Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O‘QITISHNING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O‘QITISHNING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bilish jarayonlari / tafakkur / diqqat / qisqa (uzoq) muddatli xotira / egosentrik nutq / ko‘rgazmalilik / analizator / turg‘un birikma / muloqot modellari

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Umida Erkin Qizi To’Xtayeva

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflardagi yoki kichik yoshdagi bolalarga ingliz tilini tez va oson o‘qitishning yoshga oid xususiyatlari haqida atroflicha hamda tushunarli qilib yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O‘QITISHNING YOSHGA OID XUSUSIYATLARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGLIZ TILI O'QITISHNING YOSHGA

OID XUSUSIYATLARI

Umida Erkin Qizi To'xtayeva

Chirchiq Davlat Pedogogika Universiteti, Turizm fakulteti, 2-bosqich talabasi

e-mail: umidakhon2004@gmail.com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada boshlang'ich sinflardagi yoki kichik yoshdagi bolalarga in-gliz tilini tez va oson o'qitishning yoshga oid xususiyatlari haqida atroflicha hamda tushunarli qilib yoritilgan.

Kalit so'zlar: bilish jarayonlari, tafakkur, diqqat, qisqa (uzoq) muddatli xotira, egosentrik nutq, ko'rgazmalilik, analizator, turg'un birikma, muloqot modellari

KIRISH

XXI asr - intellektual avlod asrining kichik maktab yoshidagi o'quvchilarga xos bo'lgan xarakterli jihatlari ko'p. Bugungi davr bolalari qobiliyat, zehn-zakovat, tirishqoqlik borasida ustunlik qilishadi. Ya'ni bolalar juda erta yoshdan intellektual imkoniyatlarini to'liq ishga solishga intilishadi va o'zlariga nisbatan kuchli e'tibor talab qilishadi, atrofdagi olamni tezroq anglashga urinishadi. Kichik maktab yoshidagi bugungi davr(indigo) bolalari o'zlarining giperfaolligi va o'ta ta'sirchanliklari bilan o'tgan asrdagi tengdoshlaridan farq qilishadi. Bunday giperfaollik natijasida bolalar kinestetik, tez toliqadigan va diqqatni jamlab, ma'lum nuqtada uzoq saqlab tura olmaydigan bo'lib qolishgan. Bugungi davr bolalari tug'ma o'tkir zehn sohiblari bo'lib, ular axborot olishga juda o'ch. Agarda ularning axborot qabul qilishga kuchli ehtiyojlari vaqtida qondirilmasa, ular injiq va jahldor bo'lib qolishadi. Axborotga o'chlik televizor va kompyuter qarshisida ko'p o'tirilishi natijasida shakllangan. Ayniqsa, reklamalar dinamik va zich axborot taqdim etish xususiyati bilan bolalar e'tiborini ko'p tortadi. Bugungi davr bolalarida uzoq muddatli xotira qisqa muddatli xotiraga nisbatan mustaxkamroq bo'ladi. Bunday layoqat bolalarga kompyuter texnologiyalari asridagi yuqori axborot tezligi oqimida ortda qolib ketmasliklari va katta miqdordagi axborotni operativ qabul qilib uni tez fursatda qayta ishlashlari uchun inom etilgan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Zamonaviy metodik adabiyotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarini nimani qila olmasliklariga emas, balki nima qila olishlari mumkinligiga e'tibor qaratish tavsiya

April 23-24, 2024

700

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

etiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ingliz tilini o'rganishdagi asosiy ustunligi ular mazkur predmetni o'rganishda ikkilanmaydilar, ya'ni ularda jur'at yuqori bo'lib, mavjud ijtimoiy nutq vaziyatlarida obro'sizlanib qolishdan cho'chishmaydi. Ular ingliz tilini muvaffaqiyatli o'rganish uchun yaxshi shakllangan instinktlar, til tajribalari va o'zlariga xos xarakterli xususiyatlarga ega. Masalan, 1-2 sinf o'quvchilari:

- til qonuniyatlarini bilmasalar-da, undan foydalana olishadigan;

- xato qilishdan cho'chimaydigan va ular ustida ishlashga tayyor;

- ona tilidagi intonatsiya turlaridan to'g'ri foydalana oladigan;

- imo-ishoralar, yuz ifodalari va qo'l harakatlarni to'g'ri talqin qilish ko'nikmasi shakllangan;

- so'z ma'nosini to'liq tushunmasalar-da, u kasb etadigan mazmunni yaxshi fahmlab oladigan;

- chegaralangan miqdordagi leksik zaxiradan kreativ (ijodiy) foydalana oladigan, tashabbusli nutq hosil qila oladigan, suhbatlashishni yaxshi ko'radigan;

- serg'ayrat, harakatchan, ishonuvchan, tasavvuri boy, ta'sirchan, maqtovsuyar, quvnoq va har bir mashg'ulotdan zavq olish usullarini topa oladigan;

- o'zgalar nutqiga taqlid qiluvchan;

- diqqatni ma'lum nuqtada uzoq muddat ushlab tura olmaydigan, qisqa muddatli xo-tiraga ega, egosentrik nutqi yaxshi rivojlangan;

- ayni paytda o'zlari bajarayotgan, bajargan yoki ko'rgan va eshitgan narsalari haqida gapira oladigan;

- til materialini yaxlit o'zlashtirishni afzal ko'radigan bo'lishadi.

1-2 sinf o'quvchilarini 3-4 sinf o'quvchilaridan farqlash mumkin. 3-4 sinf o'quvchilari 1-2 sinf o'quvchilariga nisbatan psixologik va fiziologik jihatdan yetukroq bo'lishadi. 1-2 sinf o'quvchilari ko'proq yolg'iz o'ynashni yoqtirishadi va o'z narsalarini boshqalar bilan baham ko'rishni istashmaydi. 3-4 sinf o'quvchilari esa jamoaviy o'yinlarda faol ishtirok etishni yoqtirishadi va ularda egoizim susaya boshlaydi (jadvalga qarang)

1-2 sinf o'quvchilarining 3-4 sinf o'quvchilaridan farqlanishi :

I-II sinf o'quvchilari III-IV sinf o'quvchilari

Xotiraga suyanishadi Tahlilga suyanishadi

Gapirish va tinglab tushunishga diqqat-liroq O'qish va yozishga diqqatliroq

Topshiriqning faqat bir aspektiga e'tibor qaratishadi Topshiriqning turli aspektlariga e'tibor qaratishadi

O'rganayotgan va rivojlanayotganlikla- O'rganayotgan va rivojlanayotganliklar-

701

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagOgjkaHliViiliiiii^^^^^^^Zlällliä

rini ko'rsatib berish imkoniyatlari che-garalangan, o'rgangan narsalarini ama-liyotda qo'llay olishmaydi ni namoyon etish ko'nikmalari yaxshi rivojlangan, o'rgangan narsalarini amalda qo'llay olishadi

Do'stona munosabatlar tasodifiy va mustahkam emas Do'stona munosabatlar o'zaro ishonch, qo'llab-quvvatlash va o'xshash qiziqish-larga asoslanadi

Emotsiyani nazorat qila olishmaydi Emotsiyani nazorat qila olishadi

Yuqori motivatsiya Motivatsiyaning susaygan darajalari

O'zi haqida ijobiy fikrlaydi, o'rganishga optimistik yondashadi O'zi haqidagi atrofdagilarning fikri bilan qiziqadi, o'zini tengqurlari bilan taqqoslaydi va pozitivlik susaya boshlaydi

Til haqida kam tushunchaga ega, ona tili kompetensiyasi yuqori emas Til haqida ma'lum tushunchaga ega, ona tili kompetensiyasi rivojlanish bos-qichida

Mantiqiy xotiradan ko'ra ko'rsatmaliharakatli xotira ustun rivojlanadi. So'z mantiq xotirasi va ma'nosini tushunib eslab qolish salmog'i ortib bo-radi. Xotirani ongli boshqarib, eslab qolish, esga tushirish, esda saqlash ja-rayonlari faoliyatini ma'lum maqsadga muvofiqlashtira oladi.

Til materialining ichki bog'lanishiga ahamiyat bermay, ma'nosiga tushunmay quruq eslab qoladilar. Reproduksiya mexanizmi, ya'ni jumla va mazmunni o'zgarishsiz qayta qo'llash (reproduksiya) odati shakllangan bo'ladi.

Rivojlanishning yaqqol operatsiyalar davrida bo'lishadi Ob'yektning tashqi ko'rinishi o'zgarsada, uning xususiyati o'zgarmasligini anglashadi, ya'ni «intellektual revolyusiya».

Uzunlik o'lchov birliklarini o'zlashtirishda qiynaladilar. Ular uzunlik o'lchovining asosiy belgisi - uning uzunligini ajratishni bilmaydilar. Ko'p tushunchalarni, chunonchi, baland-past, uzoq-yaqin, kam-ko'p va hokazolarni avvalgi voqelikdagi narsa va hodisalar o'rtasidagi fazoviy munosabatlarni bevosita idrok qilish asosida o'zlashtiradilar

2-3 minut mobaynida diqqat bilan tin- 4-5 minut mobaynida diqqat bilan tin-

702

April 23-24, 2024

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogjka^niVBBiitiii^^^^^^^^imilli

glay oladi glay oladi

Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarga ingliz tili o'rgatishda ko'rgazmalilikdan keng foydalaniladi. Bu tadbirlar, birinchidan, bolalar faolligini oshirsa, ikkinchidan, materialni mantiqiy jihatdan o'zlashtirishga, uni tahlil etish, mavhumlashtirish va umumlashtirishga to'sqinlik qiladi. Ko'rgazmalilikning haddan ziyon oshib ketishi unga asoslangan dinamik stereotip paydo bo'lish xavfini vujudga keltiradi. Ko'rgazmalilikka berilib ketilishi natijasida o'quvchi asosiy maqsaddan uzoqlashadi, ichki muhim belgilarga emas, tashqi belgilarga e'tibor berishga odatlanib qoladi. Ma'lumki, axborotning xotirada mustahkam saqlanib qolinishi uni qabul qilishda ishtirok etadigan analizatorlarga ham bog'liq. Masalan, tinglab qabul qilingan axborot, ko'rib qabul qilingan axborotga nisbatan xotirada mustahkamroq saqlanadi. Chunki axborotni tinglash jarayonida o'quvchi diqqatni jamlashga ko'proq kuch sarflaydi. Ya'ni eshitish a'zolari faoliyati ko'rish a'zolari faoliyatidan 16 baro-bar ko'p asab tolalarining harakatlanishini talab etadi. Tinglab tushunish jarayonida toliqish koeffitsiyenti 176 foizga ortadi. Tinglab tushunishda ko'p quvvat sarflanishi til materialini mustahkam va mukammal o'zlashtirilishini ta'minlaydi. Ayrim hola-tlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarida «disleksiya», ya'ni b, d kabi harflarni, sheep -ship, man - men kabi o'xshash so'zlarni farqlay olmaslik yoki so'z tarkibidagi o'xshash harflar o'rnini almashtirib o'qish holatlari uchraydi. Ba'zi o'quvchilar chap va o'ngni, turli geometrik shakllarni ham farqlay olmaydilar. Bunday o'quvchilar ona tilini o'zlashtirishda ham qiyinchiliklarga duch kelishadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida bir turdagi mashg'ulot bilan ishchanlik faoliyati 10 minutdan oshmaydi. O'quvchilarda ishchanlik pasayayotganligi sezilgan dastlabki onlardayoq faoliyat turi o'zgartirilishi, ya'ni harakatli o'yinlarga o'tilishi lozim

Ingliz tili o'rganishda xotirani mustahkamlashning «linkword» metodi ishlab chiqilgan. Linkword - atamasi ingliz tiliva ona tilidagi ma'nosi va talaffuzi o'xshash so'zlarni anglatadi. Bu metod ingliz tilini o'rganishda fransuz yoki ispan tilida so'zlashuvchi o'quvchilar uchun ko'proq mos keladi. Bizning fikrimizcha, uni milliy maktablarga ham joriy qilish mumkin. Masalan tomato, lemon, zebra, giraffe, sport, tennis, computer, doctor kabi so'zlarni o'zbek o'quvchilar oson eslab qolsalar, talaf-fuz jihatdan yaqin bo'lgan duck, dish, men (o'rdak, idish, men) kabi so'zlar ham oson yod olinadi. Jonli muloqot jarayonida taqdim etilgan nutq namunasini tushunish va eslab qolish oson. Masalan, eshikni yoki sumkasini ochishga qiynalayotgan bolaga, «Look, I'll open the door for you», deya ko'mak berilganida, bola nutqni tushunadi va ushbu namunani yodda saqlaydi. Sog'lom bola 10-15 detsibel (eshitish birligi) tovushni payqay oladi. Masalan, barglar to'kilayotganda 20, sekin ovozda

April 23-24, 2024

703

Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti

q^avjat^edagogi

Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

so'zlashilganda 20-30, o'rtacha suhbat jarayonida 30-35, telefonga ulangan naushnik (quloqchin)da esa 120 detsibel tovush hosil bo'ladi. 90 detsibeldan yuqori tovush eshitish, bolaning asab tizimlariga zararli

Maqolamiz yakuniga xulosa yasaydigan bo'lsak, muloqot modellarini o'rgatish kommunikativ kompetensiyaning muvaffaqiyatli egallanishida yuqori samara beradi. Shuningdek, o'quvchi nutqining ingliz tilidagi nutqqa taxminiy yaqinlashtirishga er-ishish, uning xato qilib qo'yishdan xavfsirashi, to'g'ri ayta olish/olmaslikdan xavotir-lanishi kabi psixologik to'siqlarni yengishi uchun katta yo'l ochildi, erkin gapirish va bamaylixotir kommunikatsiya va interaksiyaga kirishish imkoniyati yaratildi. Ingliz tili o'qitish metodikasining didaktik tamoyiliga muvofiq mashg'ulotlarda barcha nutq analizatorlarining to'liq ishtiroki til materialini xotirada mustahkam qolishini ta'minlaydi.

1. READING IS THE RECEPTIVE SIDE OF WRITING. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, Gazieva Saida Turgunovna, 2021/5, ARES, 2,5,1564-1570, Uzbekistan

2. —Chet tillarni o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora -tadbirlari to'g'risida(PQ-1875-son)IIXalq so'zi gazetasi. 2012yil. 12-dekabr

3. To'xtayeva, E. and Gaziyeva, T. 2023. BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARNI CHET TILIDA BAHOLASHNING ZAMONAVIY VA O'ZIGA XOS YONDASHUVLARI. Academic Research in Educational Sciences. 11(4), pp.317-319.

4. Gazieva S. T. READING IS THE RECEPTIVE SIDE OF WRITING //Academic research in educational sciences. - 2021. - T. 2. - №. 5. - C. 1564-1570.

XULOSA

REFERENCES

704

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.