Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA LUG‘AT USTIDA ISHLASH'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA LUG‘AT USTIDA ISHLASH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich sinf / ona tili / lugnat / lug‘at utsida ishlash / so‘z boyligi / nutq.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Xudayberganova Sevara, Turdimurodova Lobar, O‘Rmonova Sayyora

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf darslarida, xususan, ona tili darslarida lug‘at utsida ishlash, uning o‘quvchilar uchun manfaatli jihatlari, madaniyatga kirishdagi o‘rni to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA LUG‘AT USTIDA ISHLASH»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA LUG'AT USTIDA ISHLASH Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Xudayberganova Sevara , 3Turdimurodova Lobar,

4O'rmonova Sayyora

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi

o'qituvchisi

2,3Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti 1-bosqich talabalari 4Toshkent amaliy fanlar universiteti boshlang'ich talim-sirtqi ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11085059

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich sinf darslarida, xususan, ona tili darslarida lug'at utsida ishlash, uning o'quvchilar uchun manfaatli jihatlari, madaniyatga kirishdagi o'rni to'g'risida so 'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: boshlang'ich sinf, ona tili, lugnat, lug'at utsida ishlash, so'z boyligi, nutq.

Аннотация. В данной статье говорится о словарной работе на уроках начальной школы, особенно на уроках родного языка, ее пользе для учащихся, ее роли в приобщении к культуре.

Ключевые слова: начальная школа, родной язык, словарь, работа над словарным запасом, лексика, речь.

Abstract. This article talks about vocabulary work in primary school classes, especially in native language classes, its benefits for students, and its role in the introduction to culture.

Keywords: elementary school, mother tongue, dictionary, work on vocabulary, vocabulary,

speech.

Ona tilini o'rgatishda lug'atlar bilan ishlash o'quvchilarda barcha asosiy kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatidir. Lug'atlar nutqni rivojlantirish uchun foydali vosita sanaladi. Lug'at yordamida o'quvchilar so'z boyligini boyitadi, aniqlaydi va faollashtiradi. Ular so'zlarning leksik ma'nosi bilan tanishadilar, grammatik shakllarni o'zlashtiradilar, to'g'ri imlo talaffuzini va so'zlardagi me'yoriy urg'uga rioya qilishni o'rganadilar.

Ma'lumki, boshlang'ich ta'lim yoshi — bu bolaning ma'lum madaniy qadriyatlarni o'zlashtirishi uchun eng sezgir davr, shuningdek, uning shaxsiyatining umumiy rivojlanishining ko'rsatkichlaridan biri sifatida axlaqiy, ma'naviy, intellektual rivojlanish yo'li ham deyish mumkin.

Madaniyatga kirish, o'z-o'zini rivojlantirish sharti, muloqot qilish va yangi madaniy qadriyatlarni o'zlashtirish qobiliyati, bundan tashqari, nutq qobiliyati har qanday inson faoliyatining muhim asosi hisoblanadi. Shu sababli boshlang'ich ta'lim o'quvchilarining so'z boyligini boyitish va faollashtirish bo'yicha fundamental bilimlarni berishda asosiy vazifani bajarib beradi. Buning uchun esa boshlang'ich sinflardagi barcha darslarda zaruriy ishlar olib boriladi, lekin bunda ona tili darslari yetakchi rol o'ynaydi. Aynan mana shuning uchun ham o'qituvchi ushbu darslarni o'quvchilar uchun qiziqarli va manbalarga boy tarzda tashkil qilishi kerak.

Hamisha boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutq faolligini rivojlantirish muammosiga alohida e'tibor berib kelingan. Hozirgi vaqtda boshlang'ich sinf o'quvchilarining so'z boyligini boyitish va faollashtirishning umumiy tendensiyalariga aniqlik kiritib bo'lindi. Bu borada nutqni rivojlantirish muammolari, maktab o'quvchilarining til kompetensiyasini rivojlantirishning mumkin bo'lgan yo'llari, nutqning monologik va dialogik shakllari tahlil qilindi. Boshlang'ich

sinf o'quvchilarida og'zaki va yozma nutqni shakllantirishning psixologik xususiyatlari ham aniqlangan.

Boshlang'ich sinflar uchun ona tili dasturi boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutq qobiliyatlari doirasini belgilaydi, ular fonetika, grammatika, imlo va nutqni rivojlantirishni o'rganish jarayonida to'rt yillik o'qish davomida rivojlanishi kerak. Bolalar maktabga kirganlarida, ular kundalik nutqda gapirishadi, lekin ularning so'z boyligi ko'pincha kam va maktab davomida egallagan barcha g'oyalar va tushunchalarni ifodalash uchun yetarli bo'lmaydi. Ayni mana shu o'rinda boshlang'ich sinf o'quvchilarida nutqni rivojlantirishning eng muhim vazifalaridan biri lug'at ishini tashkil etish, uning asosiy yo'nalishlarini ajratib ko'rsatish va ularni asoslash, o'quvchilarining so'z boyligini boyitish jarayonini boshqarishdir. Bu jarayonda o'quvchilarning so'z va iboralarni tushunishi mumkinligi, biroq nutq mobaynida to'g'ri va o'rinli qo'llay olmasligini inobatga olish joiz.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining lug'atini boyitish tizimida ona tili darslarida so'z ustida ishlash, uning ma'nosi, qo'llanilishi, sinonimik va antonimik munosabatlarga kirishishi va boshqa so'zlar bilan birlashishi katta ahamiyatga egaligi nuqtai nazaridan ona tili darslari davomida lingvistik lug'atlar bilan ishlash lozim. Bu lug'at ustida ishlash bilan o'qituvchi ona tilining barcha bo'limlari bilan bog'liq tizimli, yaxshi tashkil etilgan, pedagogik jihatdan mos ravishda tuzilgan ishni amalga oshirgan bo'ladi. Shu bilan birga, Boshlang'ich sinf ona tili va o'qish darslarida lug'atlar bilan ishlash vaqti-vaqti bilan amalga oshiriladi. Lug'atlarga murojaat qilganda ham o'quvchilar lug'at yozuvida uchraydigan so'z haqidagi barcha ma'lumotlarni doim ham hisobga olmaydilar. Odatda ular faqat ma'no bilan qiziqadi, lekin ular so'zning semantik va stilistik xususiyatlarini ham bilishlari kerak. So'zning nutqdagi ma'nosi va vazifasini bilmay turib, o'quvchi grammatikani yaxshi bilsa ham, nutqida undan to'g'ri foydalana olmaydi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining so'z boyligini boyitish va faollashtirishda lingvistik lug'atlarning ahamiyatini e'tirof etgan holda, lug'atlarni o'quvchining ona tili va o'qish darslarida doimiy hamrohiga aylantirish, lug'atdan foydalanish zaruriyatga aylanishini ta'minlash ishlarini olib borish zarur.

Demak, xulosa qilib o'quvchining aqliy va nutqi rivojlanishining asosiy ko'rsatkichlaridan biri uning so'z boyligi, o'z fikrini to'g'ri, izchil va hissiy ifoda eta olishi deyish mumkindir. O'quvchining faol so'z boyligi qanchalik boy bo'lsa, uning og'zaki va yozma nutqi shunchalik mazmunli va rang-barang bo'ladi. Tilda ravon gapirishga erishish uchun darslar davomida, xususan, ona tili darslarida lug'atlardan samarali foydalanish, lug'at ustida takroriy va o'rinli ishlash orqali so'z boyligini boyitish kerak. Negaki, lug'atlar chinakamiga milliy tilning bitmas-tuganmas xazinasidir. Bundan tashqari Aynan lug'atlar xalq taraqqiyotining moddiy va ma'naviy madaniyat sohasidagi muvaffaqiyatlarini aks ettirishga da'vat etadi. Bu esa boshlang'ich sinf o'quvchilarida millat va mamlakat taraqqiyoti uchun o qib, o'rganib, yutuqlar tomon qadam qo'yishida, o'z-o'zini anglashiga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Nuradilova Aselxan Dilshodxo'ja qizi.O'quvchilar nutqini to'g'ri shakllantirishda pedagogik tarbiyaning ahamiyati. https://scholar.google.ru/citations?view op=view citation&hl=ru&user=n79KHFoAAAAJ &citation for view=n79KHFoAAAAJ:W7OEmFMy1HYC

2. D.Jalilova. Boshlang'ich ta'lim o'qituvchilarining kasbiy kompetensiyasi tarkibiy qi sml arining mazmun-mohiyati. «O'ZBEKISTONDAILM-

FANNINGRIVOJLANISHISTIOBOLLARI" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022-yil 30-noyabr. 839-842-betlar. https://doi.org/10.5281/zenodo.7377842

3. Dilshoda Jalilova Ural qizi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida axborot kompetentligini rivojlantirish masalasining ahamiyati. Raqamli texnologiyalar davrida tillarni intensev o'qitishning psixologik-pedagogik ilmiy jihatlari ilmiy-amaliy anjumani. 2023-yil 2-iyun (https://doi.org/10.5281/zenodo.7993607) .

4. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim — taraqqivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

5. Qosimova Aziza Farhod qizi. Til va adabiyot ta'limida innovatsion va integratsion yondashuv. Turkiy xalqlar filologiyasida fundamental tadqiqotlar va innovatsion ta'lim texnologiyalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. 2022-yil. 873-876-betlar. https://scholar.google.ru/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=DuLpmPQAAAA J&citation for view=DuLpmPQAAAAJ:2osOgNQ5qMEC

6. Xadicha Jabborovna Sattorova. USE OF DIDACTIC MATERIALS IN MOTHER LANGUAGE AND READING LITERACY LESSONS. Galaxy international interdisciplinary research journal (GIIRJ) . ISSN (E): 2347-6915 Vol. 11, Issue 10, Oct.(2023) https://internationaliournals.co.in/index.php/giirj/article/view/4440

7. https://vt.me/jalilova dilshoda 2292

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.