Научная статья на тему 'Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslarida xalq og’zaki ijodini o’rgatishning ahamiyati'

Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslarida xalq og’zaki ijodini o’rgatishning ahamiyati Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1313
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
xalq og’zaki ijodi / ajdotlar me’rosi / milliy urf-odatlar / sinfdan tashqari o’qish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nigora Oxunjonovna Safarova, Maftuna Bobomurod Qizi Isoyeva

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslarida xalq og’zaki ijodini o’rgatish orqali o’quvchilar tafakkurini o’stirish, ma’naviy dunyosini shakllantirish, ajdodlarimiz me’rosini o’rganish, qadrlash bilan bir qatorda, milliy urf-odatlarimizga bo’lgan e’tiborni shakllantirish xususida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslarida xalq og’zaki ijodini o’rgatishning ahamiyati»

Boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari o'qish darslarida xalq og'zaki ijodini o'rgatishning ahamiyati

Nigora Oxunjonovna Safarova Maftuna Bobomurod qizi Isoyeva isoyevamaftuna27052002@gmail.com Buxoro davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari o'qish darslarida xalq og'zaki ijodini o'rgatish orqali o'quvchilar tafakkurini o'stirish, ma'naviy dunyosini shakllantirish, ajdodlarimiz me'rosini o'rganish, qadrlash bilan bir qatorda, milliy urf-odatlarimizga bo'lgan e'tiborni shakllantirish xususida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: xalq og'zaki ijodi, ajdotlar me'rosi, milliy urf-odatlar, sinfdan tashqari o'qish.

The importance of teaching folklore in extracurricular reading classes in primary grades

Nigora Okhunjonovna Safarova Maftuna Bobomurad kizi Isoyeva isoyevamaftuna27052002@gmail.com Bukhara State University

Abstract: This article talks about the cultivation of students' thinking by teaching folk oral creativity in extracurricular reading lessons in primary classes, the formation of their spiritual world, the study, appreciation of the architecture of our ancestors, as well as the formation of attention to our national traditions.

Keywords: folk oral creativity, ancestral architecture, national traditions, extracurricular reading

Mustaqil O'zbekistonda milliy qadriyatlar tiklanayotgan hozirgi davrda xalq yaratgan me'rosini yosh avlod ongi shuurida tasavvur hosil qilish, umuminsoniy qadriyatlarni har tomonlami o'rgatish va tatbiq etish davr talabi.

Qolaversa, har bir shaxsning zimmasidagi ma'suliyati hisoblanadi. Ana shu ma'suliyatni his qilgan inson kelajak avlodimizni yangi fikrlaydigan, izlanuvchan, mehr-oqibatli, yurtsevar, elparvar egalarini yetishtirishda, tarbiyalashda o'z hissasini qo'shadi. Buyuk allomalarimizning iboratomuz hayotlari, Vatan, xalq uchun qilgan

www.openscience.uz / issn 2181-0842 1284 lmj^^^h

xizmatlari haqida, mamlakat osoyishtaligi, tichligi, xalq or-nomusi uchun kurashgan sarkardalar haqida, qolaversa, Vatanning har bir go'shasi xususida ajdotlarimiz yaratgan rivoyatlar o'zining ilmiy, badiiy ahamiyati bilan qimmatlidir. Ajdotlarimizdan qolgan me'roslar mavzu doirasi nuqtai nazaridan asoslanib, tahlillar, misollar bilan yoritilgan. Ularni izchil o'rganish va tatbiq etish yosh avlod kamoloti uchun muhim manba hisoblanadi. Undan tashqari xalq og'zaki ijodiga tegishli bo'lgan latifa va topishmoqlar hozirjavoblikda, tez aytishlar so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishda, maqollar so'zga husn berishda, fikrni yorqin ta'sirchan qilishda muhim ahamkiyat kasb etadi. Xalqimiz o'z quvonchini, shodligini yoki g'am hasratini o'z qo'shiqlarida yorqin aks ettirgan. Bolalar tasavvurini, fantaziyasini o'stirishda ertaklar alohida o'rin tutadi. Har bir aytiladigan ertak bolalarda yangicha taassurot qoldiradi. Bolalar ertak qahramonlariga o'xshashga harakat qiladilar, sehrli narsalarga ega bo'lishni istaydilar yoki o'zlari sehrgarga aylanib qolishni va qahramon singari behisob kuch-qudratga qodir bo'lishni orzu qiladilar. Ertak yordamida yaxshilik va yomonlik sahrolarida, adir-u tog'liklarda sayohat qiladilar. Ana shunday davrdan boshlab nima yaxshi-yu nima yomon ekanligini anglay boshlaydilar. Bolalar ulg'aygan sari o'zlaridan kichiklarga ertak aytib berishga, ularni aqlli, vazmin bo'lishga, o'jar, injiq qiliqlarini tashlashga undaydilar. Ular ham o'zlarini kichik tarbiyachilar sifatida tutadilar. Umuman olganda, xalq og'zaki badiiy ijodi katt-yu kichik, yosh-u qari uchun birdek donishmandlik majmuasi hisoblanadi. Asrlar o'tsa-da, buyuk allomalarimiz asarlarida ta'lim-tarbiya masalalari badiiy ifodalansa-da, xalq tafakkurining mahsuli bo'lgan folklor asarlari ma'naviy jihatdan olamshumul ahamiyat kasb etishda davom etaveradi.

Yuqoridagi xususiyatlarni boshlang'ich sinf o'quvchilariga o'rgatish uchun juda ko'p vaqt kerak bo'ladi. Bularni o'rgatish uchun darsga ajratilgan vaqt juda ozlik qiladi, shuning uchun sinfdan tashqari o'qish darslari tashkil qilingan. Sinfdan tashqari o'qish tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni orttiradi. Sinfdan tashqari o'qish o'quv darslari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish talab etiladi. O'quvchilarda kitobga havas uyg'otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.

Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus sinfdan tashqari o'qish darslari tashkil etilgan. Bunday darslar 1-2-sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2haftada 1 marta o'tkazib kelingan. Hozirgi dasturga ko'ra, bunday darslar 1-4-sinflarda 2 haftada bir marta o'tkaziladi. Savod o'rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 1720 daqiqasi ajratiladi.

Sinfdan tashqari o'qish bosqichlari:

www.0penscience.uz / issn 2181-0842 1285

Sinfdan tashqari o'qish darslari o'quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o'qish malakalarini shakllantiradi. Mustaqil o'qish malakasini shakllantirish 3-bosqichga bo'linadi :

1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi. Unga darsning bir qismi -17-20 daqiqasi ajratilgani uchun "Sinfdan tashqari o'qish ma'lumoti" deb yuritiladi.

2. Boshlang'ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to'g'ri keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi.

3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2-4-sinflarga to'g'ri keladi. Bu davrda o'quvchilarning o'qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o'quvchilarning sinfdan tashqari o'qiganlari baholanadi.

Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg'otish, ularning bog'lanishli nutqini o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan tashqari o'qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi. O'quvchilarning o'qigan kitoblari og'zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o'qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o'qish va sinfda o'qish darslarida, yakka tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Imomov K., Mirziyayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi-Toshkent, "O'qituvchi", 1990.

2. Jumaboyev M. "Bolalar adabiyoti va folklor"-T., O'qituvchi, 1990.

3. Madayev O., Sobitova T. Xalq og'zaki poetik ijodi.-Toshkent:"Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2003.

4. M.Umarova, X.Xamroqulova, R.Tojibayeva 4-sinf "O'qish" kitobi 2019-y

5. Safarova N.O. Didaktik o'yinlarning samaradorligi. "O'ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. 30 noyabr 2022 y.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

1286

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.