Научная статья на тему 'NEMIS TILI DARSLARIDA YOZUVNING AHAMIYATI'

NEMIS TILI DARSLARIDA YOZUVNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
110
124
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Kiyamova M.S.

Ushbu maqolada chet tilini birinchi marta o'rganishda yozishning ahamiyati muhokama qilinadi. Chet tilini o'rganishda yozish maktab o'quvchilarining bilim darajasini oshiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF WRITING IN GERMAN LANGUAGE LESSONS

This present article discusses the impotance of writing during the first learning of a foreign language. In leaning a foreign language, writing improves the efficiency of schoolchildern’s level of knowledge.

Текст научной работы на тему «NEMIS TILI DARSLARIDA YOZUVNING AHAMIYATI»

Kiyamova M.S.

Iqtisodiyot va pedagogika Universiteti Filologiya va pedagogika fanlari kafedrasi dotsenti

NEMIS TILI DARSLARIDA YOZUVNING AHAMIYATI

Annotatsiya: Ushbu maqolada chet tilini birinchi marta o'rganishda yozishning ahamiyati muhokama qilinadi. Chet tilini o'rganishda yozish maktab o'quvchilarining bilim darajasini oshiradi.

Kiyamova M.S. associate professor Department of Philology and Pedagogical Sciences University of Economics and Pedagogy

THE IMPORTANCE OF WRITING IN GERMAN LANGUAGE

LESSONS

Annotation: This present article discusses the impotance of writing during the first learning of a foreign language. In leaning a foreign language, writing improves the efficiency of schoolchildern's level of knowledge.

Ma'lumki, chet tilini ilk bora o'rganayotgan o'quvchilarga asosan yozish malakalari singdiriladi. Bunda harflarning tuzilishi, uning elementlari va birikish usullari ustida mashg'ulot olib boriladi. Yozuv darslarning muhim vazifalaridan biridir. O'quvchilarning sovodxonlik darajasi yozuv darslari samarasini belgilashga imkon beradi. O'quvchilar sovodxonligi deganda, ularning harf shakllarini to'g'ri va chiroyli yozishlari, harflarning o'zaro birikishi, orfografiya qoidalariga amal qilishlari nazarda tutiladi. Nemis tili fonetikasini o'rgatish davrida yozuvning ahamiyati kattadir. Yozuv o'quvchilarning bilim darajasi samaradorligini oshiradi. O'quvchi yozish orqali o'rganilayotgan tildagi harf shakllarinimukammal o'rganadi.

Ilk bora chet tilini o'rganayotgan o'quvchi uchun avvalom bor quidagilarni inobatga olish zarur:

1. Chet tili xonasida o'rganilayotgan til alifbosining ko'rgazmasi bo'lishi kerak.O'quvchi har gal chet tili xonasiga kirishi bilanoq o'rganilayotgan til alifbosiga ko'zi tushadi.Hali o'qituvchi darsni boshlamasdanoq o'quvchi alifboni ko'radi va dars boshlangunga qadar o'rgangan,o'tilgan harfni bosma va yozma shaklini yana bir bor takrorlaydi.

2. Har bir o'tilgan harf va so'zni doskaga yozib ko'rsatish va havoda yozish mashqlarini sistemali tashkil etish lozim. O'qituvchi doskaga namuna yozib ko'rsatayotganida o'zi doskaning yon tomonida turishi kerak, chunki doskadagi yozuv namunasini tusib qo'ymasligi kerak. O'quvchilar

o'qituvchining qo'l harakatlarini kuzatishva taqlid qilish orqali yozishni o'rganadilar.O'quvchi daftarga yozishdan oldin ruchkani qoliga ushlab doskadagi namuna asosida havoda yozishni mashq qiladi.Qo'l harakatlari o'rganilayotgan chet tilidagi harflarni yozishga moslashganidan so'ngdaftarga yozish tavsiya etiladi. Xorijiy tilni o'rganishda yozuv katta ahamiyatga ega. Husnixat tushunchasi tarkibiga tovush va tovush birikmalarini yozuvda tasvirlaydigan harflar, harf birikmalari, harf usti va harf osti belgilari kiradi. Husnixat harf, harf birikmasi, so'z asosida, imlo esa morfema, so'z darajasida o'rgatiladi. Chet tilini o'rganuvchilar uchun husnixat qo'llanmasi ilk bora 2007 yilda chop etildi. O'quvchi boshqa bir tilni o'rganar ekan, avvalo husnixat daftariga ega bo'lishi kerak. M.S.Kiyamova va Z.S.Kiyamo valar tomonidanyaratilgan»Das Schönschreiben" husnixat daftari ilk bora nemis tili o'rganuvchilar uchun yangilik bo'ldi. Hozirda ilk bora chet tilini o'rganuvchi o'quvchilar husnixat daftariga ega.(Das Schönschreiben M.S.Kiyamova, Z.S.Kiyamova Toshkent»Davr press" nashriyoti 2007 yil) Maktabga ilk marotaba qadam qo'ygan o'quvchi o'z ona tilida chiroyli yozuvni shakllantirish uchun husnixat daftariga ega. Olmon tili esa boshqa bir xalqning tili.Chet tilini o'rganish juda murakkab. Darslar o'tish jarayonida albatta olmon tili alifbosini o'rganish uchun husnixat daftari juda katta ahamiyatga ega. Nemis tili fonetikasini o'rgatishda husnixat qo'llanmasida alifbodagi 26 ta harfning bosma va yozma shakllari, qanday tovushni ifodalashi, ifodalanayotgan tovushning yozuvda ifodalanishi, barcha barchasi berilgan. Nemis tili fonetikasini o'rgatish davrida yozuv juda katta ahamiyatga ega. Chunki nemis tilida yozilgan so'zdagi biror bir belgining tushib qolishi usha so'zning ma'nosini butunlay o'zgartirib yuboradi. Masalan:»schon" so'zi allaqachon ma'nosini bersa,"schön" so'zi esa chiroyli degan ma'noni beradi.

Nemis tili fonetikasini o'rgatish davrida quidagilarni e'tiborga olish

lozim:

- O'tilgan darslarda o'rgangan bilimlarini eslatish;

- „Husnixat daftari»dagi harflarga oid rasmlar asosida suhbat;

- Harfga oid berilgan so'zni harf-tovush jihatidan tahlil qilish;

- So'zdagi unli, undosh harflar o'rnini rangli qalamlar bilan belgilash;

- Harflarning bosma va yozma shakllarini taqqoslash;

- Harflarga oid o'quvchining yoshiga mos maqol, tez aytish, she'rlarni yozdirish va o'rgatish;

- Dars maqsadiharfni to'g'ri yozish ekanligini o'quvchilarga yetkaziish;

- Daftardagi namunaga moslab doskaga yozib ko'rsatish. Yozuv jarayonidagi harakatlarni tushuntirish;

- Doskadagi yozuvni daftardagi namunaga taqqoslash;

- Havoda yozish mashqlari;

- Namuna asosida daftardagi harf konturi ustidan yozish;

- O'quvchilar ishini kuzatib borish va tegishli ko'rsatmalar berish;

- Yozishda qiynalayotgan o'quvchilarga yordam berish;

Husnixat qo'llanmasidan yozuv darslarida ijobiy foydalanish mumkin. Lekin har qanday sharoitda ham bolalarning darsda toliqish, charchashlariga qarab dam olish daqiqalarini bir-ikki marta, hatto, undan ham ko'proq o'tkazish mumkin. Umuman, nemis tilidan savod o'rgatish davridagi yozuv darslari o'quvchilar holati, kayfiyati va qiziqishlariga qarab tashkil etilishi zarur. Ma'lumki, nemis tilidagi so'zlar yozilish xususiyatlariga ko'ra nihoyatda xilma -xildir. Ayrim so'zlarning talaffuzi bilan yozilishi mos kelmaydi. Bulardan tashqari, bosh va kichik harflarning qo'llanishi, so'zni bir yo'ldan ikkinchi yo'lga bo'g'inlab ko'chirish singari holatlarni o'rgatishda orfografiya qoidalari va uning prinsiplariga asoslanadi. Fonetik prinsip talablariga ko'ra so'zlar, talaffuziga muvofiq yoziladi. Morfologik prinsip talablariga ko'ra so'zlar uning o'zak va qo'shimchalari aytilishiga ko'ra emas, balki aslida qanday bo'lsa, usha holicha yoki tanlab olingan biror varianti yoziladiJumladan,shaxs,son,kelishik qo'shimchalari, egalik kesimlik va so'z yasovchi affikslar yozuvda o'zshaklini saqlab qoladi: Sein Buch, mein Buch, dein Buch va b.h.

Chet tillarni o'qitish metodikasida yozuv va yozma nutqqa asosan o'qitish vositasi deb qaraladi. Ehtimol, bu malaka va ko'nikmalar o'rta maktabda chet tilini o'qitish maqsadidametodikaga oid adabiyotlarda ularga asossiz holda ham ahamiyat berilmoqda. Yozuv mexanizmi ikki asosiy qismdan: harflardan so'z tuzish va so'z hamda so'z birikmalaridan yozma axborot tuzishdan iboratdir. Metodik rejada biz ko'nikmaning ikki turini: l.Ayrim so'zlarni yozib olish uchun tilning grafik hamda orfagrafik sistemalarini bilib olish; 2.Fikrni o'zaro munosabat talablariga muvofiq ravishda ifoda etish uchun bu so'zlarni yozma shaklda bir-biriga bog'lashni ko'ramiz. Ko'nikmaning birinchi turi metodika adabiyotda yozuv deb,ikkinchisi yozma nutq deb ataladi.Tilning grafik sistemasi grafik birliklar- grafemalardan iborat.Grafema deganimizda,ma'lum shaklga ega bo'lgan harf, harf birikmalari,orfografik belgilar(apostrof,defies,satr ustiga va satr ostiga qo'yiladigan belgilar va hokazolar) ni tushunamiz.Tovush bilan harf o'rtasidagi mubofiqlik shu sistemaning Agar grafika yoki bu yozuv belgisining umuman qullash imkoniyatlarini o'rgansa, orfografiya - shu belgilar, har bir konkret holatda birorta so'zni yozishda qo'llanish qoidalarini o'rganadi.

Umumiy ta'lim o'rta maktabida yozuvga va yozma nutqqa o'ganish qanday vazifalar quyiladi?

Ma'lum sabablarga ko'ra, maktab oldida cheklangan vazifalar qo'yiladi. Bular quyidagilarni iborat: chet tili alfabeti harflarini kalligrafiya jihatidan to'g'ri tasvirlash; bu harflarni tovushlarga munosabatlash; morfologik va fonetik prinsiplarga asoslangan orfografiya sohasidan ba'zi bir ko'nikmalarni hosil qilish;

o'tilayotgan grammatik materialga mufofiq (asosan fransuz tilida) grammatik orfografiyani o'rgatish va, shuningdek, V-VIII sinflarning leksik minimumiga kiruvchi (asosan fransuz,nemis va ingliz tillarida) traditsion orfografiyali so'zlarning yozilishini o'rgatish. Hozigi zamon metodik adabiyotida yozma nutq sohasidagi talablar odatda o'quvchilar chet tilida

aytishga qodir bo'lgan narsalarni, ya'ni o'quvchlaning og'zaki aytganlarini yozishdan o'rgatishdan iboratdir. Bizning fikrimizcha, maskur masala aniqlanishi va yanada o'rganilishi zarur.

Hozirgi zamon metodikasi yozuvga asosan amaldagiga o'rgatish vositasi deb qaraladi. Biroq yozuv yordamchi vazifa bilan birga, mustaqil vazifaga ham ega, chunki amaldagi programmalarga mubofiq o'quvchilarning chet tilida so'zlarni yozishga o'rgatish vazifasi qo'yiladi. Yozma nutqning o'qitish maqsadlariga qo'shilishi yozuvning roliga haddan tashqari yuqori baho berilganligidan darak beradi,bunday baho berish kiyingi yillarda metodikada sodir bo'lgan edi.O'quvchilarga yozuvni o'rgatishda ya'ni o'quvchilar savodxonligini oshirishda ularning yosh xususiyatlariga mos bo'lgan ta'lim metodlaridan va tegishli ko'rgazma qurollaridan mohirlik bilan foydalanishga to'g'ri keladi.Bu maqsadga erishishda ya'ni belgilangan so'z yoki gapni yozishga kirishishdan oldin uning tarkibi va tuzilishini tahlil qilish,so'zni to'g'ri talaffuz qilish,tovushlarning qanday harflar bilan ifodalanishi yuzasidan savol-javoblar o'tkazish to'g'ri yozish uchun zamin hozirlaydi.Tovush-harf tahlili faqat savod o'rgatish davridagina emas,hatto yuqori sinflarda ham davom ettitilishi kerak. Ko'chirib yozish,lug'at diktant,ko'rsatish-eslatish diktanti kabi yozma ish turlaridan foydalanish ham o'quvchilar savodxonligini oshirishga yordam beradi. O'rta umumiy ta'lim maktablarining vazifasi o'quvchilarni yozuvga va qisman yozma nutqqa ham o'rgatishdir. Yozuvga o'rgatishda chet tili alifbosining harflarini to'g'ri ifodalash ko'nikmasini hosil qilish, bu harflarni tovushlar bilan qiyoslash, so'zlarni to'g'ri yozishga erishish vazifalari turadi.Yozuvga o'rgatishda mexanik tarzda yodlab olish mantiqiy yodlash bilan birgalikda qo'shib olib borilishi kerak. Yozuv til materialini yaxshi o'zlashtirishga, o'qish texnikasini egallab olishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mirolyubov A.A.,Raxmanov I.V.,V. Setlin tahriri ostida O'rta maktabda chet tillar o'qitishning umumiy metodikasi,-T.,:O'qituvchi,1974.

2. Zaripova R.A.Chet tillar o'qitish metodikasidan qo'llanma, -T.,:O'qituvchi,1986.

3. Jalolov J.Chet tili o'qitish metodikasi, T.,:O'qituvchi, 2012.

4. Ushinskiy K.D. Tanlangan pedagogik asarlar.Toshkent,1959 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.