Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA BELGI BILDIRUVCHI SO'ZLARNI SAMARALI USULLAR YORDAMIDA O‘RGATISH'

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA BELGI BILDIRUVCHI SO'ZLARNI SAMARALI USULLAR YORDAMIDA O‘RGATISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
23
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xil-xususiyat sifatlari / rang-tus sifatlari / maza-ta’m sifatlari / shakl-hajm sifatlari / metod / usul.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulhida Ikromova, Dilzoda Abduhalilova

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sifat so‘z turkumini zamonaviy va samarali metodikalar orqali o‘rgatish, o‘quvchilarni sifat so‘z turkumi bilan tanishtirish orqali mustaqil tahlil malakasini shakllantirish haqida so‘z boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA BELGI BILDIRUVCHI SO'ZLARNI SAMARALI USULLAR YORDAMIDA O‘RGATISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA BELGI BILDIRUVCHI SO'ZLARNI SAMARALI USULLAR YORDAMIDA O'RGATISH Gulhida Ikromova, Dilzoda Abduhalilova

FarDU katta o'qituvchisi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), FarDU talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11005113

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilariga sifat so'z turkumini zamonaviy va samarali metodikalar orqali o'rgatish, o'quvchilarni sifat so'z turkumi bilan tanishtirish orqali mustaqil tahlilmalakasini shakllantirish haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: xil-xususiyat sifatlari, rang-tus sifatlari, maza-ta'm sifatlari, shakl-hajm sifatlari, metod, usul.

Abstract. In this article, it is necessary to teach elementary school students about adjective vocabulary through modern and effective methods, to introduce students to adjective vocabulary and to acquire information about it, to form the ability to independently analyze and It's about pushing.

Keywords: qualities of quality, qualities of color, qualities of taste, qualities of shape and size, method, method, table.

Аннотация. В данной статье необходимо научить учащихся начальных классов лексике прилагательных современными и эффективными методами, познакомить учащихся с лексикой прилагательных и получить информацию о ней, сформировать умение самостоятельно анализировать и толкать.

Ключевые слова: качества цвета, качества вкуса, качества формы и размера, метод, метод, таблица.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga sifat so'z turkumini o'rgatishda, avvalo, o'quvchida bu haqida bilimni shakllantirish lozim. Birinchi va ikkinchi sinf "Ona tili" darsligida sifat so'z turkumi Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so 'zlar deb yuritilgan va bunda o'quvchilar asosan sifat so'z turkumini gaplar ichidan so'roq berib topishlari lozim bo'ladi. Uchinchi sinfdan boshlab esa o'quvchilar Sifat degan yangi atama bilan tanishadilar, sifatning leksik-grammatik xususiyatlari haqida bilimlarga ega bo'ladilar.

Sifat deb shaxs va narsaning belgisini bildirib, qanday? yoki qanaqa? so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlarga aytiladi. Sifatlar gapda otga bog'lanib keladi: maftunkor ayol, tartibli o'quvchi, harakatchan bola. Sifat so'z turkumining ma'no turlari quyidagilardan iborat:

1. Xil-xususiyat sifatlari: qattiq, yaxshi, kamtar.

2. Rang-tus sifatlari: sariq, pushti, ko'k.

3. Maza-ta'm sifatlari: achchiq, shirin, chuchuk.

4. Shakl-hajm sifatlari: yassi, oriq, keng. (1, 10)

Sifat so'z turkumini o'rgatishda bu mavzu haqida ko'proq ma'lumot va misollar bilan ishlashimiz, o'quvchilarga yon-atrofdagi narslarning belgisi, xususiyati haqida fikr yuritishlariga imkon berishimiz va fikrlarini bayon qilishiga sharoit yaratishimiz zarur. Shular bilan bir qatorda o'quvchilar darsda erkin holatda, qiziqish va yaxshi kayfiyatda bo'lishlari kerak, sababi, agar o'quvchi darsga o'z xohishi bilan qiziqmasa, nafaqat bu mavzuni, balki boshqa mavzularni ham tushunishlari qiyin kechadi.

Albatta, bu holatda birinchi navbatda bolaga yaxshi kayfiyat taqdim etish va turli metodikalar bilan bolani darsga qiziqtirishimiz kerak. Masalan, dars boshlashdan avval

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

o'quvchilarning kayfiyatini, bugungi darsdan nimalar kutayotganini va uni xursand qila oladigan narsa yoki voqea-hodisa haqida so'rashimiz, so'ngra dars boshlashimiz kerak. Bu orqali o'qituvchi o'quvchini darsga olib kiradi, qisman bo'lsa-da o'qituvchi bilan munosabatini yanada tiklaydi.

Boshlang'ich sinfda sifat so'z turkumini o'ragtishda "Klaster" usuli samarali bo'lib, bunda o'quvchi mavzuni eshitish bilan bir qatorda eshityotgan narsalarini ko'rib ham tushunish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bundan tashqari, "Rasmlarni belgisiga ko'ra birlashtir" metodi orqali o'quvchi o'zi tanigan, ko'rgan narsalarni rasmlardagi ifodasini ko'radi va ulardagi belgilar haqida o'qituvchi bilan birgalikda guruh shaklida ishlaydi, ya'ni sinf uch guruhga ajratiladi va har bir guruh uchun alohida rasmlar beriladi. Guruhdagi o'quvchilar esa ularning belgisiga qarab alohida turkumga bo'lib chiqadilar. Bu metod ham bolalarni belgini farqlay olish qobiliyatini shakllantiradi, ham guruh bo'lib ishlashga va tezkorlikka chorlaydi.

4-sinf "Ona tili" darsligidagi Sifat so'z turmuni mavzusidagi mashqlardan biri bo'lgan "Zuhra bilan turna" matnidan o'quvchilar sifat so'z turkumini va o'sha so'zning bog'lanayotgan so'zini ham topishi kerak bo'ladi. So'ngra bog'lanayotgan so'zning turkumini, gapda qanday vazifada kelayotganini aniqlashi lozim. Bu mashqni o'quvchilarga oson usulda o'rgatish uchun biz "Jadval usuli" dan foydalansak bo'ladi: doskaga ikki bo'limli jadval chizib, bir tarafiga sifat so'z turkumlarini, ikkinchi tarafiga esa sifat bog'lanib kelayotgan so'zni yozsak bo'ladi.

Shunda doskada ushbu jadval hosil bo'ladi:

quruq butalar

uzun bo'yli Turna

sarg'ish-ko'kish ko'zlar

Chiroyli Qush

kulrang patli Turna

Darsni yanada qiziqarliroq davom etishi uchun o'quvchilarga sifatga bog'liq topishmoq, she'riy parcha yoki maqollardan foydalansak bo'ladi. Masalan:

- Mayda, yoqutday qizil, Shirin, nordon, xilma-xil. Qalin, taxir po'sti bor, Hamma yerda do'sti bor.

Sen ayt-chi, qizim Gulnor!

- Bumi, dadajon, ... . (Anor)

Yaxshi qiz - ona baxti, Yaxshi o'g'il - ota taxti. Ikki buyuk shoir, ikki musofir, Navoiy - Hirotda, Qobulda - Bobur.

Sifat so'z turkumini o'rgatishda foydali usullardan biri "To'g'ri yoki noto'g'ri" jadvali. Bunda o'quvchilarga turli xilda sifatga bog'liq ma'lumotlar beriladi va ular bu ma'lumotlarni to'g'ri yoki no'to'g'ri ekanligini aniqlaydilar va o'zi tanlagan javobga ishora qo'yadilar.

To'g'ri Noto' g ' ri

Sifatning ma'no turlari mavjud.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Sifat deb nima? so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarga aytiladi.

Sifatlar har doim otga bog'lanadi.

Bizning gulzorda chiroyli gullar bor. Ushbu gapda sifat ishtirok etgan.

Alisher odobli, aqlli, mehnatkash bola. Bu gapda ikkita sifat bor.

Xulosa qilib aytganda, o'quvchiga sifat so'z turkumini o'rgatish, bu mavzu yuzasidan bo'lgan turli topshiriq va mashqlarni mustaqil bajarish, sifat bilan bir qatorda boshqa bo'laklarni ham birgalikda tahlil qila olish malakasini oshirish o'qituvchi tomonidan bajariladigan asosiy vazifalardan biridir.

REFERENCES

1. Boynazarova D. Ona tili. Boshlang'ich sinflar uchun darslik. 3-qism. -Toshkent: Novda, 2023. -B. 10.

2. Xaitov X. Ona tili o'qitish metodikasi. - Buxoro, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.