Научная статья на тему 'BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA HAFTALIK PEDAGOGIK AMALIYOT RAQAMLI TEXNOLOGIYASINING O‘RNI'

BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA HAFTALIK PEDAGOGIK AMALIYOT RAQAMLI TEXNOLOGIYASINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

14
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli texnologiya / pedagogika / ingliz tili / pedagog / bilim / ko„nikma / malaka.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sevara Elyor Qizi Baxtiyorova

maqolada bo„lajak ingliz tili o„qituvchilarini tayyorlashda haftalik pedagogik amaliyot raqamli texnologiyasining o„rni masalasi tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA HAFTALIK PEDAGOGIK AMALIYOT RAQAMLI TEXNOLOGIYASINING O‘RNI»

g

BO'LAJAK INGLIZ TILI O'QITUVCHILARINI TAYYORLASHDA HAFTALIK PEDAGOGIK AMALIYOT RAQAMLI TEXNOLOGIYASINING O'RNI

maqolada bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarini tayyorlashda haftalik pedagogik amaliyot raqamli texnologiyasining o'rni masalasi tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: raqamli texnologiya, pedagogika, ingliz tili, pedagog, bilim, ko'nikma, malaka.

"Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" davlat dasturida oliy pedagogik ta'lim jarayoniga yangicha yondashuvlarni joriy etish va ularning samaradorligini baholab borish vazifalari qo'yilgan [1]. Shu jihatdan oliy pedagogik ta'lim muassasalarida bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarini tayyorlashda ta'limning raqamli texnologiyalaridan foydalanish dolzarb bo'lib turibdi. Mazkur o'rinda e'tiboringizni haftalik amaliyot raqamli texnologiyasi tahliliga tortamiz.

Haftalik pedagogik amaliyot texnologiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan 2021-2022 o'quv yilidan boshlab oliy pedagogik ta'lim jarayonida 4+2 tizimi joriy qilindi. Unga ko'ra, haftaning to'rt kuni auditoriya mashg'ulotlari va qolgan ikki kuni pedagogik amaliyot sifatida belgilandi. Buning natijasida bo'lajak pedagoglarni tayyorlashning o'ziga xos amaliy tizimi joriy etildi. Shu jihatdan haftalik pedagogik amaliyot texnologiyasining mazmunini quyidagilar tashkil etadi:

1) auditoriyada o'zlashtirilgan nazariy bilimlarni tajribadan o'tkazish;

2) mahoratli o'qituvchilarning tajribalarini o'rganish;

3) amaliyot davrida yangi ma'lumotlar va bilimlarni o'zlashtirish;

4) kasbiy faoliyatga tayyorlanish.

Shu sababli mamlakatimiz oliy pedagogik ta'lim jarayonida haftalik pedagogik amaliyot texnologiyasiga qat'iy amal qilish kutilgan samarani bermoqda. Kuzatishlarimiz shuni ko'rsatadiki, haftalik amaliyot texnologiyasini yanada takomillashtirish taqozo etiladi. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) haftalik pedagogik amaliyot o'tiladigan muassasalar ko'lamini kengaytirish (masalan, oliy pedagogik ta'lim

Sevara Elyor qizi Baxtiyorova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Xorijiy til va adabiyot ta'lim yo'nalishi 4 bosqich talabasi baxtiyorovaseva192 @gmail.com

ANNOTATSIYA

muassasalarida amaliyotni o'tash tajribasini yo'lga qo'yish);

October 20, 20

g

2) haftalik amaliyot davrida talabalarning amaliy mashg'ulotlarini nisbatan ko'proq tashkil etish;

3) haftalik amaliyotni klaster tizimi vositasida yo'lga qo'yish;

4) har bir talabani amaliy faoliyatdagi o'qituvchiga biriktirish.

Bunday yondashuv haftalik pedagogik amaliyotni takomillashtirishga xizmat qiladi. Chunki haftalik pedagogik amaliyot bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning muhim mexanizmidir.

Haftalik pedagogik amliyotning imkoniyatlari. Bo'lajak ingliz tili o'qituvchilari uchun haftalik pedagogik amaliyot keng imkoniyatlarni beradi. Bunday imkoniyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat:

1) bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarining nutqiy ko'nikmasi talab darajasida tarkib topadi;

2) bo'lajak ingliz tili o'qituvchilari lug'at va tegishli adabiyotlar ustida ishlash imkoniyatlariga ega bo'ladi;

3) bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarining individual ta'lim berish metodikasi shakllanadi;

4) bo'lajak ingliz tili o'qituvchilari ijtimoiy-pedagogik faollikka ega bo'ladi.

Shu jihatdan haftalik pedagogik amaliyotni ta'limning yangi texnologiyalaridan biri sifatida qabul qilish muhimdir. Buning uchun mazkur jarayonning nazariy, metodik va amaliy asoslarini tadqiq etish, tegishli metodik tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarb bo'lib turganligini eslatib o'tish joiz[2].

Haftalik amaliyot davrida talabalar va amaliy faoliyatdagi o'qituvchilarning hamkorligi keng imkoniyatlarni beradi. Chunki o'qituvchilar o'zlarining individual tajribasi, dars berish metodi va o'quvchilar bilan ishlash uslubiyoti bilan tanishtiradi. Buning natijasida bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarida o'ziga xos tajribaning paydo bo'lishi tarkib topadi. Shu sababli haftalik pedagogik amaliyot tizimi bo'yicha tegishli metodik tavsiyalarni ishlab chiqish ham dolzarb bo'lib turibdi. Buning uchun oliy pedagogik ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarining shu muassasalarga biriktirilgan umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilari bilan hamkorligini tayanish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki amaliy faoliyatdagi o'qituvchilar ingliz tili ta'limi va metodikasi bo'yicha o'ziga xos yondashuvlarga ega hisoblanadi.

Haftalik pedagogik amaliyotni raqamlashtirish. Haftalik pedagogik amaliyot jarayoni raqamli texnologiya asosida joriy etish muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun bizningcha, quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) haftalik amaliyot jarayonni kompyuterli dastur asosida tashkil etish va nazorat qilish;

2) haftalik amaliyot natijalari bo'yicha kompyuterli hisobot topshirishni yo'lga qo'yish;

3) haftalik amaliyot davrida o'zlashtirilgan metodika va bilimlar bo'yicha kompyuterli baholash tizimini joriy etish;

October 20, 20

g

g

4) pedagogik o'quv adabiyotlarida haftalik amaliyotning asoslari bo'yicha kasbiy kompetensiyalar berish.

Bunday yondashuv haftalik pedagogik amaliyotni raqamli texnologiya asosida takomillashtirish imkonini beradi. Chunki haftalik pedagogik amaliyot jarayonini raqamlashtirishda kompyuterli dastur muhim ahamiyatga ega. Bunda inson omilining susayishi, tezkorlik va faoliyatni maqsadli yo'lga qo'yish muhim o'rin tutadi [3].

E'tibor berilsa, haftalik pedagogik amaliyotning raqamli texnologiyasi muhim pedagogik jarayonlardan biridir. Shu sababli bizningcha, bu borada quyidagilarni amalga oshirish dolzarb bo'lib turibdi:

1) haftalik pedagogik amaliyotni o'tash metodikasini ishlab chiqish;

2) haftalik pedagogik amaliyot davrida amalga oshiriladigan o'zlashtirish va tajriba ishlarining ko'lamini belgilash;

3) talaba va amaliy faoliyatdagi o'qituvchilarning hamkorilk asoslarini belgilash;

4) talabaga biriktirilgan professor-o'qituvchilarning vazifalarini aniqlashtirish;

5) haftalik pedagogik amaliyot jarayonini kompyuterli texnologiya asosida nazorat qilib borish amaliyotini yo'lga qo'yish.

Bunday yondashuv haftalik pedagogik amliyot raqamli texnologiyasini takomillashtirish ikonini beradi.

Shunday qilib bo'lajak ingliz tili o'qituvchilarini kasbiy tayyorlashda haftalik pedagogik amaliyot raqamli texnologiyasining ahamiyati muhimdir. Mazkur masala bo'lajak ingliz tili o'qituvchilari tomonidan idrok etilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

REFERENCES

1. "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" davlat dasturi.// www.ziyonet.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi "O'zbekiston-2030" strategiyasi to'g'risida"gi Qarori. // "Xalq so'zi" gazetasi. 2023 yil. 12 sentyabr soni

October 20, 20

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.