Научная статья на тему 'BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA IFODALI O`QISH KO`NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH'

BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA IFODALI O`QISH KO`NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3182
151
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o’qish darslari / boshlang’ish sinf / ifodali o’qish / metodika. / reading lessons / elementary school / expressive reading / methodology.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xasanova Baxora Sadirovna

Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilarida ifodali o`qish ko`nikmalarini shakllantirish metodikasi ko’rsatib berilgan va sinfdan tashqari o’qish darslarining ahamiyatiga ham alohida to’xtalingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF EXPRESSIVE READING SKILLS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

This article describes the methods of developing expressive reading skills in primary school students and emphasizes the importance of extracurricular reading lessons.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG`ICH SINF O`QUVCHILARIDA IFODALI O`QISH KO`NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH»

BOSHLANGICH SINF O QUVCHILARIDA IFODALI O QISH KONIKMALARINI SHAKLLANTIRISH Xasanova Baxora Sadirovna

Navoliy viloyati Nurota tumani 6-sonli umumta'lim maktabi boshlang'ich ta'lim fani

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6569811 Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida ifodali oqish ko 'nikmalarini shakllantirish metodikasi ko'rsatib berilgan va sinfdan tashqari o'qish darslarining ahamiyatiga ham alohida to'xtalingan.

Kalitso'zlar: o'qish darslari, boshlang'ish sinf, ifodali o'qish, metodika.

ФОРМИРОВАНИЕ НАВЫКОВ ВЫРАЗИТЕЛЬНОГО ЧТЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ

НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ Аннотация. В данной статье описываются методы развития навыков выразительного чтения у учащихся начальных классов и подчеркивается важность проведения внеклассных уроков чтения.

Ключевые слова: уроки чтения, начальная школа, выразительное чтение, методика.

FORMATION OF EXPRESSIVE READING SKILLS IN PRIMARY SCHOOL

STUDENTS

Abstract. This article describes the methods of developing expressive reading skills in primary school students and emphasizes the importance of extracurricular reading lessons. Keywords: reading lessons, elementary school, expressive reading, methodology.

Kirish. "Alifbe" ona tilidan beriladigan bilim o'quvchilarning o'quv-biluv ko'nikma va malakalari qat'iy hisobga olgan holda tuziladi. 1-sinfda savod o'rgatish yakunlangach, o'qish darslari boshlanadi va 2 - 4-sinflarda izchil davom ettiriladi. Sinfda va sinfdan tashqari o'qish dasturining mazmuni kichik yoshdagi o'quvchilarda ona - vatanga muhabbat uyg'otish maqsadlariga xizmat qiladi. O'qish bolalarning nutq boyligini o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o'rgatishning muhim omilidir. Shuning uchun ham boshlang'ich ta'lim tizimida muhim o'quv predmeti ta'lim berish, kamol toptirish va tarbiyalash vositasi hisoblanadi.

O'qishga o'rgatishning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:

• boshlang'ich o'qish malakalarini (to'g'ri va ifodali o'qishni) takomillashtirish;

• bolalarni o'qigan asarlarining adabiy- estetik xususiyatlarini chuqur idrok etish, ularda tasvirlangan voqea-hodisalarning mohiyatini anglash va undan muayyan xulosalar chiqarishga tayyorlash;

• bolalarda yuksak axloqiy qarashlar va nafosat tuyg'usini tarbiyalash;

• o'quvchilarni matn ustida ishlashga o'rgatish;

• o'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish.

Har bir sinf o'qish dasturi quyidagi bilimlarni o'z ichiga oladi:

• o'qish mavzulari va yod olish uchun asarlar;

• o'qish ko'nikmasi va malakalari;

• matn va bog'lanishli og'zaki nutq ustida ishlash;

• sinfdan tashqari o'qish.

Tadqiqot materiallari va metodologiyasi. O'qish mavzulari. O'qish dasturini tuzishda g'oyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy asoslar hisobga olinadi. Shunday qilib, o'quv materiallari bolalarga ta'lim berish, ularni tarbiyalashda muhim bo'lgan borliq haqidagi bilimlar va insoniy munosabatlarni o'z ichiga oladi. O'quvchilarni badiiy, adabiy asarlar bilan tanishtirish orqali kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirish o'qish dasturlarining tub mohiyatini tashkil etadi.

O'tmishda xalqimiz boshidan kechirgan muhim voqea-hodisalar aks ettirilgan asarlarni o'qish orqali o'quvchilarda tarixiy bilimlar shakllana boradi.

Ona yurt daxlsizligi yo'lida ajdodlarimiz olib borgan mardonavor kurashlar tarixi haqida hikoya qilingan asarlar bolalarda vatanga muhabbat tuyg'ularini tarbiyalaydi.

Boshlang'ich ta'lim o'quv dasturidan o'rin olgan vatan mavzusidagi asarlar o'quvchilarni mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy madaniy - ma'rifiy hayoti va xalqimizning bunyodkorlik yo'lidagi olib borayotgan ishlari bilan tanishtirishga yordam beradi. Dasturning vatanga, inson e'tiqodi va ma'naviyatiga bag'ishlangan mavzularini o'rganish o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tuyg'ularni tarbiyalashda alohida o'rin tutadi.

Darsda o'quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan usullardan foydalanish, asarlarni janr mazmunidan kelib chiqib, rollarga bo'lib o'qitish, qahramonlar nomidan qayta hikoya qilish, qahramonning taqdiri haqidagi hikoyani davom ettirish, qiziqarli mavzularda og'zaki hikoya tuzdirish kabi ijobiy topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Tadqiqot natijalari. O'qish darslari oldiga qo'yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog'liq bo'lib qolmay, balki bolalarni qurshab olgan hayot, tabiatdagi turfa o'zgarishlar, ekologik vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o'zaro bog'liq bo'lishi lozim.

Bolalarni o'qishga o'rgatishda hayot tajribalariga tayanib ish ko'riladi. Buning uchun o'quvchi madaniy-maishiy va boshqa sohadagi turli korxonalarga sayohatlar uyushtiradi, tabiat hodisalari yuzasidan kuzatishlarni tashkil etadi.

O'qish darslarini bolalarda go'zallikka muhabbat uyg'otadigan, poklik tuyg'ulariga ozuqa beradigan, hissiyotni o'tkirlashtiradigan, aqlni, fahm-farosatni charxlaydigan, tasavvurlarni boyitadigan, estetik didni o'stiradigan musiqa va tasviriy san'at fanlari bilan uzviy bog'langan bo'lishi kerak.

O'qish, musiqa va tasviriy san'at darslarini o'zaro bog'lab uyushtirish bolalarda san'at asarlarini to'g'ri tushunish va qadrlash ko'nikmalarini o'stiradi, o'quvchilarning shaxs sifatida ma'naviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.

Boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari o'qishga o'quvchilarni ona tilini puxta o'zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta'lim jarayonida ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o'qishning maqsadi, kichik yoshdagi o'quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og'zaki ijodi namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirishdir.

Sinfdan tashqari o'qish dasturning mazmuniga ko'ra ta'limning har bir bosqichida ikki asosiy bo'limga ajratiladi: Birinchi bosqichda o'qish doirasi, ya'ni o'qitiladigan kitoblar va

ularni qaysi tartibda o'qish bilan tanishtirish yuzasidan o'quvchilarga ko'rsatma beriladi. Ikkinchi bosqichda shu o'quv materiallar asosida bilim, ko'nima va malakalar shakllantiriladi.

Muhokama. O'quvchilar kitob va ularning mualliflari haqidagi bilimlarni bevosita amaliy faoliyatlari, ya'ni kitob ustida ishlash jaryonida egallaydilar.

Sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari o'qish darslari bilan bog'lab olib boriladi. O'quvchilar o'qituvchi rahbarligi ostida avval mavzuga oid bir necha kitob bilan tanishsalar, keyinroq bolalar yozuvchilarning asarlari bilan tanishadilar, so'ngra bolalarning qiziqishlariga mos, ruhiyatlariga yaqin har xil mualliflarning bir mavzuga doir kitoblarini mustaqil tanlab olishga o'tadilar.

O'quvchilarning bolalar kitobi, gazetasi va jurnallari bilan mustaqil ishlashda sinf va maktab kutubxonasi bilan hamkorlikni to'g'ri yo'lga qo'yish, sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlarining samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Birinchi sinf o'quvchilarining kitob bilan mustaqil faoliyatini shakllantirish uchun sinf kutubxonasi tashkil etiladi.

Ikkinchi sinfda esa kitoblar ko'rgazmasi mavzular asosida tashkil etiladi. Masalan, Vatan, istiqlol, tabiat, axloqiy-ma'naviy qadriyatlar, buyuk ajdodlarimizning qahramonona jasoratlari kabi mavzular shular jumlasidandir. Bunday kitob ko'rgazmalari hamda tavsiya etilayotgan kitoblar ro'yxati o'quvchilar saviyalariga mos asarlarni tanlab o'qishlariga yordam berishi kerak.

Uchinchi sinf kitoblar ko'rgazmasida kitoblar mualliflariga qarab tartiblanadi. Masalan, Q.Muhammadiy, Q.Hikmat, P.Mo'min, G'.G'ulom, Z.Diyor, A.Obidjon, T.Yo'ldosh kabi shoirlarning asarlari tavsiya etilgan kitoblar ro'yxati va kitob ustida mustaqil ishlash uchun mavzular bo'yicha kartotekalar mavjud bo'ladi.

To'rtinchi sinfda sinf va maktab kutubxonasidagi mavjud badiiy, tarixiy adabiyotlar, bolalar gazetasi va jurnalida bosilgan, o'quvchilar o'qishi uchun tavsiya etilgan maqolalarning "Nimani o'qishim kerak?" sarlavhali katalogini (mavzusi yoki muallifi bir xil kitoblar va maqolalarning ma'lum tartibda tuzilgan ro'yxati) tuzish tavsiya etiladi.

Ikkinchi sinfdan boshlab o'quvchilarni shahar va tuman kutubxonalari bilan tanishtirish, sayohatlar uyushtirish tavsiya qilinadi. Uchinchi va to'rtinchi sinflarda kitobxon o'quvchilarni tarbiyalashga, ularning kutubxonalardan mustaqil foydalanishlariga yordam beradigan adabiy ertaklar, badiiy o'qish kabi tadbirlarni o'tkazish ko'zda tutildi.

Xulosa. Sinfda va sinfdan tashqari o'qish boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan barcha fan dasturlarining bo'limlari bilan bevosita bog'liq. O'z navbatida ona tili va to'g'ri yozuv, atrofimizdagi olam, tabiatshunoslik, tasviriy san'at va musiqani o'rganishda olingan bilim va hosil qilingan ko'nikmalar o'qish darslarida foydalaniladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. T.G'affarova, Sh.Nuraliyeva, z.Mirzahakimova 2-sinf o'qish kitobi "Sharq" nashiryoti 2016 y

2. M.Umarova, X. Hamraqulova. R.Tojiboyeva 3-sinf o'qish kitobi "O'qituvchi" nashiryoti Toshkent 2016 y

3. S.Matchanov. A.Shojalilov, X.G'ulomova, Sh. Sariyev, Z.Dalimov 4 sinf o'qish kitobiToshkent "Yangiyo'l Poligraf Servis" 2017 y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.