Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFDA SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARIDA XALQ OG‘ZAKI IJODINI O‘RGATISH'

BOSHLANG‘ICH SINFDA SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARIDA XALQ OG‘ZAKI IJODINI O‘RGATISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
21
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
sinfdan tashqari o’qish / milliy urf-odatlar / xalq og’zaki ijodi / sinfdan tashqari o’qish bosqichlari.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ortiqova Dilsabo Munavvarjon Qizi

Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qish darslarida xalq og’zaki ijodini o’rgatish orqali o’quvchilar tafakkurini o’stirish, ma'naviy dunyosini shakllantirish, ajdodlarimiz me'rosini o'rganish, qadrlash bilan bir qatorda, milliy urf-odatlarimizga bo'lgan e'tiborni shakllantirish mavzusida so’z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFDA SINFDAN TASHQARI O‘QISH DARSLARIDA XALQ OG‘ZAKI IJODINI O‘RGATISH»

BOSHLANG'ICH SINFDA SINFDAN TASHQARI O'QISH DARSLARIDA XALQ

OG'ZAKI IJODINI O'RGATISH Ortiqova Dilsabo Munavvarjon qizi

Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti 2-bosqich talabasi E-mail: dilsaboortiqova1208@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10802438

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari o'qish darslarida xalq og'zaki ijodini o'rgatish orqali o'quvchilar tafakkurini o'stirish, ma'naviy dunyosini shakllantirish, ajdodlarimiz me'rosini o'rganish, qadrlash bilan bir qatorda, milliy urf-odatlarimizga bo'lgan e'tiborni shakllantirish mavzusida so'z borgan.

Kalit so'zlar: sinfdan tashqari o'qish, milliy urf-odatlar, xalq og'zaki ijodi, sinfdan tashqari o'qish bosqichlari.

Аннотация. В данной статье, помимо изучения и ценения наследия наших предков, развития мышления учащихся, формирования их духовного мира, путем преподавания фольклора на занятиях по внеклассному чтению в начальных классах, шла речь на тему формирования внимания к наши национальные традиции.

Ключевые слова: внеклассное обучение, национальные традиции, фольклор, этапы внеклассного обучения.

Abstract. In this article, in addition to learning and appreciating the heritage of our ancestors, developing students' thinking, forming their spiritual world, by teaching folklore in extracurricular reading classes in elementary grades, there was talk on the topic of formation of attention to our national traditions.

Keywords: out-of-class study, national traditions, folklore, stages of out-of-class study.

Mustaqil O'zbekistonda milliy qadriyatlar tiklanayotgan hozirgi davrda xalq yaratgan me'rosini yosh avlod ongi shuurida tasavvur hosil qilish, umuminsoniy qadriyatlarni har tomonlami o'rgatish va tatbiq etish davr talabi.Qolaversa, har bir shaxsning zimmasidagi ma'suliyati hisoblanadi. Ana shu ma'suliyatni his qilgan inson kelajak avlodimizni yangi fikrlaydigan, izlanuvchan, mehr-oqibatli, yurtsevar, elparvar egalarini yetishtirishda, tarbiyalashda o'z hissasini qo'shadi. Buyuk allomalarimizning iboratomuz hayotlari, Vatan, xalq uchun qilgan xizmatlari haqida, mamlakat osoyishtaligi, tichligi, xalq or-nomusi uchun kurashgan sarkardalar haqida, qolaversa, Vatanning har bir go'shasi xususida ajdotlarimiz yaratgan rivoyatlar o'zining ilmiy, badiiy ahamiyati bilan qimmatlidir. Ajdotlarimizdan qolgan me'roslar mavzu doirasi nuqtai nazaridan asoslanib, tahlillar, misollar bilan yoritilgan. Ularni izchil o'rganish va tatbiq etish yosh avlod kamoloti uchun muhim manba hisoblanadi. Undan tashqari xalq og'zaki ijodiga tegishli bo'lgan latifa va topishmoqlar hozirjavoblikda, tez aytishlar so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishda, maqollar so'zga husn berishda, fikrni yorqin ta'sirchan qilishda muhim ahamkiyat kasb etadi. Xalqimiz o'z quvonchini, shodligini yoki g'am hasratini o'z qo'shiqlarida yorqin aks ettirgan. Bolalar tasavvurini, fantaziyasini o'stirishda ertaklar alohida o'rin tutadi. Har bir aytiladigan ertak bolalarda yangicha taassurot qoldiradi. Bolalar ertak qahramonlariga o'xshashga harakat qiladilar, sehrli narsalarga ega bo'lishni istaydilar yoki o'zlari sehrgarga aylanib qolishni va qahramon singari behisob kuch-qudratga qodir bo'lishni orzu qiladilar. Ertak yordamida yaxshilik va yomonlik sahrolarida, adir-u tog'liklarda sayohat qiladilar. Ana shunday davrdan boshlab nima yaxshi-yu nima yomon ekanligini anglay boshlaydilar. Bolalar ulg'aygan sari o'zlaridan kichiklarga ertak aytib berishga, ularni aqlli, vazmin bo'lishga, o'jar, injiq qiliqlarini tashlashga

undaydilar. Ular ham o'zlarini kichik tarbiyachilar sifatida tutadilar. Umuman olganda, xalq og'zaki badiiy ijodi katt-yu kichik, yosh-u qari uchun birdek donishmandlik majmuasi hisoblanadi. Asrlar o'tsa-da, buyuk allomalarimiz asarlarida ta'lim-tarbiya masalalari badiiy ifodalansa-da, xalq tafakkurining mahsuli bo'lgan folklor asarlari ma'naviy jihatdan olamshumul ahamiyat kasb etishda davom etaveradi.

Sinfdan tashqari o 'qish bosqichlari STO'(sinfdan tashqari o'qish) darslari o'quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o'qish malakalarini shakllantiradi. Mustaqil o'qish malakasini shakllantirish

3 bosqichga bo'linadi:

1. Tayyorlov bosqichi. Bu 1-sinfning savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi. Unga darsning bir qismi 17-20 daqiqasi ajratilgani uchun ,,ST0'(sinfdan tashqari o'qish) mashg'uloti" deb yuritiladi. U ning o'ziga xos xususiyatlari shundaki, o'qituvchi asarni o'zi tanlaydi, asarning kichik hajmda bo'lishiga va boshqa kitob tanlash tamoyillariga e 'tibor beradi. Asarni o'qituvchining o'zi o'qib beradi. O'quvchilar asarni eshitishga, eshitganlarini idrok etishga, ularga soddagina baho berishga, asar mazmuni bilan sarlavhasining mosligini aniqlashga, asar mazmunini hikoya qilib berishga o'rgatiladi. Bu bosqichda o'quvchilar o'qish gigiyenasi va kitobga qanday munosabatda bo'lish bilan tanishadilar.

2. Boshlang'ich bosqich. Bu 1-sinfning 2-yarim yilligiga to'g'ri keladi. Bu bosqichda haftada 1 marta 45 daqiqalik dars uyushtiriladi. Asarni o'qishdan oldin o'quvchilar asar nomi va uning muallifi bilan tanishadilar, rasmlarini tom osha qiladilar, daftarlariga u haqda soddagina qilib asar muallifini va nomini yozadilar. Asar elementar tarzda tahlil qilinadi. Tanlangan asar (kitob) yaxshi o'qiydigan o'quvchiga maxsus tayyorgarlikdan so'ng o'qitiladi. Asarni oson o'qiladigan o'rinlarini bo'sh o'qiydigan o'quvchilarga o'qitish ham mumkin. Bu ularda o'qishga qiziqish uyg'otadi. Bu bosqichda o'quvchilar har xil tezlikda bo'g'inlab o'qiydilar. Shuning uchun o'qituvchi bu jarayonda har bir o'quvchiga individual yondashishi, kichik kitobxonni kitobni mustaqil o'qishga o'rgata borishi lozim.

3. Asosiy bosqich. Bu bosqich 2—4-sinflarga to'g'ri keladi. Bu davrda o'quvchilarni o'qish malakalari mustahkamlanadi. Bunda o'quvchilarni sinfdan tashqari o'qiganlari baholanadi. Baholashda dastur talablariga asoslaniladi: o'qigan kitoblarining sifat o'zlashtirishiga, miqdoriga, o'qigan kitobiga munosabat bildira olishiga e 'tibor beriladi. Bunda o'quvchilar muayyan mavzuga doir bir necha asarlarni o'qib keladilar, ularning ayrim o'rinlarini ifodali o'qib beradilar, o'qigan asarlarini o'zaro taqqoslaydilar. STO'(sinfdan tashqari o'qish)ning bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari o'quvchilam ing qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni o'qituvchi o'qib bersa, o'qilganlar yuzasidan suhbat, qayta hikoyalash o'tkazilsa, boshlang'ich bosqichda butun sinf o'quvchilari bir xil kitob bilan ta'minlanadi, barcha o'quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko'rgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichda o'qishga topshirilishi, albomlar tayyorlanishi, kinofilm va diafilmlardan parchalar ko'rsatilishi, musiqiy daqiqalar o'tkazilishi hamda asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdirilishi ham mumkin. Bu jarayonda kitobni saqlash maqsadida uni vamash, o'rash o'rgatiladi, „Ertaklar bayrami", „Ifodali o'qish tanlovi" o'tkaziladi. Asosiy bosqich yakunida kichik yoshdagi o'quvchilar faol kitobxon uchun zarur bo'lgan yaxshi o'qish ko'nikma va malakalarini egallashlari, eng muhim i, ularning kitob hamda mustaqil o'qishni yaxshi ko'rishlariga erishish juda muhimdir.

Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg'otish, ularning bog'lanishli nutqini o'stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan tashqari o'qish darslarining ham tub

mohiyatini tashkil etadi. O'quvchilarning o'qigan kitoblari og'zaki tarzda ham hisobga olinadi: ular o'qiganlari yuzasidan sinfdan tashqari o'qish va sinfda o'qish darslarida, yakka tartibdagi suhbatlarda gapirib beradilar.

STO'(sinfdan tashqari o'qish) darslarining muhim vazifalaridan biri mustaqil o'qish malakalarini tarbiyalash hisoblanadi. Buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish, qiziqarli mashq ttnrlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to'plangan m a'lumotlarni o'qitish, „Tez aytish" „Topishmoqlar topish", „Ifodali o'qish", „Maqollar aytish musobaqasi", „Ertak to'qish", „Bilimdonlar anjumani" kabi ko'rik-tanlovlar tashkil qilish, muayyan mavzular bo'yicha savol-javoblar uyushtirish, o'yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur. O'qilgan asarlar yuzasidan suhbatlar o'tkazish, „Kitob haftoligi" tashkil etish, asarlar asosida kichik insholar yozishni mashq qilish yaxshi samara beradi. STO'(sinfdan tashqari o'qish) sinfda o'qish bilan uzviy bog'liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o'qish STO'(sinfdan tashqari o'qish) uchun zarur bo'lgan o'qish malakalarini shakllantiradi, o'quvchilam ing o'qigan asarini tushunishga o'rgatadi, lug'atini boyitadi. STO'(sinfdan tashqari o'qish) qiziqarli va o'ziga jalb etadigan faoliyat bo'lib, bolalam ing bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o'qish hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o'qish esa hayotning o'zidir. Hozirgi paytda boshlang'ich sin f o'quvchilari uchun sinfdan tashqari o'qishga mo'ljallangan „Kitobim -oftobim" (1—3-sinflar uchun) nomli qo'llanmalar ham chop etilgan.

Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinf o'quvchilari sinfdan tashqari o'qish darslarida xalq og'zaki ijodini o'rganish asosiy mavzu hisoblanadi .Xalq og'zaki ijodimiz juda ham bo'y meroslarga ega bu ijodni sevib o'rganish kelajak avlodimizni barkamol shaxs bo'lib yetishishiga asosiy poydevor bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Qosimova K, Matchonov S, G'ulomova X ,Yo'ldosheva Sh, Sariyev Sh. "Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi". T."Bayoz",2022. 128-bet.

2. Safarova N O. Didaktik o'yinlarning samaradorligi. "O'ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. 30 noyabr 2022 y.

3. Imomov K., Mirziyayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi-Toshkent, "O'qituvchi", 1990.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.