INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© S.H. Hamroyeva1^_
1Termiz iqtisodiyot va servis Universiteti, Termiz, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: mazkur maqolada tana harakatlari orqali chet tilni o'qitishning nazariy asoslari yoritilgan. Tana harakatlari ingliz tilini o'qitishning sezilarli natijaviylikka asoslangan o'qitish bilan bir qatorda motivatsiya berib, o'quvchi psixologiyasiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. So'zlarning uzoq muddatli hotirada qolib, o'quvchining o'z so'ziga aylanishiga ko'maklashdi.
MAQSAD: ingliz tilini o'qitishda tana tilidan foydalanishning lingvodidaktik asoslarini o'rganishdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR: ingliz tilini o'qitishda tana tilidan foydalanishning lingvodidaktik asoslarini o'rganish, muammoni tahlil qilish, faktlarni o'rganish, kuzatish, analiz, sintez natijalari, shuningdek adabiyotlarni tahliliy ko'rib chiqish asosida amalga oshiriladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: Yuzma-yuz muloqotdagi bu namoyishlar axborot uzatishning muhim elementlari hisoblanadi. Informatsion aloqa muhim ahamiyatga ega va u og'zaki til orqali keng yetkaziladi. Hissiy aloqa va munosabatlarni o'rnatish asosan paralingvistik va kinesik deb ataladigan boshqa vositalar bilan ifodalanadi. Paralingvistik, Oksford lug'atining ta'rifiga ko'ra, nutq aloqasining leksik bo'lmagan tarkibiy qismidir.1 Paralingvistika asosan his-tuyg'ular va fikrlarni ifodalash vositasi sifatida ovozning nuanslari bilan bog'liq.
XULOSA: hozirgi kunda uzluksiz ta'limda ingliz tilini o'qitish borasida qator islohotlar olib borilmoqda. An'anaviy ta'lim o'quvchilarga bilimlarni singdirishga juda katta e'tibor beradi. Ushbu usul yaxshi natijalarga ega, ammo qobiliyatlari past bo'lgan talabalarni keltirib chiqaradi.
Kalit so'zlar: Tana harakatlari, qo'shiqlar, qo'l, yuz, ko'z harakatlari, gapirish ko'nikmasi, produktik nutq.
Iqtibos uchun: Hamroyeva S.H. Ingliz tilini o'qitishda tana tilidan foydalanishning lingvodidaktik asoslari. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B.43-49.
1 Key, M. La Linguistique. Presses Universitaires De France. 1970. -145p.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ЛИНГВОДИДАКТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЯЗЫКА ТЕЛА В
ОБУЧЕНИИ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ_
© О.Х.Хамраева1Н
1Термезский университет экономики и сервиса, Термез, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в этой статье рассматриваются теоретические основы обучения иностранному языку движениями тела. Движения тела также положительно влияют на психологию учащегося, обеспечивая мотивацию преподавания английского языка наряду с обучением, основанным на значительной результативности. Слова сохранялись в долговременной памяти, способствуя превращению читателя в собственное слово.
ЦЕЛЬ: состоит в изучении лингводидактических основ использования языка тела при обучении английскому языку.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: изучение лингводидактических основ использования языка тела при обучении английскому языку осуществляется на основе анализа проблемы, фактографического исследования, наблюдения, анализа, результатов синтеза, а также аналитического обзора литературы.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: эти демонстрации в личном общении являются важными элементами передачи информации. Информационная коммуникация важна, и она широко передается устным языком. Эмоциональная связь и установление отношений в основном представлены другими инструментами, называемыми паралингвистическими и кинезическими. Паралингвистический, по определению Оксфордского словаря, является нелексическим компонентом речевого общения. Паралингвистика в основном связана с нюансами голоса как средства выражения чувств и мыслей.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в настоящее время проводится ряд реформ в области преподавания английского языка в непрерывном образовании. Традиционное образование уделяет большое внимание усвоению знаний учащимися. Этот метод дает учащимся с хорошими результатами, но с меньшими способностями.
Ключевые слова: движения тела, песни, движения рук, лица, глаз, навыки речи, продуктивная речь.
Для цитирования: Хамраева О.Х. Лингводидактические основы использования языка тела в обучении английскому языку. // Inter education & global study. 2024. №4(1). С. 43-49.
LINGUODIDACTIC BASICS OF USING BODY LANGUAGE IN ENGLISH LANGUAGE TEACHING_
© Safargul H. Hamroyeva1®
1Termiz University of Economics and Service, Termiz, Uzbekistan_
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (1)
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (1)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Annotation
INTRODUCTION: this article investigates the theoretical basis of teaching a foreign language teaching through body movements. Body movements provide motivation and have a positive effect on the pupil's psychology as well as effective teaching of the English language. The words remained in the long-term memory and helped the student to become his own words.
AIM: to study the linguistic and didactic foundations of the use of body language in teaching English.
MATERIALS AND METHODS: the study of the linguodidactic foundations of the use of body language in teaching English is carried out on the basis of an analysis of the problem, factual research, observation, analysis, synthesis results, as well as an analytical review of the literature.
DISCUSSION AND RESULTS: these demonstrations in personal communication are important elements of information transmission. Information communication is important, and it is widely transmitted by oral language. Emotional connection and relationship building are mainly represented by other tools called paralinguistic and kinesic. Paralinguistic, as defined by the Oxford Dictionary, is a non-lexical component of speech communication. Paralinguistics is mainly concerned with the nuances of the voice as a means of expressing feelings and thoughts.
CONCLUSION: a number of reforms are currently underway in the field of English language teaching in continuing education. Traditional education pays great attention to the assimilation of knowledge by students. This method gives students with good results, but with less ability.
Key words: body language, songs, hand, face, eye movements, speaking skills. productive speech.
For citation: Safargul H. Hamroyeva. (2024) 'Linguodidactic basics of using body language in english language teaching', Inter education & global study, (4(1)), pp. 4349. (In Uzbek).
Maktabgacha ta'lim muassasalari hamda boshlang'ich ta'limdagi eng asosiy va ijobiy o'zgarishlarga sabab bo'lgan qarorlardan biri bu O'zbekiston Respublikasi 2021 yil 19 maydagi PQ-5117-son2 qaroridir. Ushbu qaror asosida chet tillarini, asosan, ingliz tilini o'rganish uzluksiz ta'lim tizimida tubdan o'zgartirildi. Maktabgacha ta'lim muassasalari va umum ta'lim maktablarining 1- sinflarida o'yin tarzidagi darslar va og'zaki nutq darslari shaklida 2-sinfdan boshlab esa alifbo, o'qish, yozish va grammatikani o'qitish bosqichma-bosqich boshlanadi. Hozirgi kunda davr talabi bo'lgan ingliz tilini yosh avlodga maktabgacha ta'lim va boshlang'ich sinflardan o'rgatib borishning turli xil usullari va yo'llari haqida ko'plab metodlar ishlab chiqilmoqda va hayotga tadbiq etish masalalari ustida
2 O'zbekiston Respublikasi 2021 yil 19 maydagi PQ-5117-son2 «O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida»
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ko'plab izlanishlar olib borilmoqda . Bunday izlanishlar samarasi o'z natijasini ko'rsatishi tayin.
Yosh avlodga ularning bolalik chog'laridanoq chet tillaridan saboq berishning ko'plab afzalliklari mavjud. Ular bolalik chog'ridanoq tilga mehr qo'yishi va til o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini uyg'otishimiz, kelajakda yanada mukammal egallashga motivatsiya berishimiz eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Chunki ular chet tilini o'rganishi mobaynida o'sha xalqning nafaqat tili, balki millati, qadriyatlari va aholisining yashash tarzi bilan ham tanishib boradi. O'z-o'zidan o'quvchi ongida dunyo haqida tushuncha va taassurotlar paydo bo'la boshlaydi, lingvokulturologik aspektlar shakllanadi. Til bilish ko'plab keng imkoniyatlar yaratadi. Dunyo kezishga, biznesga, ilm olishga, dunyoqarashiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, albatta. Chet tillarini yosh til o'rganuvchilarga o'qitishda harakatlar, tana harakatlari (body language) dan foydalanishning samarali vosita sifatida ilmiy tahlil qilish dissertatsiyamizning maqsadi hisoblanadi. Yosh til o'rganuvchilarga bosqichma-bosqich o'rgatilishi yo'lga qo'yilishi. bu jarayonda 1-sinf o'quvchilariga o'zlariga mos tarzda, asosan, multimediali va og'zaki o'rgatish, harakat metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
Xorijiy tillarni o'qitish metodikasidan ma'lumki, mazkur fan psixologiya fani bilan uzviy aloqada bo'ladi. Bu aloqa metodikaga chet tillar o'qitishning psixologik asoslarini belgilash, shular asosida o'z metod, yo'l, usul, tamoyillarini ishlab chiqish imkonini beradi. I.V.Raxmanovning fikricha3, psixologiyani inson nutqi faoliyatining muayyan turi sifatida o'rganishda, ikkinchidan, metodika ta'lim tarbiya jarayonining psixologik qonuniyatlaridan foydalanib amalga oshirishda namoyon bo'ladi, deya ta'kidlaydi. Tadqiqotchining fikriga qo'shilgan holda O'. Hoshimov, I. Yoqubovlar metodika va psixologiya ilmining bir-biriga bo'lgan aloqaning amalga oshishida psixolingvistika va pedagogik psixologiyaning o'rni muhimdir. Shu o'rinda umumiy va nutq psixoogiyasi, yosh psixologiyasi, neyropsixologiya, injener psixologiyasining o'ziga xos hissalari bor, deya o'z fikrlarini berganlar4.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqgan holda, aytishimiz zarurki, tana harakati (body language) orqali ingliz tilini o'qitishda psixologiyaning o'rni muhim hisoblanadi. Sababi, psixologiya nutqni tashqi va ichki, aktiv va passiv, og'zaki va yozma, reseptiv va reproduktiv nutqlarga ajratadi hamda o'rganadi. Xorijiy tillarni o'qitish metodikasi esa, psixoloiyaning xulosalariga asoslanib, o'rganiladigan materiallarni, o'qitish tamoyillari, usullari va vositalarini ishlab chiqadi.
Mashhur psixologik N.I.Jinkinning tilni o'rgatishda o'qituvchining nazoratidan, tana harakatlari nazoratidan o'zini o'zi nazorat qilishga ko'zlangan maqsadga erishish mumkin degan fikri qiziqarlidir5. Metodika mana shu o'tishni barcha vositalar bilan tezlashtirishga xizmat qilishi lozim hisoblanadi.
So'nggi yillarda o'quv fanlari majmuasida odamlarni o'rab turgan atrof-muhitni o'rganish, uning o'rni, salohiyati va ta'limda foydalanish imkoniyatlariga qiziqish ortib
3 Raxmonov V.I. A.AMirlyubov, V.S.Setlin "O'rta maktabda chet tililar o'qitishning umumiy metodikasi" M. Prosveshenie 1967. 494 bet.
4 Hoshimov O'.,, I. Yoqubov I. Ingliz tili o'qitish metodikasi. Toshkent, 2003. Sharq nashriyoti. -167b.
5 .Jinkin N.I.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
bormoqda. Dastavval tashqi muhitni bir butun sifatida emas, balki uning o'quvchiga ta'siri nuqtai nazaridan tahlil qilish kerak degan tushuncha bilan ifodalanadi. Ushbu yondashuv atrof-muhit potentsialidan oqilona foydalanish va ushbu muhit bilan maqbul pedagogik o'zaro ta'sir jarayoniga erishish orqali aniq pedagogik muammolarni hal qilish uchun muhit yaratishga imkon beradi. Til muhitining lingvodidaktik ta'siri - bu o'quvchiga quyidagi omillar bilan ta'sir ko'rsatadigan uslubiy fakt: tabiiy til muhiti (haqiqiy va/yoki virtual) mavjudligini hisobga olgan holda ta'lim tizimini uslubiy ravishda qurish va ichki ta'lim motivatsiyasini shakllantirish, va bu bilan aloqa qilish natijasida yuzaga keladi.
Ingliz tilini o'qitish jarayonida tana harakati (body language)dan foydalanish ingliz tilidagi atmosferani yaratish bilan bir qatorda, gapirishga bo'lgan turtkini ham kuchaytiradi. Tana tili (body language) o'quv jarayonida ham o'quvchilarning og'zaki nutq faoliyatini rag'batlantiradi. Bundan tashqari, bunday motivatsiya o'quv jarayonining sezilarli darajada kuchayishiga olib keladi. Odamlar o'rtasidagi aloqa har doim boshqa xatti-harakatlar bilan muvofiqlashtiriladi. Yuzma-yuz muloqotdagi bu namoyishlar axborot uzatishning muhim elementlari hisoblanadi. Informatsion aloqa muhim ahamiyatga ega va u og'zaki til orqali keng yetkaziladi. Hissiy aloqa va munosabatlarni o'rnatish asosan paralingvistik va kinesik deb ataladigan boshqa vositalar bilan ifodalanadi. Paralingvistik, Oksford lug'atining ta'rifiga ko'ra, nutq aloqasining leksik bo'lmagan tarkibiy qismidir. Paralingvistika asosan his-tuyg'ular va fikrlarni ifodalash vositasi sifatida ovozning nuanslari bilan bog'liq. Tana tili uchun antropologik atama bo'lgan kinesika 1952 yilda amerikalik antropolog Rey Birdvistell tomonidan paralingvistik tadqiqotlar rivojlanishi bilan paydo bo'lgan bo'lsa-da, u asosan imo-ishoralar, yuz ifodalari va boshqa tana harakatlarini o'rganishni anglatadi.
So'nggi yillarda o'quv fanlari majmuasida odamlarni o'rab turgan atrof-muhitni o'rganish, uning o'rni, salohiyati va ta'limda foydalanish imkoniyatlariga qiziqish ortib bormoqda. Dastavval tashqi muhitni bir butun sifatida emas, balki uning o'quvchiga ta'siri nuqtai nazaridan tahlil qilish kerak degan tushuncha bilan ifodalanadi. Ushbu yondashuv atrof-muhit potentsialidan oqilona foydalanish va ushbu muhit bilan maqbul pedagogik o'zaro ta'sir jarayoniga erishish orqali aniq pedagogik muammolarni hal qilish uchun muhit yaratishga imkon beradi. Til muhitining lingvodidaktik ta'siri - bu o'quvchiga quyidagi omillar bilan ta'sir ko'rsatadigan uslubiy fakt: tabiiy til muhiti (haqiqiy va/yoki virtual) mavjudligini hisobga olgan holda ta'lim tizimini uslubiy ravishda qurish va ichki ta'lim motivatsiyasini shakllantirish, va bu bilan aloqa qilish natijasida yuzaga keladi. Til muhiti o'quv jarayonida ham o'quvchilarning og'zaki faoliyatini rag'batlantiradi. . Bundan tashqari, bunday motivatsiya o'quv jarayonining sezilarli darajada kuchayishiga olib keladi. Odamlar o'rtasidagi aloqa har doim boshqa xatti-harakatlar bilan muvofiqlashtiriladi.
Tana tili uchun antropologik atama bo'lgan kinesika 1952 yilda amerikalik antropolog Rey Birdvistell tomonidan paralingvistik tadqiqotlar rivojlanishi bilan paydo bo'lgan bo'lsa-da, u asosan imo-ishoralar, yuz ifodalari va boshqa tana harakatlarini o'rganishni anglatadi. Tana tili-qadimiy fan bo'lib, u birinchi marta fiziognomiya sifatida paydo bo'ldi, bu temperament va xarakterni tashqi ko'rinishiga qarab aniqlash san'ati
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
hisoblanadi6. Bu fan qadimgi yunonlarda paydo bo'lgan. Keyinchalik esa, ya'ni 19-asrning boshlarida shveytsariyalik pastor va shoir logann Kaspar Lavater tomonidan "erkaklar hayotining fiziognomik parchasi"7 kitobida qayta tiklandi. Fiziognomiya fani Gall va Spurtzxaym tomonidan yaratilgan frenologiya, tom ma'noda "psixika fani" deb nomlangan boshqa fan bilan bog'liq edi. U miyaning ba'zi o'lchovlariga va uning organ sifatida rivojlanishiga asoslangan edi. Ushbu fan frenologiya soxta fan deb hisoblangan, chunki u ishonchli ilmiy uslubga tayanmagan. Fiziognomiya frenologiya bilan bog'liq bo'lganligi sababli, u bir muncha vaqt hisobdan chiqarildi. Fiziognomiya fani butun dunyo bo'ylab ko'plab tadqiqotchilar tomonidan odamlarning xatti-harakatlarini bilish usuli sifatida qayta tiklandi. Bu "yangi fiziognomiya" deb nomlanadi va zamonaviy tana tilini o'rganishning asosi bo'lgan muloqotda inson tanasining harakati bilan bevosita bog'liq bo'ladi.8 Shunisi e'tiborga loyiqki, bizning ba'zi tug'ma imo-ishoralarimiz va yuz ifodalarimiz primat imo-ishoralariga (buyuk maymunlar, shimpanzelar) o'xshashligini Charlz Darvin o'zining "inson va hayvonlarda his-tuyg'ularni ifodalash" kitobida eslatib o'tgan.9 Sutemizuvchilar ba'zi yuz ifodalarini va hatto muhim tana harakatlarini namoyish etadilar. Agressiya belgilari, masalan, og'izni ochish, diqqat bilan qarash va quloqlarni oldinga ko'tarish bilan tavsiflanadi. Darvinning evolyutsion nazariyasiga ko'ra, odamlar primatlarning evolyutsion versiyasidir.10
Kinesikada "kin " kuzatilgan eng kichik o'lchov birligidir. Tilshunoslikda bizda fonologiyada "fonema" va morfologiyada "morfema" atamalari mavjud, kinesikada "kinema"atamasi ham mavjud. Kinema-bu ma'no bilan bog'liq harakat va u tana harakatining turli mezonlarini o'rganishda asosiy birlik hisoblanadi. Inson kinetik jihatdan yetuk - bu uning tanasidan qanday foydalanishni bilishini va u yoki bu harakat qachon va qayerda amalga oshirilishini bilishini anglatadi. Birdvistellning so'zlariga ko'ra, tana harakatlarini haqiqiy ma'nosiz ishlatadigan odam kinetik jihatdan yetuk emas.
Shuningdek bizga nafaqat tabiiy tana harakati, balki tabiiy imkoniyat ham kerak. Biz buni so'z bilan ifoda eta olmasak, tana harakatidan foydalanishimiz kerak. Bu vaqtda tana harakatidan tabiiy foydalanish sukunat yoki jim nutq ta'sirini yaratadi. Shunday qilib, o'qituvchining tana harakati tabiiy va uyg'un bo'lishi kerak.
Zamonaviy ingliz ta'limi o'quvchilardan o'rganilayotgan tilda muloqot qilishni talab qiladi. Bunda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan, tana xarakatlaridan unumli talabalardan ingliz tilida muloqot qilishni talab qiladi. O'qituvchilar, shuningdek, dars davomida ingliz tilini deyarli o'zbekcha ifodalarsiz o'qitishlari shart. Biroq, o'quvchilarning so'z boyligi cheklanganligi sababli, o'qituvchilar ingliz tilini o'qitishni boshqa samarali
6 Merriam-Vebster, Nyu-York.
7 Chisholm, H.Johann Kaspar Lavater. In Encyclopœdia Britannica. Cambridge University Press.1911.-79p.
8 Highfield, R., Wiseman, R., & Jenkins, R. How your looks betray your personality - life - New Scientist. Newscientist.com.2009.-340p
9 Wainwright, G., & Thompson, R. Understand Body Language. London, 2010. TeachYourself.
10 M. Waller, B., & Micheletta, J. Facial Expression in Nonhuman Animals. SageJournals. Retrieved 6 December 2014, from http://emr.sagepub.com/content/5/1/54.short
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
usullaridan foydalanishlari kerak. Tana harakati o'qituvchilar nimani anglatishini tushuntirishga yordam beradi. O'qituvchilar, shuningdek, tana harakati orqali o'quvchilarning tushunchasi va xotiralarini chuqurlashtirishi mumkin. Ingliz tilidagi ta'limning rivojlanishi bilan o'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi aloqa tobora muhim ahamiyat kasb etar ekan, tana harakatidan foydalanish o'qitishni qo'llab-quvvatlaydi va o'qituvchilarga o'rganishda yaxshi natijalarga erishishiga yordam beradi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi 2021 yil 19 maydagi PQ-5117-son1 «O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida».
2. Jalolov J.J. Chet til o'qitish metodikasi: chet tillar oliy o'quv yurtlari (fakultetlari) talabalari uchun darslik. - T.: O'qituvchi, 2012. - 432 b.
3. Hoshimov O', I. Yoqubov I. Ingliz tili o'qitish metodikasi. Toshkent, 2003. Sharq nashriyoti. -167b.
4. Highfield, R., Wiseman, R., & Jenkins, R. (2009). How your looks betray your personality - life - New Scientist. Newscientist.com.
5. Jinkin N.I. Yazik.Rech.Tvorchestvo.-Labirint,1998.-366s.
6. Cameron L. Teaching Languages to Young Learners. Cambridge: Cambridge University Press, 2005. -158 p.
7. Key, M. (1970). La Linguistique. Presses Universitaires De France. Merriam-Vebster, Nyu-York
8. Raxmonov V.I., A.AMirlyubov, V.S.Setlin "O'rta maktabda chet tililar o'qitishning umumiy metodikasi" M. Prosveshenie 1967. 494 bet.
9. Wainwright, G., & Thompson, R. (2010). Understand Body Language. London: TeachYourself.
10. Waller, B., & Micheletta, J. (2013). Facial Expression in Nonhuman Animals. Sage Journals. Retrieved 6 December 2014, from http://emr.sagepub.com/content/5/1/54.short
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
H Hamroyeva Safargul Hasanovna, xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) II kurs magistatura bosqich talabasi, [Хамраева Сафаргул Хасановна иностранный язык и литература (английский язык) студент II курса магистратуры], [Safargul H. Hamroyeva, foreign language and literature (English) second year graduate student]; manzil: O'zbekiston, Termiz shahar, Bog'i shamol MFY, Farovon 1-chi mavze, 4-b uy [адреа Узбекистан, город Термез, махалля Бо^шамол, улица Фаровон, массив 1, дом 4-б], [address: Uzbekistan, Termez, Farovon street 4-b]