Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMIDA BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING O‘RNI VA AHAMIYATI'

TA’LIM TIZIMIDA BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1043
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagogik texnologiya / boshlang‘ich ta’lim / reja / kuzatuvchanlik / ot / fe’l / sifat / son.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shukurullayeva Nodira

Ushbu maqolada mamlakatimizdagi ta’lim tizimining tutgan o‘rni hamda ta’lim tizimining rivojlanishida boshlang‘ich ta’limning qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi haqida ma’lumotlar keltirilib o‘tiladi. Shuningdek, boshlang‘ich ta’limga innovatsion yondashuvning naqadar samarador ekanligi haqidagi bir qancha ma’lumotlar va fikrlar ham o‘quvchilar e’tiboriga havola etiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMIDA BOSHLANG‘ICH TA’LIMNING O‘RNI VA AHAMIYATI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

TA'LIM TIZIMIDA BOSHLANG'ICH TA'LIMNING O'RNI VA AHAMIYATI

Shukurullayeva Nodira

Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7994075

Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimizdagi ta'lim tizimining tutgan o'rni hamda ta'lim tizimining rivojlanishida boshlang'ich ta'limning qanchalik muhim ahamiyat kasb etishi haqida ma'lumotlar keltirilib o'tiladi. Shuningdek, boshlang'ich ta'limga innovatsion yondashuvning naqadar samarador ekanligi haqidagi bir qancha ma'lumotlar va fikrlar ham o'quvchilar e 'tiboriga havola etiladi.

Kalit so'zlar: pedagogik texnologiya, boshlang'ich ta'lim, reja, kuzatuvchanlik, ot, fe'l, sifat, son.

KIRISH. Hozirgi globallashuv jarayonida pedagog kadrlarning oldiga qo'yiladigan asosiy talab fikrlash doirasi keng bo'lgan, ilmiy dunyoqarashi shakllangan, ma'lumotlar oqimidan o'ziga kerakli bo'lganlarini saralab olish qobiliyatiga ega bo'lgan yoshlarni tarbiyalash vazifalarini qo'ymoqda. Hozirgi davrda zamon chig'irig'idan omon chiqishning asosiy va yagona yo'li ta'lim tizimini kundan kunga rivojlantirish hisoblanadi.

Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning: "Aql-zakovatli, yuksak ma'naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo'ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi", - degan fikri zamonaviy ta'li konsepsiyalari asosida ta'lim-tarbiya jarayonini yuksaltirish, milliy g'oyani ro'yobga chiqaradigan barkamol avlodni voyaga yetkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri ekanligini ko'rsatadi.[1]

Mazkur vazifani, ya'ni har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni voyaga yetkazish vazifasini ro'yobga chiqarish uchun bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilgan. Buning yaqqol dalili sifatida "Ta'lim to'g'risidagi qonun"ni keltirishimiz mumkin. Ta'lim tizimini rivojlantirish jamiyat taraqqiyotining ustuni ekanligini anglab yetgan xalq rivojlanishga yuz tutadi.

ASOSIY QISM. Asosiy maqsadimiz ta'lim tizimini rivojlantirish ekan, xo'sh, bu yo'lda nimalar qila olamiz? Dastlab, mazkur tizimning asosiy bo'g'inlarini aniqlab olishimiz lozimdir. Bu o'rinda esa ta'limning asosiy bo'g'ini sifatida boshlang'ich ta'limni e'tirof etishimiz lozim. Boshlang'ich ta'lim bu nafaqat ta'lim tizimining, balki jamiyatning asosiy fundamenti hisoblanadi. Bugungi kunda, ya'ni axborotlashish asrida aqliy faoliyat, xususan, pedagogik faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislar ta'lim mazmuni, metodlari, qouniyatlari, ta'limni tashkil qilish shakllari, pedagogik texnologiyalar va ularning turlarini, ularni dars jarayonida qo'llay bilishi, ya'ni sodda qilib aytganda, kuchli intellekt va tajribaga ega bo'lishlari lozim.

Shu o'rinda, boshlang'ich sinf o'quvchilarining bir qator xususiyatlari bilan tanishishimiz lozim. Chunki boshlang'ich ta'limning ta'lim tizimida qanchalik muhim o'rin tutishini o'rganish uchun mazkur davrda, ya'ni boshlang'ich ta'lim jarayonida bolalarning qaysi xususiyatlari qay darajada rivojlanishini bilib olish zarur.

Maktabga kelish arafasida bolaning so'z boyligi o'z fikrini bayon qila oladigan darajada ortadi. Boshlang'ich sinf yoshidagi bolalar nutqi, asossa, ot, fe'l, sifat, son va bog'lovchilardan iborat bo'ladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab borib, nutqni o'zlashtirishi ma'lum bir faoliyatga aylana boradi. Mazkur yoshdagi bolalarning yana bir o'ziga xos xususiyati bola nutqida o'z fikrini bayon etibgina qolmay, balki o'z suhbatdoshining

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

diqqatini o'ziga jalb qilish uchun ham gapiradilar. Bu jarayonda ularda kelajakda o'z kasbida erkin ishlash ko'nikmalari, fikriarini bayon eta olish ko'nikmalari ma'lum darajada shakllanadi.

Bu davrda yozma nutq ham shakllana boshlaydi. Yozma nutq jumlalarni to'g'ri tuzish va so'zlarni to'g'ri yozishga ma'lum talablar qo'yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola so'zlarni qanday eshitgan bo'lsa, shundayligicha yozmasligini bilishi, ularni to'g'ri talaffuz etishga va yozishga o'rganishi zarur. Yozma nutqni egallash asosida bolalarda turli matnlar haqidagi ma'lumotlar yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlagani bois, bolada o'zi yozgan fikrlarni, so'z va harflarni nazorat etish malakasi hali rivojlanmagan bo'ladi. Lekin unga ijod qilish imkoniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish maktab yoshidagi o'quvchilarda berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniqlash, fikrini bayon etish uchun ma'lumot to'plash, muhim jihatlarini ajratib olish, uni ma'lum ketma-ketlikda bayon etish, reja tuzish malakasini yuzaga keltiradi. Jumlalarni to'g'ri tuzish, aynan shu mazmunga mos so'zlarni topish va ularni to'g'ri yozish, tinish belgilarini to'g'ri qo'yish, o'z holatlarini topa olish va to'g'rilash aqliy rivojlanishning ko'rsatkichlaridan hisoblanadi.

Boshlang'ich ta'limdagi o'qish faoliyati kichik maktab yoshudagi o'quvchining aql-idroki, sezgirligi, kuzatuvchanligi, eslab qolish va esga tushirish imkoniyatlarining rivojlanishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi, hisoblash malakalarini shakllantiradi. Ta'lim jarayonida ularning bilimlar ko'lami kengayadi, qiziqishlari ortadi, ijodiy izlanish qobiliyati rivojlanadi, ularda tafakkurning faolligi, mustaqilligi ortadi, aqliy imkoniyatini ishga solish vujudga keladi. Mazkur yoshdagi bolalar o'z idroklarining aniqligi, ravonligi, o'tkriligi bilan boshqa yosh davlaridagi insonlardan farq qiladi. Ular har bir narsaga berilib, o'ta sinovchanlik bilan qarashlari sababli idrokning muhim xususiyatlarini o'zlashtirish qobiliyatiga ega bo'ladilar.

7 - 10 yoshdagi o'quvchining idroki, uning xatti-harakati, o'yini va mehnat faoliyati bilan bevosita bog'liqdir. O'quvchi o'zining ehtiyoji, mayli, qiziqish va intilishi, turmush sharoitiga mos ravishda, shuningdek, o'qituvchi tavsiya etgan narsalarni idrok qila oladi. Shu sababli mazkur davrda, ya'ni boshlang'ich sinfda o'qituvchi bolalarga to'g'i yo'nalish berishi. Ularning qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakdagi kasbiga to'g'ri yo'naltirishi lozim. Agar boshlang'ich ta'limda o'quvchilar bilan ishlash jarayoni to'g'ri yo'lga qo'yiladigan bo'lsa, bu o'quvchilarning kelajakdagi ta'lim olish jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Birinchi sinfga kelgan bola predmetlarning rangi, shakli va kattaligini, ularni makonda joylshishini bilish bilan birga, ularni taqqoslay oladi. Maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun bola sensor rivojlanganlik darajasining yuqori bo'lishi juda zarurdir. Maktab yoshiga kelib, normal rivojlanayotgan bola rasm va suratlar real hayotni aks ettirayotganligini yaxshi tushunadilar. Shuning uchun ham surat va rasmlarda nimalar aks etganini real hayotga taqqoslagan holda bilishga harakat qiladilar. Bola rasmlarda atrofdagi, hayotdagi narsalarning kichiklashtirib tasvirlanganini anglay biladilar. Bu tasvirlar bolalarda estetik va badiiy didni rivojlantiradi. Chunki bola shu rasmlar orqali olam go'zalligini, uning turfa ranglardan iborat ekanligini anglaydi, ajratadi va o'z munosaabtini bildira oladi. Mazkur xususiyat bolada o'z didiga ko'ra kyim tanlash, hammaning ham fikriga qo'shilmasdan, o'z mustaqil fikrlarini erkin va ravon ifodalash, o'zi uchun qulay sharoit yaratish qobiliyatlarini shakllantiradi. Bu esa bolaning kelajakdagi hayotida ancha katta rol o'ynaydi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida diqqatni irodaviy zo'r berish bilan boshqarish va vaziyatga moslash imkoniyati yaxshi bo'lmaydi. Buning asosiy sababi, ularda ixtiyoriy diqqatning kuchsizligi va beqarorligidir. Bolalarda ixtiyorsiz diqqat ko'proq rivojlangan bo'ladi.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Boshlang'ich sinf o'quv materallarining yaqqolligi, yorqinligi, jozibadorligi o'quvchida beixtiyr his-tuyg'ular uyg'otadi, irodaviy zo'riqishsiz, osongina fan asoslarini egallashga imkon beradi. Boshlang'ich ta'limda turli metodlar, usullar orqali o'quvchilarni fan materiallariga jalb qilishga, ularni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladi.

XULOSA. Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, boshlang'ich ta'lim jarayoni ta'lim tizimida juda katta ahamiyatga egadir. Mazkur jarayonni tashkil etish ham ancha katta mas'uliyatni o'qituvchi zimmasiga yuklaydi. Boshlang'ich ta'limdan keyingi ta'lim jarayonlarida o'quv-ta'lim ishlarini tashkil etish, ularni muvaffaqiyatli yo'lga qo'yish bevosita mazkur jarayon bilan bog'liq ekanligini yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqib bemalol e'tirof etishimiz mumkin.

REFERENCES

1. I. A. Karimov. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat etishga xizmat etsin. -Toshkent, "Sharq", 1998.

2. M. G. Davletshin va boshqalar. Yosh va pedagogik psixologiya. - Toshkent, 2007.

3. N. Atayeva va boshqalar. Umumiy pedagogika. - Toshkent: "fan va texnologiya", 2012.

4. Malikova, D. (2020). Deposit base of Uzbekistan commercial banks. World Scientific News, (143), 115-126.

5. Malikova, D. (2020). Consulting services market of Uzbekistan. World Scientific News, (145), 168-179.

6. Malikova, D. (2023). METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 96-98.

7. Malikova, D., & Ziyadullayeva, M. (2023). INFLATION: THEORETICAL ASPECTS AND ANALYSIS OF PRICE CHANGES IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(2), 204-207.

8. Malikova, D., & Abduganieva, F. (2023). The Role of Consulting in the Modern Economy. Global Scientific Review, 12, 1-4.

9. Malikova, D., & Rakhmonov, N. (2023). MONETARY AGGREGATES AND THEIR IMPORTANCE IN THE ECONOMY.

10. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). Analysis of the Current State of Deposit Operations of Commercial Banks of Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 28-31.

11. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). THE IMPORTANCE OF DOMESTIC BANKS'PRECIOUS METALS ACCOUNTING OPERATIONS. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

12. Маликова, Д. (2021). UMUM TA'LIM MAKTABLARIDA KITOBXONLIK STRATEGIYASINI QO 'LLASH: Malikova Dilrabo Mahmudovna, O 'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (7), 299305.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.