Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA HIKOYALAR O‘QITISH METODIKASI'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA HIKOYALAR O‘QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2002
113
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
hikoya / metod / pedagog / ta’lim / sujet / personaj / portret.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ozodova Zulfiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda hikoyalar o‘qitish metodikalari haqida so‘z yuritiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga hikoyalarni o‘qitishning naqadar e’tiborga sazovor hamda zarur ekanligi to‘g‘risida ham bir qancha fikrlar keltirib o‘tiladi. Shuningdek, o‘quvchilarga hikoyalarni o‘qitishda qo‘llanadigan bir qancha metodlar keltirib o‘tiladi. Boshlang‘ich ta’lim ta’lim tizimining asosiy fundamenti ekanligini hisobga olgan holda, mazkur sohada e’tibor berilishi lozim bo‘lgan bir qancha masalalar yuzasidan ham bir qancha fikr va mulohazalar ham maqoladan o‘rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA HIKOYALAR O‘QITISH METODIKASI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

BOSHLANG'ICH SINFLARDA HIKOYALAR O'QITISH METODIKASI

Ozodova Zulfiya

Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti 2- bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7995197

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich sinflarda hikoyalar o'qitish metodikalari haqida so'z yuritiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga hikoyalarni o'qitishning naqadar e 'tiborga sazovor hamda zarur ekanligi to'g'risida ham bir qancha fikrlar keltirib o'tiladi. Shuningdek, o'quvchilarga hikoyalarni o'qitishda qo'llanadigan bir qancha metodlar keltirib o'tiladi. Boshlang'ich ta'lim ta'lim tiziminingasosiy fundamenti ekanligini hisobga olgan holda, mazkur sohada e 'tibor berilishi lozim bo'lgan bir qancha masalalar yuzasidan ham bir qancha fikr va mulohazalar ham maqoladan o'rin olgan.

Kalit so'zlar: hikoya, metod, pedagog, ta'lim, sujet, personaj, portret.

KIRISH. Shuni ta'kidlash joizki, inson hayotida boshlang'ich ta'lim juda katta va muhim rol o'ynaydi. Buni o'quvchilar dunyoqarashi aynan boshlang'ich sinf davrida rivojlanishidan bilib olish mumkin. Dunyoqarashi keng bo'lgan inson har qanday sohada o'z qobiliyatlarini namoyon qila oladi va atrofidagi insonlarga ta'sir o'tkaza oladi. Shaxs ma'naviy fazilatlarining qaysidir miqdori tug'ma bo'lsa-da, ular, asosan, ta'lim-tarbiya vositasida shakllantiriladi. Shunday ekan, ta'lim jarayoni jamiyat taraqqiyotida, xalqimizning, shu jumladan, yoshlarimizning mentaliteti va ma'naviy qiyosafini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.

Ko'pchilik ko'nikmalar boshlang'ich sinfda o'qituvchilar tomonidan o'quvchilarda shakllantiriladi. Jumladan, misollar yechish, masalalarga to'g'ri yondashish, turli xildagi matnlar, masalan, hikoyalar, she'rlarni o'qish, ularni tahlil qilish ko'nikmalari bosqichma-bosqich shakllantirib boriladi. Mazkur jarayonlarda o'qituvchi asosiy rol o'ynaydi. Bu o'rinda uning o'quvchilarni yo'naltirishi, bolalarga mos metodlardan foydalanishi, ularning qiziqishlarini bilgan holda, darslikda berilgan topshiriqlarni yechishga, ularni tahlil qilishg o'rgatishi lozimdir. Boshlang'ich ta'limda hajm jihatidan ixcham bo'lgan badiiy asar janrlaridan hikoya, ertak, masal, she'r, rivoyat, asotirlar, dostondan parcha, xalq og'zaki ijodi namunalari va ilmiy-ommabop maqolalar o'qitiladi.

ASOSIY QISM. Turli janrdagi asarlar syujeti, uslubiy bo'yog'i, til vositalarining o'ziga xosligi jihatidan o'quvchilarga har xil ta'sir ko'rsatadi. O'qish darsida o'qituvchi o'rganilayotgan asarning janr xususiyatlarini inobatga olib, unga mos bo'lgan an'anaviy yoki noan'anaviy pedagogik usullardan foydalanishi zarur.

Hikoya - epik tur janrlaridan biri. Kichik hajmli bu badiiy asar kishi hayotidagi ma'lum bir voqeaning muhim tomonlarini umumlashtirib tasvirlaydi, lekin shu voqeaga qadar ro'y bergan yoki undan keyin yuzaga keladigan voqealar haqida batafsil bayon qilmaydi. Hikoyanavisning mohirligi shundaki, u qaynoq hayot qo'ynidan bir epizodni olib, yashashning muhim, tipik tomonlarini shu ixcham shaklga sig'diradi.[1]

Hikoyadagi ana shu ixchamlik, obrazlar xarakterining murakkab emasligi boshang'ich ta'lim o'quvchilari uchun mos keladi. Kichik yoshdagi bolalar asar qahramonining ruhiy kechinmalarini tahlil qilishga emas, balki o'sha qahramon harakati, portreti, jasorati va nutqiga ko'proq qiziqadilar. Qiziqarli sujet asosiga qurilgan hikoyalar ularning diqqatini tezda o'ziga jalb

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

etadi. Boshlang'ich sinflarda hikoya mazmunini ko'proq izohli o'qish vositasida o'rganiladi. Bunda quyidagi o'qish-o'rganish ishlari amalga oshiriladi:

- ifodali o'qish;

- matnni qayta hikoyalash;

- lug'at ustida ishlash;

- savol-javob vositasida hikoyadagi voqea-hodisalar bilan obrazlar xatti-harakatidagi ichki bog'lanishni aniqlash va boshqalar.

Hikoyani o'qishda mazmun tahlilidan tashqari hikoyani o'qitish ham muhimdir. Shuning uchun hikoya matni o'qilgach uning g'oyaviy mazmunini ochishga daxldor bo'lgan savollar topib yoki darslik savollari va topshirig'idan foydalangan holda o'quvchilarni gapirishga, hikoya voqealariga o'zlarining mustaqil munosabatini bildirishga obrazlarni bir-biri bilan taqqoslash va ularning xulq-atvoridagi yaxshi yoki yomon xislatlarni ajrata olsihga undashi shart va zarurdir.

Masalan, G'ani Jahongirovning "Ko'k arg'umoq" nomli hikoyasi 4-sinf darsligida berilgan. Mazkur hikoyada hayvonlarga, tevarak-atrofga bo'lgan muhabbat, jonivorlarni asrab-avaylash kabi xislatlar tarannum etiladi. Mazkur hikoyani avval o'quvchilarga o'zi ifodali qilib o'qib beradi. Keyin esa o'quvchilardan ifodali o'qishi so'raladi. Hikoya yuzasidan savollar tuzilsa ham maqsadga muvofiq bo'ladi. Masalan:

1. Odamlar muallimning ustidan nima uchun kuldilar?

2. Muallim jo'n otni qamday qilib tulpor qilib oldi?

3. Hikoyada muallimning otini davolashning qaysi kasbga aloqasi bor?

4. Hikoya nima uchun ko'k arg'umoq deya nomlandi?

Hikoya yuzasidan o'qituvchi tomonidan tuzilgan savollarga o'quvchilar javob beradilar va keying navbatda o'quvchilarning o'zlariga savollar tuzish vazifasi beriladi. Bu topshiriq orqali o'quvchilar hikoyaning ko'proq qaysi joylariga e'tibor berganini, hikoya bola xotirasida qanchalik yaxshi saqlanganini bilib olish mumkin. Yana mazkur hikoyani o'quvchilarda rolarga bo'lgan holda o'qitish hikoyaning bola xotirasida yaxshi saqlanib qolishiga imkon yaratadi. Dialoglarni o'qish orqali bolalar hikoyadagi qahramonlarning vaziyatiga, holatiga o'z-o'zidan kirib qoladi va ijobiy hamda salbiy qahramonlarni, qahramonlardagi yaxshi va yomon xislatlarni ajrata olish, ularni tahlil qila olish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Asar mazmunini yoritishda o'quvchilar tuzgan savollardan foydalanish ko'proq natija beradi. U sinfda jonlanishni, motivatsiyani yuzaga keltiradi. Biroq, maktab tajribasidan ma'lumki, o'quvchilarning qobiliyati, intellekt darajasi bir xil bo'lmaydi. Bu farq ularning o'quv faoliyatiga nisbatan motivatsiya hosil qilish bilan farqlanadi. Dars maqsadini amalga oshirish uchun o'quvchilarda qiziqish uyg'otadigan turli pedagogik usullardan foydalanish darkor. Ayniqsa, hikoya yuzasidan sahna varianti yaratish, obrazga kirib, dialogik nutqni yodlash va uni jonli ijro etish asar ruhiyatini hayotiylashtiradi. Sinfdagi sust o'zlashtiradigan o'quvchilar ham jonli ijroga befarq qarashmaydi. O'rtoqlari harakati va asar voqeasining ko'z o'ngida namoyon bo'layotgani ularni ta'sirlantiradi. Natijada, tafsilotlarda adashsalar ham, asar g'oyasini to'g'ri anglashadi.

XULOSA. Xulosa qilib shuni aytish joizki, hikoya o'qish o'quvchilarda bir qancha ko'nikmalarni shakllantiradi. Hikoya o'qish orqali o'quvchilarda vatanga bo'lgan muhabbat, do'stlik, o'zaro hurmat tuyg'ulari shakllanadi. Hikoya o'qish orqali o'quvchilarning dunyoqarashi kengayadi, atrofida bo'layotgan voqea-hodisalarga nisbatan munosabati o'zgaradi.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

REFERENCES

1. G'oyibnazar Ernazarov. Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi. -Toshkent. "Ilm-ziyo", 2011.

2. A. Musurmanova, X. Ibragimov, O. Jamoliddinova, K. Risqulova, S. Yo'ldosheva, A. Jumayev, F. Babashev, P. Isamova, S. Sharipova, G'. Salohiddinova, K. Todjibayeva. Umumiy pedagogika. - Toshkent: "Yoshlar nashriyot uyi", 2020.

3. A. Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. - Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2018

4. Ibragimov, X., & Sh, A. (2008). Pedagogika nazariyasi (darslik). T.: Fan va texnologiya, 288.

5. Ибраимов, Х. И. (2018). Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога. Наука, образование и культура, (3 (27)), 44-46.

6. Хонимкулова, М. Х. К., & Ибраимов, Х. И. (2018). Необходимость изучения иностранных языков: теория и практика. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 8083.

7. Ibragimovich, I. K. (2020). Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system. International journal of discourse on innovation, integration and education, 1, 6-15.

8. Ибраимов, Х. И. (2019). Теоретические аспекты социально-психологической адаптации студентов-первокурсников к обучению в вузе. Вопросы науки и образования, (26 (75)), 12-16.

9. Ибраимов, Х. И. (2018). Коммуникативная компетентность как механизм профессионального саморазвития будущего педагога. Проблемы педагогики, (2 (34)), 7-10.

10. Ibragimov, X., & Abdullaeva, S. H. (2008). Theory of pedagogy. Science and Technology.

11. Ибрагимов, Х. И. (2020). Организация самостоятельной работы студентов в условиях цифровизации вузовского образования. Наука и образование сегодня, (7 (54)), 74-75.

12. Ibragimovich, X. I. (2021). O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT -MODUL TEXNOLO GIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 209-214.

13. Ibragimov, X. I., Yo'ldoshev, U. A., & Bobomirzayev, X. (2009). " Pedagogik Psixologiya" O'quv qo'llanma. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti Toshkent.

14. Ибраимов, Х. И. (2019). Педагогические и психологические особенности обучения взрослых. Academy, (10 (49)), 39-41.

15. Атауллаев, Ф. Ф. У., & Ибраимов, Х. И. (2019). Понятие профессионально-коммуникативной компетентности будущих учителей в психолого-педагогических исследованиях. Вопросы науки и образования, (1 (42)), 70-74.

16. Ibragimovich, I. K. (2018). Intensive methods of teaching foreign languages at university. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 78-80.

17. Ibragimovich, I. K., Kholboevna, I. F., Amrilloevich, I. A., & Rakhmonovich, U. S. (2021). PEDAGOGICAL ABILITIES OF A TEACHER, STRUCTURE AND

DEVELOPMENT. 48(12).

18. Ибрагимов, Х. И. (2021). ПЕДАГОГИКА И ВОСПИТАНИЕ. Экономика и социум, (1-1 (80)), 608-611.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

19. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Relevance of english language science and teaching structure. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 70(4), 883887.

20. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Intensive in teaching english characteristics of application of methods. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 1588-1594.

21. Rahmanovich, O. A., Yusufovich, E. H., Dilshodqizi, S. S., Almasovna, S. A., & Ibragimovich, H. I. (2020). Linguistic features of compound words in english and Uzbek languages. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(2), 925-932.

22. Bahtiyorova, F. Н. USING FOLK LITERATURE IN THE PRIMARY ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE CLASSROOMS.

23. Ибраимов, Х. И. (2018). НЕЙРОПЕДАГОГИКА КАК НОВОЕ ПРИКЛАДНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ В ПЕДАГОГИКЕ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY (pp. 6-10).

24. Ibragimovich, I. H., & Ghazzali, I. Increasing the Classical Activity of Future Teachers as a Pedagogical and Psychological Problem. JournalNX, 98-102.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.