Научная статья на тему 'BIRINCHI SINF O‘QUVCHILARIDA YOZUV MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH'

BIRINCHI SINF O‘QUVCHILARIDA YOZUV MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7704
459
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
alifbe / yozuv / maktab / sinf / tayyorgarlik / mashq / to‘g’ri / noto‘g‘ri / harf / alphabet / writing / school / class / preparation / exercise / right / wrong / letter

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Habiba G‘afforovna Jumayeva

Maqolada husnixatga o‘rgatishdan asosiy maqsad kichik yoshdagi o‘quvchilarga yozishdek murakkab jarayonni o‘rgatish ularning chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish yozuv daftarlari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish haqida fikr-mulohaza yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPING WRITING SKILLS IN FIRST GRADERS

The main purpose of teaching calligraphy is to teach young students the complex process of writing, to develop their fine writing skills and to develop skills in working with notebooks.

Текст научной работы на тему «BIRINCHI SINF O‘QUVCHILARIDA YOZUV MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH»

BIRINCHI SINF O'QUVCHILARIDA YOZUV MALAKALARINI

SHAKLLANTIRISH

Habiba G'afforovna Jumayeva

Buxoro davlat universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada husnixatga o'rgatishdan asosiy maqsad kichik yoshdagi o'quvchilarga yozishdek murakkab jarayonni o'rgatish ularning chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish yozuv daftarlari bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish haqida fikr-mulohaza yuritilgan

Kalit so'zlar: alifbe, yozuv, maktab, sinf, tayyorgarlik, mashq, to'g'ri, noto'g'ri,

harf

DEVELOPING WRITING SKILLS IN FIRST GRADERS

ABSTRACT

The main purpose of teaching calligraphy is to teach young students the complex process of writing, to develop their fine writing skills and to develop skills in working with notebooks.

Keywords: alphabet, writing, school, class, preparation, exercise, right, wrong,

letter

Bola kamolotining shakllanishi ko'p jihatdan chiroyli yozuvga ham bog'liq. Chiroyli yozish orqali bolalar boshqa fanlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirish imkoniga ega bo'ladilar.

Husnixatga o'rgatishdan asosiy maqsad kichik yoshdagi o'quvchilarga yozishdek murakkab jarayonni o'rgatish orqali, ularning chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirishdan iboratdir. Husnixatning oldiga bir qator vazifalar qo'yiladi. Bu vazifalar ko'p qirrali bo'lib o'quvchilarni aqliy rivojlantirishga, ularning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirishga, axloqiy va estetik didini tarbiyalashga, ongli o'qish va yozish malakalarini hamda yozuv daftarlari bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mazkur vazifalarning barchasi o'zaro bog'liq holda amalga oshiriladi. Ularni hal qilish zaruriy yozuv malakalarini egallashga darslikda berilgan o'quvchilar saviyasiga mos nazariy va amaliy materiallar uyg'unlashtirilib, o'zlashtirish ustida ishlashni maqsadga muvofiq uyushtirish, shuningdek, matnlar sifatini, topshiriqlar xususiyatini va bolalar aqliy faoliyatining oziga xos tomonlarini belgilaydigan qator usuliy shart-sharoitlarga bog'liq.

Alifbegacha tayyorgarlik davrining asosiy vazifasi o'quvchilami maktab, sinf bilan, tartib-intizom qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, og'zaki va yozma nutq haqida, gap, nutqning gaplardan tuzilshi, gaplarning so'zlardan tuzilishi; bo'g'in, so'zlarning bo'g'inlardan tuzilishi, so'zlarning bo'g'inlarga bo'inishi; tovush, bo'g'inlarning tovushlardan tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh tovushlarga ajratilishini o'rgatish, ulardan amaliy foydalana bilish kunikmalarini hosil qilishdan iborat. Bu davrda maxsus nusxalar asosida o'quvchilarning bog'anishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga «Alifbe»da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o'zlari bilgan she'r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo'shiqlar, latifalardan ayttirish lozim.

Tayanch so'zlar asosida gap tuzdirish, «Alifbe» sahifalaridagi so'zlar, ularning ma'nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi. (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bog'iq ravishda izchil davom ettirib boriladi.) Bu bosqichdagi yozuv darslarida o'quvchilarda daftar bilan, yozuv chiziqlari bilan tanishtirish, harf elementlarini yozishga o'rgatish, namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash-o'z-o'zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish kabi ko'nikmalar hosil qilinadi.

Alifbegacha bo'lgan davrda tayyorgarlik mashqlarini tashkil etish. Boshlang'ich sinflarda harflarning shaklini to'g'ri yozishga o'rgatish o'qituvchidan ham, o'quvchilardan ham ko'p mehnat talab etadi. O'quvchi har bir harfning tuzilishini, yozilishini ko'rishi va tasavvur hosil qila olishi lozim. O'qituvchi esa o'quvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni aniqlashi va uni tuzatish yo'larini belgilashi kerak.

O'quvchilar tomonidan ham, o'qituvchi tomonidan ham har bir harf aniq yozilishiga erishish, buning uchun ko'p mashq qilish kerak bo'ladi. Dastlab yozish sur'ati sekin bo'ladi, keyinchalik o'quvchilar harflarning yozilish shaklini yaxshi o'zlashtirib olganlaridan so'ng yozuvning tezligi ortib boradi.

Harflarning shaklini tushuntirishda dastlab doskaga yozib ko'rsatish juda muhimdir. Buning uchun o'qituvchining o'zi yaxshi yoza oladigan bo'ishi kerak. Agar o'qituvchi bir harfni bir safar boshqa shaklda, ikkinchi safar yana bir shaklda yozib ko'rsatsa, o'quvchilar ikkilanib qoladilar va xatoga yo'l qo'yadilar.

O'quvchi to'g'ri yoki noto'g'ri yozilgan harflarni bir-biridan ajrata olishi, ulardagi asosiy kamchiliklar nimadan iborat ekanligini ko'rsata olishi lozim. Shuning uchun ham o'quvchilarda harfning shaklini analitik ko'rish malakasini o'stirish talab etiladi. Analitik ko'rish malakasi faqat to'g'ri va noto'g'ri yozilgan harflarni solishtirish orqali o'stirib boriladi.

O'qituvchi o'rgatmoqchi bo'lgan harfning shaklini va yozilish tartibini doskada ko'rsatib bergandan so'ng o'quvchilarga 2-3 qator mustaqil yozishga ruxsat etishi mumkin. Bu vaqt ichida o'qituvchi sinfni aylanib, o'quvchilarning yozuvini tekshirib chiqishi va xato yozayotgan o'quvchilarning yozuvlaridan bittasini namuna uchun

tanlab olib, doskada o'quvchi qanday xato yozgan bo'lsa, o'qituvchi ham shunday shaklda yozib ko'rsatadi.

Agar o'quvchilar o'z o'rtoqlarining yo'l qo'ygan xatosini ko'rsalar, shu ondayoq qo'l ko'tarib, uni tuzatishga harakat qiladilar. Agar o'quvchi harfni juda ham noto'g'ri yozgan bo'lsa, o'quvchilar taajjublanadilar va unga tanqidiy nazar bilan qaraydilar. Shunday tanqidiy munosabatning o'zi ko'p xatolarning oldini olishga yordam beradi. Bunday noto'g'ri yozilgan harflarni doskada yozib ko'rsatish orqali tahlil qilish maqsadga muvofiqdir, chunki uni hamma o'quvchilar kuzatib turadilar.

Qoida bo'yicha o'quvchilar harflarni elementlarga ajratib yozmasalar ham, har bir harfning qanday elementlardan tuzilganini, yozayotganda ruchkani qaysi tomonga qarakat qildirishni, qayerda burilish bo'lishini, qaysi elementi qanday qiyalikda yozilishini yaxshi bilishlari kerak. Bu esa o'quvchilarga harflarning shaklini yana ham chuqurroq o'zlashtirib olishga katta yordam beradi.

1-sinfda yozuv mashqlarini tashkil etish birmuncha murakkab bo'ib, bir necha xil vazifani o'z ichiga oladi: bolalar o'qituvchining so'zini tinglaydilar, doskaga yozgan harf va so'zlarni ko'rib boradilar, ayrim matnlarni ko'chirib yozadilar, so'z va bo'g'inlarni tahlil qiladilar va hokazo.

Har bir yozuv mashg'ulotini boshlashdan oldin hamda butun dars jarayonida ham o'quvchilarga to'g'ri o'tirish qoidalarini eslatib turish maqsadga muvofiqdir. Bu masalani oson hal etishning yana bir yo'li sinfga to'g'ri o'tirish qoidalari ko'rsatilgan ko'rgazmalarni osib qo'yishdir.

O'quvchilarda chiroyli, aniq va toza yozishga qiziqish va muhabbat uyg'otish uchun birinchi navbatda o'qituvchining o'zi chiroyli yozishi lozim. 1 sinfda o'qish darslarida o'quvchilar tovush hamda bosma harflar bilan tanishtirilsa, tovush va harflarni analiz va sintez qilish orqali ularning nutqi o'stiriladi. Shu kabi yozuv darsining ham ayrim spetsifik xususiyati bor. Masalan, agar o'quvchilar o'qish darsida «Alifbe» kitobidagi tayyor bosma harflardan foydalansalar, yozuv darsida bu narsa ko'rinmaydi. Har bir harf va uning elementini o'quvchining o'zi namunaga qarab yozadi.

Shuning uchun ham bu sinfda yozuvga o'rgatish o'z navbatida quyidagi kabi qator tushunchalarni bilishni talab etadi: baland-past, bir xil, keng-tor, yaqin-uzoq, yuqoriga, pastga, o'rta (oraliq), uzunroq-kaltaroq, teng, teng bo'magan masofa, to'g'ri-qiya, chapga-o'ngga.

O'qituvchi yozuv malakasiga o'rgatishga boshlashdan oldin o'quvchilar bilan yuqoridagi ko'rsatib o'tilgan tushunchalar ustida ish olib borishi lozim. Bu o'quvchilarga harflarning shaklini uning harakatini yaxshi tushunishlariga katta yordam beradi.

1-sinfda yozuv mashqlari uchun berilgan alifbegacha bo'lgan davrni birmuncha uzaytirish mumkin. Ammo bu davrda yozuv darsi bilan o'qish darsi o'rtasida birmuncha

farq bo'ishi mumkin, bundan cho'chimaslik kerak, chunki bu vaqtda o'quvchilar so'z va harflarni o'tilgan materiallar asosida yozib o'rganadilar. Keyinchalik esa o'qish bilan yozuv darsi bir-biri bilan uzviy bog'langan holda davom etadi.

O'qishning birinchi haftalaridagi tayyorgarlik mashqlari asosan og'zaki nutqni o'stirishga qaratiladi. Ammo butun dars davomida og'zaki nutq bilan shug'ullanish bolalarni zeriktirib qo'yishi mumkin. Shuning uchun bu darslarning ma'um qismini og'zaki nutqini o'stirishga, ma'um qismini esa yozuv mashqlari uchun sarflash kerak. Bu davrda husnixatga oid tayyorgarlik mashqlarini tashkil etishning ahamiyati katta.

1-sinf o'quvchilari bilan tayyorgarlik mashqlarini to'g'ri olib borish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish kerak 1.Partada to'g'ri o'tirishga, avtoruchkani to'g'ri ushlashga va daftarn to'g'ri tutishga o'rgatish.(1-2 rasm)

2.O'quvchilarning husnixatga qiziqishlarini o'stirish. 1-rasm

2-rasm

3.Bolalarning taqqoslash va chamalash qobiliyatlarini o'stiruvchi mashqlarni bajartirish.

4.Qo' va barmoq muskullarining harakatini o'stirish.

Tayyorgarlik mashqlarini bajarish uchun o'quvchilarni qora va rangli qalamlar hamda yozuv daftari bilan ta'minlash lozim. O'qituvchining bu davrda rangli bo'rlardan foydalanishi yaxshi samaralar beradi.

REFERENCES

1. Y.Y. Azimov, R.A.Qo'ldoshev. «Husnixatga o 'rgatishning amaliy asoslari» (Metodik qo'llanma)-Toshkent. «Turon Zamin Ziyo» nashriyoti, 2017.-132 b.

2. Safarova R., M. Inoyatova, M. Shokirova, L. Shermamatova "Alifbe" (qayta ishlangan 16-nashri). Toshkent. "Ma'naviyat" 2018 yil.

3. Avezmurodovich O. R. Difficulties in learning to write and read left-handed children //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (8), 40. -

2020. - Т. 45.

4. Qo'ldoshev R. CHAPAQAY BOLALARNI MAKTABGA QANDAY TAYYORLASH KERAK? //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). -

2021. - Т. 2. - №. 2.

5. Qoldoshev, Avezmurodovich Rustambek, and Farhodqizi Gulruh Yodgorova. "How to find out right or left." Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR) 10.1 (2021): 154-163.

6. Qo'ldoshev A. R. G'aforovna Habiba Jumayeva.(2021). Forming Writing Skills in Left-Handed Students. Middle European Scientific Bulletin, 10 (1).

7. Quldoshev, R. A. "Assistant pedagogue to children left-handed reading in the last year." Globe Edit.-2020 (2020).

8. Qo'ldoshev A. R. Psychological aspects of left-handedness: concept, causes, and peculiarities //Psychology and Education Journal. - 2021. - Т. 58. - №. 1. - С. 49814988.

9. Qo'ldoshev A. R. et al. Forming Writing Skills in Left-Handed Students //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10. - №. 1.

10. Qo'ldoshev, Rustambek. Кумаки педагоги ба кудакони чапдаст дар соли якуми хониш. GlobeEdit, 2020.

11. Azimov, Yunus, and Rustambek Qo'ldoshev. Husnixatga o'rgatishning amaliy asoslari. GlobeEdit, 2020.

12. QO, R. LDOSHEV. Chapaqay bolalarni maktabga qanday tayyorlash kerak, 145147.

13. Azimov, Y. Y., and R. A. Qo'ldoshev. "Husnixatga o'rgatishning amaliy asoslari (metodik qollanma). GlobeEdit, 2020.-141bet."

14. Qo'ldoshev R. A. LEFT-HANDED CHILDREN AND THE LEARNING PROCESS //EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) Volume. - Т. 5. - С. 277-281.

15. Qo'ldoshev, R. A., SINF CHAPAQAY O'QUVCHILARINING MAKTABGA BIRINCHI, and MAKTABGA MOSLASHISHI DAVRIDAGI PEDAGOGIK YORDAMNING MOSLASHISHI. "MAZMUNI//Pedagogik mahorat." (2020).

16. Qo'ldoshev, R. A., and Y. Y. Azimov. "Чапакайларни ёзишга ургатишга доир айрим мулохдзалар." НАЧАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ»III-Международная научно-практическая конференция. 2020.

17. Qo'ldoshev, R. A. "THE CONTENT OF PEDAGOGICAL ASSISTANCE IN THE PERIOD OF ADAPTATION OF LEFT-HANDED FIRST-GRADERS TO SCHOOL, ADAPTATION TO SCHOOL AND ITS FEATURES AMONG STUDENTS OF THE FIRST YEAR OF STUDY." Pedagogikmahorat.-Buxoro 5 (2020): 132-135.

18. Qo'ldoshev, R. A. "LEFT-HANDEDNESS AND THE REASONS FOR ITS OCCURRENCE." MONOGRAFIA POKONFERENCYJNA SCIENCE, RESEARCH, DEVELOPMENT 32: 2020-31.

19. Qo'ldoshev, R. A. "Cognitive activity of left-handed ^Мгсп^НАЧАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ» III-Международная научнопрактическая конференция." (2020): 132-136.

20. Rustambek Q. O. L. Birinchi sinf chapaqay o 'quvchilarining maktabga moslashishi, maktabga moslashishi davridagi pedagogik yordamning mazmuni //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

21. Кулдашев Р. А. ЧАПАКДЙ У^УВЧИЛАРДА ЁЗУВ КУРОЛЛАРИ БИЛАН ИШЛАШ КУНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ: РА Кулдошев, Бухоро давлат университети Бошлангич таълим методикаси кафедраси укитувчиси //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 198-217.

22. Rustambek Aezmurodovich Qo'ldoshev BOSHLANG'ICH SINF CHAPAQAY O'QUVCHILARNI YoZUVGA O'RGATISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI // Scientific progress. 2021. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/boshlan-ich-sinf-

chapa-ay-uvchilarni-yozuvga-rgatishning-ilmiy-nazariy-asoslari (ma'lumotlar

obrascheniya: 25.10.2021

23. Tog'ayeva U. SCIENTIFIC-THEORETICAL BASES OF USE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING METHODS OF MOTHER TONGUE //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

24. 4.Tog'ayeva U. IMPROVING THE MODULE" MOTHER TONGUE TEACHING METHOD" IN PROJECT EDUCATIONAL INSTRUCTIONS //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

25. Tog'ayeva U. "ONA TILI O'QITISH METODIKASI" MODULINI O'QITISHDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 1. - №. 1.

26. Sidikova S. D. Theoretical and didactic principles of distance learning //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2021. - Т. 11. - №. 1. - С. 541-548.

27. Shavkatovna S. D. THE IMPORTANCE OF DISTANCE LEARNING IN THE TEACHING OF" METHODS OF TEACHING MATHEMATICS". - 2021.

28. 8.Sidiqova D. Boshlang'ich sinflarda interfaol ta'lim va loyihalash texnologiyasi //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 4. - №. 4.

29. OLLOQOVA O. ONA TILI TA'LIMIDA INTENSIV TA'LIM TEXNOLOGIYALARINI QO'LLASHNING NAZARIY METODOLOGIK ASOSLARI //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ. - 2021. - Т. 1. - №. 1.

30. Mamanazarovna O. U., Gulnoza M. USE OF MONTESSORI METHODOLOGY IN PRESCHOOL EDUCATION. - 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.