INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLIKLARIDA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRUVCHI MASHQLARNING TAHLILI 1Xoldarova Iroda Valijonovna, 2Abdumutalova Muxayyoxon Qahramonjon qizi
1dotsent, FarDU, 2FarDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11005142
Annotatsiya. Bu maqolada Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish jarayoni hamda innovatsion yondashuv asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishning mazmuni, imkoniyatlari, usul va metodlaridan iborat.
Kalit so'zlar: Muammoli ta'lim, qobiliyat, analiz sintez nutq,o'zlashtirish, innovatsion yondashuv. tanqidiy fikrlash, jarayon, didaktika, o'zlashtirish, qobiliyat, maqsad, mazmun, shakl, metod.
Abstract. This article contains the content, opportunities, methods and methods of developing critical thinking skills in primary school students based on the process of developing critical thinking skills in primary school students and an innovative approach.
Keywords: Problem-based education, ability, analysis, synthesis, speech, mastery, innovative approach. critical thinking, process, didactics, mastery, ability, purpose, content, form, method.
Аннотация. В данной статье изложены содержание, возможности, методы и способы развития навыков критического мышления у младших школьников на основе процесса развития навыков критического мышления у младших школьников и инновационного подхода.
Ключевые слова: Проблемное образование, способности, анализ, синтез, речь, мастерство, инновационный подход. критическое мышление, процесс, дидактика, мастерство, способность, цель, содержание, форма, метод.
Kirish.
O'quvchilarning o'quv jarayoniga nisbatan qiziqishlarini orttirish, ularning mustaqilligi va faolligini ta'minlash, tanqidiy tafakkurini shakllantirishga qaratilgan o'quv-biluv jarayonini tarkib toptirish muhim ahamiyatga ega. Bu o'rinda o'quvchilarning bilimdonligiga erishish, ularning erkin mushohada yuritishlariga ko'maklashish ehtiyoji avvalambor o'qituvchilar tomonidan qondirilishi kerak.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida fikrlash qobiliyatini rivojlantirish malakalarini, mustaqil ravishda muammolarni hal qila bilish ko'nikmasini shakllantirish ta'lim samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Modomiki, shunday ekan, ta'lim jarayonini shunday tashkil etish kerakki, toki o'quvchilar bilim olish bilan birgalikda, ta'lim jarayonining obyekti bo'lib qolmasdan, ta'lim jarayonida o'qituvchining teng hamkoriga aylansin va tanqidiy fikrlay olish malakasini ham egallay borishi.
Asosiy qism.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining izchil tanqidiy fikrlash darajalarini yozma ishlar yozdirish yordamida ham aniqlash mumkin.
O'quvchilarda tanqidiy fikrlashning shakllanganlik darajasini aniqlash uchun ular bilan turli mavzularda muloqot darslarini o'tkazish maqsadga muvofiqdir.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
O'quvchilarning tanqidiy fikrlash darajalari quyidagi ko'rsatkichlar orqali aniqlanishi mumkin:
• ifodalangan tanqidiy fikrning obyektivligi.
• shunday fikr bildirishga asos bo'lgan dalillarning ishonchliligi.
• o'quvchi tomonidan bayon qilingan fikrga ko'ra.
O'quvchilarning tanqidiy fikrlash darajalarini aniqlashda ularning barchasi uchun aynan bir xil qulaylikdagi pedagogik vaziyat vujudga keltirilishi kerak.
O'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda ular tomonidan bayon qilingan fikrlarning obyektivligi alohida pedagogik ahamiyatga ega.
O'quvchining yozma ishini baholaganda bayon qilingan fikrlarning obyektivligi, haqqoniyligiga alohida e'tibor qaratish lozim.
O'quvchilarning tanqidiy fikrlash darajasini o'rganish uchun ularning muloqotga kirishish jarayonlarini kuzatish muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatish metodidan o'quvchilarning fikrlash va muloqotga kirishish ko'nikmalarini qiyoslashda keng foydalaniladi.
O'quvchilarda tanqidiy fikrlashning shakllanganlik darajasini tashxislarda kuzatish metodi muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatish metodi kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning dunyoqarashi, aqliy rivojlanishi, fikr yuritish dinamikasi, xulosalar chiqarishdagi mustaqil fikr bayon qilishi, faol nuqtai nazarini o'rganish va tahlil qilishga yordam beradi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining faol darajada tanqidiy fikrlashlari ularning asab tizimlaridagi qo'zg'alishlariga ham bog'liqdir. U qo'yidagilarda namoyon bo'ladi:
- fikr ifodalash jarayonida o'zlari duch keladigan qiyinchiliklarni bartaraf eta olishlari;
- maqsadga erishish yo'lida qat'iylik ko'rsatishlari;
- o'z o'quv faoliyatlari davomida intensivlik va mahsuldorlikni saqlab qolgan holda, uzoq muddat mobaynida u darajada qiziqarli bo'lmagan topshiriqlarni bajaraolishlari;
- turli o'quv vaziyatlarida mahsuldor faoliyat ko'rsatib qat'iy fikr ifodalay olishlari;
- muloqot va munozaralar davomida mustaqillikka intilishlari;
- yangi o'quv vaziyatlarida o'zlarining notanish, kashf qilinmagan qirralarini namoyon qila olishlari kabilar.
O'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish jarayonini "Ona tili" darslarida tanqidiy fikrlashga oid mashqlarni ko'rib chiqamiz:
2-mashq. She'rni ifodali o'qing. (1-sinf 1-qism 7-bet) Ona tilim
Ona tilim - yurak qa'rimdan Mehr bo'lib sochilgan jarang Qulog'imga go'dak paytimdan, Alla bo'lib singgan ohang. Ona tilim necha asrlar Kurashida yenggan polvonim. Necha ajdod, necha nasllar, Suyib o'tgan turkiy zabonim
Berilgan 4 ta so'zdan 3 tasi umumiy belgiga ega. Bittasi ularga mazmunan mos kelmaydi.Uni topib belgilang.
1) ohang
2) jarang
3)zabon
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
4)choynak
Boshlang'ich sinflarda ona tili mashg'ulotlarini shu tarzdagi o'quvchilarning tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigon o'quv topshiriqlari yordamida tashkil etish ularning egallagan bilim, ko'nikmalarini shakllantirish va uning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
12-mashq. Ikki guruhga bo'lining. ( 2-sinf 1- qism 14-bet)
1-guruh tabiatdagi jonli va jonsiz narsalarning tovushiga taqlid qiladi.
2-guruh birinchi guruh talaffuz qilgan tovushlarni harflar bilan yozadi.
Diqqat! Qaysi guruh tovushlarni harf bilan aniqroq va to'g'riroq ifodalasa, shu guruh g'olib bo'ladi.
Mashq o'quvchilarni tovushlarni farqlay olish va tanqidiy fikirlashini oshiradi.
35-mashq. "O'qish savodxonligi" darsligingizdagi quyidagi ertakdan parchani ko'chiring. Kim Nima? so'roqlariga javob bo'lgan so'zlarni yozing tagiga chizing. ( 3-sinf 3-qism 28-bet)
Chumoli "xazina dan xursand bo'lib ketibdi. U o'ylab o'tirmasdan, zil-zambil topilmani bir amallab yelkasiga olibdi-da, inqilab-sinqillab ini tomon yo'rg'alabdi. U qorong'i tushmasdan uyga yetib borish uchun to'xtamay yurar, yelkasidagi yuk esa ezgandan ezib borar edi.
- Namuncha o'zingni qiynamasang, meni shu yerga tashlab keta qol! - deb yolvordi Bug'doy.
- Agar seni tashlab ketsam, bola-chaqamiz bilan qishda och qolamiz, - debdi Chumoli chuqur nafas olib. Biz juda ko'pchilikmiz. Har birimiz qishga ozuqa topishimiz kerak.
Sizningcha, hayotda chumoli kabi mehnatkash insonlar ko'pmi? Ulardan kimlarni bilasiz?
Bu mashq o'quvchini o'z hayotiy tajribasidan kelib chiqqan holda yondashishga sabab bo'ladi. Bu esa o'quvchi ongidagi tabiatga insoniyatga bo'lgan munosabatini yaqqol ko'rsatib beradi. O'quvchi fikrlaydi tanqid qiladi izlanadi va bu o'quvchini bilim doirasini kengaytirishga yordam beradi.
17-mashq. ( 4-sinf 3 - qism 17-bet )
Berilgan belgilar yordamida rasmni davom ettirib chizing. Chizgan rasmingizni so'zlar bilan ifodalang. Ular ishtirokida gaplar tuzing. Tuzgan gapingizni so'z turkumlari bo'yicha tahlil qiling.
-J ) ААч ^
© ® © ®
Namuna: bu belgini davom ettirgan holda daraxt rasmini chizish mumkin. Bu mashq orqali o'quvchilarning quyidagi xatti-harakatlari shakllanadi. l.O'quvchilar bir-birlari bilan fikr almashish
2.Boshqalarni eshitish malakasi
3.Tanqidiy va mantiq fikrlashi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS"
_April 26, 2024_
O'quvchilarning fikrlash faoliyatlarida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, ularda qiziquvchanlik, o'tkir zehnlilik, mustaqillik, o'qishga qiziqish va ijodga intilish kabi fazilat-larni tarbiyalaydi.
Empirik o'rganish natijalari. Fikrimizcha, boshlang'ich sinf o'quvchilarida tanqidiy fikrlashni shakllantirishda muammoli ta'lim usullaridan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ongiga yangiliklarni singdirish orqali tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini tarkib toptirish real pedagogik vaziyatlarni vujudga keltirishni talab qiladi. Bu jarayon turli ta'lim-tarbiya konsepsiyalari, nazariyalari yordamida loyihalashtirilib, ta'lim tizimi muassasalariga tatbiq etiladi.
O'quvchilarda tanqidiy fikrlashlarini shakllantirishda ularning obyektiv va hissiy bilish imkoniyatlarini rivojlantirish lozim. Buning uchun didaktik topshiriqlar majmui, maxsus metodikalar, o'quvchilarga pedagogik ta'sir ko'rsatish mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi. Yuqoridagi ta'kidlardan quyidagilarni xulosa qilish mumkin:
1. O'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish bo'yicha maxsus tizimli ishlarga ehtiyoj mavjud.
2. Tanqidiy fikrlash - sinf xonasidagi ruhiyatni o'zgartira oladigan strategiyalar majmuidir, ya'ni mashg'ulot o'qituvchi va talabalarning ijodxonasiga aylanadi. Bunday jarayonda o'quvchilar izlanishlar, o'rganishlar natijasida manbalardan unumli foydalanish orqali mustaqil fikrlash va mustaqil tafakkur yuritishni o'zlashtira oladilar.
3. Boshlang'ich sinf o'quvchilarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish, o'quvchilar tomonidan bayon qilingan turli-tuman fikrlar va g'oyalarni bag'rikenglik bilan qabul qilish hamda ularning o'quv jarayonidagi faolligini ta'minlash, har bir talabada uning ijodiy fikrlashga qodirligi haqidagi ishonchni qaror toptirish, ularning ijodiy faolliklarini muntazam rag'batlantirish, pedagogik ta'sir ko'rsatish mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi.
XULOSA.
Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinflarning «Ona tili» darsliklarida berilgan har bitta mashq o'quvchilar uchun o'ziga xos fikr almashish, tanqidiy , mantiqiy va mustaqil fikrlashlashga undaydi. Mashqlar mavzu jihatidan o'zaro bog'liq bo'lsada, ularning har biri o'ziga xos yangicha yondashishni taqozo etadi.
Shunisi xarakterliki, sho'ro davri ta'limida mashqlar nazariy qoidalarga dalil-isbot tarzida keltirilgan bo'lsa, endilikda amaliy mashqlarni bajarish orqali nazariy qoida-xulosalar chiqarish ko'zda tutilgan. Bundan ko'zlangan maqsad mashqlarni shunchaki bajarish bo'lmay, ona tili qonuniyatlarini teran o'zlashtirish, so'z sehri o'quvchilarning qalbdan his etishlariga, amalda undan to'g'ri va unumli foydalanishlariga erishishdir.
REFERENCES
1. Zairfbek, S.I., Mushtavinskaya, I.V. Sinfda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish: o'qituvchi uchun qo'llanma. - M .: Ta'lim, 2004 - 175b
2. Klaster, D. Tanqidiy fikrlash nima? / D. Klaster // tanqidiy fikrlash va yangi savodxonlik. 2005. - 5-13 bet.
3. T.Bunova, S.V. O'qish va xat / harflar orqali tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasi. Tbunova // rus. BRON. "Birinchi sentyabr" gazetasiga. - 2005 yil.
4. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. - T.: "O'qituvchi", 1996.
5. Xodjayeva F.O. O'quvchilarni tanqidiy fikrlashga o'rgatish va uning muhim jihatlari. / "Zamonaviy ta'lim" ilmiy-amaliy ommabop jurnali, 2017-yil, № 6,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT
PROSPECTS" April 26, 2024
6. I.Holmurodov. Ona tili fani bo'yicha o'quvchilarda mustaqil ishlash ko'nikmalarini shakllantirish.
7. Yo'ldoshev J.G., Usmonov S.A. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. - T: "Fan va texnologiya", 2008-y
8. Xodjayeva F.O. O'quvchilarni tanqidiy fikrlashga o'rgatish va uning muhim jihatlari. / "Zamonaviy ta'lim" ilmiy-amaliy ommabop jurnali, 2017-yil, № 6, 43-47 b.