Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QISH DARSLARIDA INTERFAOL METODLARNI SAMARALI QO’LLASHNING O’ZIGA HOS JIXATLARI'

BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QISH DARSLARIDA INTERFAOL METODLARNI SAMARALI QO’LLASHNING O’ZIGA HOS JIXATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2057
261
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
interfaol / metod / izohli o’qish / mantiqiy o’qish / badiiy o’qish / ifodali o’qish. / interactive / method / explanatory reading / logical reading / art reading / expressive reading.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Samaridin Barakayevich Qorayev, Marjan Smatillayevna Janbayeva

Maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’qish darslarida interfaol metodlarni samarali qo’llash haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF EFFECTIVE APPLICATION OF INTERACTIVE METHODS IN PRIMARY EDUCATIONAL LESSONS

The article discusses the effective use of interactive methods in the reading lessons of primary school students in general secondary schools.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH TA’LIMDA O’QISH DARSLARIDA INTERFAOL METODLARNI SAMARALI QO’LLASHNING O’ZIGA HOS JIXATLARI»

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1079-1085

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA O'QISH DARSLARIDA INTERFAOL METODLARNI SAMARALI QO'LLASHNING O'ZIGA HOS JIXATLARI

Samaridin Barakayevich Qorayev

Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti

Marjan Smatillayevna Janbayeva

Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti j anbayevamarj an@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish darslarida interfaol metodlarni samarali qo'llash haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: interfaol, metod, izohli o'qish, mantiqiy o'qish, badiiy o'qish, ifodali o'qish.

CHARACTERISTICS OF EFFECTIVE APPLICATION OF INTERACTIVE METHODS IN PRIMARY EDUCATIONAL LESSONS

ABSTRACT

The article discusses the effective use of interactive methods in the reading lessons of primary school students in general secondary schools.

Keywords: interactive, method, explanatory reading, logical reading, art reading, expressive reading.

KIRISH

Avvalo so'zimiz boshida bugun ta'lim sohasidagi isloxatlarni muhim jixatlari to'g'risida to'xtalishimiz kerak. Ya'ni 2020-2030 yilarga belgilangan Davlat ta'lim sifatini oshirish yuzasidan konseptsiyalarni belgilangani va bu yuzasidan olib borilayotgan keng ko'lamdagi ishlarmiz ham muhim ahamiyatga ega. "Ta'lim to'g'risidagi qonunimiz"da belgilanganidek umumiy o'rta ta'limimizning quyi bosqichi hisoblangan boshlang'ich sinflarda dars o'tishni yangicha tusga kiritish asosiy vazifalarimizdan biridir. Shu singari maqolada asosiy vazifamizni interfaollik nima? Savolini qo'yishda, bu - o'zaro ikki kishi faolligi, ya'ni, bundan o'quv- biluv

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1079-1085

jarayoni o'zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki o'qituvchi - o'quvchilarning o zaro muloqotlari asosida kechadi. Interfaollik - o'zaro faollik, harakat, ta'sirchanlik, o'quvchi - o'qituvchi, o'quvchi - o'quvchi suhbatlarida sodir bo'ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o'quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o'quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratish. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o'quvchi chetda qolmay, eshitgan, o'qigan, ko'rgan bilgan fikr mulohazalarini ochiq oydin bildirish imkoniyatlariga ega bo'ladilar. O'zaro fikr almashish jarayoni hosil bo'ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o'zaro do'stona munosabatlar shakllanadi .

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Interfaol ta'lim o'z xususiyatiga ko'ra didaktik o'yinlar orqali evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat - dars jarayonini loyihalash orqali muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali kreativ - ijodkorlik asosida axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o'z ichiga oladi .

Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta'lim o'z navbatida kompyuter dasturlari yordamida o'qitish, masofadan o'qitish, internet tarmoqlari asosida o'qitish, media - ta'lim metodlaridan iborat.

Boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning yosh hususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko'ra didaktik o'yinlar orqali evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo'llanilmoqda. Agar o'qitish jarayonida har bir o'quvchi o'zining o'zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta'minlagan bo'lar edi. Bunday holatni faqat tabaqalashtirgan ta'lim orqaligina amalga oshirish mumkin. Endi ta'lim jarayonlarini didaktik o'yinlar orqali amalga oshirish haqida fikr yuritamiz: Interfaol o'yinli metodlar o'quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o'quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.

Interfaol o'yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchanlik va boshqa yo'nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o'quvchilarda tahlil qilish,hisoblash, o'lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki mustaqil jamoa tarkibida ishlash,nutq o'stirish, til o'rgatish yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1079-1085

Umumiy o'yinlar nazariyasiga ko'ra, mavjud barcha o'yin turlarini tasniflashga ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik , sport va harbiy o'yinlarga ajratiladi.Interfaol o'yin turlarini tanlashda quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi. -ishtirokchilarni tarkibi bo'yicha, ya'ni o'g'il bolalar, qiz bolalar yoki arlash guruhlar uchun o'yinlar:

-ishtirokchilarning soni bo'yicha -yakka, juftlikda, kichik guruh, kata guruh, sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o'yinlar:

- o'yin jarayoni bo'yicha fikrlash, o'ylash, topag'onlik, harakatlarga asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo'naltirilgan;

-vaqt me'yori bo'yicha -dars, mashg'ulot vaqtining reja bo'yicha ajratilgan qismi, o'yin maqsadiga erishguncha, g'oliblar aniqlanguncha davom etadigan o'yinlar.

Bularning bari o'quvchilarga fanlararo bogliqlikni o'rgatish orqali ularda olam tuzilishini ilmiy asoslarini to'liq idrok etish va ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, ijodiy tafakkurlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.Boshlang'ich sinflarning o'qish darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta'limini o'qish ta'limisiz tasavvur qilib bo'lmaydi.

Umuman olganda, o'qish darslari oldiga qo'yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:

l.O'quvchilarda yaxshi o'qish sifatlari: to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qishlarini shakllantirish.

2.O'quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishgao'rgatish, kitobga muhabbat uyg'otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yiirituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish.

3.O'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.

4.O'quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga mu habbat ruhida tarbiyalash.

5.O'quvchilarning bog'lanishli nutqini va adabiy-estetik tafak-kurini o'stirish.

6.O'quvchilarning xayolot olamini boyitish. 7.Elementar adabiy tasavvurlarini shakllantirish.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1079-1085

O'qish inson xayotida muhim ahamiyatga ega. O'qish orqali inson borliq, jamiyat haqida bilimga ega bo'ladi, o'qishni bilmagan odamning ko'zi ojiz kishidan farqi yo'q. Boshlang'ich sinfda o'qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi.

V.A.Suxomlinskiy bu haqida shunday deydi: «Bolalar dunyoni va o'z-o'zini bila borish bilan birga katta avlodlar yaratgan moddiy va ma'naviy boyliklar uchun o'zining mas'ulligini oz-ozdan bila borishlari kerak. ...bolaga yaxshilik va yomonlikni to'gri ko'rish imkonini berish kerak. Yaxshilik unda quvonch, zavq, hayajon, ma'naviy go'zallikka ergashish ishtiyoqini hosilqiladi; yomonlik qahr-g'azab, murosasizlik uyg'otadi, haqiqat va adolat uchun kurashga chorlovchi ma'naviy kuchga to'ldiradi.

O'qish darslarida qo'llaniladigan metodlar: Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"da ta'lim berishning iig'or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o'quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy o'rta ta'limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta'kidlangan.

Iig'or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o'qituvchi va o'quvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi.

O'qish darslarining samaradorligi ko'p jihatdan ta'lim metodlarining to'g'ri tanlanishiga bog'Iiq. Ularda ko'proq to'g'ri talaffuz, qiroat bilan o'qish, ifodali o'qish nazarda tutilgan.

Hozir maktablarda o'qish izohli o'qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug'iladi: Izohli o'qish nima?

Izohli o'qishga XIX asrning 60—70-yillarida rus pedagogi K. D. Ushinskiy asos solgan, u o'qishda o'quvchilarni ,,ongli, tushunib, o'ylab o'qishga" o'rgatishni alohida ta'kidlaydi va uni "Izohli o'qish" deb nomlaydi.

Izohli o'qish metodiga K. D. Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli o'qish o'quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o'quvchilarga o'qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog'liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar.

Izohli o'qish: quyidagi tamoyillarga toliq amal qilingandagina muvaffaqiyatli bo'ladi:

l.O'qishni hayot bilan bog'liq holda tashkil etish.

2.O'qishning ongli va ta'sirchan bolishi uchun o'quvchilarning hayotiy tajribalariga, taassurotlariga asoslanish.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1079-1085

3.O'qishni ko'rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy ioylarga ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o'simliklar dunyosini ku-zatish, rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o'quvchining ifodali o'qishi tarzida olib borish.

XULOSA

Boshlang'ich sinf o'qish darslarida asosan she'rlar,masallar,ertaklar, hikoyalar, afsonalar,maqollar va topishmoqlar,ilmiy-ommabop asarlar o'qib o'rganiladi. Yuqorida ta'kidlangan metodlardan tashqari, boshlang'ich sinf o'qish darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan "Aqliy hujum", "Tarmoqlash", "Guruhlar bilan ishlash", "Blits texnologiyasi" kabilardan ham foydalanish yaxshi samara beradi.

Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullarni qo'llash o'qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak.

REFERENCES

1. Barakaevich, K. S. (2020). Improvement of Vocational Training of Pupils in Secondary Schools. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(1).

2. Qoraev, S. (2016). Specific features of interdisciplinary coherence and interoperability. "Education, Science and Innovation," 2 (2), 45-50.

3. Кораев, С. (2016). Фанлараро узвийлик ва узаро алокани таъминлашнинг узига хос хусусиятлари. "Таълим, фан ва ннновация", 2(2), 45- 50.

4. Elmurzaeva, N. K., & Qorayev, S. B. (2021). Pedagogical Requirements for the Organization of the Educational Process in Specialized State Educational Institutions. Psychology and Education Journal, 58(1), 1078-1084.

5. Кораев, с. Б. (2020). Профессионал таълимда укув амалиётларини ташкил этишнинг узига хос хусусиятлари. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 1281-1286.

6. Barakayevich, Q. S., & Baxtiyorovna, A. S. (2021). Xalqaro dastur talabalari asosida innovatsion ta'lim muhitini yaratish. Integration of science, education and practice. scientific-methodical journal, 1(02), 132-137.

7. Adbujalilova, S. A., & Koraev, S. B. (2020). Талабалар илмий дунёкарашини шакллантиришда педагогик технологияларнинг урни. Academic research in educational sciences, (4).

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1079-1085

8. Караев, С. Б. (2018). Современные пути совершенствования учебнопроизводственных комплексов, специализированных на профессиональной подготовке учащихся. In Психология и педагогика на современном этапе (pp. 30-36).

9. Кораев, с. Б., & Жолдасов, И. С. (2021). Касб-хунар мактаблари фаолиятини амалий машгулотлар самарадорлигини ошириш оркали такомиллаштириш масалалари. Academic research in educational sciences, 2(2).

10. Tilakova, M., & Qoraev, S. (2020). Recommendations for students 'creative ability development. Academic Research in Educational Sciences, 1 (4), 184-189.

11. Abdujalilova, S. A., & Qorayev, S. B. (2020). The Role Of Pedagogical Technologies In The Formation Of Students' Scientific Outlook. European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7(03), 2020.

12. Тилакова, М., & Кораев, С. (2020). Укувчилар креативлик кобилиятларини ривожлантириш буйича тавсиялар. Academic Research in Educational Sciences, 1 (4), 184-189.

13. Кораев, С. Б. (2016). Фанларни укитишда табакалаштирилган таълим технологиясини жорий этиш масалалари. Таълим технологиялари, 2, 45-50

14. Qorayev, S. В., & Janbayeva, M. S. (2021). Boshlang'ich sinf o'qish darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish. academic research in educational sciences, 2(4), 149-153.

15. Qorayev, S. В., & Allayorova, S. B. (2021). Boshlang'ich sinf o'quvchilarini pirls xalqaro baholash dasturi tizimiga tayyorlash jarayonini takomillashtirish masalalari. Academic research in educational sciences, 2(2), 443-448.

16. Кораев, С. Б. (2018). Умумий урта таълим муассасаларида укув-ишлаб чикариш мажмуаларини ташкил этишнинг долзарблиги. Таълим, фан ва инновация , 4, 28-31.

17. Мухамедов, Г. И., & Кораев, С. Б. (2019). Укув-ишлаб чикариш мажмуа машгулотларини олиб боришда педагогмухандисларнинг касбий функцияларини ошириш тамойиллари. Мугаллим хэм Yзликсиз билимлендириу, 2, 71-74.

18. Кораев, С. Б. (2020). Профессионал таълимда укувчиларни касб-хунарга тайёрлаш жараёнини такомиллаштириш йуллари. Узлуксиз таълим, 1, 88-92.

19. Кораев, C. Б. (2021). Профессионал таълимда касбий амалий машгулотлар мазмуни ва уни такомиллаштириш йуллари. Academic research in educational sciences, 2(4), 1573-1581.

Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022

ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-1079-1085

20. Курбонова, М., & Кораев, С. (2020). Бошлангич таълимда укувчиларнинг укув-билиш компетенцияларини шакллантириш. Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 795-801.

21. Qorayev, S. B., & Janbayeva, M. S. (2021). Boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishning zamonaviy tamoyillarl. Academic research in educational sciences 2(CSPI conference 1), 1492-1496.

22. Janbayeva, M. S. & Qorayev, S. B. (2021). Modern principles of organization of extracurricular activities in primary schools. Экономика и социум, 5-2, 837-843.

23. Адбужалилова, Ш. А. (2020). Талабалар илмий дунёкарашини шакллантиришда педагогик технологияларнинг урни. Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 813-823.

24. Abdujalilova, S., Koraev, S. B. (2020). Талабалар илмий дунёкарашини шакллантиришда педагогик технологияларнинг урни. Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 813-823.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.