Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI TANQIDIY FIKRLASHGA OʼRGATISHGA MAXSUS TAYYORLASH ZARURIYATI'

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI TANQIDIY FIKRLASHGA OʼRGATISHGA MAXSUS TAYYORLASH ZARURIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2327
346
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tanqidiy fikrlash / jarayon / didaktika / o‘zlashtirish / qobiliyat / maqsad / mazmun / shakl / metod va usullar / vosita va motivlar / boshlang‘ich taʼlim. / критическое мышление / процесс / дидактика / овладение / способность / цель / содержание / форма / приемы и приемы / средства и мотивы / начальное образование.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qodirov Rahmon Karimovich

Maqolada oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish boʻyicha maxsus tizimli ishlarga ehtiyoj borligi, uning uchun oʻquvchilarni maxsus tayyorlash zarurligi koʻrsatilgan. Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashlarini shakllantirishda ularning obyektiv va hissiy bilish imkoniyatlarini rivojlantirish bilan birga didaktik topshiriqlar majmui, maxsus metodikalar, oʻquvchilarga pedagogik taʼsir koʻrsatish mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

НЕОБХОДИМОСТЬ СПЕЦИАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ ДЛЯ ОБУЧЕНИЯ КРИТИЧЕСКОМУ МЫШЛЕНИЮ

В статье показано, что необходима специальная систематическая работа по формированию у учащихся критического мышления, а для этого необходима специальная подготовка учащихся. При формировании критического мышления учащихся необходима разработка комплекса дидактических задач, специальных методов и механизмов педагогического воздействия на учащихся наряду с развитием их предметных и эмоциональных познавательных способностей.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINI TANQIDIY FIKRLASHGA OʼRGATISHGA MAXSUS TAYYORLASH ZARURIYATI»

Qodirov Rahmon Karimovich,

Surxondaryo viloyati pedagoglarini yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi "Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim" kafedrasi katta oiqituvchisi

BOSHLANG'ICH SINF OQUVCHILARINITANQIDIY FIKRLASHGA O RGATISHGA MAXSUS TAYYORLASH ZARURIYATI

UDK: 373: 371 DOI: 10.34920/SO/VOL_2022_ISSUE_8_7

QODIROV R.K. BOSHLANG'ICH SINF O QUVCHILARINI TANQIDIY FIKRLASHGA O RGATISHGA MAXSUS TAYYORLASH ZARURIYATI

Maqolada o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish bo'yicha maxsus tizimli ishlarga ehtiyoj borligi, uning uchun o'quvchilarni maxsus tayyorlash zarurligi ko'rsatilgan. O'quvchilarda tanqidiy fikrlashlarini shakllantirishda ularning obyektiv va hissiy bilish imkoniyatlarini rivojlantirish bilan birga didaktik topshiriqlar majmui, maxsus metodikalar, o'quvchilarga pedagogik ta'sir ko'rsatish mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi.

Tayanch so'z va tushunchalar: tanqidiy fikrlash, jarayon, didaktika, o'zlashtirish, qobiliyat, maqsad, mazmun, shakl, metod va usullar, vosita va motivlar, boshlang'ich ta'lim.

КАДИРОВ Р.К. НЕОБХОДИМОСТЬ СПЕЦИАЛЬНОЙ ПОДГОТОВКИ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ ДЛЯ ОБУЧЕНИЯ КРИТИЧЕСКОМУ МЫШЛЕНИЮ

В статье показано, что необходима специальная систематическая работа по формированию у учащихся критического мышления, а для этого необходима специальная подготовка учащихся. При формировании критического мышления учащихся необходима разработка комплекса дидактических задач, специальных методов и механизмов педагогического воздействия на учащихся наряду с развитием их предметных и эмоциональных познавательных способностей.

Ключевые слова и понятия: критическое мышление, процесс, дидактика, овладение, способность, цель, содержание, форма, приемы и приемы, средства и мотивы, начальное образование.

KADYROV R.K. IT IS NECESSARY TO SPECIALLY PREPARE PRIMARY SCHOOL STUDENTS TO TEACH CRITICAL THINKING

The article shows that there is a need for special systematic work on the formation of critical thinking in students, and for this, special training of students is necessary. In the formation of students' critical thinking, it is necessary to develop a set of didactic tasks, special methods, and mechanisms of pedagogical influence on students along with the development of their objective and emotional cognitive abilities.

Key words and concepts: critical thinking, process, didactics, mastering, ability, goal, content, form, methods and methods, tools and motives, primary education.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 8 (117)

Kirish. O'quvchilarning o'quv jarayoniga nis-batan qiziqishlarini orttirish, ularning mustaqil-ligi va faolligini ta'minlash, tanqidiy tafakkurini shakllantirishga qaratilgan o'quv-biluv jarayo-nini tarkib toptirish muhim ahamiyatga ega. Bu o'rinda o'quvchilarning bilimdonligiga erish-ish, ularning erkin mushohada yuritishlariga ko'maklashish ehtiyoji avvalambor o'qituvchilar tomonidan qondirilishi kerak.

Mavzuning dolzarbligi. Ma'lumki, mavjud ilmiy adabiyotlarda o'quvchining bilimdonligi, uning mustaqil mushohada qilish ko'nikmalari ko'pincha "aql", "aqllilik", "ilmga chanqoqlik" tushunchalari bilan birga ishlatiladi. Ham peda-gogik, ham psixologik jihatdan ushbu tush-unchalar orasida muayyan farqlar mavjud. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy "aql" tushunchasi "bilimdonlik" kabi nisbatan kengroq tushuncha ekanligini ta'kidlab, uning bir qator daraja va sifatini ajratib bergan edi1. Ushbu sifatlarning bir qismi bilimdonlikka ham tegishlidir.

Mavzu bo'yicha ilmiy izlanishlarning qisqa-cha tahlili. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining refleksiv mushohada yuritish tayyorlashning ilmiy-pedagogik va amaliy texnologik jihat-lari M.Abdullayeva, A.Nurmanov va boshqalar, aqliy tarbiya muammolari va ularni darslarida amalga oshirish muammolari B.Mirzahmedov, N.Mamadiyorov, A.Abduvahobovlar tomonidan tadqiq etilgan. Shu bilan birga ilmiy man-balar tahlili umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilarida boshlang'ich sinf o'quvchilarida tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish masalasi bozor iqtisodiyoti sharoitida to'laqonli o'rganilmagan.

J.Hasanboyev, X.Sariboyev, G.Niyozov, O.Hasanboyeva, M.Usmonboyevaning

ta'kidlashlaricha, kichik maktab yoshidan o'tgan bolalar (o'smirlik davri 11-12-yosh)da ham o'qish muhim o'rin tutadi, ammo talablarning oshishi ayrim holatlarda fanlarni o'zlashtirishda "pastlashish" holatini keltirib chiqaradi[5]. Demak, o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shak-llantirishda pedagogik-psixologik uzviylik va uzluksizlikni inobatga olish boshlang'ich sinf o'qituvchilarining doimiy diqqat markazida tur-gan vazifa bo'lishi lozim.

1 Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. III. -Toshkent: Fan, 1984. - b. 201.

Maqolaning ilmiy yangiligi shundan ibo-ratki, o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish bo'yicha maxsus tizimli ishlarga ehti-yoj borligi, uning uchun o'quvchilarni maxsus tayyorlash zarurligi ko'rsatilgan. O'quvchilarda tanqidiy fikrlashlarini shakllantirishda ularning obyektiv va hissiy bilish imkoniyatlarini rivojlan-tirish bilan birga didaktik topshiriqlar majmui, maxsus metodikalar, o'quvchilarga pedagogik ta'sir ko'rsatish mexanizmlarini ishlab chiqish talab etiladi.

Tadqiqotning maqsadi o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish zarurati, pedagogik ta'sir ko'rsatish mexanizmlarini очиб беришдан иборат.

Tadqiqotning ob'yekti sifatida

o'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish jarayoni tanlandi.

Tadqiqotda tizimlilik, qiyosiy-mantiqiy tahlil-dan foydalanildi.

Tadqiqotning empirik manbaini anketa so'rovnomalari natijalari tashkil etdi.

Asosiy qism. Bolalarning fanlarga bo'lgan qiziqishlarini oshirish va ularning o'zlashtirish darajasini aniqlash, bashorat qilish, ta'lim jaray-onida interpretatsiya metodlaridan oqilona foy-dalanish uchun ta'lim jarayonidagi psixologik va pedagogik xususiyatlarni aniq tasavvur eta olish lozim. Bolalarda tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish uchun o'qituvchi o'quvchilarning fanlar bo'yicha individual xususiyatlarining raqamli ko'rsatkichlarini aniq tasavvur etgan taqdirdagina ushbu pedagogik jarayonni obyektiv tafsirlash imkoniyatiga ega bo'ladi2. Bunda pedagogik diagnostikadagi shkalalar va solishti-rish metodlaridan o'rinli foydalanish muhim aha-miyat kasb etadi.

Miqdor haqida gapirilganda "empiric miq-dor" iborasining ma'nosini tahlil qilishga to'g'ri keladi. Diktantda to'g'ri yozilgan so'zlar "empirik faktlar miqdorini" tashkil qilishi mumkin. Agar diktantda Asror 44 so'zni, Akbar 34 ta so'zni, Mohira 28 ta so'zni xatosiz yozgan bo'lsa, biz faqat Asrorda Akbarnikidan, Akbarda Mohira-nikidan to'g'ri so'zlar ko'pliginigina emas, balki Asrorda Mohiranikidan to'g'ri so'zlar ko'pligini ham nazarda tutamiz. Empirik faktlar biri-biri

2 Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. III. -Toshkent: Fan, 1984. - b. 201.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 8 (117)

bilan ma'lum munosabatda bo'ladi. Miqdoriy o'lchov buni aniq ko'rsatishi kerak.

Lekin she'rni ifodali o'qigan, badiiy asar kom-pozitsiyasini to'liq aks ettirgan boshlang'ich sinf o'quvchilarni, ularning fanni o'zlashtirish daraja-sini bunday o'lchash qiyin. Shu sababli bugungi kunda o'lchashning darajaga mos quyidagi shkalalar mavjud:

• nominal shkala;

• tartibli shkala;

• intervali shkala

• munosabat yoki proporsiya shkalasi.

O'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllanti-

rishda pedagogik-psixologik uzviylik va uzluksi-zlikni amalga oshirishda ma'lumotlarni tahlil qil-ishning obyektivligi alohida qiziqish uyg'otadi1. An'anaviy baholash tizimida ma'lumotlarni tahlil etishda obyektivlik past bo'ladi. Masalan, bitta yozma ishni turli o'qituvchi turlicha baholaydi, ya'ni baho obyektiv bo'lmaydi.

"Ishonchlilik" deganda o'rganilgan u yoki bu aniq belgining ishonchlilik va aniqlik darajasi tushuniladi. Agar biror belgi yuqori darajadagi aniqlik bilan o'lchansa, uning aks etish darajasi shkalada bitta yagona aniq tada tutashadi. Aniq va uncha aniq bo'lmagan o'lchov haqida gapiril-ganda quyidagicha

Misolni keltirish mumkin: masofa 4188 mmni tashkil qiladi, yoki masofa 4 metrga yaqinni tashkil qiladi.

O'lchovning ishonchlilik darajasi ishonchlilik koeffisienti bilan aniqlanadi.

"Validlik" o'lchov sifatining muhim meto-dik talablaridan biridir. Validlik haqiqda ham o'lchash talab etilayotgan narsa o'lchanganligini absolyut ishonch hosil qilinganligi (yoki boshqa narsa o'lchanganligi )ni aniqlaydi.

Test metodikasida validlikning quyidagi tur-lari uchraydi:

• mazmunning validligi;

• natijaning validligi;

• prognozning validligi;

• konstruktiv validlik.

O'lchov sifatining yuqoridagi muhim uchta talabi bilan birga adabiyotlarda quyidagi mezon-lar keltiradi:

- testning o'lchamli bo'lishi ( normalangan testlar);

1 Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. - T.: "O'qituvchi", 1996.

- testning solishtirma bo'lishi (test o'zining egizagi, alternativ bilan taqqoslanadi);

- testning tejamli bo'lishi,

- testning foydali bo'lishi2.

O'quvchilarning fanlarni o'zlashtirish darajas-

ini o'rganish uchun mashhur kuzatuv metodidan foydalanish ko'p hollarda bolalarning aqliy rivo-jlanishlarini tashxislar uchun qo'l keladi.

Ma'lumki, kuzatish metodi ancha murakkab bo'lib, nazarda tutilgan maqsad: yoshlarning o'zaro, kattalar va yoshlar o'rtasidagi muloqot-ning ta'sir kuchini, ularning individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo'llaniladi3.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining izchil tanqidiy fikrlash darajalarini yozma ishlar yozdirish yordamida ham aniqlash mumkin.

O'quvchilarda tanqidiy fikrlashning shak-llanganlik darajasini aniqlash uchun ular bilan turli mavzularda muloqot darslarini o'tkazish maqsadga muvofiqdir. O'quvchilarning tanqidiy fikrlash darajalari quyidagi ko'rsatgichlar orqali aniqlanishi mumkin:

• ifodalangan tanqidiy fikrning obyektiv-ligi.

• shunday fikr bildirishga asos bo'lgan dalillarning ishonchliligi.

• o'quvchi tomonidan bayon qilingan fikrning validliligiga ko'ra.

O'quvchilarning tanqidiy fikrlash darajalarini aniqlashda ularning barchasi uchun aynan bir xil qulaylikdagi pedagogik vaziyat vujudga keltirili-shi kerak.

O'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllanti-rishda ular tomonidan bayon qilingan fikrlarning obyektivligi alohida pedagogik ahamiyatga ega. O'quvchining yozma ishini baholaganda bayon qilingan fikrlarning obyektivligi, haqqoniyligiga alohida e'tibor qaratish lozim.

O'quvchi tomonidan bayon qilingan tan-qidiy fikrning ishonchliligi u keltirgan dalillar bilan belgilanadi. Dalillar qanchalik haqqoniy bo'lsa, ifodalangan fikr ham shunchalik ishon-chli bo'ladi. Agar biror dalil ifodalangan fikrning aniqligini ifodalasa, xuddi shu dalil fikrning ishonchlilik darajasini ta'minlaydi.

2 Hasanova A. O'quvchi yoshlar tarbiyasida rag'batlantirish va tanbeh mezoni. - T.: "O'zbekiston", 1996.

3 Абишев А., и др. Категории мышления и индивидуальное развитие. - Алма-Ата, 1991. - 215 с.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 8 (117)

Tanqidiy fikrlashning valiyligi uning qay darajada ekanligini belgilaydi. Fikrning validligi uning darajasini aniq ifodalaydi, yuqori darajada tanqidiy fikrlovchi o'quvchilar, o'rtacha tanqidiy fikrlovchi o'quvchilar yoki past darajada tanqidiy fikrlovchi o'quvchilar kabi.

O'quvchilarning tanqidiy fikrlash darajasini o'rganish uchun ularning muloqotga kirish-ish jarayonlarini kuzatish muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatish metodidan o'quvchilarning fikr-lash va muloqotga kirishish ko'nikmalarini qiyos-lashda keng foydalaniladi1.

O'quvchilarda tanqidiy fikrlashning shakllan-ganlik darajasini tashxislarda kuzatish metodi muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatish metodi kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning dun-yoqarashi, aqliy rivojlanishi, fikr yuritish dinami-kasi, xulosalar chiqarishdagi mustaqil fikr bayon qilishi, faol nuqtai nazarini o'rganish va tahlil qil-ishga yordam beradi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining faol darajada tanqidiy fikrlashlari ularning asab tizim-laridagi qo'zg'alishlariga ham bog'liqdir. U qo'yidagilarda namoyon bo'ladi:

- fikr ifodalash jarayonida o'zlari duch kel-adigan qiyinchiliklarni bartaraf eta olishlari;

- maqsadga erishish yo'lida qat'iylik ko'rsatishlari;

- o'z o'quv faoliyatlari davomida inten-sivlik va mahsuldorlikni saqlab qolgan holda, uzoq muddat mobaynida u darajada qiziqarli bo'lmagan topshiriqlarni bajaraolishlari;

- turli o'quv vaziyatlarida mahsuldor faoli-yat ko'rsatib qat'iy fikr ifodalay olishlari;

- muloqot va munozaralar davomida mus-taqillikka intilishlari;

- yangi o'quv vaziyatlarida o'zlarining not-anish, kashf qilinmagan qirralarini namoyon qila olishlari kabilar.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik tizimni vujudga keltirishda bir qator savollarga javob izlash lozim:

1. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tanqidiy fikrlash qanday pedagogik-psixologik sharoit-larda shakllantiriladi?

1 Xodjayeva F.O. O'quvchilarni tanqidiy fikrlashga o'rgatish va uning muhim jihatlari. / "Zamonaviy ta'lim" ilmiy-amaliy ommabop jurnali, 2017-yil, № 6, 43-47 b.

2. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tanqidiy fikrlashiga qanday talablar qo'yiladi?

3. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish jarayoniga xos texnologiya jihatlari nimalardan iborat?

"O'qish", "Tabiatshunoslik", "Ona tili" darslari va darsdan tashqari o'tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlarda ham o'quvchilarda tanqidiy fikrlashga oid ko'nikmalarni shakllantirish muayyan tizim asosida muntazam olib borilishi samarali natijalarni beradi.

O'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish jarayonini "O'qish" darsi misolida ham ko'rib chiqamiz:

3-sinf "Ona tili" darslarida o'quvchilarga taqdim qilingan quyidagi didaktik topshiriqlar ularning ona tili o'quv predmeti bo'yicha egal-laydigan bilimlarini mustahkamlaydi va ularning so'z zaxirasini boyitadi, tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini tarkib toptiradi:

1-misol:

Berilgan beshta so'zdan to'rttasi bitta umu-miy belgiga ega. Beshinchi so'z ularga mazmu-nan mos kelmaydi. Uni topib belgilang. Tanla-gan so'zingiz raqamini javob varaqasiga yozing. Faqat bitta so'zni va raqamni belgilang.

a) choynak, b) piyola, v) stul g) o'qlov, d) qoshiq.

Birinchi, ikkinchi va to'rtinchi, beshinchi so'zlar oshxona anjomlariga, uchinchi so'z mebel turkumiga mansub. Demak, ortiqcha so'z-stul.

a) yurmoq, b) sakramoq, v) raqs tushmoq. g) o'tirmoq, b) yugurmoq.

By yerda to'rtta so'z harakatni, faqat bittasi -o'tirmoq harakatsizlikni bildiradi. Shuning uchun u ortiqcha.

2-misol: Berilgan juft so'zlar orasidan umu-miy xususiyatni ifodalaydigan so'zni toping. Bunda mavjud barcha umumiy xususiyatlar-dan iloji boricha bevosita shu ikki narsaga eng yaqin va eng xos xususiyatni topib yozish kerak. Javobingizni so'zlar juftligining yoniga yozing.

Archa-qarag'ay: to'g'ri javoblar: "Daraxtlar", "Doimiy yashil o'simliklar", "Ninabargli daraxtlar". Eng to'g'ri javob: "Ninabargli daraxtlar".

Yomg'ir -do'l; to'g'ri javoblar: "Atmosfera hodisalari", "Ob-havoning holat-lari", "Yog'ingarchiliklar". Eng to'g'ri javob: Yog'ingarchiliklar".

Boshlang'ich sinflarda ona tili mashg'ulotlarini shu tarzdagi o'quvchilarning tanqidiy fikrlash

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 8 (117)

ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi-gan o'quv topshiriqlari yordamida tashkil etish, ularning egallagan bilim, ko'nikmalarini izchil tizimga solish imkonini beradi, o'quv jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi va uning sama-radorligini ta'minlaydi.

O'quvchilarning fikrlash faoliyatlarida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, ularda qiziquvchanlik, o'tkir zehnlilik, mustaqillik, o'qishga qiziqish va ijodga intilish kabi fazilat-larni tarbiyalaydi.

Empirik o'rganish natijalari. Fikrimizcha, boshlang'ich sinf o'quvchilarida tanqidiy fikr-lashni shakllantirishda muammoli ta'lim usul-laridan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ongiga yangiliklarni singdirish orqali tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini tarkib top-tirish real pedagogik vaziyatlarni vujudga kelti-rishni talab qiladi. Bu jarayon turli ta'lim-tarbiya konsepsiyalari, nazariyalari yordamida loyi-halashtirilib, ta'lim tizimi muassasalariga tatbiq etiladi.

O'quvchilarda tanqidiy fikrlashlarini shakllantirishda ularning obyektiv va hissiy bilish imkoni-yatlarini rivojlantirish lozim. Buning uchun didaktik topshiriqlar majmui, maxsus metodikalar, o'quvchilarga pedagogik ta'sir ko'rsatish mex-anizmlarini ishlab chiqish talab etiladi.

Yuqoridagi ta'kidlardan quyidagilarni xulosa qilish mumkin:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1. O'quvchilarda tanqidiy fikrlashni shak-llantirish bo'yicha maxsus tizimli ishlarga ehtiyoj mavjud.

2. Tanqidiy fikrlash - o'quv auditoriyas-idagi ruhiyatni o'zgartira oladigan strategiyalar

majmuidir, ya'ni mashg'ulot o'qituvchi va tala-balarning ijodxonasiga aylanadi. Bunday jaray-onda o'quvchilar izlanishlar, o'rganishlar nati-jasida manbalardan unumli foydalanish orqali mustaqil fikrlash va mustaqil tafakkur yuritishni o'zlashtira oladilar.

3. Boshlang'ich sinf o'quvchilarda ijodiy fikrlash uchun qulay imkoniyat yaratish, o'quvchilar tomonidan bayon qilingan turli-tuman fikrlar va g'oyalarni bag'rikenglik bilan qabul qilish hamda ularning o'quv jarayonidagi faolligini ta'minlash, har bir talabada uning ijodiy fikrlashga qodirligi haqidagi ishonchni qaror toptirish, ularning ijodiy faolliklarini muntazam rag'batlantirish, pedagogik ta'sir ko'rsatish mex-anizmlarini ishlab chiqish talab etiladi.

Xulosalarimizga binoan quyidagi amaliy tak-liflarni berishimiz mumkin:

1. Tanqidiy fikrlashni turli yo'llar bilan bel-gilash mumkin bo'lsada, uning asosiy tarkibiy qismi - qoniqarli natijaga erishish istagi haqida umumiy kelishuv mavjud va bunga oqilona fikrlash va natijalarga yo'naltirilgan ish orqali erish-ish kerak.

2. O'quvchilar o'ziga ishonchni orttirish va o'z fikri hamda g'oyalarining kadrini tushuni-shi, o'quv jarayonida faol ishtirok etishi, turlicha fikrlarni e'tibor bilan tinglashi, o'z hukmlarini shakllantirishi lozim. O'quvchi-yoshlarni tanqidiy fikrlashga o'rgatish maqsadida oq'ituvchi o'quv mashg'ulot jarayonida rang-barang fikrlar, faol-lik, tavakkalchilik, fikrlarni kadrlash, fikrlarning qimmatliligi, o'zaro fikr almashuv, tankidiy fikrlarni ta'minlovchi savollarga ustuvorlik berishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. III. - Toshkent: Fan, 1984. - b. 201.

2. Hoshimov K., Nishonova S., Inomova M., Hasanov R. Pedagogika tarixi. - T.: "O'qituvchi", 1996.

3. Hasanova A. O'quvchi yoshlar tarbiyasida rag'batlantirish va tanbeh mezoni. - T.: "O'zbekiston", 1996.

4. Абишев А., Хамидов А.А., Туманова Т.М. Категории мышления и индивидуальное развитие. - Алма-Ата, 1991. - 215 с.

5. Xodjayeva F.O. O'quvchilarni tanqidiy fikrlashga o'rgatish va uning muhim jihatlari. / "Zamonaviy ta'lim" ilmiy-amaliy ommabop jurnali, 2017-yil, № 6, 43-47 b.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 8 (117)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.