Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
NEMIS TILI DARSLARIDA PRODUKTIV TIL KO'NIKMALARI
Nilufar Xudayberganova
Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Universitet Turizm Fakulteti Xorijiy til va adabiyoti yo'nalishi talabasi E-Mail: [email protected] Ilmiy rahbar: Mohira Usmonxodjayeva Abdumalikxodjayevna
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Ma'lumki, chet tillar ta'limining bosh maqsadi og'zaki va yozma nutq ko'nikmasi ekanligi haqida, yozishda leksika, sintaksis va rasmiyatchilik og'zaki nutqqa qaraganda boshqacha bo'lishi haqida, chet tillarini o'qitishda yozish ko'nikmasining ahamiyati haqida soz boradi.
Kalit so'zlar: chet til, talim, o'qitish, dastur, bilim, ko'nikma, malaka, o'rganish, tajriba, maqsad.
LEARNING TO WRITE IN THE LESSONS OF THE GERMAN LANGUAGE
ABSTRACT
In this article, it is known that the head of foreign language education that the purpose is the knowledge of oral and written speech, vocabulary in writing, syntax and formality are different than in spoken language a word about the importance of writing skills in teaching foreign languages goes.
Keywords: foreign language, education, training, program, knowledge, knowledge, skills, learning, experience, purpose.
Chet tilida gapirish va yozish imkoniyatiga ega bo'lish uchun o'quvchilar o'z nutqlarini pragmatik-vaziyat darajasida tovush va harf darajasigacha batafsil rejalashtirishlari va nihoyat nutq yoki grafomotor ko'nikmalardan foydalangan holda amalga oshirishlari kerak. Bu chet tilini o'rganuvchilarga juda yuqori talablarni qo'yadi. Kerakli tuzilmalar ko'pincha darslarda tinglash va o'qish, ya'ni retseptiv qobiliyatlar orqali erishiladi. Bu shuni anglatadiki, qabul qiluvchi va ishlab chiqarish qobiliyatlari doimo o'zaro bog'liqdir. Ishlab chiqarish qobiliyatlari odatda qiyinroq deb tasniflanadi, chunki ular faolroq til ishini talab qiladi. Bundan tashqari, og'zaki va yozma tillar, aniq aytganda, ikki xil tildir. Og'zaki nutq spontan va kamroq rasmiy. Kommunikativ maqsadga erishish rasmiy to'g'rilikdan ko'ra muhimroqdir. Bundan tashqari, og'zaki bo'lmagan elementlar muloqotni qo'llab-quvvatlashda muhim rol o'ynaydi. Yozish esa sekinroq, lekin u ham murakkabligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, lingvistik
650
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
CMrcMqdavjat^
to'g'rilik muhimroqdir. Ikkalasi o'rtasidagi asosiy farq shundaki, gapirishni ham nazoratsiz tarzda egallash mumkin, yozishni esa boshqariladigan o'quv jarayonlarida o'rganish kerak.
Chet tillarini o'qitishdagi ilg'or tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va yoyishdan ko'zlanadigan maqsad ham ijobiy natijalarni qo'lga kiritishga qaratiladi. Ilg'or ish tajribasi umumiy tarzda (chet til o'qitish tajribasi) yoki ayrim kichik sohalarni analizsintez metodi yordamida tadqiq qilishdan iborat. Chet tilini o'rganish - bu jiddiy, odatdagi, davomli, eng boshidan kirishish kerak bo'lgan ish hisoblanadi. Bu yerda hal qiluvchi rolni ichki motivatsiya o'ynaydi: chet tili sizga imtihonni yaxshi top shirish, chet elda o'qish, yuqori lavozimga ko'tarilish, biznesdagi sheriklar bilan erkin muloqot qilish uchun kerak - sabablar turli xil bo'lishi mumkin, lekin motivatsiyasiz sizning muvaffaqiyatga erishishingiz juda qiyin. Ma'lumki, chet tillar ta'limining bosh maqsadi og'zaki va yozma nutq ko'nikmasi, to'g'ri va ifodali fikrlash malakasini tarkib toptirish, o'quvchilarni imlo va uslubiy jihatdan savodxon qilishdan iborat. Ona tili darslarida og'zaki hamda yozma nutq ko'nikmasini shakllantirish ancha murakkab jarayon bo'lib, unda savodxonlik, ijodiylik, fikrni aniq, qisqa va tushunarli tarzda bayoneta olishi muhim hisoblanadi. Yozma nutq savodxonligi o'quvchidan o'z fikrqarashlarini tilning imloviy-grammatik qoidalari, adabiy til me'yorlariga rioya qilgan holda ifodalashni talab etadi. Og'zaki nutqda esa bolaning fikrlash qobiliyati, tafakkuri, dunyoqarashi, ohangni o'z o'rnida qo'llashi juda muhim. Demak, biz o'quvchi-yoshlarda manashu ko'nikmalarni shakllantirish uchun ularni matn bilan ishlashga o'rgatmogimiz lozim. Oquvchi eshitish sezgisi yordamida til birligini idrok etadi, so'ngra uni nutq va harakat sezgisi yordamida og'zaki bayon qiladi. Navbatdagi darslardan birida og'zaki o'zlashtirilgan til materiali yozib beriladi, ya'ni qo'lharakat hamda ko'ruv sezgilari, shuningdek, analizatorlari, faoliyati chog'ida yozish va o'qish bosqichidan o'tadi. Til birliklarini tinglab tushunish, gapirish, yozuv, o'qish, ta'limning ikkinchi yilida esa oldin o'qish, keyin yozuvda o'rgatilishi bilish nazariyasi talabiga to'lig'icha rioya qilish namunasidir. Til birligi tovush tomonini idrok etish va uni og'zaki aytish — bilish jarayonining jonli mushohada bosqichi hisoblanadi. Chet tilida yozish ko'nikmasini shakllantirish muhim talablaridan biri hisoblanib, har bir til o'rganuvchi bu ko'nikmaga ega bolishi lozim. Avvalombor yozish nima uchun muhimligini belgilab olish lozim. Tadqiqotlarda ko'rsatilishicha yozish ko'nikmasi quyidagi holatlar uchun juda muhim hisoblanadi:
- kommunikativ ehtiyojlar tufayli (emaillar, rasmiy xatlar, tabrik kartalari, formulyarlar, uy vazifalarini yozish kabi);
- darsda kelib chiqadigan ehtiyojlar tufayli (uy vazifalari, testlar, grammatika va so'z boyligi ustida ishlash uchun topshiriqlar, qaydlar qilish uchun);
651
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
- o'rganishga oid psixologik tadqiqotlar tufayli (ko'proq qabul kanallari orqali o'rganish va bu orqali eslab qolishni rivojlantirish kabi);
Yozishda nimalarga e'tibor berish kerak [2]:
- yozishda leksika, sintaksis va rasmiyatchilik og'zaki nutqqa qaraganda boshqacha bo'ladi;
- tasvirlash imkoniyatlari cheklangan bo'ladi;
- qayta so'rash imkoniyatimavjud emas;
- gapirish ko'nikmasiga ega bo'lish yozish ko'nikmasini ham egallaganlikni ko'rsatmaydi;
- yozish ko'nikmasi rejalashtirish bilan uzviy bog'liq;
- yozish xatolarni to'g'rilash va qayta ishlash uchun kerak;
- yozish ko'nikmasini shakllantirish orfografik, so'z boyligi, pragmatika (murojaat) kabi masalalarda uchraydigan muammolarni hal qilishda yordam beradi -yozish sekin, avtomatlashmagan hisoblanadi. Yozish ko'nikmasi haqida ko'p bahslar yuritilishiga qaramay, ko'p kitoblarda uni rivojlantirishga qaratilgan mashqlarga yetarlicha e'tibor berilmaydi. Til o'rgnishga moljallangan darsliklarda asosan eshitib tushunish hamda gapirish konikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashq va topshiriqlarga juda katta e'tibor, o'rin ajratiladi. Yozish orqali yozuvchi o'zining o'y va hayollari matn sifatida materiallashadi va harflar, qalam, qog'oz, yozuv mashinasi yoki kompyuter orqali oz aksini topadi. Yozuv taxtasi esa dars jarayonida yozuvlarni aks ettirishning yana bir vositasi hisoblanad.
Shunday qilib, chet tillarini oqitishda yozish konikmasining ahamiyati benihoya ulkandir. Masalan oquvchi eshitgan malumotlarini yozib olib o'rgansa u organayotgan inson uchun qulaylik beradi. Chunki har safar yozilgan malumotga qaralganda uning ongiga mustahkam ornashadi. Eshitish orqali organilgan malumotlar esa xotiradan kotarilishi mumkin. Shuning uchun ham yozib orgatish va yozib o'rganish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO YXATI
1. Bekmuratova U. B. —Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishll
2. N. Q. Xatamova, M.N.mirzayeva. —INGLIZ TILI DARSLARIDA QO'LLANILADIGAN INTERFAOL USULLARl (uslubiy qo'llanma)
3. O'.Hoshimov, I. Yoqubov. —INGLIZ TILI O'QITISH METODIKASIl (o'quv qo'llanma)
4.S Sanaqulov, Z., & Joraboyev, B. (2021). Chet til o'qitish metodikasida zamonaviy metodlar. Academic research in educational sciences, 2(4), 523-534. 5. Z., Joraboyev B. Chet til o'qitish metodikasida zamonaviy metodlar //Academic research in educational sciences. - 2021. - T. 2. - №. 4. - C. 523-5
652