Научная статья на тему 'BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHNING AMALIY TIZIMI'

BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHNING AMALIY TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bo'lajak / ingliz tili / o'qituvchi / amaliyot / tizim / yondashuv / zamonaviylik / tajriba.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sevara Elyor Qizi Baxtiyorova

Maqolada oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarini tayyorlashning mavjud amaliy tizimi to'g'risida fikr yuritilgan va u zamonaviy pedagogikaning ustuvor masalalaridan biri sifatida taqdim etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHNING AMALIY TIZIMI»

BO'LAJAK INGLIZ TILI O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHNING

AMALIY TIZIMI

Sevara Elyor qizi Baxtiyorova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyoti ta'lim yo'nalishi 4 -bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarini tayyorlashning mavjud amaliy tizimi to'g'risida fikr yuritilgan va u zamonaviy pedagogikaning ustuvor masalalaridan biri sifatida taqdim etilgan.

Kalit so'zlar: Bo'lajak, ingliz tili, o'qituvchi, amaliyot, tizim, yondashuv, zamonaviylik, tajriba.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается существующая практическая система подготовки будущих учителей английского языка в процессе высшего педагогического образования и представлена как один из устойчивых вопросов современной педагогики.

Ключевые слова: Будущее, английский язык, преподаватель, операция, система, подход, современность, опыт.

ABSTRACT

The article discusses the existing practical system of training future English language teachers in the process of higher pedagogical education and presents it as one of the stable issues of modern pedagogy.

Keywords: Future, English language, teacher, operation, system, approach, modernity, experience.

"0'zbekiston-2030" strategiyasida barcha yo'nalishlar qatorida bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarini tayyorlashning sifat ko'rsatkichlariga erishish va bunda asosiy e'tiborni o'qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini amaliy jihatdan shakllantirishga qaratish vazifalari qo'yilganligi muhim ahamiyatga egadir[1]. Shu jihatdan keyingi besh yil davomida mamlakatimiz oliy pedagogik ta'lim muassasalarida bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarini tayyorlashning o'ziga xos amaliy tizimi tarkib topganligi va bunday tizim zamonaviy pedagogikaning ustuvor

395

masalalari sifatida e'tirof etilayotganligini ta'kidlash lozim. Shu ma'noda bu o'rinda ana shunday amaliy tizimlardan birining taxliliga e'tiboringizni tortamiz.

O'qitishning 4+2 amaliy tizimi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2021-2022 o'quv yilidan boshlab mamlakatimizda o'qitishning yangi 4+2 tizimi amaliyotga kiritilganligi ma'lum[2]. Mazkur o'qitishning amaliy tizimida bo'lajak ingliz tili o'qituvchilari haftalik 4 kunida auditoriya mashg'ulotlari va qolgan 2 kunida bevosimta ta'lim muassasalarida amaliyot mashg'ulotlarida ishtirok eta boshladi. Buning natijasida mazkur o'qitishning amaliy tizimi quyidagi o'ziga xos xususiyatlarga egaligini namoyon qildi:

1) nazariya va amaliyot uyg'unligi asosida ingliz tili o'qituvchisi kasbiy kompetensiyalarini o' zlashtirish;

2) bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyani o'zlashtirish jarayonida 60 % mustaqil ta'lim olish va 40 % bevosita amaliyotda ishtirok etish tizimi asosida faoliyatga tayyorgarlik asoslariga ega bo'lish;

3) mazkur amaliy tizim vositasida bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarining mustaqil izlanish, o'z ko'nikmalarini rivojlantirish, guruh bo'lib ishlash va o'qitishning individual metodikalarini egallash imkoniyatlarini berish;

4) bu amaliy tizim vositasida bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarining individual tashabbuskorligi asosida qo'shimcha mashg'ulotlar, treninglar va turli amaliy tadbirlarni tashkil etish imkoniyatlariga ega bo'lish.

Buning natijasida bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalari qisqa muddatda shakllanib, o'qish jarayonining keyingi bosqichlarida ularni bevosita amaliyot bilan bog'lagan holda takomillashtirib borish imkoniyatlariga ega bo'lindi. Natijada bitiruvchi ingliz tili o'qituvchilari til o'qitish metodikasi, tarjimonlik ko'nikmalari, pedagogik ijodkorlik malakalari va ta'lim-tarbiyaga doir individual munosabatda bo'lish malakalari bilan qurollanish amaliyotiga ega bo'lganligini alohida eslatib o'tish joiz.

O'qitishning 4+2 amaliy tizimini rivojlantirib borishning ahamiyati. Oliy pedagogik ta'limning mazkur 4+2 amaliy tizimini rivojlantirish vositasida bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini yanada samarali tarkib toptirish va ularni kasbiy faoliyatga tayyorlashning yangi shakllariga ega bo'lish muhim o'rin tutadi. Shu jihatdan o'qitishning amaliy tizimini yanada rivojlantirish asoslari sifatida biz quyidagilarni qayd etishni lozim topamiz:

1) mazkur amaliy tizim vositasida auditoriya mashg'ulotlarining amaliy va mustaqil ta'lim shakllarini rivojlantirishda talabalarning faolligiga asosan ularning kasbiy kompetensiyalarini tarkib toptirishga e'tibor berish;

396

2) auditoriya mashg'ulotlarida imkonqadar elektron-resursli o'quv adabiyotlaridan foydalanishlga asoslanish;

3) auditoriya mashg'ulotlarida ingliz tilini o'qitish bo'yicha xorijiy mamlakatlarning tajribalari bilan talabalarni kengroq tanishtirishni birlamchi bilish;

4) ushbu amaliy tizimning bevosita ta'lim muassasalaridagi amaliyoti davrida talabalarning Ingliz tili fani bo'yicha mashg'ulotlar olib borish ko'lamini kengaytirish, bunday mashg'ulotlarda talabalarning mustaqil ta'lim berish xususiyatlariga e'tibor berib borish;

5) haftalik amaliyot davrida talabalarning Ingliz tili o'quv fani mavzulari bo'yicha ko'rgazmali jihozlar, audio va video materiallar tayyorlashga yo'naltirish hamda ularning muntazam taqdimotlarini o'tkazib borishni yo'lga qo'yish;

6) ushbu amaliy tizim natijalari bo'yicha har bir o'quv yili oxirida har bir kursning o'zlashtirish kollekviumini tashkil qilish va amalga oshirish.

Mazkur tashkiliy tadbirdlar vositasida 4+2 amaliy o'qitish tizimining imkoniyatlaridan foydalanish bevosita kasbiy kompetensiyani kutilgan darajada tarkib toptirish bilan uyg'unlikda kechadi. Buning natijasida bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarining ingliz tilini o'qitish bo'yicha individuadl metodikasi, tarjimonlik ko'nikmasi yoki ijodkorlik malakasini rivojlantirishga erishiladi.

O'qitishning 4+2 amaliy tizimi istiqboli. Mazkur amaliy tizim vositasi asosida ta'lim olgan talaba sifatida menda ba'zi bir individual fikrlar paydo bo'lganligini eslatib o'tmoqchiman. Chunki o'qitishning ushbu amaliy tizimi talabalarga mustaqil xarakat qilish, mustaqil o'qib-o'rganish, bilmaganlarini izlash va muammolarni tegishli o'quv adabiyotlari vositasida yechish bo'yicha keng imkoniyatlar taqdim etganligini ta'kidlab o'tmoqchiman. Shu jihatdan o'qitishning 4+2 amaliy tizimi istiqboli mening nazarimda quyidagi yo'nalishlar bilan bog'liqdir:

1) oliy pedagogik ta'lim muassasalari va ularga biriktirilgan ta'lim muassasalarining hamkorligida mazkur o'quv tizimining nazariy va amaliy mashg'ulotlarini birgalikda tashkil qilish istiqbolli yo'nalishi;

2) oliy pedagogik ta'lim muassasalarining ingliz tili ta'lim yo'nalishi bo'yicha talabalarining haftalik pedagogik amaliyotlarini ta'lim muassasalaridan tashqari, tarjimonlik yoki ijodkorlik kompetensiyalarini kutilgan darajada shakllantirishga asos bo'luvchi sayyohlik markazlari hamda ilmiy-ijodiy tashkilotlarda tashkil qilish istiqbolli yo'nalishi;

3) ushbu o'qitishning amaliy tizimida bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarining ilmiy faoliyat ko'nikmasini tarkib toptirishga alohida e'tibor berish va ularni kelgusida bevosita oliy pedagogik ta'lim muassasalari bilan o'qitishning zamonaviy texnologiyalari bo'yicha hamkorliklarini yo'lga qo'yish istiqbolli yo'nalishi;

397

4) bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarining qiziqishlari, layoqatlari va ko'nikmalariga asosan ushbu o'qitishning amaliy tizimida qo'shma ta'lim shakllari, amaliy to'garaklar hamda treninglar markazlari kabilarni tashkil etish istiqbolli yo'nalishi.

Bizningcha, mazkur istiqbolli yo'nalishlar asosida 4+2 o'qitishning amaliy tizimini yanada rivojlantirish va u asosda bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini yanada chuqurlashtirish imkoniyatlariga ega bo'linadi.

Shunday qilib o'qitishning 4+2 amaliy tizimi zamonaviy milliy Pedagogikamizning ustuvor masalalari tarkibida muhim o'rin tutadi. Mazkur o'qitishning amaliy tizimini keng ommalashtirish va targ'ibot qilish maqsadga muvofiq bo'ladi.

REFERENCES

1. "O'zbekiston-2030" strategiyasi. // www.ziyonet.uz

2. Jabborova O., Umarova Z. Boshlang'ich ta'limda diagnostika. Monografiya. -Toshkent, 2023

3. Бордовская Н., Реан А. Педагогика. - Санкт-Петербург, 2001

4. Содиков, У. Ж. (2019). ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НАВЫКОВ И ЗНАНИЙ МАТЕМАТИЧЕСКОГО МОДЕЛИРОВАНИЯ У УЧАЩИХСЯ ПРИ РЕШЕНИИ ПРАКТИКО-ПРИКЛАДНЫХ ЗАДАЧ. ПРОФЕССИОНАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ КУЛЬТУРА УЧИТЕЛЯ И ПРЕПОДАВАТЕЛЯ: СОДЕРЖАНИЕ, МОДЕЛИ И ТЕХНОЛОГИИ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ, 143.

5. Содиков, У. Ж. (2021). ЯНГИ УЗБЕКИСТОН ШАРОИТИДА ПЕДАГОГИКА ФАНИНИНГ ТАРАККИЁТИ ВА ИННОВАЦИЯЛАР. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 41-47.

6. Садикова, Ш. О. (2022). ПЕДАГОГИК АМАЛИЁТ -ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТГА ТАЙЁРЛАШНИНГ МУХДМ ШАКЛИ. International Academic Research Journal Impact Factor, 7(1), 1.

7. Садикова, Ш. О. (2023). ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТГА ТАЙЁРЛАШ ЖАРАЁНИДА МАЪНАВИЙ МАСЪУЛИЯТНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. Academic research in educational sciences, 5(NUU Conference 2), 605-609.

398

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.