Научная статья на тему 'BO‘LAJAK TARJIMON-O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA KLASTER TIZIMINING O‘RNI'

BO‘LAJAK TARJIMON-O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA KLASTER TIZIMINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‟lim / tarjimon-o„qituvchi / klaster / tizim / yondashuv / mezon / tajriba / ko„nikma.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sevara Elyor Qizi Baxtiyorova

Maqolada bo„lajak tarjimon-o„qituvchilarni tayyorlashda klaster tizimining o„rni to„g„risida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK TARJIMON-O‘QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA KLASTER TIZIMINING O‘RNI»

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

g

BO'LAJAK TARJIMON-O'QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA KLASTER

TIZIMINING O'RNI

Maqolada bo'lajak tarjimon-o'qituvchilarni tayyorlashda klaster tizimining o'rni to'g'risida fikr yuritilgan.

Tayanch tushunchalar: ta'lim, tarjimon-o'qituvchi, klaster, tizim, yondashuv, mezon, tajriba, ko'nikma.

"Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" davlat dasturining ijrosi jarayonida bo'lajak tarjimon-o'qituvchilarni zamonaviy talablar asosida tayyorlash muhim o'rin tutadi [1]. Buning uchun o'qitishning zamonaviy shakllaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu o'rinda e'tiboringizni bo'lajak tarjimon-o'qituvchilarni tayyorlashning klaster tizimi tahliliga tortamiz.

Klaster tizimi mazmuni. Mamlakatimizda Chirchiq davlat pedagogika universitetining tashabbusi bilan o'qitishning klaster tizimi tarkib topdi [2]. Bunga qadar klaster maxsus metod hisoblanar edi. Shu jihatdan klaster tizimi deganda o'qitish jarayoniga ta'lim beruvchi, ta'lim oluvchi, ta'lim manfaatdorlari va ishlab chiqarish jarayoni vakillarining birgalikdagi ishtiroki nazarda tutiladi. Shu sababli keyingi paytlarda mamlakatimizda klaster tizimi bo'yicha ilmiy va metodik tadqiqotlarni amalga oshirish ishlariga alohida e'tibor berilmoqda.

Klaster tizimi vositasida o'qitish jarayonini amalga oshirish eng avvalo amaliy ko'nikmalarni tarkib toptirishga asosiy e'tibor qaratiladi. Chunki klaster tizimi ishtirokchilari asosiy amaliyotchi mutaxassislar hisoblanadi. Shu jihatdan o'qitishning klaster tizimini amaliyotdan nazariyaga shaklida tushunish muhim ahamiyatga ega. Bu borada to'plangan tajribalarni ommalashtirish dolzarb bo'lib turibdi.

Xorijiy mamlakatlardan Rossiya, Germaniya va Fransiya oliy pedagogik ta'lim muassasalarida klaster tizimidan foydalanish bo'yicha o'ziga xos tajriba mavjud [3]. Unga ko'ra, oliy pedagogik ta'lim jarayonida amaliyotchi mutaxassislar o'qitish jarayonida faol ishtirok etadi va o'zlarining tajribasini taqdim qiladi. Buning natijasida bo'lajak mutaxassislarning klaster tizimi bo'yicha nazariy va metodik ko'nikmalari kutilgan darajada shakllanadi. Bunday

Sevara Elyor qizi Baxtiyorova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyot ta'lim yo'nalishi 3 bosqich talabasi baxtiyorovasevinch234@gmail.com

ANNOTATSIYA

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

jort^

¿L

tajribadan milliy pedagogik jarayon talabalariga mos ravishda foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Klaster tizimi asosida ta'lim jarayonini tashkil qilish. Oliy pedagogik ta'lim muassasalarida klaster tizimi asosida ta'lim jarayonini tashkil qilish uchun fanlarni aniq, tabiiy va gumanitar tarkiblarga bo'lish maqadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun oliy pedagogik ta'lim muassasalari mohir amaliy mutaxassislarning ma'lumotlar bankiga ega bo'lishi taqozo etiladi. Bunda hududlardagi oliy pedagogik ta'lim muassasalarining imkoniyatlaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Klaster tizimi asosida o'qitish jarayonini tashkil qilish uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish kutilgan samarani beradi:

1) o'quv fanlarini turkumlashtirish va ularning o'quv materiallarini amaliyotga yo'naltirilgan holda tayyorlash;

2) o'quv jarayoniga amaliyotchi mutaxassislar, psixologlar va ta'limdan manfaatdor ishlab chiqish vakillarining ishtirokini ta'minlash;

3) o'quv jarayonini amaliyotdan nazariyaga tamoyili asosida amalga oshirish;

4) o'quv jarayonida talabalarning faolligini tashkil etish;

5) o'quv materiallarining elektron vriantlarini tayyorlash va ularni talabalarning kompyuter yoki mobil aloqa vositasiga joylashtirish;

6) o'quv jarayonini amaliy monitoring qilib borish.

Bunday yondashuv bo'lajak tarjimon-o'qituvchilarni amaliy tayyorlash imkoniyatlarini beradi.

Kezi kelganda ta'kidlash lozimki, klaster tizimi asosida bo'lajak tarjimon-o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha xorijiy tajribalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Masalan, Rossiya Federatsiyasi oliy pedagogik ta'lim muassasalarida bo'lajak ingliz tili o'qituvchilari elchixonalarda amaliyot o'tashi tajribasi mavjud. Bu amaliyot ularning nutqiy ko'nikmasi, o'zgalar bilan munosabat kompetensiyasi va mustaqil faoliyat malakasini tarkib toptirishda muhim o'rin tutadi. Shu sababli bunday tajribalardan mamlakatimiz oliy pedagogik ta'lim muassasalarida foydalanish maqsadg a muvofiq bo'ladi. Chunki bo'lajak tarjimon-o'qituvchilarning eng avvalo nutqiy ko'nikmasi va mustaqil faoliyat kompetensiyasini tarkib toptirish muhim amaliy ahamiyatga ega. Bunda klaster tizimining imkoniyatlaridan foydalanish muhim o'rin tutadi. Bizning yondashuvimizga ko'ra, klaster tizimi bo'lajak tarjimon-o'qituvchilarni tayyorlashda keng imkoniyatlarni berishi bilan oliy pedagogik ta'lim jarayonini kuchaytiradi, o'qitishning amaliy xususiyatlarini yuksaltiradi va eng asosiysi talabalarning faolligini tarkib toptiradi.

Klaster tizimining ahamiyati. Bo'lajak tarjimon-o'qituvchilarni tayyorlashda klaster tizimi amaliyotga yo'naltirilganligi bilan muhim o'rin tutadi. Shu sababli

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

536

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

g

g

mamlakatimiz oliy pedagogik ta'lim tizimida amal qilayotgan 4+2 tizimi imkoniyatlaridan foydalanish muhimdir. Bunda haftalik amaliyot davrida bo'lajak tarjimon-o'qituvchilarning faoliyatini tashkil etish uchun ularning turli tashkilotlarda amaliyot o'tashiga e'tibor berish maqsadga muvofiq bo'ladi. Shu jihatdan bo'lajak tarjimon-o'qituvchilarni tayyorlashda klaster tizimining quyidagi amaliy ahamiyatlarini ta'kidlab o'tish joiz:

1) bo'lajak tarjimon-o'qituvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash;

2) ingliz tili o'qituvchilarining tarjimonlik ko'nikmasini amaliy rivojlantirish;

3) bo'lajak tarjimon-o'qituvchilarda mustaqil faoliyatga tayyorgarlik ko'nikmasini tarkib toptirishga erishish;

4) bo'lajak tarjimon-o'qituvchilarni izlanish, oqilona munosabat va mustaqil harakat ko'nikmalarini kutilgan darajada tarkib toptirish.

Bunday imkoniyatlar bo'lajak tarjimon-o'qituvchilarni tayyorlashda klaster tizimining ahamiyatini belgilaydi. Klaster tizimini tashkil etishda asosiy e'tibor quyidagilarga qaratilishi maqsadga muvofiq bo'ladi:

a) mohir ingliz tili o'qituvchilarini jalb etish;

b) tarjimon mutiaxassislar imkoniyatlaridan foydalanish;

v) talabalarning oliy pedagogik ta'lim muassasasida ingliz tilida so'zlashuvini tashkil qilish;

g) tarjimonlik ko'nikmasiga ega talabalarning amaliyotini elchixonalarda tashkil

etish;

d) "Talabalar Akademiyasi" tuzilmasi mashg'ulotlarida klaster ishtirokchilari vositasida bo'lajak tarjimon-o'qituvchilarining nutqiy malakasini amaliy rivojlantirish.

Mazkur tadbirlar bo'lajak tarjimon-o'qituvchilarni klaster tizimi asosida tayyorlash jarayonini kuchaytiradi. Ayniqsa, ta'lim jarayoni qiziqarli, taassurotlarga boy va talabalarning faolligi asosida o'tilishiga erishiladi.

Shunday qilib klaster tizimi asosida tarjimon-o'qituvchilarni tayyorlash innovatsion xususiyatga ega texnolgiya ekanligini idrok etish taqozo etiladi. Buning uchun klaster tizimi asosida tarjimon-o'qituvchilarni tayyorlash metodikasini ishlab chiqish zaruriyat ekanligini eslatib o'tish lozim.

REFERENCES

1. "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" davlat dasturi . // www. ziyonet.uz.

2. Muxamedov G., Xodjamqulov U. Innovasion pedagogik ta'lim klasteri: ta'rif, tasnif, tavsif. - Chirchiq, 2021.

3. Bordovskaya N., Rean A. Pedagogika. - Sankt-peterburg, 2001.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.