Научная статья на тему 'KOMMUNIKATIV SAVODXONLIKNI OSHIRISH – DAVR TALABI'

KOMMUNIKATIV SAVODXONLIKNI OSHIRISH – DAVR TALABI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
146
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
baholash mezoni / test spetsifikatsiyasi / nutqiy kompetensiya / piktografik yozuv / ideografik yozuv / logografik yozuv / fonografik yozuv

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xalikova Shaxnozaxon Azimjonovna

Iqtidorli va intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalash va ularning og‘zaki nutqi hamda yozuv savodxonligini oshirish ona tili ta’limining asosiy maqsadlaridan sanaladi. Mazkur maqolada nutqiy muloqot jarayonida yozma nutqning imkoniyatlaridan to‘g‘ri va samarali foydalanish kerakligi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOMMUNIKATIV SAVODXONLIKNI OSHIRISH – DAVR TALABI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

KOMMUNIKATIV SAVODXONLIKNI OSHIRISH - DAVR TALABI Xalikova Shaxnozaxon Azimjonovna

Andijon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi, p.f.f.d., (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.7994890

Annotatsiya. Iqtidorli va intellektual salohiyatli yoshlarni tarbiyalash va ularning og'zaki nutqi hamda yozuv savodxonligini oshirish ona tili ta'limining asosiy maqsadlaridan sanaladi. Mazkur maqolada nutqiy muloqot jarayonida yozma nutqning imkoniyatlaridan to'g'ri va samarali foydalanish kerakligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: baholash mezoni, test spetsifikatsiyasi, nutqiy kompetensiya, piktografk yozuv, ideografik yozuv, logografik yozuv, fonografik yozuv.

So'nggi yillarda ta'lim tizimida bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5850-son Farmoni qabul qilindi va Xalq ta'limi vazirligining 2020-yil 10-apreldagi 102-son buyrug'i hamda Umumiy o'rta ta'limning o'quv dasturi tasdiqlandi. Bu esa rivojlanish yo'lidagi ijobiy qadamdir. Mazkur o'quv dasturiga asosan tuzilayotgan adabiyotlarning mohiyatida ham yangicha yondashuv kuzatilmoqda. Unga ko'ra tinglab tushunish, gapirish, o'qish va yozishga katta ahamiyatning berilishi yosh avlodning ona tili fanini bevosita faqat nazariy qoidalar qurshovida emas, balki amaliy jihatdan yondashib mustaqil fikrlaydigan, olgan bilimlarini amalga tadbiq eta oladigan, har tomonlama qobiliyatini shakllantira oladigan motivlarni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Shu o'rinda aytish joizki, boshqa fanlardan o'quvchi bilimini baholash mezoni turli xil tarzda aks etishi mumkin. Masalan, matematika fanida, eng muhimi, berilgan misol yoki masalaning to'g'ri yechimini topish, kimyoda esa elementlarning reaksiyasi amalda qanday bo'lishini bilish bilan yoki ijtimoiy fanlarni olsak, tarix fanida bo'lib o'tgan voqeliklarni xotirada saqlab qolish, iqtisod fanida esa inson hayoti faoliyatida ehtiyojlaridan kelib chiqib cheklangan resurslarni tanlay bilish bilan belgilanadi. Biroq bularning barchasini o'zlashtirishdan avval, dastlabki va eng ko'p sezgi a'zolari (quloq, ko'z, og'iz, qo'l)ishtirokida amalga oshadigan ona tili fanini puxta egallash doimo asosiy vazifa bo'lib qolaveradi.

Shuning uchun ham so'nggi yillarda ona tili va adabiyot fani yuzasidan o'zlashtirilgan bilimni aniqlashga qaratilgan ona tili va adabiyot fanlaridan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi ham joriy etildi.

Mazkur test spetsifikatsiyasining maqsadi umumta'lim fanlaridan milliy test tizimi doirasida ona tili va adabiyot fanlaridan talabgorlar bilim darajasini aniqlash va sertifikatlash uchun qo'llaniladigan test variantlari strukturasi va unga qo'yiladigan talablarni belgilashdan iborat.

Eslatib o'tamiz, bu kabi baholash mezonlari ilgari Amerika Qo'shma Shtatlarining bir nechta dasturlari (IREX, IELTS, CEFR, TOEFL, TESOL...) orqali amalga oshirilgan va ijobiy samaraga erishilgan.

O'zbekistonda ham ta'lim tizimida bu kabi islohotlarning amalga oshirilishi, ta'lim jarayonining shakli hamda mazmunining o'zgarishi yangicha yondashilib tuzilgan ona tili darsliklarining yaratilishiga sabab bo'lmoqda.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo'yicha umumiy o'rta ta'limning Ona tili fani o'quv dasturida quyidagi talablar qo'yilgan: Nutqiy kompetensiya (og'zaki nutq, yozma nutq, anglash (o'qish va tushunish, tinglab tushunish)

Yuqoridagilardan e'tiborimizni yozma nutqqa qaratar ekanmiz, dastlab yozuv haqida qisqacha to'xtalamiz. Tarixan juda ko'p bosqichlarni bosib o'tgan bu yozuv hozirgi fonografik bosqichga kelgunga qadar buyumli, piktografik, ideografik, logografik kabi bir qancha bosqichlarni ortda qoldirdi. O'z davrida ma'lum axborot tashish kuchiga ega bo'lgan bu yozuv bosqichlari insonlar bir-birlarini tushunishida murakkab vaziyatlarni keltirishi (piktografik -rasmli: birinchidan, hammaning rasm chizishga qobiliyati yo'qligi; ikkinchidan, mohir rassom tomonidan chizilganda ham hammaning birdek tushuna olish qobiliyati yo'qligi; uchinchidan, shunday mavhum tushunchalar borki, ularni suratlarda aks ettirishning iloji yo'qligi); kishilar dunyoqarashi, tushunchalaridagi harxillik (ideografik - g'oyalar bo'yicha bo'lib, unda qarashlar nisbiyligi); yodda tutishning imkonsizligi (logografik - har bir so'zga bir belgining paydo bo'lishi, Xitoy iyerogliflaridek) kabi ko'plab qiyinchiliklar tug'dira boshladi. Nihoyat, ilk bor Qadimgi Finikiyada paydo bo'lgan fonografik yozuv esa tovushlarga asoslanib yozilishi bilan farqlanib turardi. Undagi afzallik esa inson og'zidan chiqayotgan sanoqli tovushlarning yozuvda muayyan harflariga egaligida edi. Bunday qisqa (o'zbek tilida bor-yo'g'i 30ta tovush) hajmdan cheksizlik yaratilishi xuddi matematik 0 dan 9 gacha bo'lgan raqamlardan cheksiz sonlar yaratish imkoniyati mavjudligi kabi qulay.

Yozma nutq (yozish): turli ko'rinishda berilgan materiallar asosida o'z fikr va hissiyotlarini to'g'ri, izchil ifodalash, shuningdek, turli mazmundagi 16-18ta gapdan iborat matn yoza olish; ma'lum narsa yoki hodisa haqida ma'lumot yetkazish maqsadida ma'lumot va ijodiy-tavsifiy xarakterdagi matn yarata olish, bunda dalillardan foydalana olish; matnning izchilligini va samarasini oshirish uchun so'zlar, grammatik qoidalar va strukturalarni to'g'ri qo'llash; o'z yozma nutqining ta'sirchanligini oshirish maqsadida badiiy va ritorik vositalarni qo'llay olish; husnixat, tinish belgilari va imlo qoidalariga amal qilgan holda 140-160 ta so'zdan iborat diktant yoza olish; grammatik, punktuatsion va imlo qoidalariga rioya qilish; ish qog'ozlari (e'lon, tabriknoma, taklifnoma, tushuntirish xati, tarjimayi hol, ariza, tavsifnoma, tavsiyanoma, tilxat, bayonnoma va hisobot)ni to'g'ri yoza olish.

Bugungi kunda o'quvchilarning muloqot vositasi sifatida yozma nutqdan to'g'ri va unumli foydalanishi, o'z fikrini savodli bayon etishi nafaqat ona tili darslarining, balki har bir fan o'zlashtirilishining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Yozma nutq fikrlarimizni ifodalab berishning eng yaxshi vositasidir. Yozma nutqda fikrning mazmuni va shaklidagi ayrim kamchiliklar ochiq ko'rinib qoladi va fikrning o'zi mazmun va shakl jihatidan eng ravshan, aniq qilinib ifodalanadi. Shuning uchun ham biz aqliy ish bilan shug'ullanayotganimizda, biror masalani hal qilayotganimizda yoki tayyor bilimlarni o'zlashtirayotganimizda ish natijasini yoki olgan bilimimizni ko'pincha, xatga yozib qo'yamiz, ba'zan esa bir necha marta ko'chirib yozamiz. Shu sababli, har xil yozma ishlar - hikoya qilib yozib berish, insho yozish, konspekt olish - tafakkurning o'sishi uchun katta ahamiyatga egadir. Shu bilan birgalikda, yozma nutqni egallash kishining og'zaki nutqini takomillashtirishga ham yordam beradi, natijada og'zaki nutq o'zining lug'at tarkib jihatidan boyroq bo'lib qoladi, grammatika jihatidan to'g'riroq ifodalanadigan bo'ladi, ancha muntazam va sistemaga tushgan nutqqa aylanadi. Mana shuning o'zi og'zaki nutq bilan yozma nutq hamisha bir-biri bilan bog'liq ekanligini ko'rsatadi.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Aytaylik, yozma nutqda biroz muddat bor - og'zaki nutqda qisqa fursat bor. Shuning uchun o'quvchilarga biror mavzuda tezkorlik bilan matn tuzishdan ko'ra, imtihonlarni og'zaki tartibda topshirishdan ko'ra yozma tarzda atroflicha o'ylab yozish osondek tuyuladi. Shuning uchun ham ifodalar boyroq, jumlalar teranroq bo'ladi.

Yana yozma nutqda qayta tahrirlash imkoniyati mavjud. Bu esa topshiriqda yo'l qo'ygan kamchiliklariga tuzatish kirita olishi mumkin degani. Bu borada o'quvchilar tuzatishning turli (qavsga olish, shtrixlash, chizib tashlash, yirtib tashlash kabi) usullarini qo'llay olishadi. Og'zaki nutqda esa bularning iloji yo'q. Ya'ni, aytilgan so'z - otilgan o'q.

Biroq shunda ham yozma nutqqa qobiliyati bo'lmagan o'quvchilar topiladi. Ular jumlalarni yozishda orfografik, stilistik va punktuatsion xatolarga yo'l qo'yadi. Natijada ularning o'zlashtirish ko'rsatkichlari va fanlarni bilish darajasi susayadi. Shuning uchun nafaqat maktabda, oilada ham o'quvchi shaxsining yozma savodxonligi jiddiy nazorat ostiga olinishi kerak.

Yozma tushunish - yozma ravishda taqdim etilgan axborot va g'oyalarni tinglash va tushunish qobiliyati.

Yozma bayon qilish - axborot va g'oyalarni yozma ravishda tavsiflash qobiliyati.

Idrok tezligi - harflar, sonlar, obyektlar, rasmlar va boshqa namunalar jamlanmasi o'rtasidagi o'xshashlik va farqlarni tez va aniq solishtirish qobiliyati.

O'quvchilarda yuqoridagi kabi qobiliyatlar shakllanishi uchun o'qituvchi har bir darsga tayyorlanayotganda, dars materialidagi ma'nosi va yozilishi qiyin bo'lgan so'zlarni aniqlab, belgilab olib, temani tushuntirish, unga doir o'quvchilar bilimini mustahkamlash jarayonida o'rni bilan bu so'zlarni doskaga yozib, uning ma'nosini izohlashi, o'quvchilarga ayttirib ko'rishi, lug'at daftariga yozib olishni ta'kidlashi lozim. Shunga ko'ra o'quvchilarni hamma darslarda zarur o'quv qurollari bilan birga, lug'at daftarini ham tayyorlab parta ustiga olib qo'yishga va ko'rsatilgan so'zlarni yozib olishga odatlantirish lozim.

Ayniqsa, hozirgi media dunyoni egallayotgan bir paytda undan to'g'ri foydalanmaslik, bexato yozishni bilmaslik eng katta muammodir. Avvalo, mediateka tushunchasiga izoh bersak. Elektron manbalardan biri - Vikipediyada ko'rsatilishicha, "mediateka" tushunchasi inglizcha "media" ("tarqatuvchi", "tashuvchi") hamda yunoncha "б^кп" "saqlash joyi" atamalarining birikmasidan hosil qilingan bo'lib, mazmunan bosma manbalar (me'yoriy hujjatlar, dasturlar (fan, mualliflik va ishchi dasturlar), ish rejalari, darsliklar, o'quv va metodik qo'llanmalar, metodik tavsiyanoma va ko'rsatmalar, ma'lumotnomalar, lug'atlar, ensiklopediyalar, atlaslar, didaktik ishlanmalar, o'quv-metodik majmualar, ish daftarlari, videofilmlar, audio yozuvlar, kompyuter taqdimotlari, davriy nashrlar (gazeta, jurnal va byulletenlar)dan tarkib topgan fond (jamg'arma), shuningdek, mazkur fondni tashkil etish va ulardan foydalanishning texnik ta'minoti (kompyuter, videokamera, magnitafon, videomagnitafon, ovoz kuchaytirgich, video hamda audio kassetalar, flesh kartalar, qattiq disklar, proyektor va b.).

Shu o'rinda mashhur metodist olim Yu.A.Podberezskayaning qarashlariga ham asoslandik. Muloqot qilish, albatta, nutq madaniyati bilan bog'liq jarayondir. Nutqi rivojlangan shaxs ko'ngildagidek muloqot qilishni uddalay oladi, gapda so'zlarni o'rinli qo'llay oladi; muloqot me'yorlariga amal qiladi. Shuning uchun ham bu haqda Yu.A.Podberezskaya shunday deydi: "Nutq madaniyati bu - so'zlarni ularning leksik ma'nosiga mos, leksik muvofiqligi, dolzarbligi, ta'sirchanligini anglagan holda tanlash demakdir, leksik me'yor esa - bu so'zlarni qo'llash qoidalari va so'zlarning boshqa so'zlar bilan muvofiqligi. Bunday umumiy ta'rif alohida

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

olingan xususiy holatlarni nazarda tutadi, ya'ni me'yor jihatdan so'zlarni to'g'ri qo'llash - bu: 1) so'zlarni me'yordan chiqmagan holatda o'sha ma'nolarida qo'llash; 2) so'zlarning sinonimik munosabatlarini hisobga olish, sinonimlarning aralashib ketishiga yo'l qo'ymaslik; 3) so'zlarning omonimik munosabatlarini hisobga olish; 4) so'zlarni qo'llashda omonimlar va paronimlarni farqlash; 5) qo'llanishish doirasi cheklangan so'zlarning ishlatilishini aniq bilish (eskirgan so'zlar, o'zlashma so'zlar, kasb-hunarga oid so'zlar, dialektizmlar, oddiy so'zlar, neologizmlar, jargonizmlar, argolar); 6) so'zlarni ortiqcha ishlatishga yo'l qo'ymaslik (tavtologiya, pleonazm, parazit so'zlar) va fikrni noto'liq ifodalamaslik; 7) frazeologizmlarni to'g'ri qo'llash".

Ayni paytda, nazarimizda, savodsizlik masalasini ham 2 turga ajratish mumkin bo'lib qoldi, ya'ni tabiiy savodsizlik (nazariy qoidalarni bilmaslik oqibatida avtomatik xato sodir etish); sun'iy savodsizlik (telefon yozishmalarida sh ni w; ch ni 4; o' ni 6 tarzida "buzib" yozish). Yozuvning ham yuqorida keltirganimizdek, o'z tarixi mavjudligini va milliy qadriyatlarimiz safida tura olishini inobatga olib shuni aytish mumkinki, biz o'rta avlod vakillari kelajak avlodga tilimizni, undagi yozuv qonuniyatlarini asl holida bexato yetkazish umuminsoniy burchlarimizdandir.

Muloqot kompetensiyalarini rivojlantirishda ko'rsatilgan talablarni belgilash maqsadli bo'ladi. Chunki yoshlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish omillarini, kommunikatsiyani amalga oshirishda nutqiy muloqot ko'nikmalarini shakllantirish, uni amalga oshirish usul va yo'llarini hamda muloqot maqsadiga mos keladigan ifodani topa bilish, tilni o'rgatishda o'quvchi shaxsini rivojlantirish hamda nutq madaniyati, muloqot madaniyatini tashkil etishda so'zlarning ularning leksik ma'nosiga mos ekanligini aniqlash kabilar davlat ta'lim standartiga qo'yilgan asosiy talablardan sanaladi.

Demak, ona tili darslarida yozma savodxonlikka jiddiy e'tibor berish nafaqat o'quvchilarning ta'lim jarayonida, balki ijtimoiy hayotda ham katta ahamiyatga egadir.

REFERENCES

1. Акбарова С.Н. Кимё фани мутахассислиги доирасида талаб килинувчи кобилият турлари ва уларни аниклаш методлари // Мактаб ва х,аёт. - Тошкент, 2020. - № 2. 9-10-б.

2. Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya. - Toshkent, "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati" nashriyoti, 2018. 248-b.

3. Мадалиев Б. Она тили дарсларининг самарадорлигини ошириш. - Тошкент: Укитувчи, 1969. 13-b.

4. Подберезская Ю. А. Лексические нормы в методике преподавания культуры русской речи студентам-иностранцам // Lingua mobilis - № 4 (37) - 2012. - С.158-161.

5. Рустамова Н.Р. Умумтаълим мактаблари бошлангич ва юкори синф укувчилари медиамаданиятини шакллантиришнинг мух,им йуналишлари // Мактаб ва х,аёт, 2017. -№ 3. 25-б.

6. Умумий урта таълимнинг ДТС ва укув дастури. - Тошкент, 2017. 33-34-б.

7. Ibragimov, X., & Sh, A. (2008). Pedagogika nazariyasi (darslik). T.: Fan va texnologiya, 288.

8. Ибраимов, Х. И. (2018). Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога. Наука, образование и культура, (3 (27)), 44-46.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

9. Хонимкулова, М. Х. К., & Ибраимов, Х. И. (2018). Необходимость изучения иностранных языков: теория и практика. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 8083.

10. Ibragimovich, I. K. (2020). Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system. International journal of discourse on innovation, integration and education, 1, 6-15.

11. Ибраимов, Х. И. (2019). Теоретические аспекты социально-психологической адаптации студентов-первокурсников к обучению в вузе. Вопросы науки и образования, (26 (75)), 12-16.

12. Ибраимов, Х. И. (2018). Коммуникативная компетентность как механизм профессионального саморазвития будущего педагога. Проблемы педагогики, (2 (34)), 7-10.

13. Ibragimov, X., & Abdullaeva, S. H. (2008). Theory of pedagogy. Science and Technology.

14. Ибрагимов, Х. И. (2020). Организация самостоятельной работы студентов в условиях цифровизации вузовского образования. Наука и образование сегодня, (7 (54)), 74-75.

15. Ibragimovich, X. I. (2021). O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 209-214.

16. Ibragimov, X. I., Yo'ldoshev, U. A., & Bobomirzayev, X. (2009). " Pedagogik Psixologiya" O'quv qo'llanma. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti Toshkent.

17. Ибраимов, Х. И. (2019). Педагогические и психологические особенности обучения взрослых. Academy, (10 (49)), 39-41.

18. Атауллаев, Ф. Ф. У., & Ибраимов, Х. И. (2019). Понятие профессионально-коммуникативной компетентности будущих учителей в психолого-педагогических исследованиях. Вопросы науки и образования, (1 (42)), 70-74.

19. Ibragimovich, I. K. (2018). Intensive methods of teaching foreign languages at university. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 78-80.

20. Ibragimovich, I. K., Kholboevna, I. F., Amrilloevich, I. A., & Rakhmonovich, U. S. (2021). PEDAGOGICAL ABILITIES OF A TEACHER, STRUCTURE AND

DEVELOPMENT. (48(12).

21. Ибрагимов, Х. И. (2021). ПЕДАГОГИКА И ВОСПИТАНИЕ. Экономика и социум, (1-1 (80)), 608-611.

22. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Relevance of english language science and teaching structure. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 883887.

23. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Intensive in teaching english characteristics of application of methods. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 1588-1594.

24. Rahmanovich, O. A., Yusufovich, E. H., Dilshodqizi, S. S., Almasovna, S. A., & Ibragimovich, H. I. (2020). Linguistic features of compound words in english and Uzbek languages. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(2), 925-932.

25. Bahtiyorova, F. Н. USING FOLK LITERATURE IN THE PRIMARY ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE CLASSROOMS.

26. Ибраимов, Х. И. (2018). НЕЙРОПЕДАГОГИКА КАК НОВОЕ ПРИКЛАДНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ В ПЕДАГОГИКЕ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY (pp. 6-10).

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

27. Ibragimovich, I. H., & Ghazzali, I. Increasing the Classical Activity of Future Teachers as a Pedagogical and Psychological Problem. JournalNX, 98-102.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.