ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
ONA TILI MASHG'ULOTLARIDA O'QUVCHILARGA SO'ZLARNI
O'RGATISH USULLARI
Ushbu maqolada maktab o'quvchilarining ona tili mashg'ulotarida so'zni tushunish, mazmunini anglash, to'g'ri qo'llash yo'llari ko'rsatilgan. O'quvchilarning lug'at boyligini oshirish orqali dunyoqarashini kengaytirish usullari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: so'z, so'z ma'nosi, o'quvchi lug'ati, so'zlar sinonimiyasi, so'zlar antonimiasi,so'zlarning ma'no qirralari, so'zning kinoyali ma'nosini, frazeologik birliklar, so'zlarning ko'p ma'noligi, ko'chma ma'no, obrazli so'zlar, so'zlarning majoziy ma'nosi, matn, maqol matni.
This article shows the ways of understanding the word, understanding its meaning and correct use in the native language of schoolchildren. provides information on ways to expand the worldview of students by increasing vocabulary.
Keywords: word, word meaning, reader's dictionary, synonymy of words, antonymy of words, semantic aspects of words, sarcastic meaning of words, phraseological units, polysemy of words, figurative meaning, figurative words, figurative meaning of words, text, proverb text
O'quvchilar lug'atini va nutqini boyitishda eng ishonarli manba badiiy asarlar hisoblanadi. O'qish darslarida o'quvchilar Oybek, H.Olimjon, M.Shayxzoda, G'.G'ulom, H. Hakimzoda, Zulfiya, Uyg'un, A. Qahhor, P.Mo'min, Q.Muhammadiy, Sh.Sa'dulla, Z.Diyor kabi ko'pgina so'z ustalarining asarlarini o'qiydilar. O'zbek tilining yuksak badiiy obrazlar yordamida o'zlashtiradilar. O'qish darsida bolalar lug'ati ma'lum mavzularga oid so'zlar hisobiga ham boyiydi. Ular lug'atiga axloqiy tushunchalarni ifodalovchi yoqimtoy, shirinso'z, mehribon, haqqoniy, botir, mard, jasur, mehnatsevar kabi ko'pgina so'zlar qo'shiladi. Matn ustida ishlash jarayonida ko'p ma'noli so'zlar, sinonimlar, ko'chma ma'noda ishlatiladigan
R. L. Xayrullayeva
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
so 'zlarni ba'zi frazeologik birikmalarni bilib oladilar.
May, 2023
Bolalar mustaqil o'qishga o'rganganlaridan keyin ular lug'atiga kitob, gazeta yordamida ham boyiydi, tartibga tushadi.
Bulardan tashqari kinofilm va televizor eshittirishlarining matnlari, o'quvchi va boshqa maktab hamda maktabdan tashqari muassasalar xodimlarining nutqlari ham o'quvchilar lug'atini boyitish va takomillashtirish manbalari hisoblanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Leksikologiya -so'z haqidagi ilm, grammatika-so'z shakllari o'zgarishi va ularning gapda bog'lanishi haqidagi ilm. O'quvchilarning lug'at zahirasi qanchalik boy bo 'lsa, nutqi shunchalik rivojlangan bo'ladi" Nutq o'stirish gap qurilishi va uning tarkibini tashkil etgan lug'at ustida ishlash bilan o'zaro bog'liq. Professor N.Mahmudov: "Nutqning ta'sir quvvati, tegishli axborortni tinglovchiga tugal va qulay, "yuqumli" tarzda yetkazish imkoniyati muhim kommunikativ sifatlardan bo'lmish so'z boyligiga bog'liq.
Maktabda lug'at ustida ishlash metodikasi to'rt asosiy yo'nalishni ko'zda tutadi:
l.O'quvchilar lug 'atini boyitish, ya'ni yangi so'zlarni, shuningdek, bolalar lug'atida bo'lgan ayrim so'zlarning yangi ma'nolarini o'zlashtirish. Ona tilining lug 'at boyligini bilib olish uchun o 'quvchi o'z lug 'atiga har kuni 8-10 ta yangi so'zni, shu jumladan, ona tili darslarida 4-6 so'zni qo'shishi, ya'ni shu so'zlar ma'nosini o 'zlashtirishi lozim.
2. O'quvchilar lug'atiga aniqlik kiritish. Bu ichiga quyidagilarni oladi: 1)o'quvchi puxta o'zlashtirmagan so'zlarning ma'nosini to'liq o'zlashtirish, ya'ni shu so'zlarni matnga kiritish, ma'nosi yaqin so'zlarga qiyoslash, antonim tanlash yo'llari bilan ularning ma'nosiga aniqlik kiritish; 2) so'zning kinoyali ma'nosini, ko'p ma'noli so'zlarni o'zlashtirish; 3) so'zlarning sinonimlarini, sinonim so'zlarning ma'no qirralarini o'zlashtirish; 4) ayrim frazeologik birliklarning ma'nosini o'zlashtirish.
3. Lug'atni faollashtirish, ya'ni o'quvchilar ma'nosini turshunadigan, ammo o'z nutq faoliyatida ishlatmaydigan nofaol lug'atidagi so'zlarni faol lu'atiga o'tkazish. Buning uchun shu so'zlar ishtirokida so'z birikmasi va gaplar tuziladi, ular o'qiganlarni qayta hikoyalash, suhbat, bayon va inshoda ishlatiladi.
4. Adabiy tilda ishlatilmaydiga so'zlarni o'quvchilar faol lug'atidan nofaol lug'atiga o'tkazish. Bunday so'zlarga bolalarning nutq muhiti ta'sirida o'zlashib qolgan adabiy til me'yoriga kirmaydigan, ayrim adabiy asar va so'zlashuv tilida qo'llanadigan sodda so'z va iboralar, sheva va ijtimoiy guruhga oid so'zlar kiradi. Adabiy til me'yori degan
May, 2023
490
ISSN: 2181-1Э85 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1
tushunchani o'zlashtirgach, o'quvchilar yuqorida izohlangan so'zlar o'rniga adabiy tildagi so'zlardan foydalana boshlaydilar. Adabiy tilga oid malakalari mustahkamlangan sayin shevaga, jargonga oid so'zlar, so'zlashuv tilida ishlatiladigan sodda so'z va iboralar o'quvchilarning faol lug'atidan chiqib keta boshlaydi.
Lug'atni boyitishda turli lug'atlar juda foydali qo'llanmadir. Boshlang'ich sinflar uchun " Imlo lug'ati " mavjud. O'qituvchi ma'lumot uchun ham, material tanlash uchun ham turli lug'atlardan ( o'zbek tilini sinonimlar, antonimlar, frazeoligik lug'atlardan, turli terminologik lug'atlardan) muvofaqqiyatli foydalanadi.
Boshlang'ich sinflarda o'quvchini so'z boyligini oshirish maqsadida tarkib topgan mashqlarda dastlab so'zning ma'nosini tushuntirish ko'zda tutiladi.
So'zning ma'nosini tushuntirish o'quvchining lug'atini boyitadi, nutqini o'tiradi. Boshlang'ich sinflarda o'tiladigan fanlarning atamalari ham tushuntirilishi lozim bo'lgan so'zlar qatoriga kiritiladi. Atamalarning ma'nosini tushuntirish mazkur so'z anglatgan tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet atamasining ma'nosini tushuntirish bilan o 'quvchilar predmet keng ma'noda qo'llanishini, tabiatdagi barcha narsa, hodisa, tushunchalar, predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe'l kabi atamalarni tez fahmlab olishda ularga yordam beradi.
So'zning ma'nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy mavzusidan o'quvchilar diqqatini chalg'itmasligi kerak. Buning uchun o'qituvchi har bir darga tayyorlanish jarayonida ma'nosi tushuntirilishi lozim bo'lgan so'zlarni, uni tushuntirishning eng qulay usullarini va darsning qaysi o'rnida tushuntirishni belgilab oladi.
O'qish sqqvodxonligi kitoblardagi matnlarda birinchi marta uchragan, bolalar ma'nosini bilmaydigan ayrim so 'zlar matnni o 'qishdan oldin tushuntiriladi.
Matnni o'qish jarayonida so'z ma'nosini tushuntirishga chek qo'yish kerak. Agar biror so'zni matnni o'qish jarayinida tushuntirish zaruriyati tug 'ilsa, matn mazmunidan o'quvchilar diqqatni chalg'itmagan holda shu so'z ma'nosi qisqacha tushuntiriladi.
Ko'chma ma'noda ishlatilgan obrazli so'zlar va badiiy nutq oborotlari badiiy matn o'qilgandan keyin tushuntiriladi, hunki uarning ma'nosi matn mazmunidan, konteksdan yaxshi tushuniladi. Ayniqsa, masallar o'qilganda, undagi allegorik, ko'chma ma'noda ishlatiladigan so'zlarni asarni o'qishdan oldin yoki o'qish jarayonida tushuntirib bo'lmaydi.
Metodikada so'zlarni tushuntirishning quyidagi usullaridan
foydalaniladi:
May, 2023
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1
l.So'zni konteks asosida tushuntirish. Bunda o'quvchilar tushunmaydigan so'z ularga tushunarli so 'zlar qo 'llangan gap( yoki matn ) yordamida tushuntiriladi .
2. So'z ma'nosi lug'atdan va o'qish kitoblarida matn ostida berilgan izohdan foydalanib tushuntirish. Bunda o'quvchilarni izohdan mustaqil foydalanib, so'z ma'nosini mustaqil tushunib olishga o 'rgatish muhim ahamiyatga ega .
3. So'z ma'nosini shu so'zning ma'nodoshi yordamida tushuntirish. Masalan, sabo-shabada, mudofaa-himoya, sozanda- musiqachi, diyor-vatan, inshoot-bino, samo-osmon kabi. So'zni sinonim tanlash bilan tushuntirganda, shu so 'zning stilistik (uslubiy)ahamiyatini ham ko 'rsatish zarur.
4. Tanish bo 'lmagan so 'z bilan ifodalangan tushunchani tanish bo'lgan so'z bilan ifodalangan tushunchaga (uning antonimiga) taqqoslash orqali tushuntirish . Masalan, ishchan tushunchasini dangasa tushunchasiga, rostgo'y so'zini yolg'onchi so'ziga taqqoslab tushuntirish mumkin. Ko'chma ma'noda ishlatilgan so'z va so'z birikmalari, tasviriy vositalar, maqollar ham taqqoslash usulidan foydalanib tushuntiriladi.
5. So'zni o'ziga yaqin tushuncha bilan, ya'ni boshqacha ifoda etish bilan tushuntirish . Bunda tushuntirilgan so 'zning izohi qisqa va aniq bo 'lishi kerak. Masalan, o'zboshimchalik - o'z xohishicha ish tutish, ishni o'zi xohlaganicha bajarish ; mutaxassis-biror hunar egasi ; shunqor-uzoq uchadigan ko 'zi o 'tkir qush ; mesh-mol terisidan tikilgan idish; guldon-gul solib qo 'yiladigan idish va boshq.
Ba'zi so'zlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntiriladii . Masalan, kombayn -bir vaqtning o 'zida donni o 'radigan, yanchadigan, tozalaydigan qishloq xo 'jalik mashinasi; ekskavator- bir vaqtni o 'zida yerni qazib, tuproqni yuk mashinasiga ortadigan mashina ; aeradrom-samolyotlar turadigan, uchib keladigan yoki kelib qo 'nadigan joy va hok.
6. So'zni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirish. Masalan : suvsiz joyda o 'sadiga ninasimon, tikanli o 'simlik; akula- okeanlarda yashaydigan juda katta yirtqich baliq va boshq.
7. Axloqiy, mavhum tushunchalarni ifoda etuvchi so'zlarning ma'nosini misollar yordamida tushuntirish. Buning uchun o'quvchilar o'rgangan badiiy asardan axloqiy fazilatga ega bo'lgan asar qahramoning qilgan ishlari tahlil qilinadi.
Xulosa qilib aytganda so'z ma'nosini tushuntirish ustida ishlash o'quvchilar lug'atini boyitadi, nutqini ravonlashtiradi. So'z ma'nosini tushuntirganda so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari yuzasidan yondashilganda maqsadga muvofiq bo'ladi deb o'ylaymiz.
Masalan:
May, 2023
Ma'nodosh so'zlar (sinonimlar) talaffuzi yozilishi har xil bo'lgan bir umumiy tushuncha (ma'no) ifodalaydigan so'zlardir. Sinonimlar bir-biridan qo'shimcha ma'no qirrasi, emotsional bo'yog'i, qo'llanishi jihatidan o'zaro farqlanadi . Katta, ulug', buyuk, zo'r, azim, ulkan, bahaybat, haybatli, yirik, gigant sinonimik qatorini tashkil qilgan so'zlardan katta so'zi keng tushunchani anglatib, aniq tushunchaga nisbatan ham, mavhum tushunchaga nisbatan ham ishlatilaveradi.Ulug', buyuk, zo'r, azim, ulkan so'zlari hajmi ancha katta bo'lgan narsalarga, bahaybat, haybatli, so'zlari esa o'lchovi juda katta bo'lgan narsalarga nisbatan ishlatiladi. Yirik kam ishlatiladi. Gigant kitobiy uslubga xos bo'lib, asosan joy qurilishga nisbatan qo'llanadi.
Sinonimlar tilni leksik tomondan boyitadi, shuning uchun badiiy so'zlar bilan ishlatish juda muhim. Kishi lug'atida sinonim so'zlar qancha ko'p bo'lsa, uning til ifodaliligi shuncha ortadi.
O'zbek tili- sinonimlarga boy til. "O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati" da katta so'zining 11 ta, marta so'zining 13 ta ma'nosi berilgan .
Boshlang'ich sinflarda sinonimlar haqida nazariy ma'lumot berilmaydi, ammo sinonimlar haqidagi tushuncha amliy mashq yordamida shakllantiriladi. Sinonimlar bilan ishlash elementar tarzda 1-sinfdan boshlanadi: o'quvchilar berilgan so'zning sinonimini topishga, boshqacha qilib qanday aytish mumkinligini tushuntirishga, 2-3-sinflarda esa berilgan so'zning ikki- uchta sinonimini topib aytishga o'rgatiladi.
Boshlang'ich sinflarda o'quvchining so'z boyligini oshirish maqsadida ma'nodosh so'zlarga oid quyidagicha mashqlar ishlatiladi:
1.Berilgan ma'nodosh so'zlarni guruhlash. Bunda bir so'z turkumiga oid ikki sinonimik qatordagi so'zlarichiga bir-ikkita boshqa so'z kiritib beriladi. O'quvchilar sinonimlarni ikki guruhga ajratib aytadilar. Buning uchun so'zlar quyidagicha berilishi mumkin: vatan, maqsad, diyor, niyat, mamlakat, murod, yurt.
2.Berilgan so'zga sinonim tanlash. O'qituvchi otni o'tganda osmon, sifatni o'tganda mazali, fe'lni o'tganda ko'nikmoq so'zlarini aytadi. O'quvchilar so'zlarga sinonim tanlaydilar: osmon-ko'k, samo, falak; mazali- lazzatli, laziz, totli; ko 'nikmoq- o 'rganmoq, odatlanmoq, odat qilmoq.
3.Tushib qolgan sinonim so'zlarni o'z o'rniga qo'yib, matnni ko'chirish. Bunda yozilishi kerak bo'lgan sinonim so'zlar ro'yxati tekshirish uchun beriladi. O'quvchilar sinonimlarni o'rniga qo'yib, ularni qo'llanishidagi farqni tushuntiradilar.
4. Ma'nodosh so'zlardan mosini qo'yib gaplarni ko'chirish. Buning uchun sinonim so'zlar qavs ichida beriladi, o'quvchi gapning, mazmuniga mosini tanlab gapni ko'chiradi: Daryo suvini (bahor,ko 'klam) toshirar, odam qadrini (mehnat, ish) oshirar. Oltin(o 't, olov, alanga)da, odam (ish,mehnat)da bilinadi. Birlashgan (yov, dushman)ni qaytarar.
May, 2023
49Э
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1
5. Sinonim so'zlar qatoridan foydalanib didaktik material tuzish va u bilan mashq ishlash. Buning uchun to'rtta sinonimik qatordagi so'zlar tanlanadi va 16 katakka aralsh joylashtiriladi. O'qituvchi shu katakchalardagi bir so'zni aytadi. Masalan, chiroyli. O'quvchilar shu so'zga yaqin ma'noli so'z (sinonim)ni katakchalardan topib aytadilar: go 'zal,dilbar, sohibjamol, husndor.
Sinonim so'zlar qatori bilan so'z birikmasi tuzadilar: chiroyli shahar, go'zal manzara, sohibjamol malika va hok.
Xuddi shu tariqa faoliyat jarayonida zid ma'noli so'zlar ustida ishlashda ham o'quvchilarning so'z boyligini oshirishga erishish mumkin.
Qarama -qarshi, zid ma'no bildiradigan so'zlar zid ma'noli so'zlar (antonimlar) deyiladi. Antonimlar belgi bildiradigan so'zlarda ko'p uchraydi. Antonimik munosabat so'z bilan frazeologik birlik (ibora )orasida ham bo'ladi. (yalqov-yuragida o'ti bor kabi).
Boshlang'ich sinf o'quvchilari antonimlar bilan amaliy tanishtiriladi.Antonimlar ustida ishlash matndan antonimni topishdan boshlanadi, keyin maxsus mashqlar ishlatiladi:
1.Berilgan so 'zlarga antonim tanlash. Ot so 'z turkumini o 'tganda : azob..., do'stlik-..., oq-..., yoshlik-...; sifat o'z turkumini o'tganda:dangasa- ..., anqov-..., rostgo'y- ..., dono-..., kasal-... ; fe'lni o'tganda: kasallandi- ..., yondi-.. ,,boshladi-... kabi beriladi. O'quvchilar berilgan otga rohat, dushmanlik, qora, qarilik; sifatga mehnatkash, hushyor, yolg'onchi, nodon, sog '; fe'lga sog 'aydi, o'chdi, tugatdi, antonimlarini tanlab, jufti bilan yozadilar.
2.Zid ma'noli so 'zlarni qatnashtirib gaplar tuzish. Buning uchun o 'qituvchi antonym tanlab gap tuzish uchun so'z beradi, o'quvchilar berilgan so'zga antonym tanlaydilar va ularni qatnashtirib gaplar tuzadilar.
3.Berilgan gapga antonim topib qo'yish. O'qituvchi "To'g'ri odam ... so'zdan or qilur. Yosh kelsa ishga, ...kelsa oshga. Yaxshi gap-moy, ... gap-loy. Gapni oz so'zla, ishni ... ko'zla" kabi gaplar beradi, o'quvcchilar gap mazmuniga mos antonim topib, gapni o 'qiydilar (yoki yozadilar).
O'quvchilar lug'atini ma'nodosh va zid ma'noli so'zlar bilan boyitish o'z fikrini aniq, ravon va ifodali bayon etishga yordam beradi.
Ko'p ma'noli va shakldosh so'zlar ustida ishlash jarayoni va boshlang 'ich sinf o 'quvchilariga ushbu so'zlarni turli xil misollar bilan anglatish ham, o'quvchi so'z zahirasini boyib borishiga samarali natija ko'rsatadi. O'quvchilarga ko'p ma'noli so 'zlar ko 'p uchrab turadi, ammo ular ko'p ma'noli so'z ekanini
tushunib yetmaydilar.
May, 2023
ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1
O'qituvchi badiiy asar ustida ishlash jarayonida o 'quvchilarni ko 'chma ma'nodagi so'zlar bilan tanishtirish orqali ayrim so'zlar ko'p ma'noda ishlatilishini tushuntirib boradi. Shu bilan birga, maxsus mashqlar ham ishlatiladi:
l.So'zlarning so'z birikmasidagi ma'nosini qiyoslash : soat yurdi,poezd yurdi, ukam yurdi; tosh yo'l, tosh yurak; kumush qoshiq, kumush osmon, kumush qish.
2. Gaplarni o 'qib, ajratib ko 'rsatilgan so'zlarning ma'nosini aytish: Bu yil yoz issiq bo 'ladi. Sen o 'rtog 'ingga xat yoz.
Boshlang'ich sinflarda ko'p ma'noli va shakldosh (omonim) so'zlar yuzasidan nazariy ma'lumot berilmaydi, bunday tushunchalarni shakllantirishga tayyorgarlik ko'riladi, xolos.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
O'quvchilar nutqini boyitishda maqollar katta ahamiyat kasb etadi. Maqollar o 'qish uchun ham, suhbat uchun ham, hikoya tuzish uchun ham, grammatik tahlil va yozuv uchun ham juda qulay materialdir. Ular ixcham, sermazmun va ta'sirchan bo'ladi; maqollar o'quvchining badiiy didini o 'stiradi, nutqqa e'tibor bilan qarashga, to'g'ri, mantiqiy fikrlashga o'rgatadi, estetik tarbiyasida muhim o'rin tutadi. Boshlang'ich sinf o'quv darsliklarida mavzuga bog'liq holda, o'zbek tili darsliklarida esa mashq matnlari ichida xilma-xil mavzularda juda ko'p maqollar berildi. O'quvchilar maqollarni o'qib, o'qilgan asarning axloqiy muammosi bilan, hayotiy sharoit bilan bog'laydilar, ularning majoziy mazmunini, ayrim so'z va iboralar bilan tushuntiradilar. Natijada o'rni bilan maqollardan foydalana boshlaydilar.
Maqollar o'qilgan asarning xulosasi sifatida ishlatilib, ko'pgina asarlarning mazmunini tushunib olishga yordam beradi. Masalan, " Ovchi, Ko'kcha va Dono" (4-sinf) ertagining xulosasi sifatida "Bilrashgan o'zar, birlashmagan to'zar", " Do'slar ahil bo 'lsa, ish oson bo'lur', "Ahillikda hikmat ko'p", "Birlashgan kuch yengilmas" maqollari; "Odobli bo'lish osonmi?" (A.Obidjon) asaridan so'ng
"Odob-kishining ziynati", "Odobli bola-elga manzur", "Ilmning kattasi-odob", "Aql yoshdan, odob boshdan" maqollari beriladiki, bular shu asar mazmunining mag 'zini ochib beradi. O'quvchilar maqollarni yoqtiradilar, shuning uchun ham maqollar bilar berilgan topshiriqlarni jon-dildan bajaradilar. O'qituvchi shularni hisobga olib, maqollar bilan xilma-xil mashqlar ishlatish orqali o'quvchilarga so'zlarning majoziy ma'nosini, ko'p ma'no ifodalashini amaliy singdirib borishlari mumkin.
Maqollar yordamida o'rgangan bilim va tushunchalarni mustahkamlash maqsadida takrorlash mashqlarining berilishi ham maqsadga
muvofiq bo'lar edi.
May, 2023
Dastlab maqollar yordamida so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlari o'rgatib borilib, keyingi mashg'ulotlarda maqol tarkibidagi so'zlardan bir-ikkitasini rasmlarda ifodalash va ushbu rasm orqali maqolni to'liq shaklini to'g'ri hosil qilishni og 'zaki va yozma mashq qilinadi. Ishlash jarayoni o 'quvchi maqolning didaktik ahamiyatini eslash orqali, tafakkur qilishi oshadi va maqolda keltirilgan so'zlarni endi yanada mustahkam o'zlashtiradi. Endi maqolda hukm surayotgan chuqur ma'no-mohiyat hamda maqolda ishlatilayorgan so'zlar orqali so'zlarning shakli va ma'nosiga ko'ra turlari mavzusi haqidagi bilimlari tobora mustahkamlanadi. Bu esa mavzuni o'zlashtirishni, o'quvchiga so'z aytib, yoki so'zlarni doskaga yozib farqlab tushuntirishdan ko'ra osonlashtiradi hamda yaxshi, tez natija ko'rsatadi. Masalan:
1.Dehqon bo 'lsang, roshida bo 'l,
Cho'pon bo'lsang - qoshida.
2. Bug'doy eksang, kuzda ek,
Yaxshi haydab, bo'zga ek. (bug'doy hamda kuz fasli ifodali rasmlar bilan)
3. Dehqon bo'lsang, roshida bo'l,
Sipoh bo'lsang - boshida. (dehqon va sipoh rasmi bilan)
4.Jo'xori changda bitar,
Tariq - balchiqda. (jo 'xori va tariq rasmi bilan)
5. Paxtaga soya ham kerak emas, hamsoya ham. (g'o'za va biror jismning faqat
soyasini ifodalayotgan rasm bilan)
6. Sen yerni yer qilsang,
Yer seni sher qiladi. (yer va sher rasmlari bilan )
7.Toshsiz tog' bo'lmas,
Ko'chatsiz bog' (tosh va ko'chat rasmlari bilan )
8. Urug' eksang namga ek,
Namga ekmasang, tomga ek. (urug' va tom rasmi bilan)
9. Chumchuqdan qo'rqqan, tariq ekmas. (chumchuq va tariq rasmi bn)
10. Shaftolidan bog' qilma,
Echkidan - mol (shaftoli va echki rasmlari bilan)
XULOSA
Yuqorida maqollar dehqonchilikka oid maqollar bo'lib o'quvchini aynan shu sohadagi dunyoqarashi va leksik boyligini oshirishga xizmat qiladi. Biz ushbu mashqni maqollarning qolgan mavzular bilan bog'lab amalga oshirsak ham bo'ladi. Masaalan: kasb-hunarga oid, hayvonlar haqidagi,mardlik va nomardlik, epchillik-chaqqonlik, yer haqida,
May, 2023
496
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1
suv haqida, donolik va nodonlik, to'kin-farovonlik, yetishmovchilik, ota-ona, farzand va (boshqa mavzular) haqidagi maqollar bilan ham amalga oshirish mumkin.
REFERENCES
1.Mirzaqulov T. Grammatika o'qitishning lingvistik asoslari. -T.: O'qituvchi, 1994. -
2. Ne'matov H., G'ulomov A., Ziyodova T. O'quvchilar so'z boyligini oshirish. O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma. -T.: O'qituvchi,1996. - 125 b. 3.O'zbek tilining izohli lug'ati. 4-tom.-T.: O'zME, 2004. - 445-b. 4. Hojiev A. Lingvistik terminlarning izohli lug'ati. -T.: O'qituvchi, 1985. - 65 bet. 5 . www.Lex.uz
6. www.ziyonet.uz
7. www.bimm.uz
56 6.
May, 2023