Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI METHODOLOGY OF INDEPENDENT READING SKILLS FOR PRIMARY SCHOOL STUDENTS'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI METHODOLOGY OF INDEPENDENT READING SKILLS FOR PRIMARY SCHOOL STUDENTS Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
527
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
SINFDAN TASHQARI O'QISH / O'QISH MALAKASI / FAOL KITOBXON / BADIIY KITOB

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Sodiqova G.G'.

Annatasiya.Maqolada o’quvchilarni o’qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma’lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallami ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalash haqida fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MUSTAQIL O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI METHODOLOGY OF INDEPENDENT READING SKILLS FOR PRIMARY SCHOOL STUDENTS»

UDK 004.02:004.5:004.9

Sodiqova G.G'.

2-bosqich magistranti (boshlang'ich ta'lim) FarDU Ta'limva tarbiya nazariyasi va metodikasi

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING MUSTAQIL O'QISH KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI METHODOLOGY OF INDEPENDENT READING SKILLS FOR PRIMARY SCHOOL STUDENTS

Annatasiya.Maqolada o 'quvchilarni o 'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallami ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalash haqida fikrlar keltirilgan.

Kalit so'z.Sinfdan tashqari o'qish,o'qish malakasifaol kitobxon,badiiy

kitob.

Maktab o'quvchini o'qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o'qiy oladigan, uni tushunadigan, ma'lum bir mavzuga oid kitoblami tanlay oladigan, gazeta va jurnallami ham mustaqil o'qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o'qish ( STO') tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko'p narsani bilishga havasni orttiradi. STO'ning maqsadi o'qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir.

Maktablarda 1959-yildan boshlab maxsus STO' darslari tashkil etilgan. STO' darslari 1-2 - sinfda haftada 1 marta, 3-4-sinfda 2 haftada 1 marta o'tkaziladi. Savod o'rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17 - 20 daqiqasi ajratiladi.

Sinfdan tashqari o'qish o'quv dasturi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, unda ko'zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o'quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish talab etiladi. O'quvchilarda kitobga havas uyg'otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zaair. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir. Bunda o'qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o'qib borilsagina, o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirishga xizmat qiladi. Sinfdan tashqari o'qish tanish bo'lmagan mualliflarning kitoblari muqovasi, titul varag'i, kirish so'zi, mundarijasi va

мЭкономнка h соцнумм №12(79) 2020

www.iupr.ru

267

suratlariga qarab asarning taxminiy mazmunini aniqlashga o'rgatish vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Sinfdan tashqari o'qish darslarining asosiy vazifasi o'quvchida badiiy kitoblarni o'qishga havas uyg'otish, o'qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o'rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi.

Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg'otish, ularning bog'lanishli nutqini o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan tashqari o'qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi.

STO' darslarining muhim vazifalaridan biri mustaqil o 'qish malakalarini tarbiyalash hisoblanadi. Buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish, qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to'plangan ma'lumotlarni o'qitish, „Tez aytish „ Topishmoqlar topish", „If odali o'qish ", „Maqollar aytish musobaqasi", „ Ertak to'qish ", „Bilimdonlar anjumani* kabi ko'rik-tanlovlar tashkil qilish, muayyan mavzular bo'yicha savol-javoblar uyushtirish, o'yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur. O'qilgan asarlar yuzasidan suhbatlar o'tkazish, „Kitob haftalig i" tashkil etish, asarlar asosida kichik insholar yozishni mashq qilish yaxshi samara beradi. STO' sinfda o'qish bilan uzviy bog'liq ravishda uyushtiriladi.

Sinfda o'qish STO' uchun zarur bo'lgan o'qish malakalarini shakllantiradi, o'quvchilaming o'qigan asarini tushunishga o'rgatadi, lug'atini boyitadi. STO' qiziqarli va o'ziga jalb etadigan faoliyat bo'lib, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o'qish — hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o'qish esa hayotning o'zidir. Hozirgi paytda boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun sinfdan tashqari o'qishga mo'ljallangan „Kitobim - oftobim" (1—3-sinflar uchun) nomli qo'llanmalar ham chop etilgan. Sinfdan tashqari o'qish bosqichlari STO' darslari o'quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o'qish malakalarini shakllantiradi. Mustaqil o'qish malakasini shakllantirish

3-bosqichga bo'linadi:

1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi. Unga darsning bir qismi — 17—20 daqiqasi ajratilgani uchun ,,STO' mashg'uloti" deb yuritiladi. U ning o'ziga xos xususiyatlari shundaki, o'qituvchi asarni o'zi tanlaydi, asarning kichik hajmda bo'lishiga va boshqa kitob tanlash tamoyillariga e'tibor beradi. Asarni o'qituvchining o'zi o'qib beradi. O'quvchilar asarni eshitishga, eshitganlarini idrok etishga, ularga soddagina baho berishga, asar mazmuni bilan sarlavhasining mosligini aniqlashga, asar mazmunini hikoya qilib berishga o'rgatiladi. Bu bosqichda o'quvchilar o'qish gigiyenasi va kitobga qanday munosabatda bo'lish bilan tanishadilar.

2. Boshlang'ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to'g'ri keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi. Asarni

'^KOHOMHKa h ^HyMM №12(79) 2020

www.iupr.ru

268

o'qishdan oldin o'quvchilar asar nomi va uning muallifi bilan tanishadilar, rasmlarini tomosha qiladilar, daftarlariga u haqda soddagina qilib asar muallifini va nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi. Tanlangan asar (kitob) yaxshi o'qiydigan o'quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so'ng o'qitiladi. Asarning oson o'qiladigan o'rinlarini bo'sh o'qiydigan o'quvchilarga o'qitish ham mumkin. Bu ularda o'qishga qiziqish uyg'otadi. Bu bosqichda o'quvchilar har xil tezlikda bo'g'inlab o'qiydilar. Shuning uchun o'qituvchi bu jarayonda har bir o'quvchiga individual yondashishi, kichik kitobxonni kitobni mustaqil o'qishga o'rgata borishi lozim.

3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2—4-sinflarga to'g'ri keladi. Bu davrda o'quvchilaming o'qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o'quvchilaming sinfdan tashqari o'qiganlari baholanadi. Baholashda dastur talablariga asoslaniladi: o'qigan kitoblarining sifat o'zlashtirishiga, miqdoriga, o'qigan kitobiga munosabat bildira olishiga e 'tibor beriladi. Bunda o'quvchilar muayyan mavzuga doir bir necha asarlarni o'qib keladilar, ularning ayrim o'rinlarini ifodali o'qib beradilar, o'qigan asarlarini o'zaro taqqoslaydilar.

STO'ning bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari o'quvchilaming qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni o'qituvchi o'qib bersa, o'qilganlar yuzasidan suhbat, qayta hikoyalash o'tkazilsa, boshlang'ich bosqichda butun sinf o'quvchilari bir xil kitob bilan ta'minlanadi, barcha o'quvchilar bitta matn ustida

ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko'rgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichda o'qishga topshirilishi, albomlar tayyorlanishi, kinofilm va diafilmlardan parchalar ko'rsatilishi, musiqiy daqiqalar o'tkazilishi hamda asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdirilishi ham mumkin. Bu jarayonda kitobni saqlash maqsadida uni o'rash o'rgatiladi, „ Ertaklar bayrami„ Ifodali o'qish tanlovi"o'tkaziladi.

Asosiy bosqich yakunida kichik yoshdagi o'quvchilar faol kitobxon uchun zarur bo'lgan yaxshi o'qish ko'nikma va malakalarini egallashlari, eng muhimi, ularning kitob hamda mustaqil o'qishni yaxshi ko'rishlariga erishish juda muhimdir.

Sinfdan tashqari o'qish uchun kitob tanlash tamoyillari metodikaning vazifalaridan biri STO' uchun kitoblar tanlash, o'qiladigan adabiyotlar ro'yxatini tavsiya qilish, yillik o 'quv rejasi va dars tuzilishi namunalarini ishlab chiqishdir.

Kitobni targ'ib qilish. STO'ga tavsiya qilinadigan asarlar ro'yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo'yiladi, ular vaqtivaqti bilan yangilab turiladi, to'ldiriladi, ko'rgazmalar tashkil qilinadi. O'qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.

2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O'quvchilaming o'qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o'qilgan kitoblar hisobga olinadi. Shaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, ota-onalar bilan suhbat o'tkaziladi.

'^KOHOMHKa h ^uyM" №12(79) 2020

www.iupr.ru

269

3. STO' yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular

uchun maxsus tayyorgarlik ko'riladi.

4. Kutubxonaga yozilish. 1-sinf o'quvchilari o'qituvchining tavsiyasi bilan kutubxonaga a'zo bo'ladi. Bu jarayonda o'qituvchi va kutubxonachi hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

5. O'quvchilaming o'qiganlarini hisobga olish. Bunda ulaming kitobxonlik kundaligidan foydalaniladi. 1-sinf o'quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini, 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo'shib yozadilar. 3—4-sinflarda o'qigan kitobining qisqacha mazmunini yozib, unga taqriz va o'z mulohazalarini ham qo'shishlari mumkin. O'quvchilaming o'qigan kitoblari og'zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o'qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o'qish va sinfda o'qish darslarida, yakka tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida "gi Farmoni.-T:Xalq so'zi,2017-yil 8-fevral

2. Safo Matjonov,Xolida G'ulomova, Sharofat Yo'ldosheva ,Sharofjon Sariyev"Ona tili o'qitish metodikasi"Toshkent."Nosir"nashiryoti 2009.

3. Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta'lim va tarbiyada innovattsion pedagogik texnologiyalar.- T.: "Nihol" nashriyoti, 2013, 2016.-279b.

4. Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. - T.: Moliya, 2003. - 172 b.

5. S.Matjononov, X.G'ulomova,Sh. Sariyev Z.Dolimov. O'qish kitobi. 4-sinf uchun darslik.Qayta ishlangan va to'ldirilga 6-nashri.

'^KOHOMHKa h соцнумм №12(79) 2020

www.iupr.ru

270

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.