Научная статья на тему 'OLIY TA`LIM MUASSASALARIDA TAʼLIM SIFATINI OSHIRISHDA ELEKTRON AXBOROT TA`LIM RESURSLARINING O ‘RNI'

OLIY TA`LIM MUASSASALARIDA TAʼLIM SIFATINI OSHIRISHDA ELEKTRON AXBOROT TA`LIM RESURSLARINING O ‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
97
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
onlayn ta'lim / masofaviy ta'lim / elektron ta'lim muhiti / didaktika tamoyillari / ta'lim mazmunini boshqarish tizimlari

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Achilov Otkir Isomitdinovich

Mazkur maqolada axborotlashgan jamiyatda EATRning davr talabiga moslashuvchanligi va mazmunini o‘zgartirish qulayligi, bu esa uning yaratilish jarayonining murakkab tuzilganligidan dalolat beradi. Darslik va o‘quv qo‘llanmalari davlat ta’lim standartlariga muvofiq nashr etishni tartibga soluvchi an’anaviy qat’iy tizimga ham albatta asoslanishi shartligini. Agar biz murojaat etayotgan bosma nashrga EATR mazmunining asosiy manbai deb qarasak, demak, uning mazmun darajasini oldindan aniqlashini

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA`LIM MUASSASALARIDA TAʼLIM SIFATINI OSHIRISHDA ELEKTRON AXBOROT TA`LIM RESURSLARINING O ‘RNI»

RAQAMLITEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

OLIY TALIM MUASSASALARIDA TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA ELEKTRON AXBOROT TA LIM RESURSLARINING O 'RNI Achilov O'tkir Isomitdinovich

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Maktabgacha talim nazariyasi va

metodikasi kafedrasi o'qituvchisi E-mail: achilov.uz1985@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.7993404

Annotatsiya. Mazkur maqolada axborotlashgan jamiyatda EATRning davr talabiga moslashuvchanligi va mazmunini o'zgartirish qulayligi, bu esa uning yaratilish jarayonining murakkab tuzilganligidan dalolat beradi. Darslik va o'quv qo'llanmalari davlat ta'lim standartlariga muvofiq nashr etishni tartibga soluvchi an'anaviy qat'iy tizimga ham albatta asoslanishi shartligini. Agar biz murojaat etayotgan bosma nashrga EATR mazmunining asosiy manbai deb qarasak, demak, uning mazmun darajasini oldindan aniqlashini.

Kalit so'zlar: onlayn ta'lim, masofaviy ta'lim, elektron ta'lim muhiti, didaktika tamoyillari, ta'lim mazmunini boshqarish tizimlari.

O'quv materialini tuzishda dasturiy ta'minotni osonlashtirilishi, darslikka moslashishi, individual o'quv traektoriyalarini yaratish imkoniyatini ta'minlashi, talabalarning shaxsiy xususiyatlarini, ularning o'quv tayyorgarlik darajasi va psixologik xususiyatlari kabilarni inobatga olish zarur.

Darslik yaratishning grafikka yo'naltirilgan yondashuvi kursni o'tishning traektoriyalarini to'plam shaklida ifodalash bilan belgilanadi. Berilgan graf, ya'ni to'plamning uchlarida mazmun elementlari joylashsa, yoylarning yo'nalishi orqali bu elementlar ketma-ket o'tadi, tarmoq nuqtalari esa o'quv jarayonini talabaning shaxsiy xususiyatlariga moslashtirishga xizmat qiladi. Vazn sifatida topshiriqlarning murakkabligini yoki ularni hal qilish uchun zarur bo'lgan vaqtni inobatga olingan. Natija sifatida olingan ilk qiymatlar nazoratchilar tomonidan aniqlanadi, so'ngra talabalarning bilim darajasiga qarab pedagog tomonidan to'g'rilanishi ham mumkin. Bunday holda, har bir o'quv traektoriyasi to'plamdagi yo'lga modellashtiriladi [1]. Ushbu ma'lumotlar tuzilmasini yaratishda mavzularni o'rganish tartibi, ularning o'zaro bog'liqligi, topshiriqlarning murakkablik darajasi hamda topshiriqlarni emini topishda talabalarning mustaqillik faoliyatini inobatga olish kerak.

Ma'lumotlar tuzilmasida kerakli yo'lni topish bilan bog'liq algoritmlardan foydalangan holda bir qancha didaktik muammolarni hal qilish mumkin:

1) foydalanuvchilarning o'quv kompetensiyalari shakllanishini nazorat qilish maqsadida murakkablikka ega topshiriqlar majmuasini yaratish;

2) o'quv materialini o'zlashtirishning eng maqbul usuliga xizmat qiladigan o'ziga xos o'quv traektoriyalarini tuzish;

3) EATR mazmunini foydalanuvchilarning ma'lum bir auditoriyasi uchun moslashtirish

kabilar.

Yuqorida keltirilgan fikrlardan grafikka yo'naltirilgan yondashuv EATRni yaratish bilan bog'liq ikkita didaktik tamoyilini shakllantirishga imkon beradi degan asosli xulosaga kelish mumkin:

- tahsilda yakka tartibda yondashuvlarni amalga oshirishning elektron axborot ta'lim resurslari yordamida shakllantirishning didaktik tamoyili;

RAQAMLITEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

- foydalanuvchilar bajargan ishlarning natijasini ikki tomonlama aloqa va statistik qayta ishlash asosida amalga oshiriladigan elektron axborot ta'lim resurslarining moslashuvchanlik didaktik tamoyili.

Boshqa davlatlarda bo'lgani kabi iamlakatimizda ham bosma va elektron nashrlarga qo'yiladigan talablar qonun hujjatlarida qayd etiladi. ishi ma'lum. Italiyada maktab amaliyotida faqat elektron versiyasi mavjud bo'lgan, hech bo'lmaganda nnternet orqali yuklab olish mumkin bo'lgan darsliklardan foydalanishga ruxsat beriladi. Demak, bir nomdagi darslikning bosma va elektron variantlari mavjudligi haqiqatdir va bu ularning mazmuni va tuzilishiga qo'yiladigan talablarni o'zida namoyon etadi.

Axborotlashgan jamiyat ehtiyojini qondiruvchi zamonaviy darslik - axborot-ta'lim muhitining asosi sifatida uning tamal toshidir. Odatdagi qog'oz variantdagi darslik bilan unga asoslangan elektron versiyasidan birgalikda foydalanish hozirgi zamon uchun odatiy hol hisoblanadi [2]. Bundan shu aniqki, elektron shaklda ham, bosma variantdagi nashr muhim emas, muhimi qanday shaklda bo'lmasin kerakli majmualar, mashqlar to'plamlari, tegishli ma'lumotlarni o'z ichiga olgan o'quv-uslubiy majmua bo'lishi lozim.

Ammo EATR an'anaviy yaratilgan bosma nashrdagi darslikning asosiy afzalliklarini to'liq saqlab qolgan holda ba'zi imkoniyatlari bilan ulardan usutnlikka erishadi:

1) o'qitishning hozirgi zamon tizimlari va pedagogik imkoniyatlari asosida tezkor yangilash texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi;

2) o'qitishning usullari va texnikasini vizuallashtirish imkoniyatiga ega;

3) o'qitish jarayonida o'qituvchilar va talablarning interaktiv o'zaro aloqalarini, talabalarga o'rganilayotgan materialni mustaqil o'zlashtirish bo'yicha mustaqil ishlash imkonini berishni hamda o'qish jarayonida ularning olgan bilimlarini va ko'nikmalarini baholashni ta'minlovchi axborot texnologiyalari to'plamiga ega;

4) darslarda ham, mustaqil ta'lim jarayonida ham talaba ta'lim mazmuni bilan o'zaro aloqada bo'lishi uchun qulay, intuitiv tushunarli sharoitlarni ta'minlaydi;

5) o'quv materialini majmuaviy taqdim etish imkoniyatini ta'minlaydi, EATRda o'rganilayotgan predmet bo'yicha ta'lim mazmunini yaxlit ko'rinishda birlashtirishga imkon beradi;

6) har bir talaba uchun materialni o'rganishning individual traektoriyasini amalga oshirish imkoniyatini beradi;

7) faol-faoliyat kognitiv muhitini yaratadi;

8) ikki tomonlama o'zaro qaytar aloqaning mavjudligi ta'lim jarayoni uchun keng imkoniyatlarni yaratadi [3, 9-10-b.].

Ma'lumki, AKTlaridan foydalanishning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ulardan foydalanishda belgilangan qoidalarga ham amal qilinishi lozim [4]. CHunki, kompyuterning keng chastotali spektrining elektromagnit maydoni inson salomatligiga salbiy ta'sir qiladi, noqulay sharoitlarda kompyuterda vaqt bo'yicha me'yordan ortiq ishlash ko'z bilan bog'liq turli kasalliklariga sabab bo'lishi mumkin. SHuningdek, kompyuterda uzoq ishlash insonning vegetativ asab tizimining buzilishiga ham olib kelishi mumkin. Raqamli texnik qurilmalarning doimiy ravishda takomillashib borishi natijasida ular bilan ishlashni tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar chiqarilishiga ulgurmay qolinyapti. Masalaning yana bir jihati mavjudki, bosma nashrdan farqli ravishda elektron o'quv qo'llanmalarini ta'limga joriy etish elektr energiyasining mavjudligiga ham bog'liq.

RAQAMLITEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Yuqorida aytilgan salbiy holatlarning oldini olish uchun o'quv jarayonida AKTdan foydalanishda ma'lum me'yor va chegaralarga amal qilinishi zarur. Bosma nashrda chop etilgan darslikdagi imkoniyatlar etarli bo'lmagan hollardagina EATR ning pedagogik jihatlaridan foydalanish zarur, shuningdek, talaba shaxsidagi indivilual jihatlarni aniqlash zarurarti tug'ilgandagina AKT murojaat qilish o'zini oqlaydi [5].

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak odatdagi bosma nashrlardan ham unumli foydalangan holda elektron darslikdan ham ta'lim mazmuni sifatini oshirishda foydalanish ma'qul, albatta. Darslikning bosma va elektron versiyalari birligida talabalarning o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishning didaktik masalalarini hal qiladi. O'qitishning o'zgaruvchanligini ta'minlaydi, talabalarga individual ta'lim traektoriyalarini loyihalashtirishni amalga oshirish imkoniyatini beradi.

Yuqoridagilarni inobatga olib EATRning davr talabiga moslashuvchanligi va mazmunini o'zgartirish qulayligi qayd etildi, bu esa uning yaratilish jarayonining murakkab tuzilganidan dalolat beradi. Darslik va o'quv qo'llanmalari davlat ta'lim standartlariga muvofiq nashr etishni tartibga soluvchi an'anaviy qat'iy tizimga ham albatta asoslanishi shart. Agar biz murojaat etayotgan bosma nashrga EATR mazmunining asosiy manbai deb qarasak, demak, uning mazmun darajasini oldindan aniqlash mumkin.

REFERENCES

1. Мaртюшовa Я. Г Дидaктические принципы KOHcrpy^OBaHra электронного учебник для студентов университетов. 13.00.01 - общaя педaгогикa, история педaгогики и обpaзовaния. Дисс. Ha оиск. ^нд. пед. мук. Моcквa. 2019. 134 с.

2. Aлекcaшкинa Л. Н. Электронные формы учебников истории: обpaзовaтельный потенцтал и иcпользовaние в школьной пpaктике // Пpеподaвaние истории и обществозтания в школе. - 2017. - № 2. - С. 28 - 38.

3. Электронные учебники: pекомендaции по paзpaботке, внедрению и иcпользовaнию интеpaктивных мультимедийных электронных учебников нового поколения для общего обpaзовaния та бaзе современных мобильных электронных устройств. - М.: ФГAУ Федеpaльный институт paзвития обpaзовaния, 2012. - 84 с.

4. Ca^n^H 2.2.2/2.4.1340-03 Гигиенические тpебовaния к персотальным электронно-вычислительным мaшинaм и оpгaнизaции paботы. [Электронный ресурс]. - Режим достута :http://docs.cntd.ru/document /901865498 /

5. Кузнецов, A. A. Учебник в составе новой инфоpмaционно- коммyникaционной обpaзовaтельной среды: методическое пособие. - М.: БИНОМ. Лaбоpaтоpия знaний, 2010. - 63 с.

6. O'I.Achilov Oliy ta'lim muassasalarida pedagoglar talabalarning o'quv jarayonida elektron axborot ta'lim resurslaridan foydalanib baholashning funksionallik didaktik tamoyili. Ta'lim, fan va innovatsiya ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy-uslubiy jurnal. ISSN 2181-8274 2-son 2023-yil.

7. O'I.Achilov Elektron axborot ta'lim resurslari mazmunini tanlash ularni yaratishda foydalaniladigan didaktik tamoyillar tavsifi. O'zMU xabarlari Mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy Universiteti ilmiy jurnali. 1/4/1 2023

8. O'I.Achilov Processes of organizing the creation of electronic textbooks for students of the pedagogical institute. American journal of social and humanitarian researchissn: 2690-

RAQAMLITEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

9626Vol. 3, No. 1, January 2022 ISSN 2690-9626 (online), Published by "Global Research Network LLC" under Volume: 3 Issue: 1 in January-2022

9. O I.Achilov A Systematic Approach to the Creation of E-Textbooks for Full-Time and Distance Learning of Students of Pedagogical Institutes// Middle european scientific bulletin issn 2694-9970.volume 20 jan 2022

10. OI.Achilov Pedagogika institutlari talabalari uchun Elektron axborot ta'lim resurslarini ya ratishning didaktik tamoyillari.// International Conference on Multidimensional Innovative Research and Technological Analyses http://www.conferenceseries.info/index.php/ ICMRITA

11. Ibragimov, X., & Sh, A. (2008). Pedagogika nazariyasi (darslik). T.: Fan va texnologiya, 288.

12. Ибраимов, Х. И. (2018). Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога. Наука, образование и культура, (3 (27)), 44-46.

13. Хонимкулова, М. Х. К., & Ибраимов, Х. И. (2018). Необходимость изучения иностранных языков: теория и практика. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 8083.

14. Ibragimovich, I. K. (2020). Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system. International journal of discourse on innovation, integration and education, 1, 6-15.

15. Ибраимов, Х. И. (2019). Теоретические аспекты социально-психологической адаптации студентов-первокурсников к обучению в вузе. Вопросы науки и образования, (26 (75)), 12-16.

16. Ибраимов, Х. И. (2018). Коммуникативная компетентность как механизм профессионального саморазвития будущего педагога. Проблемы педагогики, (2 (34)), 7-10.

17. Ibragimov, X., & Abdullaeva, S. H. (2008). Theory of pedagogy. Science and Technology.

18. Ибрагимов, Х. И. (2020). Организация самостоятельной работы студентов в условиях цифровизации вузовского образования. Наука и образование сегодня, (7 (54)), 74-75.

19. Ibragimovich, X. I. (2021). O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT -MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 209-214.

20. Ibragimov, X. I., Yo'ldoshev, U. A., & Bobomirzayev, X. (2009). " Pedagogik Psixologiya" O'quv qo'llanma. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti Toshkent.

21. Ибраимов, Х. И. (2019). Педагогические и психологические особенности обучения взрослых. Academy, (10 (49)), 39-41.

22. Атауллаев, Ф. Ф. У., & Ибраимов, Х. И. (2019). Понятие профессионально-коммуникативной компетентности будущих учителей в психолого-педагогических исследованиях. Вопросы науки и образования, (1 (42)), 70-74.

23. Ibragimovich, I. K. (2018). Intensive methods of teaching foreign languages at university. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 78-80.

24. Ibragimovich, I. K., Kholboevna, I. F., Amrilloevich, I. A., & Rakhmonovich, U. S. (2021). PEDAGOGICAL ABILITIES OF A TEACHER, STRUCTURE AND

DEVELOPMENT. (48(12).

25. Ибрагимов, Х. И. (2021). ПЕДАГОГИКА И ВОСПИТАНИЕ. Экономика и социум, (1-1 (80)), 608-611.

RAQAMLITEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

26. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Relevance of english language science and teaching structure. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 70(4), 883887.

27. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Intensive in teaching english characteristics of application of methods. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 1588-1594.

28. Rahmanovich, O. A., Yusufovich, E. H., Dilshodqizi, S. S., Almasovna, S. A., & Ibragimovich, H. I. (2020). Linguistic features of compound words in english and Uzbek languages. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(2), 925-932.

29. Bahtiyorova, F. Н. USING FOLK LITERATURE IN THE PRIMARY ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE CLASSROOMS.

30. Ибраимов, Х. И. (2018). НЕЙРОПЕДАГОГИКА КАК НОВОЕ ПРИКЛАДНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ В ПЕДАГОГИКЕ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY (pp. 6-10).

31. Ibragimovich, I. H., & Ghazzali, I. Increasing the Classical Activity of Future Teachers as a Pedagogical and Psychological Problem. JournalNX, 98-102.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.