Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SO‘Z TURKUMLARI BO‘YICHA O‘QUVCHILARNING TIL KOMPONENTLARINI SHAKLLANTIRISH'

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SO‘Z TURKUMLARI BO‘YICHA O‘QUVCHILARNING TIL KOMPONENTLARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Til va lisoniy komponenti / boshlang‘ich ta’lim / ta’lim mazmuni / kognitiv faollik / lingvistik shaxs.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xolmo‘minova Sevinch, Rasulova Ruxshona, Qo‘chqorova Diyora

Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida so‘z turkumlari bo‘yicha o‘quvchilarning til komponentlarini shakllantirish xususiyatlari, belgilari va ularning tahlili yuzasidan nazariy ma’lumotlarga ega bo‘lish tashkil etiladigan ona tili va o’qish savodxonligi darslarining mazmuniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli mazkur masalani o‘rganish maqolaning asosiy mag‘zi sifatida qaraldi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SO‘Z TURKUMLARI BO‘YICHA O‘QUVCHILARNING TIL KOMPONENTLARINI SHAKLLANTIRISH»

' YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVaJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA SO'Z TURKUMLARI BO'YICHA O'QUVCHILARNING TIL KOMPONENTLARINI SHAKLLANTIRISH

1Xolmo'minova Sevinch, 2Rasulova Ruxshona, 3Qo'chqorova Diyora

1,2,3Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti II bosqich talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.13960711

Annotatsiya. Boshlang'ich sinf ona tili va o'qish savodxonligi darslarida so'z turkumlari bo'yicha o 'quvchilarning til komponentlarini shakllantirish xususiyatlari, belgilari va ularning tahlili yuzasidan nazariy ma'lumotlarga ega bo'lish tashkil etiladigan ona tili va o'qish savodxonligi darslarining mazmuniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli mazkur masalani o'rganish maqolaning asosiy mag'zi sifatida qaraldi.

Kalit so'zlar: Til va lisoniy komponenti, boshlang'ich ta'lim, ta'lim mazmuni, kognitiv faollik, lingvistik shaxs.

Аннотация. Родной язык и чтение, которое организуется с целью получения теоретических сведений об особенностях формирования языковых компонентов, знаков и их анализа учащимися на занятиях начальных классов по родному языку и грамотности чтения, оказывает положительное влияние на содержание грамотности. занятия. Поэтому исследование этого вопроса рассматривалось как основная суть статьи.

Ключевые слова: Язык и языковой компонент, начальное образование, содержание образования, познавательная деятельность, языковая личность.

Abstract. In primary grade native language and reading literacy lessons, students are organized to have theoretical information about the characteristics, signs and analysis of language components formation by word groups. has a positive effect on the content. Therefore, the study of this issue was considered as the main core of the article.

Keywords: Language and linguistic component, primary education, educational content, cognitive activity, linguistic personality.

Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo'lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to'g'ri, aniq, o'rinli foydalanish ko'nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g'oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o'quvchilarda mustaqil fikrlash, og'zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g'oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o'rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo'ladi.

Til shaxsini shakllantirish jarayonida boshlang'ich ta'lim alohida e'tiborga loyiqdir. Chunki boshlang'ich ta'lim bolalarning har tomonlama rivojlanishiga asos soladi. Bu yerda nutq madaniyatini rivojlantirish, ongli munosabatni shakllantirish ustida ish boshlanadi. Tilga, lingvistik qobiliyatni rivojlantirish masalalariga aynan shu bosqichda ko'proq e'tibor qaratilib, kelajjakka poydevor qo'yiladi.

YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

Boshlang'ich til ta'limini til, nutq, shaxsni rivojlantiruvchi jihatlarni o'z ichiga olgan hodisa sifatida ko'rib, o'quvchining til ta'limi bilan uning til shaxsi sifatida rivojlanishi o'rtasidagi bog'liqlikni alohida ta'kidlash zarur. Shu bilan birga, lingvistik shaxs deganda shaxsning nutq asarini yaratish va idrok etishni belgilaydigan qobiliyatlari va xususiyatlari majmui tushuniladi. Bu munosabatni amalga oshirish jarayonida o'quvchining til, lingvistik va kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Maktabda ona tilini o'rgatishning mazmuni jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida davlatimizning maktab oldiga qo'ygan vazifalaridan kelib chiqadi. Bu vazifalar ko'p qirrali bo'lib, ularni bajarish o'quvchilar ongini o'stirishga, ularga g'oyaviy-siyosiy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasini berishga yo'naltirilgan.

Ona tili va o'qish savodxonligini o'rganish natijasida o'quvchilarda o'z fikrini grammatik to'g'ri, uslubiy aniq, mazmunli, ohangga rioya qilib ifodalay olish va uni imloviy to'g'ri yoza olish ko'nikmalari shakllantiriladi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishda boshlang'ich sinflarda o'tkaziladigan lisoniy tahlilning ahamiyati katta. Lisoniy tahlilga boshlang'ich sinf ona tili va o'qish savodxonligi dasturida ham alohida ahamiyat berilgan.

Ona tili va o'qish savodxonligi fanini o'qitishda asosiy e'tibor o'quvchida tilga doir to'rt ko'nikma: o'qib tushunish, tinglab tushunish, nutq so'zlar va yozish hamda grammatik savodxonlikni shakllantirishga ham qaratiladi.

Boshlang'ich sinflar "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsliklarida, o'qituvchilar uchun yaratilgan metodik qo'llanmalarda o'quvchilarni lisoniy tahlilga o'rgatish yuzasidan yo'l-yo'riqlar berilmagan. Boshlang'ich sinf ona tili va o'qish savodxonligi darslarining bosh vazifasi o'quvchilar nutqini o'stirishdir. Nutq o'tirish ishlarini muvaffaqiyatli amalaga oshirishda til hodisalarini puxta o'zlashtirish, ularning o'xshash va farqli tomonlarini bilishning ahamiyati katta.

Ta'lim berishda kommunikativ yondashuvga asoslaniladi, ya'ni tilning muloqot vazifasi birlamchidir. Shuningdek, faoliyatga yo'nalgan yondashuv, ongli yondashuv, kashfiyotchilik yondashuvi farqli va tanqidiy yondashuv kabilar e'tiborda bo'lishi lozim. O'quvchilarning ijodiy tafakkurini mustaqil fikrlash darajasi va nutqini o'stirishning zaruriy omillaridan biri sifatida boshlang'ich sinf ona tili va o'qish savodxonligi darslarida so'z turkumlari bo'yicha o'quvchilarning lisoniy va til komponentlarini shakllantirish xususiyatlari, belgilari deb ko'rsatish ham mumkin.

Boshlang'ich sinfda amalga oshiriladigan ona tili va o'qish savodxonligi mashg'ulotlarida o'quvchilar fonetika, leksikologiya, morfemika, so'z yasalishi, so'z turkumlari, sintaksis kabi tilshunoslik fani bo'limlaridan tegishli tarzda bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishlari dastur va darsliklar talabi asosida amalga oshiriladi. O'quvchilarning yuqorida sanab o'tilgan bo'lim va mavzulardan egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini holatini tekshirish, nazorat qilishning juda ko'plab tajriba-sinovidan o'tgan usullari mavjud. Bu usullardan boshlang'ich sinf o'qituvchilari o'z tajribalarida keng ko'lamda samarali foydalanib kelishmoqdalar. Lekin o'quvchilarni lingvistik tahlilga o'rgatish ish turi boshlang'ich sinf o'quvchilarining ona tili fanidan egallagan bilim, ko'nikma, malakalari darajasini to'g'ri va haqqoniy belgilab berish bilan bir qatorda, ularni mustaqil va ijodiy fikrlash, mantiqiy tafakkur yuritish, mavjud til hodisalarini farqlash, ularni umumlashtirish, taqqoslash, guruhlashkabi aqliy faoliyat bilan shug'ullanishga majbur qiladi va buning natijasida bolada mavjud til hodisalariga tanqidiy ko'z bilan qarash asosida dunyoqarashlarining kengayishi, ilmiy mushohada va mulohaza yurita olish ko'nikmalarining shakllanishiga olib keladi. Shu bois ham ona tili va

YANGI OZBEKISTONDA OZBEK ADABIY TILINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: MUAMMOLAR, YECHIMLAR, TAVSIYALAR" MAVZUSIDA RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2024-YIL 21-OKTABR

o'qish savodxonligi darslarida o'quvchilarni lingvistik tahlilga o'rgatish muhim ijtimoiy-pedagogik ahamiyatga ega.

Til tizimini o'rganish o'z-o'zidan maqsad emas. Lingvistik kompetensiyani shakllantirish jarayonida o'quvchi shaxsini, uning kognitiv madaniyatini, mantiqiy xotirasini rivojlantirish, o'z-o'zini baholash va introspeksiya ko'nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ona tili va o'qish savodxonligi fani vositasida til shaxsini tarbiyalash hamda boshlang'ich sinf o'quvchilarida lisoniy va til komponentlarini shakllantirish vazifasi tilning kognitiv funksiyasi, kognitiv ahamiyati asosida birinchi o'ringa chiqadi.

REFERENCES

1. Dilshoda Jalilova Ural qizi. BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MASALASINING AHAMIYATI. RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK- PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607)

2. Jalilova D.U. Psychological And Technological Features of Increasing the Efficiency of Educational Activity of Talented Students in Presidential Schools. Journal of Pedagogical Inventions and Practices ISSN NO: 2770-2367 ( https://zienjournals.com ).

3. Mahfuza Tursunqulova To'lqin qizi. ZAMONAVIY TA'LIM SHAROITIDA O'QUVCHILARIDA LINGVISTIK KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH MASALASI VA YONDASHUVNING AHAMIYATI UYG'UNLIGI. "RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK JIHATLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI. 01.06.2023 https://doi.org/10.5281/zenodo.7993657.

4. Tursunqulova Maxfuza To'lqin qizi. BOSHLANG'ICH SINFLARDA FOYDALANILADIGAN DIDAKTIK O'YINLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR. YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI O'QITISHNING DOLZARB MASALALARI ilmiy-amaliy konferensiya 2023. https://doi.org/10.5281/zenodo.8044429/ http://scientists.uz/uploads/conferences/007/L94.pdf

5. Tursunqulova Maxfuza To'lqin qizi. BOSHLANG'ICH SINFLARDA FOYDALANILADIGAN DIDAKTIK O'YINLAR HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR. YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI O'QITISHNING DOLZARB MASALALARI. 15.06.2023 https://doi.org/10.5281/zenodo.8044429

6. G'afforova T. , Nurullayeva Sh. Boshlang'ich sinflar ona tili darslarida didaktik o'yinlar va mustaqil ishlar. -Qarshi: Nasaf, 2003. -54 b.

7. https://t.me/jalilova dilshoda 2292

8. https://t.me/ilmiy_yordam_beraman

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.