Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH TA’LIMDA INGLIZ TILINI O‘RGANISHNING AMALIY AHAMIYATI'

BOSHLANGʻICH TA’LIMDA INGLIZ TILINI O‘RGANISHNING AMALIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshlang'ich ta'lim / ingliz tili / o'rganish va o'zlashtirish / amaliyot va ahamiyat / zaruriyat va natija.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sevinch Elyor Qizi Baxtiyorova

Maqolada mamlakatimizda boshlang'ich ta‟limda ingliz tilini o'rganishning amaliy ahamiyati va bu masalaning jamiyat msiqyosidagi zaruriyati masalalari to'g'risida fikr yuritilgan hamda muallifning yondashuvlari taqdim etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH TA’LIMDA INGLIZ TILINI O‘RGANISHNING AMALIY AHAMIYATI»

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA INGLIZ TILINI O'RGANISHNING AMALIY

AHAMIYATI

Sevinch Elyor qizi Baxtiyorova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyoti ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada mamlakatimizda boshlang'ich ta'limda ingliz tilini o'rganishning amaliy ahamiyati va bu masalaning jamiyat msiqyosidagi zaruriyati masalalari to'g'risida fikr yuritilgan hamda muallifning yondashuvlari taqdim etilgan.

Kalit so'zlar: Boshlang'ich ta'lim, ingliz tili, o'rganish va o'zlashtirish, amaliyot va ahamiyat, zaruriyat va natija.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается практическая значимость изучения английского языка в системе начального образования в нашей стране и необходимость этого вопроса в обществе, а также представлен авторский подход.

Ключевые слова: Начальное образование, английский язык, обучение и освоение, действие и значение, необходимость и результат.

ABSTRACT

The article discusses the practical importance of learning English in primary education in our country and the necessity of this issue in society, and the author's approach is presented.

Keywords: Primary education, English language, learning and mastering, operation and importance, necessity and result.

"O'zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab - quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi"da 2024 yil davomida mamlakatimizda boshlang'ich ta'limda yangi o'zgarishlar va o'zlashtirishdlar ko'rsatkichlarini yuksaltirish, erishilgan natijalarini baholash natijasida boshlang'ich ta'limning sifat rivojini aniqlash vazifalari qo'yilgan[1]. Shu jihatdan mazkur vazifalarning ijrosi jarayonida mamlakatimizda boshlang'ich ta'limning keyingi 7 yil davomida erishgan yutuqlarini baholash, xulosalar chiqarish va istiqbolli aniq yo'nalishlarni belgilab olish muhim o'rin tutadi. Bunda boshlang'ich ta'lim jarayonida tarkib topgan yangi tajribalarni idrok etish ham muhim ahamiyatga egadir. Shu ma'noda bu o'rinda e'tiboringizni mamlakatimiz boshlang'ich ta'limida ingliz tilini o'rganishning amaliy ahamiyati masalasi taxliliga tortamiz.

27-mart, 2024

399

Til savodxonligining tarkib topishi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2020-2021 o'quv yilidan boshlab mamlakatimiz boshlang'ich sinflarida xorijiy tilldarni kuchaytirilgan tarzda o'qitish va bevosita Ingliz tilini o'qitish bo'yicha yangi metodikaga asosan ta'lim jarayoni yo'lga qo'yildi. Buning natijasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ona tili vositasida xorijiy tillarni o'zlashtirish savodxonligi tarkib topishi yuz berdi. Shu jihatdan boshlang'ich ta'limda ingliz tilini o'rganishning muhim amaliy ahamiyatidan biri quyidagilar bilan belgilanadi:

1) boshlang'ich sinf o'quuvvchilarining Ona tili vositasida ingliz tilini o'qitish jarayoniga olib kirish va ularning xorijiy til bo'yicha ko'nikmalarini barvaqt shakllantirish;

2) boshlang'ich sinf o'quvchilarining ingliz tili vositasida til savodxonligini tarkib toptirish va kuchaytirish hamda ularning xorijiy tilda yozish, so'zlash va o'qish ko'nikmalarini shakllantirishning eng muhim bosqichini amalga oshirish;

3) boshlang'ich sinf o'quvchilarining xorijiy til savodxonligi vositasida ta'limiy va tarbiyaviy faoliyatini kuchaytirish hamda ularni hozirgi zamon talablari asosida ijtimoiy yo'naltirishga erishish.

Mazkur natijalar boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o'qitishning muhim asoslarga ega ekanligini ko'rsatadi. Eslatib o'tish joizki, bugungi kunda butun dunyoda shaxsning barkamollik mezonlaridan biri til savodxonligiga ega bo'lishdir[2]. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilari mamlakatimizda Ona tili va xorijiy, jumladan, Ingliz tilini o'rganish vositasida til savodxonligining milliy hamda umuminsoniy asoslari mujassam bo'lgan ko'nikmalarini o'zlashtirayotganligi boshlang'ich ta'limning bugungi kundagi eng muhim yutuqlaridan biridir.

Til o'rganish layoqatini rivojlantirishning boshlanishi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari Ona tilini o'rganishni butun faoliyati davomida ta'lim va hayot vositasida amalga oshiradi. Ayni paytda, boshlang'ich sinf o'quvchilarining xorijiy tillarni o'rganish layoqatini rivojlantirish mamlakatimizda boshlang'ich sinflardan boshlanayotganligi muhim pedagogik ahamiyatga egadir. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilarining Ingliz tilini o'rganishi vositasida ularning quyidagi layoqati shakllarini rivojlantirishni boshlab bermoqda:

1) ingliz tilida so'zlashuvni o'rganish va bu bilan har qanday sharoit va vaziyatlarda xorijiy kishilar bilan muloqotga kirisha olish ko'nikmasini egallash;

2) ingliz tiliga xos bo'lgan yozish, imlo ustida ishlash va talaffuzni yozuvda aks ettirish kabi ko'nikmalar vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining xorijiy tilni o'rganish layoqatini tizimli rivojlantirish asoslari boshlab berilishi;

3) tabiiy layoqatga ega bo'lgan boshlang'ich sinf o'quvchilarining bunday qobiliyatlari o'zga yo'nalishlar qatorida ingliz tilini o'rganishga yo'naltirilganligi bil an ularning zamonaviy jamiyat extiyojlariga mos voyaga yetishining amaliy asoslari yo'lga qo'yilganligi;

27-mart, 2024

400

4) boshlang'ich sinf o'quvvchilarining xorijiy tillarni o'rganish vositasida dunyoqarashi, muomala asoslari va hayotga tayyorgarlik ko'nikmalarini keng ko'lamli yo'lga qo'yilganligi bilan amaliy kasb etishi.

Shu ma'noda boshlang'ich ta'limda Ingliz tilini o'qitishning boshlanganligi muayyan ma'noda boshlang'ich sinf o'quvchilarining til o'rganish layoqatini maqsadli rivojlantirish asoslari belgilanganligi bilan muhim o'rin tutadi.

O'quvchilarning ijtimoiylashuvi. Boshlang'ich ta'limda barcha fanlar qatorida Ingliz tilini o'qitishning maxsus yo'lga qo'yilganligi boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijtimoiylashuvini kuchaytirganligini ta'kidlab o'tish lozim. Shu jihatdan bu borada quyidagilarni eslatib o'tish maqsadga muvofiqdir:

1) ingliz tilini o'rganish jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilari mazkur til egalari bo'lgan ingliz xalqining qadriyatlari va urf-odatlari bilan tanishish jarayonida o'zga xalqlarning madaniyatidan xabardor bo'lish ko'nikmasini egallamoqda;

2) ingliz tilini o'rganish xususiyatlari boshlang'ich sinf o'quvchilarida dunyoviylik xislatlarini va dunyodagi tengdoshlari hayoti bilan qiziquvchanlik xarakatlarini tarkib topganligini ta'kidlash lozim;

3) mazkur tilni o'rganish jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'zga xalqlarga bo'lgan xurmat va o'z xalqining do'stparvarligi bilan sevilish kabi fazilatlarni o'zlashtirayotganligi;

4) axborot makonidagi taqdim qilinayotgan ma'lumotlarni ingliz tilida o'qish va qabul qilish vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarida dunyoviy fikrlash ko'nitkmasining tarkib topib borayotganligi;

5) til bilish - dunyoqarashni kengaytiradi tamoyiliga asosan boshlang'ich sinf o'quvchilarining qarashlari, his-tuyg'ulari va munosabatlari zamonaviy darajada shakllanayotganligi.

Bularning barchasi Ingliz tilini o'rganish jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarining kutilgan darajada ijtimoiydlashuvini yuzaga keltirganligini alohida eslatib o'tish joiz.

E'tibor berilsa, boshlang'ich ta'limda ingliz tilini o'rshganishning amaliy ahamiyati shaxsni rivojlantirish, pedagogik va ijtimoiy jihatlardan muhim imkoniyatlarni berishi bilan va berayotganligi asosida belgilanadi.

Kezi kelganda eslatib o'tish joizki, mamlakatimiz va xorijiy pedagog olimlarning ko'pchiligi boshlang'ich ta'lim jarayonida xorijiy tillarni nisbatan chuqurlashtirilgan tarzda o'qitish shaxsning tarbiyasida qanday ta'sirga ega bo'lishi masalasini muntazam o'rganib borayotganligi muhim ahamiyatga egadir[3]. Shu jihatd an mazkur masalada mamlakatimizda boshlang'ich sinflardayoq Ingliz tilini o'rganishning qisqa muddatli tajribasi shuni ko'rsatmoqdaki, agar xorijiy tilni o'rganish jarayoni to'g'ri va maqsadli tashkil etilsa, u ijtimoiy va pedagogik jihatdan kutilgan samarani beradi. Buning dalili sifatida mamlakatimiz boshlang'ich ta'lim jarayonida amalga oshirilayotgan Ingliz tilini

27-mart, 2024

401

o'qitish metodikasini va tizimini ko'rsatib o'tish mumkin. Ayni paytda, boshlang'ich ta'limda xorijiy tillarni o'qitishning metodika va texnologiyalari muntazam yengillashtirilib va takomillashtirilib borilmasa, boshlang'ich sinf o'quvchilarining til savodxonligi ko'nikmasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Chunki bunda xorijiy tillarga xos bo'lgan talaffuz va grammatik qoidalar boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun murakkablikni keltirib chiqaradi. Shu sababli bizning yondashuvimizga ko'ra, mamlakatimizda tarkib topgan Ona tilini o'qitish metodikasi yutuqlari asosida boshlang'ich sinflarda Ingliz tilini o'qitish jarayonining yo'lga qo'yilganligi muhim pedagogik hodisadir.

Shunday qilib bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy pedagogikaning ustuvor masalalarini idrok etish muhim amaliy ahamiyatga egadir. Bunda boshlang'ich ta'limda ingliz tilini o'qitishning amaliy ahamiyati va uning samaradorligi zamonaviy pedagogikaning mamlakatimizdagi ustuvor masalalaridan biri sifatida tarkib topganligini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Biz yoshlar mazkur masalani keng ko'lamli o'rganib borishimiz va ilmiy ishlanmalarni yuzaga keltirishimiz maqsadga muvofiq bo' ladi.

REFERENCES

1. "O'zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab - quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi". // www.lex.uz

2. Методика языковой грамотности: проблемы и опыты. Сборник. - Санкт-Петербург, 2022

3. Бордовская Н., Реан А. Педагогика. - Санкт-Петербург, 2001

4. Садикова, Ш. О. (2023). ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТГА ТАЙЁРЛАШ ЖАРАЁНИДА МАЪНАВИЙ МАСЪУЛИЯТНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Academic research in educational sciences, 5(NUU Conference 2), 605-609.

5. Садикова, Ш. О. (2022). ПЕДАГОГИК АМАЛИЁТ-ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТГА ТАЙЁРЛАШНИНГ МУХДМ ШАКЛИ. International Academic Research Journal Impact Factor, 7(1), 1.

6. Садикова, Ш. (2023). ПЕДАГОГИКФАОЛИЯТГАТАЙЁРЛАШНИНГТАШКИЛИЙ-МЕТОДИКАСОСЛАРИ. Scientific Impulse, 1(6), 1700-1703.

7. Содицов, У. Ж. (2021). ЯНГИ УЗБЕКИСТОН ШАРОИТИДА ПЕДАГОГИКА ФАНИНИНГ ТАРА^ИЁТИ ВА ИННОВАЦИЯЛАР. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 41-47.

402

И 27-mart, 2024 Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.