Научная статья на тему 'CHET TILINI O‘QITISHDA E’TIBORGA OLINISHI LOZIM BO‘LGAN KOMPETENSIYALAR'

CHET TILINI O‘QITISHDA E’TIBORGA OLINISHI LOZIM BO‘LGAN KOMPETENSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
68
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tovush / harf / bo‘g‘in / so‘z / orfografik savodxonlik / dikoding / inkoding / analitik foniks / grafofoniks / sound / letter / syllable / word / orthographic literacy / decoding / encoding / analytical phonics / graphophonics.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Anvarova, F.

Ushbu maqolada dastlabki o‘rganuvchilarga chet tilini o‘qitishdagi muammolar ko‘rsatib o‘tilgan. Bu maqolada o‘qituvchi qanday qilib tinglash ko‘nikmalarini rivojlantirishi haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPETENCES THAT NEED TO BE TAKEN INTO CONSIDERATION IN TEACHING A FOREIGN LANGUAGE

This article shows the problems of teaching a foreign language to beginners. This article discusses how a teacher can develop listening skills.

Текст научной работы на тему «CHET TILINI O‘QITISHDA E’TIBORGA OLINISHI LOZIM BO‘LGAN KOMPETENSIYALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

CHET TILINI O'QITISHDA E'TIBORGA OLINISHI LOZIM BO'LGAN

KOMPETENSIYALAR

F. Anvarova

FarDU talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada dastlabki o'rganuvchilarga chet tilini o'qitishdagi muammolar ko'rsatib o'tilgan. Bu maqolada o'qituvchi qanday qilib tinglash ko'nikmalarini rivojlantirishi haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: tovush, harf, bo'g'in, so'z, orfografik savodxonlik, dikoding, inkoding, analitikfoniks, grafofoniks.

В данной статье показаны проблемы в обучении иностранному языку начинающих. В этой статье обсуждается, как учитель может развивать навыки слушания.

Ключевые слова: звук, буква, слог, слово, орфографическая грамотность, декодирование, кодирование, аналитическая фонетика, графофоника.

This article shows the problems of teaching a foreign language to beginners. This article discusses how a teacher can develop listening skills.

Keywords: sound, letter, syllable, word, orthographic literacy, decoding, encoding, analytical phonics, graphophonics.

Ingliz tilida o'qishni o'rgatishning o'ziga xos talablari mavjud bo'lib, o'qituvchi o'z kompetensiyasini rivojlantirishda ularni e'tiborga olishi lozim. Bunga quyidagilar kiradi:

- ingliz tilining tovushlari, harflari va ularning yozuvda ifodalashning o'ziga xos yo'nalishlarini e'tiborga olish;

- o'quvchining tovush, harf, bo'g'in, so'z va gapning o'zaro aloqadorligi, uyg'unligi, yaxlitligini to'g'ri idrok etishiga o'rgatish;

orfografik savodxonlikni rivojlantirishda tovushlarning to'g'ri tallafuz qilinishiga, bola nutqining rivojlanishi va o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'quvchilar ingliz alifbosini o'rganish bilan bir qatorda, harflar ishtirokida qisqa va sodda bo'g'in, so'zlarni o'qishni mashq qiladilar.O'qishni o'rgatishning turli usul, texnika va yo'llari mavjud bo'lib, ular quyidagilar:

706

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

1. Rasmlar va ularning nomlari yozilgan kartochkalar yordamida o'qishni o'rgatish. Masalan: rasmni ko'rsatib, o'quvchilardan rasm nomi so'raladi va ko'rsatkich barmoq yordamida harflarni birma-bir chapdan o'nga yo'naltirib o'qiladi.

2. O'qishni o'rgatishning dastlabki bosqichida dikoding (decoding-kodni ochib o'qish) va inkoding (encoding- kodlash) usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Chunki ushbu usullar o'quvchilarning o'qishni o'rganishini bir muncha osonlashtiradi. Dikoding bu -ma'nosiz so'zlar orqali o'qishni o'rgatish va inkoding -ma'noli so'zlar orqali o'qishni o'rgatish, demakdir. Dikoding usuli yordamida dastlab harf birikmalari va sodda so'zlarni o'qish mashq qilinadi. Bunda o'quvchi va o'qituvchining e'tibori so'zlarning ma'nosiga emas, balki faqat o'qishni o'rganishga qaratiladi.

Masalan:be, ce, de, fe, ge, he, je, ke, le, me, ne, pe, qe, re, se, te, ve, we, ze.

bat, cat, dat, fat, gat, hat, jat, kat, lat, mat, pat, rat, sat, tat, vat, wat,zat.

Faqat shuni esda tutish lozimki, dikoding faqatgina o'qishga o'rgatishning ilk bosqichida samaralidir.

Inkoding usuli yordamida esa o'quvchilar ma'no anglatuvchi so'zlarni o'qish bilan birgalikda, ularning tarjimasi bilan ham tanishadilar.Ushbu usul o'quvchilarga o'qishni o'rgatish va so'z- lug'at boyliklarini oshirishga yordam beradi.

Masalan: bat, cat, fat, hat, mat, rat.

be, he, me, she, we va hokazo.

Ushbu usullardan o'qishni o'rgatish jarayonida turli samarali o'qish texnikalari va metodlari bilan birgalikda foydalanish mumkin .

3. Analitik foniks (Analytical phonics) - harflarni so'zdagi tovush ifodasi orqali o'qish. Masalan: 1-ustunda undosh harflar,2- ustunda ma'lum bir harf birikmasi beriladi. Bunda o'quvchilar undosh harflarni turli harf birikmalari bilan o'qishni mashq qiladilar va ko'nikma hosil qiladilar. Masalan:

d at( ight, in, ed)

f

g

4. Grafofoniks( Grapho phonic)- so'zdagi harflarni alifbodagi nomi bilan o'qish texnikasi. Masalan: d-o-g. Ushbu texnika o'quvchilarning harf nomlari va so'zlarning yozilish tartibini eslab qolishlariga yordam beradi.

Chet tilida yozuvni o'rganishda o'rganilayotgan til vositalari (grafemalar va yozma shakldagi leksik va grammatik birliklarning qo'llanishi, ya'ni yozish

b

c

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

texnikasi) va yozma shaklda fikr bayon etish tushuniladi. Yozuv grammatik va imlo qoidalariga rioya qilgan holda, yozma fikrni bayon etishdir. Yozish texnikasi deganda, grafika (tovush-harf munosabati va harfning ma'no bildirish vazifasi), orfografiya (imlo) nazarda tutiladi. Imlo- so'z va gaplarni yozish, hamda ularga doir qoidalar yig'indisidir. U produktiv nutq faoliyati hisoblanib, ma'lumotni yozuv orqali kodlashdan iborat. Maktabga qadam qo'ygan har bir o'quvchi u yoki bu harfning shaklini tushunib, yozilishini, kichik va bosh harflar nisbatini, ruchkani ushlash va to'g'ri o'tirish qoidalarini biladi. O'quvchilarda yozuv malakalarini hosil qilish uchun diqqat, sezgi , idrok etish, xotira kabi psixofiziologik funksiyalar ishtirok etadi. Bu bog'lanishlar miyada mustahkamlanadi va saqlanib qoladi.

Ingliz tili orfografiyasi juda murakkabdir, chunki u o'zining uzoq tarixi davomida boshqa tillardan ko'plab so'zlarni o'zlashtirgan. Bu so'zlarning aksariyati o'z talaffuzi va yozuv meyorini saqlab qolgan, ba'zilari esa ingliz tili talaffuzi qoidasiga binoan o'zgargan. Ingliz tili imlo birliklarini o'quvchilarning o'zlashtirish darajalariga ko'ra uch turga bo'lish mumkin: 1) qiyinchiligi kamroq imlo birliklari; 2) o'rtacha qiyinchilik tug'diradigan birliklar; 3) o'ta qiyin imlo birliklari.

Birinchi toifaga ingliz imlosining ko'p hodisalari, otlarda ko'plik sonning odatiy yasalishi, hozirgi noaniq zamonda fe'lning 3-shaxs birlik shakli, sifat darajalari va h.z.

O'rtacha qiyin imlo birliklari sirasiga quyidagilar kiradi: bir bo'g'inli so'zlar (ingl. desk, pen map), so'zlarning bosh harf bilan yozilishi (English, Uzbek), hafta kunlari va oylar nomlari (Monday, Sunday), ko'cha nomlarining yozilishi.

Uchinchi - o'ta qiyin imlo birliklari qatoriga bir qancha hodisalar jamlanadi: omonimlar (sea-see, meat-meet), bir fonemaning birdan ortiq grafemalar yordamida ifodalanishi; otlarda ko'plik sonning qoidadan mustasno hollari (man-men, child-children, sheep-sheep); gerundiyning yasalishida undosh harfning geminatsiyasi (ikkilanishi) hodisasi (sit-sitting, begin-begining); so'z boshidagi undosh harfning o'qimasligi (know, write, hour, who).

Birinchi turdagi hodisalar morfologik, ikkinchisi fonetik va uchinchisi esa tarixiy yozilish mezoni bo'yicha o'rgatilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Morfologik prinsip bo'yicha yoziladigan imlo birliklariga asosan qoidalar yordam beradi. Fonetik prinsipga binoan yoziladigan orfografik birliklar uchun esa ko'rish va eshitish mashqlari ko'proq qo'llaniladi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, yozma nutqni o'rgatishda yozuv materiali, yozuv ta'lim vositasi ekanligi, yozma ishlar kabi masalalar hal etiladi. O'quvchilarning o'zlashtirgan til materiallari va og'zaki nutq mavzulari asosida yozma fikr bayon

708

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

etishlari amalda tatbiq qilingan. Yuqori sinflar til materiali va o'qish mavzularini qo'llab o'quvchilar yozma nutq bajarmaydilar. Yozuv til materialini puxta o'zlashtirish, og'zaki nutq va o'qish malakalarini o'sitirish hamda o'quv materialining o'zlashtirish darajasini tekshirish vositasi sifatida namaoyon bo'ladi. Yozma ishlarni bajarish oqibatida o'quvchilar chet mamlakatdagi tengdoshlari bilan bemalol internet orqali muomalaga kira olishlari, hamda fikrlarini yozma ravishda yetkazishlari mumkin.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1-jild. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. - B.173.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28 dekabr 2018 yil. - T.: O'zbekiston, 2019. - B.40.

3. Karimov I.A.Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch. Toshkent. Ma'naviyat. 2008.

4. Sattorov T. Bo'lajak chet tili o'qituvchilarining uslubiy omilkorligini shakllantirish texnologiyasi. Toshkent. 2015.

85-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.