Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA NUTQIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQLARINI ISHLAB CHIQISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI'

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA NUTQIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQLARINI ISHLAB CHIQISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
265
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metod / o‘quv topshiriqlari / tahlil / nutqiy ko‘nikma / mantiq / xalq og‘zaki ijodi / natija / mahorat / adabiy til me’yorlari / ta’lim sifati.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G.Eshqulova, M.Musurmonova, D.B. Axmedova

Maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi mashqlarni tahlil qilishga qaratilgan. Ona tili darslarida o‘quvchilar nutqini rivojlantiruvchi o‘quv-topshiriqlarini ishlab chiqishning ilmiy-metodik asoslari yoritilgan, shuningdek, o‘quv darsliklarida berilgan topshiriqlarning o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda nechog‘lik samara berishi, o‘quvchilar nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llari, sifatli ta’lim jarayonini tashkil etish va hozirgi zamon o‘qituvchisining bu boradagi vazifalari chuqur va aniq tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA NUTQIY KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRUVCHI O‘QUV TOPSHIRIQLARINI ISHLAB CHIQISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI»

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA NUTQIY KO'NIKMALARNI RIVOJLANTIRUVCHI O'QUV TOPSHIRIQLARINI ISHLAB CHIQISHNING ILMIY-METODIK ASOSLARI

G.Eshqulova, M.Musurmonova

BuxDU Pedagogik ta'lim fakulteti 3-kurs talabalari D.B. Axmedova BuxDU doktoranti (DSc), f.f.f.d (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.7376327

Annotatsiya: Maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarida nutqiy ko'nikmalami rivojlantiruvchi mashqlarni tahlil qilishga qaratilgan. Ona tili darslarida o'quvchilar nutqini rivojlantiruvchi o'quv-topshiriqlarini ishlab chiqishning ilmiy-metodik asoslari yoritilgan, shuningdek, o'quv darsliklarida berilgan topshiriqlarning o'quvchilar nutqini rivojlantirishda nechog'lik samara berishi, o'quvchilar nutqi dagi kamchiliklarni bartaraf etish yo'llari, sifatli ta'lim jarayonini tashkil etish va hozirgi zamon o'qituvchisining bu boradagi vazifalari chuqur va aniq tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: metod, o'quv topshiriqlari, tahlil, nutqiy ko'nikma, mantiq, xalq og'zaki ijodi, natija, mahorat, adabiy til me'yorlari, ta'lim sifati.

Hozirgi davrda ta'limning asosiy roli o'sib kelayotgan boshlang'ich sinf o'quvchilarning jamiyatda muvaffaqiyat qozonishi uchun, kelajakda zarur kasb va hunarlarni egallashi uchun, zaruriy bilim va ko'nikmalarni oson va tushunarli tarzda murg'ak qalbiga singdirishdan iborat. Bu esa o'z navbatida hozirgi zamon pedagog-o'qituvchisidan juda katta mas'uliyat, o'z ishiga bo'lgan ishonch va jonkuyarlikni talab etadi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari nutqining rivojlanishida darsliklarda berilgan o'quv topshiriqlari ilmiyligi va tarbiyaviyligi jihatidan naqadar ahamiyatli. Bu topshiriqlar o'quvchilarga o'z o'rnida turli interfaol metodlar yordamida tushuntirilsagina, o'z ahamiyatini yo'qotmaydi. O'quvchi yoshlar nutqiy ko'nikmalarining rivojlanishida interfaol metodlarning ham o'rni katta. Interfaol

metodlaming bosh maqsadi o'quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o'quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritishi, uning ehtiyoj va qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga imkon yaratishdir. Bunday darslarda jarayon shunday kechadiki, birorta ham o'quvchi chetda qolmay eshitgan, o'qigan, ko'rgan, bilgan fikr-mulohazalarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatlariga ega bo'ladilar. O'zaro fikr almashinish jarayoni hosil bo'ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi. Interfaol ta'lim o'z xususiyatiga ko'ra didaktik o'yinlar orqali evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat, dars jarayonini loyihalash orqali, muammoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali kreativ- ijodkorlik asosida axborot-kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o'z ichiga oladi. Axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosidagi ta'lim o'z navbatida kompyuter dasturlari yordamida o'qitish, masofadan o'qitish, internet tarmoqlari asosida o'qitish, media-ta'lim turlaridan iborat. Boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning yosh xususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko'ra didaktik o'yinlar orqali evristik suhbatlar, loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo'llanilmoqda. Endi esa boshlang'ich sinf darsliklaridagi o'quv topshiriqlari tahliliga e'tibor bersak. 1-sinf „Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligining 22-sahifasida berilgan 5-topshiriq aynan o'quvchilarga mos bo'lib, ularning nutqiy rivojlanishini ta'minlaydi, o'quvchilar bu topshiriqdagi rasmlar asosida fikrlash qobiliyati va nutqiy ko'nikmalarini sinab ko'rishlari mumkin bo'ladi.

„Bir tomchi suvdagi olam" (3-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi, 2-qism. 21-22-betlar) matni orqali o'quvchilar yangi bilimlarga ega bo'ladilar. Bir tomchi suvda ham hayot borligi va unda minglab tirik jonlar yashashi o'quvchilarda o'zgacha taassurot uyg'otadi, tafakkuri yangi ma'lumotlar bilan boyiydi.

„Shirin so'z - jon ozig'i" (3-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi, 2-qism. 40-41-betlar) rivoyati mazmunidan ko'rinib turibdiki, bu voqea o'quvchilarda xushmuomalalik, yaxshilik fazilatlarini uyg'ota oladi. O'quvchi rivoyat mazmunini anglash orqali nutqiy ko'nikmalari ham rivojlanib boradi.

,,Nutqimiz bezagi" bobida berilgan „Til - dil kaliti", „Yomon so'zning qanoti bor", „Ko'p o'yla, so'ng so'yla", „Gapning qisqasi yaxshi, qisqasidan hissasi yaxshi"

(3-sinf, 57-bet) maqollari o'quvchilarning so'zlash odobi haqidagi tushunchalarini yanada rivojlantirishga yordam beribgina qolmay, xalq og'zaki ijodiga bo'lgan qiziqishlarini ham orttiradi.

Nutq haqida (3-sinf Ona tili va o'qish savodxonligi, 2-qism. 63-64-betlar)

To'g'ri, aniq gap tuzib

Javob bergin so'roqqa.

Xizmat qilsin har so'zing

Fikringni to'latmoqqa.

,,Mazmun" nomli mo'ljalga

So'z aytilgan o'q bo'lsin

Nishonga tegmay qolgan

Bitta ham o'q yo'q bo'lsin.

Ushbu she'r darslikdan juda aniq maqsadni ko'zlab o'rin olgan. Negaki, shoir she'rda bolalarga nutqni buzib turuvchi omillar haqida juda ta'sirli va lo'nda fikr aytib o'tgan. Bu orqali bolalar, albatta, o'zlariga tegishli xulosani oladilar. Har bir so'ralgan narsaga to'g'ri va aniq javob berishlik, fikrni to'liq va ravon ifoda etmoqlikni, har bir gapni ma'no-mazmunli qilib, maromiga yetkazib so'zlashni o'quvchiga she'r orqali yetkazish juda yaxshi samara beradi.

Xulosa o'rnida shuni ayta olamizki, bu maqola aynan boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy faoliyatida juda ahamiyatli o'rin tutadi, chunki maqolada eng dolzarb masalalardan biri bo'lgan boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqiy ko'nikmalarini rivojlantiruvchi o'quv-topshiriqlarini amaliy hayotda, ya'ni dars jarayonlarida qo'llash haqida fikr-mulohazalar o'rin olgan. Shu bilan birga, bu mulohazalar yanada tushunarli bo'lishi uchun boshlang'ich sinf ona tili darsliklaridagi mashqlar tahlilga tortilgan. Ayrim mavzularni o'tish jarayonidagi munozarali o'rinlar tahlil etilib, u maqola o'quvchisining diqqat-e'tiboridan chuqur joy olishi ko'zda tutilgan. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqiy ko'nikmalarini shakllantirish masalasi zamonaviy pedagog oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo'lib, o'qituvchidan kreativlik, zamon bilan hamnafas bo'lishni talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Iroda Azimova, K.Mavlonova, S.Quronov, Sh.Tursun. 1-sinf. Ona tili va o'qish savodxonligi. - Toshkent, 2021.

2. Iroda Azimova, K.Mavlonova, S.Quronov, Sh.Tursun. 2-sinf. Ona tili va o'qish savodxonligi. - Toshkent, 2021.

3. Iroda Azimova, K.Mavlonova, S.Quronov, Sh.Tursun, M.Karimova. 3-sinf. Ona tili va o'qish savodxonligi. - Toshkent, 2022.

4. Dilova N.G. Ajdodlarimiz merosi vositasida bo'lajak o'qituvchilarga ta'lim- tarbiya berishning ahamiyati. - Science end Education.Vol 2.Issue 10, 515-523-betlar.

5. Dilova N.G. O'qituvchi-o'quvchi hamkorligini vujudga keltirishning pedagogik ahamiyati. - Science end Education.Vol 2.Issue 10, 567-576- betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.