Научная статья на тему 'TEXNOLOGIYA DARSLARIDA QO‘L MEHNATIDAN FOYDALANISH TALABLARI'

TEXNOLOGIYA DARSLARIDA QO‘L MEHNATIDAN FOYDALANISH TALABLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
25983
627
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Boshlang‘ich sinflarda qo‘l mehnati / qo‘l mehnatiga o‘rgatishni tashkil etish shakillari / ish turlarining mazmuni / mehnat samaradorligini oshirishga oid talablar / o‘qitish metodlari. / manual labor in primary school / forms of organization of manual labor training / content of types of work / requirements for increasing labor efficiency / teaching methods.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Matlab Muxammedovna Tilavova, Mavluda Adiz Qizi Alimova

Boshlаng‘ich sinflаrdа o‘quvchilаrni mеhnаtgа tаyyorlаsh ulаrning qiziqishlаri, mоyilliklаr vа imkоniyatlаr аsоslаngаn qo‘l mеhnаti hisоblаnаdi. Shu munоsаbаt bilаn mеhnаt tа’limi jаrаyoni o‘quvchilаrdа ushbu yosh uchun bilim, mеhnаt, аhlоqiy, estеtik, iqtisоdiy-ekоlоgik vа аqliy imkоniyatlаrni аniq mеhnаt jаrаyonlаridа rivоjlаntirishgа qаrаtilgаn, nаtijаdа ulаrni mеhnаtgа tаyyorlаshni kеyigi sinflаrdа dаvоm ettirilishi uchun zаrurligi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REQUIREMENTS FOR THE USE OF HAND LABOR IN TECHNOLOGY CLASSES

Preparing students for work in the primary grades is manual labor based on their interests, inclinations and opportunities. In this regard, the process of labor education is aimed at developing students' knowledge, labor, moral, aesthetic, economic, environmental and intellectual capabilities for this age in specific labor processes, resulting in the need to continue their preparation for work in later grades.

Текст научной работы на тему «TEXNOLOGIYA DARSLARIDA QO‘L MEHNATIDAN FOYDALANISH TALABLARI»

TEXNOLOGIYA DARSLARIDA QO'L MEHNATIDAN FOYDALANISH

TALABLARI

Matlab Muxammedovna Tilavova Mavluda Adiz qizi Alimova

Buxoro davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Boshlang'ich sinflarda o'quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning qiziqishlari, moyilliklar va imkоniyatlar asоslangan qo'l mеhnati hisоblanadi. Shu munоsabat bilan mehnat ta'limi jarayoni o'quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, mehnat, ahloqiy, estetik, iqtisodiy-ekologik va aqliy imkoniyatlarni aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan, natijada ularni mehnatga tayyorlashni keyigi sinflarda davom ettirilishi uchun zarurligi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Boshlang'ich sinflarda qo'l mehnati, qo'l mehnatiga o'rgatishni tashkil etish shakillari, ish turlarining mazmuni, mehnat samaradorligini oshirishga oid talablar, o'qitish metodlari.

REQUIREMENTS FOR THE USE OF HAND LABOR IN TECHNOLOGY

CLASSES

ABSTRACT

Preparing students for work in the primary grades is manual labor based on their interests, inclinations and opportunities. In this regard, the process of labor education is aimed at developing students' knowledge, labor, moral, aesthetic, economic, environmental and intellectual capabilities for this age in specific labor processes, resulting in the need to continue their preparation for work in later grades.

Keywords: manual labor in primary school, forms of organization of manual labor training, content of types of work, requirements for increasing labor efficiency, teaching methods.

O'quvchilar dars va sinfdan tashqari texnologiya fani davomida tajribalar to'planadilar. Tajribalarning texnologik operatsiyalarni bajarish sohasidagi bilim va malakalarga ega bo'ladilar. Bu borada mehnatning boshqa turlari singari qo'l mehnati turidan ham foydalanish jarayonlarini to'g'ri tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Qo'l mehnati faoliyatining muhim natijasi-o'quvchilarning o'rganilayotgan obyekt va hodisalarning yangi belgi va xususiyatlarini yanada mustaqil aniqlashga da'vat etib, ularda darsdan darsga yanada chuqur bilim, malaka va ko'nikmalar hosil qildiradi.

O'quvchilar qo'l mehnati sosida bajaradigan ishlar orqali mehnatning juda ko'p xususiyatlarini farqlash, materiallarning o'xshash xususiyatlarni izlash va topish, ulaming aniq amaliy maqsadlar uchun tanlanishini asoslab berishni asta-sekin o'rganib boradilar. Bularning barchasi bolalarda berilgan qo'l mehnati topshiriqlari va vazifalarni to'g'ri bajara olish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Boshlang'ich sinflarda qo'l mehnati faoliyati mehnatning o'z-o'ziga xizmat turi, maishiy xo'jalik mehnati, tabiat quchog'idagi mehnat turlari mazmun-mohiyati bilan bevosita bog'liq.

Bolang'ich sinflarda o'quvchilarni mehnatga tayyorlash ularning qiziqishlari, moyilliklar va imkoniyatlar asoslangan qo'l mehnati hisoblanadi. Shu munosabat bilan mehnat ta'limi jarayoni o'quvchilarda ushbu yosh uchun bilim, mehnat, ahloqiy, estetik, iqtisodiy-ekologik va aqliy imkoniyatlarni aniq mehnat jarayonlarida rivojlantirishga qaratilgan, natijada ularni mehnatga tayyorlashni keyigi sinflarda davom ettirilishi uchun zarur aloqadorlik hosil qiladi. Qo'l mehnati jarayonida bolalar asosan ishlab chiqarish texnologiyalar chiqindilari (qog'oz, karton, sitm, yog'och, gazlama va boshqalar) bilan tabiiy va sun'iy xomashyolar (maxsus loy, yog'och va plastmasslar, plastilin, elim va boshqalar) bilan keng iste'mol mollari va xalq hunarmandchilik mahsulotlari, tayyorlash uchun mahalliy xom-ashyolar bilan elektor, radiotexnika to'plamlari va hokazo bilan ishlashga o'rganadilar.Bularning hammasi o'quvchilarga qo'l asbobi bilan ishlash, har hil xom-ashyolardan foydalanishning ma'lum tajribasini to'plashga imkon beradi, bu esa mehnatning qadrini va ma'nosini tushinishga, mehnat kishilarda hurmatda bo'lishga, mehnatning va kasbning u yoki bu turiga qiziqishga shakllantirishga yordam beradi. Qo'l mehnati mehnatning har bir turiga qarab o'zining pedagogik imkoniyatlarini hosil qiladi. Uning ahamiyati ham boshqa mehnat turlari ahamiyati kabi u yoki bu bosqichda o'zgararib turadi.

Masalan, agar o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish 1-sinflarda kata tarbiyaviy ahamiyat kasb etsa, 2-3-sinflarda esa mehnat endi hech qanday zo'r berishni talab qilmaydi va u bolalar uchun odatdagi hol bo'lib qoladi. Qo'l mehnati tamoyillarini o'zida mujassam etgan o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish faoliyatining kundalik mehnat jarayonida pedagogik faoliyatni to'g'ri tashkil etish shakl va usullari o'ziga xos xususiyatlariga ega. Bu faoliyatda bolaning kerakli malakalarini, xulq-atvorida mustaqillikning, amaliy tajribasini egallab olishi uchun eng qulay imkoniyatlar yaratiladi.

Qo'l mehnati tamoyillarini o'zida mujassam etgan maishiy-xo'jalik mehnati ham o'ziga xos xususiyatligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Maishiy-xo'jalik mehnatda bolaning qatnashishi ancha erta boshlanadi. Yosh bolaning hatto chetlangan jismoniy va ma'naviy imkoniyatlari ham navbatchilik vaqtida namayon bo'ladi. Bola binoni, maydoncha(uchastka)ni tartibga keltirish va shu kabilar bilan aloqador mehnat topshiriqlarini bajarib turadi. Bu o'z navbatida bolada o'zining mustaqillik, faollik xislatlaini namoyish etishga imkon beradi.

Maishiy xo'jalik mehnati mazmunida ma'lum davr, vaqt ichida takrorlanib turadigan ishlarni ko'ramiz. Undagi mehnatning o'ziga xos rang-barangligi yoki bir-biriga yaqinligi, yoki o'xshashliklari bilan takrorlanibgina qolmay, balki tipik hayotiy vaziyatlarni ham yuzaga keltiri turadi. Bunda bolalarning mehnat topshiriqlarini bajarishida ulardagi harakatlarning batartibligi, ish yuzasidan qo'yilga topshiriq va vazifalarga to'g'ri munosabatlarni o'rnata bilishi, uyushganligi, ishlash ishtiyoqi talab qilinadi. Bunday ishlarni muntazam bajarib turilishi bolalarda alohida emosional kayfiyat, mehnatsevarlik, jamoatchilik asoslari kabi ahloqiy sifatlarini shakllanishiga yordam beradi. Maishiy-xo'jalik mehnati jarayonida, shuningdek, bolalarga tejamkorlik bo'lish xislatlari, ko'zga ko'rinmas tartibsizlikni seza bilish va o'z tashabbusi bilan uni bartaraf etish qobiliyatlarni tarkib toptirish uchun juda yaxshi imkoniyatlar yaratadi.

Boshlang'ich sinflarda qo'l mehnatiga o'rgatishning tashkil qilish shakillaridan yana biri - tabiat quchog'idagi mehnat turlari hisoblanadi. Bolalarning tabiat quchog'idagi mehnati jismoniy rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratadi, harakatni takomillashtiradi.

Tabiatdagi quchog'idagi mehnat, shuningdek, bolalarning aqliy va sensor rivojlanishlari uchun katta ahamiyatga ega.

Boshlang'ich sinflarda qo'l mehnatiga o'rgatishning tabiat quchog'ida mehnat turi 2 xil yo'l bilan amalga oshiriladi.

1. Sinfda bajariladigan ishlar.

2. Sinfdan tashqari, ya'ni sinflar uchun ajratilgan yer maydonchash(uchastka)si, ajratilgan hududlarda ishlash.

Tabiat quchog'ida bajariladigan mehnat bolalarning tarbiyasida ijobiy omillarni shakllanishiga katta asos qo'shadi. Bu mehnat turi orqali bolalrdagi kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik yanado oshadi. Ularda qishloq xo'jalik mehnatiga qiziqish ushbu ish bilan shug'ullanuvchi kishilarga nisbatan hurmat-izzatda bo'lish, ular mehnatini e'zozlash xislatlarini tarkib toptiradi.

Bolalarni qo'l mehnatiga ahloqiy va ruhiy tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jihatlar bolalarni politexnik bilim bilan qurollantirish, mehnat ta'limi jarayonida bilim, malaka va ko'nikmalarni o'stirish pirovardlarida tarkib topadi.

Texnologiya fani mashg'ulotlarining eng muhim vazifalaridan biri sifatida: bolalarni mehnatga nisbatan muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni mehnatsevar, intizomli, har bir ishda ham o'z burchi va mas'uliyatini sezadigan, jamoaviy ishlarni qo'llab-quvvatlaydigan qilib tarbiyalash hisoblanadi. Texnologiya darslarida bolalarga ish joyini batartib va ozoda saqlab, asboblarini ayab, ehtiyotlab ishlatish, materiallarni tejab yo'llari o'rgatiladi va ularni shunga odatlantiriladi.

Texnologiya darslarining yana bir muhim vazifasi - bolalarni axloqiy tayyorlash va ularga jamoada ishlash, ijodiy tashabbus, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish qilishni o'rgatishdan iborat. Zero, bolalarni mehnatga ruhiy tayyorlash o'ziga xos

murakkab, uzoq davom etadigan va mazmun-mohiyatiga ko'ra ko'p qirrali jarayon bo'lib, u bolalarni butun mehnat ta'limi va tarbiyasiga singib ketadigan omillardan biri hisoblanadi. Omillarning har biri garchi o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lsada, mehnatga ahloqiy tayyorlashga juda yaqindir. Bolani mehnat qilishga o'rgatish va buning uchun uni ruhiy jihatdan to'g'ri tayyorlash kerak. Bu unda mehnatga nisbatan, ayniqsa, uning yoshiga muvofiq keluvchi ongli va ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, unda amaliy malaka va ko'nikmalarni egallab olishiga qiziqishni shakllantirish demakdir.Bolalarni mehnat qilishga ruhiy tayyorlash turli psixologik jarayonlarni rivojlantirish va takomillashtirishni nazarda tutadi. Bular sezib anglash, psixomotor, hissiy idrok, diqqat, xotira, tafakkur va boshqalardir. Boshqacha qilib aytganda, ular mehnatning psixologik komponent(tarkibiy qism)lari deyiladi.

Maktab ta'limining hozirgi bosqichida o'quvchilarni mehnatga tayyorlash, o'sib kelayotgan avlodning ta'lim va tarbiyasidagi eng zarur masalalrdan biri.Qo'l mehnatiga o'rgatishda boshqa fanlarni o'rgatishda bo'lganidek, o'qitishning xilma-xil usullarini qo'llab, ular yordamida o'quvchilarning bilim, malaka va ko'nikmalarini egallab olishga, bilish qobiliyatlarini rivojlanishiga erishiladi. O'qituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir tayyor mavzu mazkur dars uchun uning maqsad va vazifalariga muvofiq keladigan ishni usul va ko'rgazmali qurollarni tayyorlaydi. O'quvchilarga bayon etilayotgan aynan buyum emas, balki o'z biliml, malaka va mahoratlari bilan buyumni shaklan mazmunli bajarilishni yod etishlari talab etiladi. O'quvchilarni qo'l mehnatiga o'rganishda ta'limiy ishlarini to'g'ri tashkil etish va pedagogik usullariga qo'yiladigan umumiy talablarga muvofiq tarzda amalga oshirish kerak. Texnologiya fani o'qituvchisi har tomonlama etuk va o'z ishini mohirona egallagan bo'lishi kerak. O'qituvchining dasga tayorgalik darajasi, mavzu mazmunini yoritish mahorati, intilishi, hatti-harakati dars davomida o'quvchilarning diqqat e'tiborlari susaymasligiga, fikrlarning jamlangan bo'lishiga, ularning chambarchasligiga yo'llangan bo'lishi kerak.

O'quvchilar o'qituvchining darslarda suhbat, gapirib berish, amaliy jihatdan ko'rgazmali bajarib berishini, mavzunu nazariy va amaliy o'zlashtirish qobiliyat va bilimlarni tekshirishini, yangi mavzuni tushuntirish va o'tilgan mavzuni mustahkamlash usullarini eng boshidan o'rganishlari lozim. O'quvchilar mavzuga oid bilimlarni o'zlashtirgandan keyingina sinfning imkoniyatlarini nazarda tutgan holda yangisini qo'llash mumkin. O'qitish usullari o'quvchilar tomonidan bilimlarni egallanishida shunday xizmat qilishi kerakki, unda o'quvchilar chizmani o'qituvchi chizgan o'lchamlar asosida emas, balki buyumni istalgan o'lchami bo'yicha chizib, egallagan bilimlarini amalda qo'llay olsinlar.

Qo'l mehnatiga o'rgatishda turli usullar tizimi qo'llaniladi. Jumladan:

1. Og'zaki bayon qilish;

2. Tushuntirish va hikoya qilish;

3. Suhbat;

4. Mashqlar;

5. Amaliy ishlar;

6. Laboratoriya ishlari;

7. Mustaqil ishlar;

8. Ekskursiya;

9. Kitob bilan ishlash;

10. Texnik vositalar.

Bu usullar qo'l mehnati darslarida bolalarni mehnat qilishning dastlabki malakalarini hosil qildirishda, qog'oz, karton, gazlama va boshqa materiallardan o'z qo'llari bilan turli buyum yasash uchun foydalanish ahamiyatli hisoblanadi.

Qo'l mehnati mashg'ulotlarida bolalarga avvalo, eng oddiy buyumlardan turli shakllar, o'yinchoqlar, xilma-xil o'yinlar o'ynash uchun buyumlar, ko'rgazmali qurollar, o'qli asboblar va shu singari boshqa narsalar yasash o'rgatiladi.

Texnoloiya fani o'qituvchisi ta'lim-tabiya samaradorligini oshirishda, avvalambor, o'zining yuksak mahoratiga, ish mahorati va qobiliyatiga ega bo'lishi kerak. O'qituvchi mahorati qanchalik yuksak bo'lsa bolalarga o'z fanini chuqur singdira oladi. Texnologiya fani o'qituvchisi qo'l mehnati mashg'ulotlarida bir qancha usullardan foydalanishi mumkin. Masalan, texnologiya darsida o'tiladigan har bir mavzuga doir nazariy tushunchalar amaliy ishlab bilan o'z tasdiqini topishi kerak. Bu o'z navbatida, o'sha mavzuning qiziqarli, foydali tomonlari va jamiyatda aynan o'sha mehnatning roli kattaligini, aynan shu mavzu orqali bolalar kelajakdagi hunar yoki kasb tanlashdagi qarorini mustahkamlashaga da'vat etadi.

Qo'l mehatining boshqa mehnat turlari singari tarbiyaviy imkoniyatlai keng. Ayniqsa, bolalarni aqliy va axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan o'stirishda qo'l mehnati ta'limining roli ko'p qirralidir. Qo'l mehnati o'zining qiziqarliligi va amaliy ishlarga jalb qilish jarayonlari bilan o'quvchilarning bilim olishlariga intilishlarini qo'zg'ovchi nafaqat vositasi, balki uning manbai, omili hamdir.

Mehnat samaradorligini oshirishda qo'llaniladigan har qanday usul o'quvchilar tomonidan egallanishi lozim bo'lgan bilimlarning etarli darajada egallanishiga xizmat qilisi kerak. O'quvchilar chizmani o'qituvchi chizgan o'lchamlari asosida emas, balki buyumni istalgan o'lchami bo'yicha chizib, egallagan bilimlarini amalda qo'llay olsinlar.

Mehnat samaradorligini oshirshda hozirgi zamon taraqqiyotidan kelib chiqqan holda, har bir o'qituvchi yangi pedagogik texnologiya fanini yaxshi o'qib, chuqur o'zlashtirsa o'z oldiga qo'ygan maqsadidan ham yuqori natijaga erishdi.

Qo'l mehnati ta'limiga o'rgatishning ahamiyati bolalarda mehnat malakalarini egallash uchun yaxshi imkonni beradi. O'qituvchi ta'limning qo'l mehnati turini o'rgatishda boshqa fanlarni o'rgatishda bo'lganidek, o'qitishning xilma-xil usullarini qo'llab ular yordamida o'quvchilarni bilim malaka, ko'nikmalarini egallab olishlariga,

shuningdek, bilim qobiliyatlarini rivojlanishiga erishadi. O'qituvchi o'quvchilarga aynan bayon etilayotgan buyum emas, balki o'z so'zlari bilan buyumning bajarilish texnologiyasini yoddan bayon etishlari talab etiladi. Biroq ko'pchilik o'qituvchilar tajribasida asosiy o'rinni hali ham namuna, tayyor ko'rgazma bo'yicha ishlash usullai egallamoqda. Vaholanki, hozirgi zamon maktablari mehnat darsning zamonaviyligini oshirdi, takomillashtirdi va unga sayqal berdi. Agar o'qituvchi darsga tayyorlanish jarayonida mavzuning maqsad va vazifalariga muvofiq keladigan ishlarni to'g'ri belgilab olsa, usullarni ham to'gri tanlasa, ko'rgazmali qurollar tayyorlasa darsning qiziqarli va mazmunli o'tishini ta'minlaydi. Demak, qo'l mehnatiga o'rganishda ham zamonaviy pedagogika ishlarini to'g'ri tashkil etish va uning usullariga qo'yadigan umumiy talablariga muvofiq tarzda amalga oshirishi shart va zarurdir.

O'qitish metodlari ma'lumki, o'qituvchi va o'quvchilarning usullari bo'lib, bular yordamida o'qituvchi, o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini egallashlariga erishildi. Har qaysi o'qituvchi o'z tajribasida o'qitishning xilma-xil usullaridan foydalanishi mumkin. O'qituvchining pedagogik intilishi va qarashlari, shuningdek, hatti-harakatlari, butun dars jarayonida o'quvchilarning diqqat e'tibori susaymasligiga, fikrlarning jamlangan bo'lishiga, ularning chambarchasliglariga yo'llangan bo'lishi kerak. O'qituvchi darsning har bir daqiqasini qadrlab, o'quvchilarni ham shunga o'rgatish kerak. Har bir o'qituvchiga o'z uslubi, o'z metodi va o'z usulining o'ziga xosligiga ega bo'lish huquqi berilgan. Biroq shuni aytish kerakki, bularning barchasiga bilim, bir qarashda hammaga ravshan bo'lgan haqiqatlarni egallab olganlaridagina erishish mumkin.

Mehnat tarbiyasi bolalarda mehnatga munosabatni tarbiyalashda muhim omil bo'lib, dars va sinfdan tashqari ishlarning asosiy o'zagi hamda maktabning hayot bilan aloqasini mustahkamlovchi asosiy yo'llardan biridir. Shu nuqta nazardan qaraganda o'quvchilarni mehnatga ruhiy va amaliy tayyorlash maktabning asosiy ta'limiy va tarbiyaviy vazifalaridan biri bo'lib qolishi kerak.

REFERENCES

1. Mukhamadovna T. M., Sharipovna H. A., Supkhonovna H. N. The system of development of professional competence in future primary school teachers //SYSTEM. -2020. - T. 7. - №. 13. - C. 2020.

2. Mukhamadovna T. M., Djamshitovna K. M., Narzullayevna Q. S. Art as a significant factor of forming world outlook of students //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - T. 11.

3. Mukhamadovna T. M. Challenges of Feminism and Gender Equalization //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - T. 10.

4. Muhammedovna T. M. Qualification features of the teacher of" technology" and the technology of its development //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. - 2019. - Т. 2019.

5. Тилавова М. М. и др. Гендерный подход на уроках технологии //European research: innovation in science, education and technology. - 2020. - С. 33-35.

6. Matlab M. T., Zarnigor T. S. Gender approach in education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. Year: 2020, Volume: 10, Issue: 11. Page: 1750-1755.

7. Avezmurodovich O. R. Difficulties in learning to write and read left-handed children //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (8), 40. - 2020. -Т. 45.

8. Qo'ldoshev R. CHAPAQAY BOLALARNI MAKTABGA QANDAY TAYYORLASH KERAK? //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2021. - Т. 2. - №. 2.

9. Qoldoshev, Avezmurodovich Rustambek, and Farhodqizi Gulruh Yodgorova. "How to find out right or left." Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR) 10.1 (2021): 154-163.

10. Qo'ldoshev A. R. G'aforovna Habiba Jumayeva.(2021). Forming Writing Skills in Left-Handed Students. Middle European Scientific Bulletin, 10 (1).

11. Quldoshev, R. A. "Assistant pedagogue to children left-handed reading in the last year." Globe Edit.-2020 (2020).

12. Qo'ldoshev A. R. Psychological aspects of left-handedness: concept, causes, and peculiarities //Psychology and Education Journal. - 2021. - Т. 58. - №. 1. - С. 4981-4988.

13. Qo'ldoshev A. R. et al. Forming Writing Skills in Left-Handed Students //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10. - №. 1.

14. Qo'ldoshev, Rustambek. Кумаки педагоги ба кудакони чапдаст дар соли якуми хониш. GlobeEdit, 2020.

15. Azimov, Yunus, and Rustambek Qo'ldoshev. Husnixatga o'rgatishning amaliy asoslari. GlobeEdit, 2020.

16. QO, R. LDOSHEV. Chapaqay bolalarni maktabga qanday tayyorlash kerak, 145-147.

17. Azimov, Y. Y., and R. A. Qo'ldoshev. "Husnixatga o'rgatishning amaliy asoslari (metodik qollanma). GlobeEdit, 2020.-141bet."

18. Qo'ldoshev R. A. LEFT-HANDED CHILDREN AND THE LEARNING PROCESS //EPRA International Journal of Research and Development (IJRD) Volume. - Т. 5. - С. 277-281.

19. Qo'ldoshev, R. A., SINF CHAPAQAY O'QUVCHILARINING MAKTABGA BIRINCHI, and MAKTABGA MOSLASHISHI DAVRIDAGI PEDAGOGIK YORDAMNING MOSLASHISHI. "MAZMUNI//Pedagogik mahorat." (2020).

20. Qo'ldoshev, R. A., and Y. Y. Azimov. "Чапакайларни ёзишга ургатишга доир айрим мулохдзалар." НАЧАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ» Ill-Международная научно-практическая конференция. 2020.

21. Qo'ldoshev, R. A. "THE CONTENT OF PEDAGOGICAL ASSISTANCE IN THE PERIOD OF ADAPTATION OF LEFT-HANDED FIRST-GRADERS TO SCHOOL, ADAPTATION TO SCHOOL AND ITS FEATURES AMONG STUDENTS OF THE FIRST YEAR OF STUDY." Pedagogikmahorat.-Buxoro 5 (2020): 132-135.

22. Qo'ldoshev, R. A. "LEFT-HANDEDNESS AND THE REASONS FOR ITS OCCURRENCE." MONOGRAFIA POKONFERENCYJNA SCIENCE, RESEARCH, DEVELOPMENT 32: 2020-31.

23. Qo'ldoshev, R. A. "Cognitive activity of left-handed сЫИгсп.«НАЧАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ: ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ» III-Международная научнопрактическая конференция." (2020): 132-136.

24. Rustambek Q. O. L. Birinchi sinf chapaqay o 'quvchilarining maktabga moslashishi, maktabga moslashishi davridagi pedagogik yordamning mazmuni //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 1. - №. 1.

25. Кулдашев Р. А. ЧАПАКАЙ УКУВЧИЛАРДА ЁЗУВ КУРОЛЛАРИ БИЛАН ИШЛАШ КУНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ: РА Кулдошев, Бухоро давлат университети Бошлаетич таълим методикаси кафедраси укитувчиси //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 198-217.

26. Rustambek Aezmurodovich Qo'ldoshev BOSHLANG'ICH SINF CHAPAQAY O'QUVCHILARNI YoZUVGA O'RGATISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI // Scientific progress. 2021. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/boshlan-ich-sinf-chapa-ay-uvchilarni-yozuvga-rgatishning-ilmiy-nazariy-asoslari (ma'lumotlar obrascheniya: 25.10.2021

27. Умуров, Зариф Латифбоевич. "Дидактические основы учебно-познавательных проблем в начальных классах." Наука, техника и образование 3 (67) (2020).

28. Умуров, Зариф. "ТАЪЛИМНИ РАКАМЛАШТИРИШ ШАРОИТИДА УКУВ-БИЛУВ МУАММОЛАРИНИ ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИГА ТАТБИК КИЛИШНИНГ ШАРТ-ШАРОИТЛАРИ." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 2.2 (2021).

29. EDUCATIONAL, Umurov ZL DIDACTICAL FOUNDATIONS OF. "Cognitive problems in the primary school." Science, technology and education 3 (2020): 67.

30. Umurov, Zarif. "Technology for preparing educational and cognitive problems for primary school students." International Journal of Advanced Science and Technology 29.05 (2020): 1465-1471.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.