xil narsaga qarayverish malollik va sabrsizlikka olib keladi. O'quvchilar fandan fanga o'tib tursa ,turli bog'largayurganga o'xshaydi. Birini ko'rib ulgurmasdan boshqasi boshlanadi va u kishi har bir narsada o'ziga yarasha lazzat bor deganidek, ularni ko'rishni, bilishni va ko'zdan kechirishni istaydi. Bir xil narsa charchatadi va xotiraga malol keltiradi" degan edi. Bizga ma'lumot rang-barang taqdim etilganda samarali o'rganamiz. Biz hammamiz ma'lumotlar turli xil ko'rinishli bo'lganda, ular turli xil axborot vositalari orqali yetkazilganda o'rgana olamiz. O'qitish vositasi sifatida animatsiyalar va turli dars ishlanmalaridan foydalaning, mavzularga hissiyotlarni jalb qiling.

Italiyalik o'qituvchi Mariya Montessori bolalarga o'rganayotgan narsalarini ko'rish, teginish, eshitish, hidlash yoki tatib ko'rish imkoniyatini berish qanchalik kuchli ekanligini namoyish etdi. U sezgi idrokini kuchaytirish va bolaga hurmat bilan bola diqqatini uzoq vaqt ushlab turishga erishgan. Hozirgi kunda har bir o'quvchi bilan ishlash har bir o'quvchiga 45 minutli dars davomida e'tibor berishga harakat qilamiz . Shu jumladan, o'qituvchining o'zi harakat qilgan holatda darsga bo'lgan qiziqishini oshirolmaydi,O'qituvchilar, albatta, ota-onalar bilan birgalikda hamkorlikda ishlash, o'quchining eng avvalo uning yaxshi bilim olishiga va darsga, aniq fanlarga bo'lgan qiziqishlarni oshirishga yordam berish qaysidir ma'noda zarur. Ayni o'quvchining yoki o'z farzandining meni shakllanayotgan paytda ularni urishish yoki bir narsani qayta-qayta so'ragan paytdida yana shu savolmi deb, ularni savollariga to'liq va aniq javob berilsa bola shu savolning javobini ongida qandaydir shakllantira olsa, bola qaytib savol bermaydi, yoki aksincha bo'lsa, javob bolani qoniqtirmasa, savolni qayta berishga majbur bo'ladi. TIMSS kabi xalqaro ta'lim dasturlarida o'quvchilarning matematik savodxonligi bilan bir qatorda o'qib tushunish ko'nikmasini shakllantirish masalasi asosiy talablardan biri sifatida aks etgan. Chunki insonning o'zi o'qigan matnning mazmunini tushunmasligi uning fikrsizligiga olib keladi va bu o'rinda unda mustaqil fikrning shakllanishi murakkab kechishini ta'kidlash lozim. Shu jihatdan o'qish o'quv fani vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmasini shakllantirishda quyidagilarga e'tibor berish kutilgan samarani beradi:

❖ o'quvchilarni tez o'qishga ko'niktirish;

❖ o'quvchilarni ifodali o'qishga o'rgatish;

❖ o'quvchilarda mazmunli o'qish ko'nikmasini tarkib toptirish. XULOSA

O'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishlarni asosan yuqorida aytilgan metodlardan foyddalangan holatda yoki bo'lmasa, o'qituvchining o'zi tomonidan yartilgan metod yordamida, u turfa rangli, ajib suratli bo'lib bolani o'ziga jalb qila olsa, o'qituvchi oldiga qo'ygan maqsadiga, ya'ni o'quvchini darsga bo'lgan qziqishini oshira oladi va o'qituvchi keyingi darslarga o'zi ham tayyor darslikdagi mavzuni o'rganib kelishi mumkin. Har doim bir xil dars o'tish jarayonidan bola zerikadi. Bu holatga kelmasligi uchun o'qituvchi o'zi ustida ishlashi va metodlarni almashtirishi lozim va o'qtuvchini qiziqishiga qarab ularni sunfdan tashqari ishlarga jalb qilish lozim. Aniq fanlarga qiziqadigan o'quvchilar bor. Hamma o'quvchilar ham dasrga qiziqmaydigan dangasa deyolmaymiz, faqat ularni to'g'ri yo'naltirishga bog'liq. Har bir o'quvchini o'z qobilyatiga qarab shaklantira olsak, darsning maqsadiga erishishimiz bilan bir qatorda ularni kelajakda yaxshi kasb tanlashida, jamiyatda o'z o'rnini topishiga katta hissa qo'shgan bo'lamiz. Hozirga davrga kelib zamonaviy pedagoglar tomonidan tayyor mazmun va qoidalarlarga ega bo'lgan ko'pgina metodlar yaratilmoqda va o'yinlar yaratilmoqda. O'quvchini shaxsining ma'lum sifatlarini shaklantirishda yordam beradigan o'yinlar aniq qoidalarga asoslangan bo'ladi. Tayyor qoida va mazmunga ega bo'lgan o'yinlarning xususiyatlari o'yin qoidasi va vazifasi o'yin sifatida amalga oshirish lozim. O'quvchilar uchun yangi bo'lgan, hali o'rganilmagan ma'lumotlardan hayratlanish hissi paydo bo'ladi. Hayratlanish esa o'quvchilarning bilim olishga qiziqishini oshirishdagi muhim omil hisoblanadi va bilim olishiga intiladi. bu esa o'quvchilar dunyo haqidagi yangi bilimlarni olishga yordam beradi. O'quvchilarni bilim olishga qiziqishini tarbiyalashda o'qituvchi o'z bilimlarini uzluksiz yangilashini va o'z ustida ishlashini talab qiladi.

Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar qiyinchilik duch kelishgan tushkunlikka tushadi va beporva, harakatchanlikni yo'qotishadi. Lekin hozirgi rivojlanish davrda har bir o'quvchi rivojlanishga ehtiyojman bo'lishadi. Bola kichiklikda ularni rag'batlantirish ularni o'qishga

bo'lgan qiziqishini oshirshga yordam beradi. Hatto eng kichik mavaffaqiyatni rag'batlantirish ularning mas'ulayt hissini uyg'otadi. Ularni har bir mavaffaqiytini rag'batlantirish lozim va ular nima qilayotganini nima uchun harakat qiloyotgani tushunishi kerak. O'z harakatlarini rejalashtirish va boshqarishidani qat'iyligini shaklanishga yordam berishimiz kerak. 8-9-yoshdagi o'quvchilarni miyyasi tanqidni , bu noto'g'ri javob va bu xato degan javoblarni qabul qilmaydi, faqat 12-13-yoshadagina xato va xatolar haqidagi xabarlarga o'zlarini munosabatni bildira boshlaydi va qilgan xatolardan saboq ola boshlaydi. Ularga harakatlarni salbiy emas balki ijobiy fikr bildirishimiz kerak va ularga qanchalik ta'sir ko'rsatishini ko'rishimiz ularni yanada rivojlanishga hissa qo'shimiz mumkin. Bolalarni eplay olamanmi yoki eplay olmasam nima bo'lishi haqida ko'p o'ylashi, natijasi ular o'zlari o'ylagan ishlarni amalga oshirolmaydilar va oddiy muamolarga jiddiy qarashadi. Ijobiylik natijasi esa ular o'ylab o'tirmay muamoni osonlikcha yengadi va g'aroyib fikrlar paydo bo'la boshlaydi, samarali rejalar tuza boshlaydi.

REFERENCES

1. Umarova Gulhayo Murodiljonovna. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarni o'qishga bo'lgan qiziqishini oshiruvchi texnologiyalar // American Journal of Interdisciplinary Research and Development. Volume 09, Oct. , 2022. рр. 210-224.

2. Gulhayo Umarova Murodiljanovna, Zulayho Jabborova Mansur qizi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda o'qishga bo'lgan qiziqishini oshirish // "Ustozlar uchun" fidoyi va jonkuyar pedagoglar jurnali. 34-son, 1-to'plam, dekabr, 2022. 8-12 b.

3. Gulhayo Umarova Murodiljanovna, D. O. Ximmataliyev. O'smirlarda vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishning usullari va vositalari // "Ustozlar uchun" fidoyi va jonkuyar pedagoglar jurnali. 34-son, 1-to'plam, dekabr, 2022. 13-23 b.

4. Umarova Gulhayo Murodiljanovna. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda o'qishga bo'lgan qiziqishni klasterli yondashuv asosida rivojlantirish // "Pedagogs" international research journal. Volume-21, Issue-2, November, 2022. Pp. 7-10.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.