Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFLARDA INGILIZ TILINI O’RGATISH METODIKASI'

BOSHLANG’ICH SINFLARDA INGILIZ TILINI O’RGATISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / xizmatlar / boshlang’ich ta’lim / ingliz tilini o’rgatish metodlari. / education / services / primary education / English language teaching methods.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Doniyorova Severa Donyor Qizi

Ushbu maqolada ta’lim xizmatlari bozorining rivojlanishi, boshlang’ich sinflarda ingliz tilini o’rganish usullari va metodlari, ularning o’ziga xos jihatlari muallif tomonidan yoritilgan. Qolaversa, ingliz tilini o’rgatishda interfaol usullardan samarali foydalanish yo’llari bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the development of the market of educational services, the methods and methods of learning English in primary classes, and their specific aspects are covered by the author. In addition, proposals and recommendations on ways to effectively use interactive methods in teaching English have been developed.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA INGILIZ TILINI O’RGATISH METODIKASI»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA INGILIZ TILINI O'RGATISH

METODIKASI

Doniyorova Severa Donyor qizi

Toshkent davlat xalqaro kimyo unversiteti Samarqand filiali Boshlang'ich talim yo'nalishu 2 bosqich PRI-122 guruh talabasi

e-mail: sdoniyorova31 @gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim xizmatlari bozorining rivojlanishi, boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o'rganish usullari va metodlari, ularning o'ziga xos jihatlari muallif tomonidan yoritilgan. Qolaversa, ingliz tilini o'rgatishda interfaol usullardan samarali foydalanish yo'llari bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, xizmatlar, boshlang'ich ta'lim, ingliz tilini o'rgatish metodlari.

Abstract. In this article, the development of the market of educational services, the methods and methods of learning English in primary classes, and their specific aspects are covered by the author. In addition, proposals and recommendations on ways to effectively use interactive methods in teaching English have been developed.

Key words: education, services, primary education, English language teaching methods.

Mamlakatimizda jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi xorijiy tillarni boshlang'ich sinflarda va kommunikativ maqsadlarda o'qitilishiga bo'lgan ehtiyojni yanada kuchaytirdi. Ingliz tili boshlang'ich ta'limga o'quv predmeti sifatida kiritildi, maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy tillarni o'qitish yo'nalishi bo'yicha mutaxassislar tayyorlash yo'lga qo'yildi.

Hozirgi kunda davr talabi bo'lgan ingliz tilini yosh avlodga maktabgacha ta'lim va boshlang'ich sinflardan o'rgatib borishning turli xil usullari va yo'llari haqida ko'plab metodlar ishlab chiqilmoqda va hayotga tadbiq etish masalalari ustida ko'plab

izlanishlar olib borilmoqda. Bunday izlanishlar samarasi o'z natijasini ko'rsatishi tayin. Yosh avlodga ularning bolalik chog'laridanoq chet tillaridan saboq berishning ko'plab afzalliklari mavjud. Ular bolalik chog'ridanoq tilga mehr qo'yishi va til o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini uyg'otishimiz eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Chunki ular chet tilini o'rganishi mobaynida o'sha xalqning nafaqat tili, balki millati, qadriyatlari va aholisining yashash tarzi bilan ham tanishib boradi. O 'z-o'zidan o'quvchi ongida dunyo haqida tushuncha va taassurotlar paydo bo'la boshlaydi.

Sohaga oid adabiyotlarning qisqacha sharhidan ma'lum bo'ladiki, tadqiqotlar turli ta'lim sharoitlarida olib borilgan. Shuningdek, ayrim tadqiqotlarda kichik yoshdagi ingliz tili o'rganuvchilar sifatida maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchilari nazarda tutilgan bo'lsa, ayrimlarida 5 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan o'quvchilarga ingliz tili o'qitish jarayoni tadqiqot ob'yekti sifatida tanlangan. Yuqoridagi adabiyotlarda «konsepsiya» atamasi turli tushunchalarni ifodalaydi. Konsepsiya - ilmiy g'oya(lar) ma'nosida ishlatiladi va ta'lim jarayonining har bir nuqtasida xorijiy tillarni o'qitish strategiya va taktikalarni belgilab beradi.

Bugungi kunda boshlang'ich ta'limda ingliz tilini o'qitish metodikasi «(Inter)Cultural Awareness», «Language Awareness» va «Humanity» ta'lim konsepsiyalari asosida rivojlantirilmoqda. (Inter) Cultural Awareness -Madaniyatlararo muloqot konsepsiyasi dastlab Germaniyada shakllantirildi va qisqa vaqtda g'arb mamlakatlarida ommalashdi.

Ushbu konsepsiya asosida ingliz tilini muloqot vositasi sifatida o'rgatish emas, balki o'quvchini umumiy va nutqiy rivojlantirish, ya'ni uni ingliz tili va o'zga madaniyatga qiziqtirish, unda kundalik hayotda duch kelish mumkin bo 'lgan tilga e'tiborli munosabatda bo'lish va integratsiyalashayotgan Yevropadagi turmush sharoitlariga moslashish ko'nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish maqsadi yotadi. Shu sababdan ham ushbu konsepsiyada ingliz tili ta'limining mamlakatshunoslik jihatiga ustuvor ahamiyat qaratilgan.

O'yin tarzida tashkil etiladigan ta'lim jarayoni va mazmuni bolalarni tili o'rganilayotgan mamlakat urf-odatlari hamda an'analari bilan tanishtiradigan she'r va qo'shiqlardan iborat bo'ladi. Ushbu konsepsiya Yevropada «Qo'shni (qardosh) tilni o'rganish» nomini olgan bo'lib, mashg'ulotlar asosan ingliz tili sohiblari tomonidan olib boriladi.

Bundan tashqari, Yevropa mamlakatlarida o'quvchilarning migratsiyasi teztez sodir bo'ladi va ular ingliz tili muhitida ma'lum vaqt yashash imkoniyatiga ega. Shularni nazarda tutadigan bo'lsak, ushbu konsepsiyani Yevropadan uzoqda joylashgan va madaniy jihatdan farq qiladigan mamlakatlarda targ'ib qilish maqsadga muvofiq emas. Ingliz tilini muloqot vositasi sifatida o'rganish dunyoning hamma joyida barcha kishilar uchun ham bir xil ma'no kasb eta olmasligi, shu bilan birga, ta'lim usullarini shunchaki oson yo'l bilan «eksport» qilish mushkul ekanligi isbotlangan.

Chunki, birinchidan, ingliz tili sohibi bilan kommunikatsiya va interaksiyaga kirishishga ehtiyoj va imkoniyat mavjud bo'lmasa-da, tildan amaliy foydalanishni o'rgatish, ya'ni faqat «kundalik nutq vaziyati» va «kundalik turmush mavzusi» ustida ish olib borish maqsadga muvofiq emas.

Ikkinchidan, ingliz tili faqat bir mamlakatning, ya'ni Buyuk Britaniyaning emas, balki Amerika Qo'shma Shtatlari, Avstraliya, Kanada va boshqa qator mamlakatlarning ham davlat tili hisoblanadi. Davlat tili ingliz tili bo 'lgan ushbu mamlakatlarda esa madaniyatlar farqlidir.

Ilmiy manbalarni o'rganib chiqib boshlang'ich ta'limda ingliz tilini o'qitishning didaktik tamoyillari bo'yicha quyidagi takliflarni keltirish mumkin:

1. O'quvchilarning ingliz tilio'rganish usullari, strategiyalari va qobiliyatini inobatga olish.

2. Tinglab tushunish mashqlariga ustuvor ahamiyat qaratish.

3. Darslarda ma'noli kontekstlar va mavzuga oid nutq vaziyatlarini yaratish.

4. Mashg'ulotlarda texnik vositalardan keng foydalanilish.

5. O'quvchilarning yoshiga mos autentik materiallaridan foydalanish.

6. Nutq namunalari asosida ingliz tilio'rgatish.

7. Mavzularni obrazlashtirish (gapiruvchi qo'g'irchoqlar yordamida).

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Usmonova U., Aslam U. Nutqiy muloqot jarayinida bog'lovchilarning pragmatik xususiyatlari namoyon bo'lishi //FILOLOGIYA UFQLARI JURNALI. -2022. - Т. 8. - №. 8.

2. Iriskulov A.T va boshqalar. Kids' English pupil's book 2-sinf -Toshkent -O'zbekiston, 2014

3. Xoshimov O'. Yoqubov I. Ingliz tili O'qitish metodikasi. T., -2003

4. Tajibayev G.Sh. Boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o'qitish. O'quv qo'llanma, Namangan, NamDU, 2019 yil, 206 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.