Научная статья на тему 'ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ'

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
96
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
УРОК / ОБРАЗОВАНИЕ / УЧИТЕЛЬ / УЧЕНИК / ИНТЕРАКТИВНЫЙ МЕТОД

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Мирзоева Нафиса Шириновна, Бокиева Махбуба Хакимовна

В статье приведена информация об использовании интерактивных методов в начальных классах.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ»

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2019. № 6-5(93)

УДК 002:001.4

Н.Ш. Мирзоева, М.ХБокиева

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ

В статье приведена информация об использовании интерактивных методов в начальных классах.

Ключевые слова: урок, образование, учитель, ученик, интерактивный метод.

Boshlang'ich sinflarda o'tiladigan ona tili, matematika, o'qish, odobnoma, tabiatshunoslik darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. Negaki ularning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshlang'ich ta'lim darslariga o'quvchilar qiziqi-shini oshirishga alohida e'tibor berish lozim. Chunki bolalar boshlang'ich sinflardanoq «dars» degan muqaddas so'zdan bezib qolmasliklari lozim. Bugungi kunda o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishlarini oshirish uchun tajribali o'qituvchilar turli didaktik o'yinlardan foydalanishmoqda.

Interfaol metod - ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o'zaro harakati ta'sir ostida bilimlarni o'zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlanishiga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo'llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari-norasmiy bahs- munozaralar o'tkazish, o'quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o'qish, o'rganish, seminarlar o'tkazish, o'quvchilarni tashabbus ko'rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalarda iborat. I nterfaollik, bu -o'zaro ikki kishi faolligi, ya'ni, bundan o'quv- biluv jarayoni o'zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki o'qituvchi - o'quvchilarning o'zaro muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik - o'zaro faollik, harakat, ta'sirchanlik, o'quvchi - o'qituvchi, o'quvchi - o'quvchi suhbatlarida sodir bo'ladi. Interfaol metodlarn-ing bosh maqsadi - o'quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o'quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratish. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o'quvchi chetda qolmay, eshitgan, o'qigan, ko'rgan bilgan fikr mulohazala-rini ochiq oydin bildirish imkoniyatlariga ega bo'ladilar. O'zaro fikr almashish jarayoni hosil bo'ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o'zaro do'stona munosabatlar shakllanadi. Interfaol ta'lim o'z xususiyatiga ko'ra didaktik o'yinlar orqali evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat - dars jarayonini loyihalash orqali muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali kreativ-ijodkorlik asosida axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o'z ichiga oladi. Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta'lim o'z navbatida kompyuter dasturlari yordamida o'qitish, masofadan o'qitish, internet tarmoqlari asosida o'qitish, media-ta'lim metodlaridan iborat. Boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning yosh hususiyatlari, savodxonlik dara-jalari, shaxsiy tabiatlariga ko'ra didaktik o'yinlar orqali evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo'llanilmoqda. Agar o'qitish jarayonida har bir o'quvchi o'zining o'zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta'minlagan bo'lar edi. Bunday holatni faqat tabaqalashtirgan ta'lim orqaligina amalga oshirish mumkin.

Endi ta'lim jarayonlarini didaktik o'yinlar orqali amalga oshirish haqida fikr yuritamiz: Interfaol o'yinli metodlar o'quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o'quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Interfaol o'yinlarning asosiy turlari: intellekual (aqlli) va harakatli hamda aralash o'yinlardan iborat. Bular o'quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma'naviy, ma'rifiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, bunyodkorlik, mehnat, kasbiy ko'nikmalarni rivojlanishiga yordam beradi . Bu metod o'quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o'ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikga yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof -muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to'siqlarni qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantiradi. Ta'lim-tarbiya jarayonida asosan o'quvchilarda ta'lim olish motivlarini, ularni turi yo'lanishlardagi qobiliyat va qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko'rsatadigan, interfaollikka asoslangan didaktik o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Interfaol o'yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo'nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o'quvchilarda tahlil qilish, hisoblash, o'lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qaabul qilish, guruh yoki mustaqil jamoa tarkibida ishlash, nutq o'stirish, til o'rgatish yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi. Umumiy o'yinlar nazariyasiga ko'ra, mavjud barcha o'yin turlarini tasniflashga ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik , sport va harbiy o'yinlarga ajratiladi. Interfaol o'yin turlarini tanlashda quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi

© Мирзоева Н.Ш., Бокиева М.Х., 2019.

Вестник магистратуры. 2019. № 6-5(93)

ISSN 2223-4047

natijalar beradi: ishtirokchilarni tarkibi bo'yicha, ya'ni o'g'il bolalar, qiz bolalar yoki arlash guruhlar uchun o'yin-lar; ishtirokchilarning soni bo'yicha -yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflararo va om-maviy tarzdagi o'yinlar; o'yin jarayoni bo'yicha fikrlash, o'ylash, topag'onlik, harakatlarga asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo'naltirilgan; vaqt me'yori bo'yicha -dars, mashg'ulot vaqtining reja bo'yicha ajratilgan qismi, o'yin maqsadiga erishguncha, g'oliblar aniqlanguncha davom etadigan o'yinlar.

Bularning bari o'quvchilarga fanlararo bog'liqlikni o'rgatish orqali ularda olam tuzilishini ilmiy asoslarini to'liq idrok etish va ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. R.J. Ishmuhammedov "Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari". Toshkent 2009 yil

МИРЗОЕВА НАФИСА ШИРИНОВНА - преподаватель, 32 школа Ромитанского района Бухарской области, Узбекистан.

БОКИЕВА МАХБУБА ХАКИМОВНА - преподаватель, 32 школа Ромитанского района Бухарской области, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.